404-modda. Kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻradigan sudlar
Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-887-son) · Sana: 25.12.2023 · Amalda
Quyidagilar:
1) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati — tegishli fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlarining hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tomonidan birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi — hududiy harbiy sudlarning va Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan;
3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻrib chiqadi.
