Vazirlar Mahkamasining “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirishning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash haqida” 2018-yil 19-iyundagi 458-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (706-son)
29.12.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida madaniyat va turizm sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 27-iyuldagi PF-114-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek madaniyat va sanʼat sohasi mutaxassislari mehnatiga haq toʻlash tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirishning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash haqida” 2018-yil 19-iyundagi 458-son qaroriga davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarini mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori bilan toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻlagan holda belgilashni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar ilovaga muvofiq kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 29-dekabr,
706-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 706-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirishning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash haqida” 2018-yil 19-iyundagi 458-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sirk va teatrlarning maʼmuriy-boshqaruv va badiiy-rahbar xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarini belgilash boʻyicha
KOEFFITSIYENTLAR
T/r Lavozimlar nomi Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari, koeffitsiyentda I guruh II guruh III guruh Maʼmuriy-boshqaruv xodimlar 1. Direktor 4,708 3,538 3,216 2. Direktor oʻrinbosari 3,891 3,216 2,924 3. Bosh buxgalter 3,216 2,924 2,658 4. Tijorat direktor (menejer), ijodiy jamoa direktori, bosh injener 2,924 2,658 X 5. Bosh energetik, bosh buxgalter oʻrinbosari, menejer 2,658 2,197 2,197 6. Asosiy boʻlim boshligʻi, kadrlar boʻlimi boshligʻi, bosh administrator 2,416 2,197 2,197 7. Boshqa boʻlimlar boshliqlari (mudirlari), laboratoriya, uchastka, smena, ustaxona (sex) boshligʻi, muzey, libosxona, omborxona va bilet byurosi mudiri 2,197 1,997 1,997 Badiiy-rahbar xodimlar 8. Badiiy rahbar 4,708 3,538 X 9. Bosh: rejissyor, dirijyor, baletmeyster, xormeyster, rassom 4,280 3,538 3,216 10. Sahnalashtiruvchi-rejissyor, sahnalashtiruvchi-baletmeyster, sahnalashtiruvchi-rassom, dirijyor, raqs jamoasining badiiy rahbari 3,538 2,924 2,658 11. Adabiy-dramatik qism rahbari, muharrir; badiiy-sahnalashtirish qism, truppa, musiqiy qism, adabiy qism mudiri, badiiy rahbar (bosh rejissyor) yordamchisi; vokal sinfi boʻyicha, balet sinfi boʻyicha konsertmeyster; rejissyor, ovoz rejissyori, chiroq ustasi, baletmeyster, xormeyster, vokal, balet, sirk nomerlari, nutq texnikasi boʻyicha repetitor, studiya rahbari. 3,216 2,658 2,416 12. Badiiy-ishlab chiqarish ustaxonasi mudiri, manej inspektori 2,924 2,658 2,197 13. Rejissyor yordamchisi, assistent, suflyor, ovoz operatori, tashkilotchi-pedagog (tarbiyachi), barcha janrlar rassomlari (bezakchi, qoʻgʻirchoqshunos, chiroq boʻyicha, modelyer), studiya oʻqituvchisi (pedagog), zootexnik, veterinariya vrachi 2,416 1,997 1,816
Izoh:
Oʻzbek Milliy akademik drama teatri va Oʻzbek Milliy qoʻgʻirchoq teatri maʼmuriy-boshqaruv hamda badiiy-rahbar xodimlari mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 1,12 koeffitsiyentga, Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri maʼmuriy-boshqaruv hamda badiiy-rahbar xodimlarining mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 1,5 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi”.
2. 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Teatrlar artist xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarini belgilash boʻyicha
KOEFFITSIYENTLAR
T/r Lavozimlar nomi Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari, koeffitsiyentda Opera va balet teatrlari Musiqiy (operetta) komediya teatrlari Musiqiy drama teatrlari, drama teatrlari, yosh tomoshabinlar teatrlari, qoʻgʻirchoq, satira va yoshlar teatrlari 1. Artist-vokalchi (yakkaxon xonanda), balet artisti yetakchi sahna ustasi 3,216 2,924 2,924 oliy toifali 2,924 2,658 2,658 birinchi toifali 2,658 2,416 2,416 ikkinchi toifali 2,416 2,197 2,197 toifasiz 2,197 1,997 1,997 stajer 2,203 X X 2. Drama artisti yetakchi sahna ustasi X X 3,216 oliy toifali X X 2,924 birinchi toifali X X 2,658 ikkinchi toifali X X 2,416 toifasiz X X 2,197 3. Orkestr artisti oliy toifali (konsertmeyster) 2,924 2,924 2,658 birinchi toifali 2,416 2,416 2,416 ikkinchi toifali 2,197 2,197 2,197 toifasiz 1,997 1,997 1,997 4. Xor artisti oliy toifali 2,658 2,658 X birinchi toifali 2,416 2,416 2,197 ikkinchi toifali 2,197 2,197 1,997 toifasiz 1,997 1,997 1,816 5. Yordamchi tarkib artisti 1,997 1,997 1,816
Izoh:
1. Oʻzbek Milliy akademik drama teatri va Oʻzbek Milliy qoʻgʻirchoq teatri artist xodimlari mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 1,34 koeffitsiyentga, Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri artist xodimlari mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 1,5 koeffitsiyentga, shuningdek mehnatga haq toʻlash boʻyicha I guruhga tegishli teatrlar xodimlari 1,17 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi.
