3895-modda. Apellatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish
Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-887-son) · Sana: 25.12.2023 · Amalda
Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar:
1) apellatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeksga muvofiq shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va u ish yuritishga xatoga yoʻl qoʻyilib qabul qilingan boʻlsa;
2) apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan va u ish yuritishga xatoga yoʻl qoʻyilib qabul qilingan boʻlsa;
3) apellatsiya shikoyati (protesti) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa;
4) apellatsiya shikoyatidan voz kechish toʻgʻrisidagi ariza apellatsiya shikoyatini bergan shaxsdan apellatsiya shikoyati ish yuritishga qabul qilinganidan keyin kelib tushgan boʻlsa;
5) protestni chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza protest keltirgan prokurordan yoki yuqori turuvchi prokurordan apellatsiya protesti ish yuritishga qabul qilinganidan keyin kelib tushgan boʻlsa;
6) ishda taraf boʻlgan yuridik shaxs apellatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar tugatilgan boʻlsa;
7) ishda taraf boʻlgan fuqaro apellatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa.
Apellatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, unda sud xarajatlarini taraflar oʻrtasida taqsimlash toʻgʻrisidagi masala hal etiladi.
Apellatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxsning ayni shu asoslar boʻyicha apellatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi”;
19) 392-modda chiqarib tashlansin;
20) 395-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan berilgan apellatsiya shikoyatini (protestini) apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi”;
