20-modda. Eksport, importni taqiqlash hamda cheklash
“Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (77-II-son) · Sana: 26.05.2000 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasida qonunchilik bilan tovarlar eksporti, importini taqiqlash hamda cheklash belgilanishi mumkin va ular quyidagi maqsadlarni koʻzlaydi:
milliy xavfsizlikni taʼminlash;
fuqarolar hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish, hayvonot va oʻsimlik dunyosini hamda atrof-muhitni muhofaza qilish;
ijtimoiy axloq-odobga va huquq-tartibotga rioya etish;
Oʻzbekiston Respublikasi xalqining madaniy merosini saqlash;
madaniy boyliklarni noqonuniy olib chiqish, olib kirish va ularga boʻlgan mulk huquqlarini boshqaga oʻtkazishdan himoya qilish;
Oʻzbekiston Respublikasining toʻlov balansini saqlab turish;
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish;
tiklab boʻlmaydigan tabiiy resurslar tugatilishining oldini olish;
Oʻzbekiston Respublikasining boshqa manfaatlarini himoya qilish.