2. “Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasi” davlat muassasasi pedagog xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari (soatbay toʻlash shartlarida jalb qilinadigan ishlardan tashqari) oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari mehnatiga haq toʻlash II guruh boʻyicha qoʻllaniladi”.
3. 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Konsert tashkilotlari va saroylari (teatr-konsert saroyi) maʼmuriy-boshqaruv va badiiy-rahbar xodimlarning mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarini belgilash boʻyicha
KOEFFITSIYENTLAR
T/r Lavozimlar nomi Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari, koeffitsiyentda I guruh II guruh III guruh Maʼmuriy-boshqaruv xodimlar 1. Bosh direktor, direktor 3,538 3,216 2,924 2. Direktor oʻrinbosari, bosh buxgalter 3,216 2,924 2,658 3. Tijorat direktori (menejeri), ijodiy jamoa direktori, bosh muhandis 2,924 2,658 2,416 4. Bosh energetik 2,658 2,416 2,197 5. Asosiy boʻlim boshligʻi, kadrlar boʻlimi boshligʻi, bosh buxgalter oʻrinbosari 2,416 2,197 1,997 6. Boshqa boʻlimlar boshliqlari (mudirlari), laboratoriya, uchastka, smena, ustaxona (sex) boshligʻi, muzey, libosxona mudiri, bosh administrator 2,197 1,997 1,816 Badiiy-rahbar xodimlar 7. Badiiy rahbar 3,538 3,216 2,924 8. Bosh: rejissyor, dirijyor, baletmeyster, xormeyster, rassom 3,216 2,924 2,924 9. Musiqiy, raqs, konsert jamoasi, va alohida ijodiy, shu jumladan sirk guruhining badiiy rahbari 2,924 2,658 2,416 10. Sahnalashtiruvchi-rejissyor, sahnalashtiruvchi-baletmeyster, sahnalashtiruvchi-rassom, dirijyor, dirijyor assistenti 2,658 2,197 2,197 11. Adabiy-dramatik qism rahbari, muharrir; badiiy-sahnalashtirish qismi, truppa, musiqiy qism mudiri, badiiy rahbar (bosh rejissyor) yordamchisi, vokal sinfi boʻyicha, balet sinfi boʻyicha konsertmeyster; rejissyor, ovoz rejissyori, baletmeyster, xormeyster, vokal boʻyicha, balet boʻyicha, sirk nomerlari boʻyicha, nutq texnikasi boʻyicha repetitor, manej inspektori. 2,416 1,997 1,997 12. Badiiy-ishlab chiqarish ustaxonasi mudiri, konsert boshlovchisi 2,197 1,816 1,816 13. Rejissyor yordamchisi, assistent, suflyor, ovoz operatori, barcha janrlar rassomi (bezakchi, chiroq boʻyicha, modelyer), pedagog-repetitor 1,816 1,651 1,651
Izoh. Oʻzbekiston davlat simfonik orkestri maʼmuriy-boshqaruv va badiiy-rahbar xodimlari mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 1,7 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi”.
