Investitsiya loyihalarini erkin almashtiriladigan valyutada kreditlash tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (681-1-son)
29.03.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 29-martda 681-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida” yangi tahrirdagi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Investitsiya loyihalarini erkin almashtiriladigan valyutada kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ga (1999-yil 22-martda 681-son bilan davlat roʻyxatiga olingan) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnida berilgan
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan sanadan 10 kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F.M. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 21-fevral,
294-1-son
