Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (3485-son)
21.12.2023
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 21-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3485]
Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-869-son “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq 2024-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TASHKULOV
Toshkent sh.,
2023-yil 21-dekabr,
23-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 21-dekabrdagi 23-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Moliya vazirligining 2008-yil 26-noyabrdagi 8, 109-son qarori (roʻyxat raqami 1878, 2008-yil 2-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 49-son, 487-modda) bilan tasdiqlangan Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokatlar tomonidan yuridik yordam koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni davlat hisobiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
6-banddagi “nazorat tartibida” degan soʻzlar “taftish tartibida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ilova matnidagi “nazorat tartibida” degan soʻzlar “taftish tartibida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