4. 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Konsert tashkilotlari, musiqa va raqs jamoalari, shuningdek sirklardagi artist xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarini belgilash boʻyicha
KOEFFITSIYENTLAR
T/r Lavozimlar nomi Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari, koeffitsiyentda I. Konsert tashkilotlari, musiqali va raqs jamoalari 1. Simfonik, kamer orkestri, xalq cholgʻu asboblari orkestri, xor jamoasi artisti** oliy toifali 2,658 birinchi toifali 2,416 ikkinchi toifali 2,197 toifasiz 1,997 2. Ashula va raqs ansambli, raqs jamoasi, damli, estrada-simfonik orkestri artisti oliy toifali 2,416 birinchi toifali 2,197 ikkinchi toifali 1,997 toifasiz 1,816 3. Estrada orkestri va ansambli artisti oliy toifali 2,197 birinchi toifali 1,997 ikkinchi toifali 1,816 toifasiz 1,651 4. Artist-vokalchi (opera va kamerali), balet artisti (yakkaxon xonanda), artist-laparchi, lektor-musiqachi, cholgʻuchi-yakkaxon xonanda, cholgʻuchilar guruhi oliy toifali 2,658 birinchi toifali 2,416 ikkinchi toifali 1,997 toifasiz 1,816 5. Balet artisti, musiqali komediya va estrada artist-vokalchisi, nutq janri artisti, kamer-instrumental va vokal ansambli artisti oliy toifali 2,416 birinchi toifali 2,197 ikkinchi toifali 1,997 toifasiz 1,816 6. Estrada-sport, illyuzion va boshqa original estrada janrlari artisti, akkompaniator, konsertmeyster oliy toifali 2,41 b birinchi toifali 2,197 ikkinchi toifali 1,997 toifasiz 1,816 7. Konferansye artisti oliy toifali 2,416 birinchi toifali 2,197 ikkinchi toifali 1,997 toifasiz 1,816 8. Vokal-instrumental ansambli artisti, artist-konsert boshlovchisi, estrada-cholgʻu ansambli artisti oliy toifali 2,416 birinchi toifali 2,197 ikkinchi toifali 1,997 toifasiz 1,816 9. Yordamchi tarkib artisti 1,651 10. Ansambl va musiqali ansambllar birlashmasi artisti oliy toifali 1,997 birinchi toifali 1,816 ikkinchi toifali 1,651 toifasiz 1,816 11. Artist-maqomchi, hofiz, dostonchi oliy toifali 2,658 birinchi toifali 2,416 ikkinchi toifali 2,197 toifasiz 1,997 II. Sirklar 1. Barcha janrlar artisti (tomosha boshlovchisi) yetakchi sahna ustasi 3,891 oliy toifali 3,538 birinchi toifali 3,216 ikkinchi toifali 2,924 toifasiz 2,658 stajer 2,416 2. Hayvonlarni oʻrgatuvchi artist* yetakchi sahna ustasi 3,891 oliy toifali 3,538 birinchi toifali 3,216 ikkinchi toifali 2,924 toifasiz 2,658 stajer 2,416 3. Orkestr artisti oliy toifali 3,216 birinchi toifali 2,924 ikkinchi toifali 2,658 toifasiz 2,416
* Yirtqich hayvonlarni oʻrgatuvchi artistlarning tegishli toifasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 1,05 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi.
** Oʻzbekiston davlat simfonik orkestrining Orkestr artistlari tegishli toifasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 2,0 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi.
Izoh. Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi ijodiy jamoalari, Oʻzbekiston davlat simfonik orkestri xor artistlari, Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari markaziy ashula va raqs ansamblining artist xodimlari mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 1,17 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi”.
5. 5-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Hayvonot bogʻi xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarini belgilash boʻyicha
KOEFFITSIYENTLAR
T/r Lavozimlar nomi Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan koeffitsiyent hisobida hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari, koeffitsiyentda Maʼmuriy-boshqaruv xodimlar 1. Direktor 3,538 2. Direktor oʻrinbosari 3,216 3. Bosh buxgalter, kadrlar boʻlimi boshligʻi, veterinariya klinikasi mudiri, bosh zootexnik, boʻlim mudiri (boshligʻi), bosh zooinjener 2,924 4. Bosh energetik 2,658 Ilmiy-ijodiy xodimlar 5. Bosh ilmiy xodim 3,216 6. Ilmiy xodim 2,924 7. Ekskursiya yetakchisi 2,924 8. Kichik ilmiy xodim 2,658 Boshqa xodimlar 9. Yetakchi veterinariya vrachi 2,924 10. Veterinariya vrachi, hayvonot bogining kolleksiyasini butlash va hisobini yuritish boʻyicha mutaxassis 2,658 11. Bioximik-vrach, toksikolog-vrach, bakteriolog-vrach, apteka mudiri 2,658 12. Bosh zootexnik 2,924 13. Chipta kassasi mudiri, ozuqa oshxonasi (hayvonlar uchun) mudiri, zootexnik 2,416 14. Veterinariya feldsheri, laborant 2,197 15. Chiptalar nazoratchisi 2,197 ”;
6. 6-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Davlat muzeylari, muzey-qoʻriqxonalari, uy-muzeylari va boshqa muzey turidagi tashkilotlardagi maʼmuriy-boshqaruv xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarini belgilash boʻyicha
KOEFFITSIYENTLAR
T/r Lavozimlar nomi Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan koeffitsiyent hisobida hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari, koeffitsiyentda I guruh II guruh III guruh IV guruh 1. Bosh direktor, direktor 4,280 3,748 3,216 2,924 2. Fondlar bosh saqlovchisi, direktor oʻrinbosarlari, bosh muhandis 3,891 3,538 2,924 2,658 3. Bosh: buxgalter, energetik 3,215 2,924 2,416 2,197 4. Filial, boʻlim, kutubxona, sektor, taʼmirlash ustaxonasi mudiri, ilmiy kotib 3,538 3,215 2,658 2,416
Izoh: maʼmuriy-boshqaruv xodimlarining mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan koeffitsiyent hisobida hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari:
fan doktori ilmiy darajasiga yoki fan doktori (Doctor of Science) yoki xorijiy davlatlarning ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega boʻlganlarga — 2,5 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi;
fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki falsafa doktori (Ph.D) yoki xorijiy davlatlarning ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega boʻlganlarga — 2 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi”.
