“50-modda. Ishda prokurorning ishtiroki
Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-887-son) · Sana: 25.12.2023 · Amalda
Prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda yoki prokurorning daʼvo arizasi (arizasi) asosida qoʻzgʻatilgan ishlardagina ishtirok etishi mumkin. Prokuror boshqa shaxslarning arizalari bilan qoʻzgʻatilgan ishning muhokamasida oʻz tashabbusi bilan ishtirok etishi mumkin emas.
Agar fuqaro sogʻligʻining holati, yoshi yoki boshqa sabablarga koʻra sudda oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini shaxsan himoya qilish imkoniyatiga ega boʻlmasa, prokuror fuqaroning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga ega.
Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlariga daʼvo arizasini (arizani) — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar yoki ularning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari yoki ularning oʻrinbosarlari taqdim etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolik ishlari boʻyicha sudlariga daʼvo arizasini (arizani) taqdim etishga haqli”;
6) 125-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin”;
7) 138-modda:
ikkinchi qismining ruscha matnidagi “prisujdayutsya” degan soʻz “prisujdayutsya s otvetchika” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismidagi “apellatsiya va kassatsiya” degan soʻzlar “apellatsiya, kassatsiya va taftish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 155-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud (sudya) tayinlagan muddatlar sud (sudya) tomonidan uzaytirilishi mumkin”;
ikkinchi qismi “sud” degan soʻzdan keyin “(sudya)” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
