Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida (285-XII-son) · Sana: 14.06.1991 · Kuchini yo'qotgan
Mulkchilikning shakllaridan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy aloqalarning ishtirokchilari sifatida roʻyxatga olinib, respublika hududida yoki uning tashqarisida ish olib borayotgan yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan ajnabiy yuridik va jismoniy shaxslar, xalqaro tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining subyektlari boʻlishi mumkin.
Tashqi iqtisodiy aloqalar subyektlarini roʻyxatga olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Roʻyxatga olishni rad etish konkret iqtisodiy yoki boshqa hisob-kitoblar va dalillar bilan asoslab berilishi kerak.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-67145
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 5-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida (285-XII-son). neolex.uz/uz/laws/law-67128/5 (lex.uz/docs/-67145)