7. 7-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Davlat muzeylari, muzey-qoʻriqxonalari, uy-muzeylari va boshqa muzey turidagi tashkilotlar ijodiy xodimlari va mutaxassislari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarini belgilash boʻyicha
KOEFFITSIYENTLAR
T/r Lavozimlar nomi Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan koeffitsiyent hisobida hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari, koeffitsiyentda 1. Taʼmirchi-rassom oliy toifali 3,216 birinchi toifali 2,924 ikkinchi toifali 2,658 uchinchi toifali 2,416 2. Yetakchi ilmiy xodim 3,216 3. Katta ilmiy xodim 2,924 4. Ilmiy xodim 2,658 5. Kichik ilmiy xodim, taksidermist 2,416 6. Bosh: mutaxassis, bibliograf, uslubchi, rassom, arxivchi, kutubxonachi, fotograf 2,924 7. Yetakchi: mutaxassis, bibliograf, uslubchi, rassom, arxivchi, kutubxonachi, fotograf 2,658 8. Mutaxassis, bibliograf, uslubchi, ekskursiya yetakchisi, lektor, gid-tarjimon, rassom, arxivchi, kutubxonachi, fotograf birinchi toifali 2,416 ikkinchi toifali oliy maʼlumotli 2,416 ikkinchi toifali oʻrta maxsus maʼlumotli 2,197 9. Fondlar saqlovchisi 2,416 10. Muzey kuzatuvchisi 1,997 11. Katta administrator 1,816 12. Eksponatlar saqlovchisi 1,651
Izoh:
Ijodiy xodimlar va mutaxassislarning mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan koeffitsiyent hisobida hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va hududlardagi oliy taʼlim muassasalari tuzilmasidagi “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeylari, Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi, “Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasi, “Buxoro” davlat muzey-qoʻriqxonasi, “Ichan qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi, I. Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat sanʼat muzeyi, Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyi, Oʻzbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi, Fanlar akademiyasi muzeylarning mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan koeffitsiyent hisobida hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 1,17 koeffitsiyentga;
viloyatlardagi tarix va madaniyat davlat muzeylarida mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan koeffitsiyent hisobida hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari — 1,08 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi;
fan doktori ilmiy darajasiga yoki fan doktori (Doctor of Science) yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega boʻlganlarga — 2,5 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi;
fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki falsafa doktori (Ph.D) yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega boʻlganlarga — 2 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi”.
8. 8-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Madaniy-maʼrifiy muassasalarning maʼmuriy-boshqaruv xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarini belgilash boʻyicha
KOEFFITSIYENTLAR
T/r Lavozimlar nomi Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari, koeffitsiyentda I guruh II guruh III guruh IV guruh 1. Direktor 3,216 2,924 2,658 2,416 2. Direktor oʻrinbosari, fondlarning bosh saqlovchisi 2,924 2,658 2,416 2,197 3. Boʻlim, filial, taʼmirlash ustaxonasi, sektor mudiri (boshligʻi), ilmiy kotib, bosh buxgalter 2,658 2,416 2,197 1,997
Izoh:
1. Madaniy-maʼrifiy muassasalarga Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi, koʻrgazmalar, rasm va fotogalereyalar, kutubxonalar (axborot-resurs markazlari, shu jumladan koʻzi ojizlar uchun, axborot-kutubxona markazlari) kiradi.
2. Bosh buxgalter oʻrinbosarlarining mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari bosh buxgalterning bazaviy lavozim maoshlari miqdoridan 5 foizga kam belgilanadi.
3. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi — axborot-resurs markazi maʼmuriy-boshqaruv xodimlarining mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari I guruh mehnatiga haq toʻlashga nisbatan 1,17 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi, Respublika yigʻma elektron katalogi markazining mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari esa I guruh mehnatiga haq toʻlashga nisbatan — 1,08 koeffitsiyentga;
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Toshkent, Fargʻona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari boʻlim mudirlari (boshliqlari)ning mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari II guruh mehnatiga haq toʻlashga nisbatan 1,08 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi”.
9. 9-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Madaniy-maʼrifiy muassasalarning ijodiy va boshqa xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarini belgilash boʻyicha
KOEFFITSIYENTLAR
T/r Lavozimlar nomi Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari, koeffitsiyentda Ijodiy xodimlar 1. Taʼmirchi-rassom (rangtasvir va amaliy sanʼat boʻyicha) oliy toifali 2,658 birinchi toifali 2,416 ikkinchi toifali 2,197 uchinchi toifali 1,997 2. Yetakchi ilmiy xodim 2,658 3. Katta ilmiy xodim 2,416 4. Ilmiy xodimlar 2,197 5. Kichik ilmiy xodim 1,997 6. Bosh mutaxassis, kutubxonachi, bibliograf va boshqa asosiy ish faoliyati boʻyicha bosh mutaxassislar 2,416 7. Yetakchi: mutaxassis, kutubxonachi, bibliograf, paleograf, uslubchi, rassom, sanʼatshunos 2,197 8. Mutaxassis, kutubxonachi, bibliograf, paleograf, arxivchi, arxeograf, uslubchi, gid-tarjimon, rassom, lektor, muharrir, sanʼatshunos, madaniy-maʼrifiy muassasalarning instruktori birinchi toifali 1,997 ikkinchi toifali oliy maʼlumotli 1,816 ikkinchi toifali oʻrta maxsus maʼlumotli 1,651 Boshqa xodimlar 9. Katta: usta, nazoratchi usta, menejer-tashkilotchi 1,997 10. Usta, nazoratchi usta 1,816 11. Katta administrator 1,816 12. Chipta kassasi mudiri, libosxona mudiri, administrator, fotograf 1,651 13. Bilet nazoratchisi, saqlash xonasi mudiri, muzey kuzatuvchisi, koʻrgazma zali kuzatuvchisi 1,651
Izoh:
1. Madaniy-maʼrifiy muassasalarga Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi, koʻrgazmalar, rasm va fotogalereyalari, kutubxonalar (axborot-resurs markazlari, shu jumladan koʻzi ojizlar uchun, axborot-kutubxona markazlari) kiradi.
2. Ijodiy xodimlarning mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari:
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot-resurs markazida 1,17 koeffitsiyentga;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Respublika markaziy koʻzi ojizlar uchun kutubxonasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasining Respublika bolalar kutubxonasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar “Bolalar kutubxonalari”, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Respublika ilmiy-pedagogika kutubxonasi, Sogʻliqni saqlash vazirligining Davlat ilmiy-tibbiyot kutubxonasi, Fanlar akademiyasining fundamental kutubxonasi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining Respublika yigʻma elektron katalogi markazi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahri axborot-kutubxona markazlariga — 1,08 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi”.
10. 10-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Madaniyat markazlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarini belgilash boʻyicha
KOEFFITSIYENTLAR
T/r Lavozimlar nomi Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari, koeffitsiyentda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat markazlari Tumanlar (shaharlar) madaniyat markazlari Qishloq va shaharcha madaniyat markazlari 1. Direktor, filial mudiri 2,416 X 2,197 2. Badiiy rahbar 2,197 1,997 X 3. Toʻgarak, jamoa va studiya rahbari, qoʻshiqchilar, musiqachilar* 1,651 1,651 1,651 4. Rejissyor, baletmeyster, xormeyster, artist, studiya dirijyori, “Xalq havaskorlik jamoalari” va “Namunali bolalar jamoalari” unvoniga ega badiiy havaskorlik jamoalarining musiqa va badiiy rahbarlari 1,997 1,997 1,816 5. Mutaxassislar: ijodiy toʻgaraklar va havaskorlik jamoalari faoliyatini tashkillashtirish boʻyicha, yoshlar va madaniy-maʼrifiy ishlar boʻyicha, sahnalashtiruvchi-rassom, xoreograf 1,997 1,997 1,997 6. Akkompaniator, liboschi, administrator, kutubxonachi, ovoz rejissyori, operator 1,651 1,651 1,651
* Koʻrsatilgan oliy maʼlumotli lavozimlarning mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 1,08 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi.
Izoh: koʻrsatilgan lavozimlarning mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari madaniyat markazlari huzuridagi xalq teatrlari va havaskorlik jamoalariga nisbatan tatbiq etiladi”.
11. 11-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Davlat arxivlari va ularning filiallari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarini belgilash boʻyicha
KOEFFITSIYENTLAR
T/r Lavozimlar nomi Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari, koeffitsiyentda I guruh II guruh III guruh 1. Direktor 2,924 2,658 2,416 2. Direktor oʻrinbosari, Fondlarning bosh saqlovchisi 2,658 2,416 2,197 3. Asosiy faoliyati, qayta tiklash va boshqa boʻlimlar mudirlari (boshliqlari) 2,416 2,197 1,997 4. Boshqa boʻlimlar, xizmatlar va laboratoriya mudirlari (boshliqlari) 2,197 1,997 1,997 5. Arxivlar saqlovxonasi mudiri 2,197 1,997 1,816 6. Bosh: arxivchi, asosiy faoliyat boʻyicha mutaxassis 2,197 2,197 1,816 7. Yetakchi: arxivchi, arxeograf, paleograf, uslubchi va asosiy faoliyat boʻyicha mutaxassis 1,997 1,997 1,816 8. Arxivchi, uslubchi, arxeograf, paleograf birinchi toifali 1,997 1,997 1,651 ikkinchi toifali 1,816 1,816 1,651 Fondlarning katta saqlovchisi 1,816 1,816 1,651 Fondlar saqlovchisi 1,651 1,651 1,651 9. Ilmiy xodimlar Yetakchi ilmiy xodim 2,658 X X Katta ilmiy xodim 2,416 X X Kichik ilmiy xodim 2,197 X X 10. Restavrator Oliy toifali 2,416 2,416 2,416 birinchi toifali 2,197 2,197 2,197 ikkinchi toifali 2,197 2,197 1,816 uchinchi toifali 1,997 1,997 1,651 11. Bosh buxgalter 2,197 2,197 1,997
Izoh. Arxivning shtatida ilmiy xodimlar nazarda tutilganida (kiritilganda), direktor, asosiy faoliyat boʻyicha direktor oʻrinbosari va boʻlim mudirlari (boshliqlari) lavozimlarining bazaviy maoshlari miqdorlari — 1,08 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi”.
12. 12-ilova kuyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Davlat arxivlari va uzoq muddat xizmati uchun har oylik taqdirlash puli belgilanadigan davlat arxivlari xodimlari lavozimlari
ROʻYXATI
I. Davlat arxivlari
1. Oʻzbekiston Milliy arxivi;
2. Oʻzbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi;
3. Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi;
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi markaziy davlat arxivi;
5. Viloyat, tuman va shahar davlat arxivlari va ularning filiallari;
6. Toshkent shahar markaziy davlat arxivi va uning filiallari.
II. Lavozimlar roʻyxati
1. Direktor, direktor oʻrinbosari;
2. Bosh buxgalter, buxgalter;
3. Boʻlim, arxivlar saqlovxonasi, laboratoriya, filmoteka, fonoteka, fototeka mudirlari;
4. Bosh: fondlar saqlovchisi, uslubchi, arxivchi, arxeograf, mutaxassis;
5. Yetakchi: ilmiy xodim, uslubchi, arxivchi, arxeograf, paleograf, kutubxonachi;
6. Katta: ilmiy xodim, fondlar saqlovchi;
7. Iqtisodchi, ilmiy xodim, kichik ilmiy xodim, fondlar saqlovchisi;
8. Arxivchi, arxeograf, paleograf, barcha toifadagi uslubchi;
9. Barcha toifadagi restavratorlar;
10. Arxivchi, arxeograf, paleograf, uslubchi, kutubxonachi;
11. Fotosuratchi, operator, raqamlashtirish boʻyicha mutaxassis”.
13. 13-ilovada:
4-bandda “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-bandda “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Madaniyat vazirligi va “Oʻzarxiv” agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda Madaniyat vazirligi va Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8, 10 va 11-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
