Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-389-son)
14.12.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Qashqadaryo viloyatining mavjud ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan ishlab chiqarish va investitsiya salohiyatidan samarali foydalanish, hududda muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini yaxshilash, iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror rivojlantirish, shu asosda aholi bandligini taʼminlash va turmush darajasini oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib belgilansin:
birinchidan, viloyatda 2024-2025-yillarda yalpi hududiy mahsulot hajmi tegishlicha — 5,8 foizga va 6 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi — 8 foizga va 8,5 foizga, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish hajmi — 4,5 foizga va 5 foizga, bozor xizmatlari hajmi — 14 foizga va 15 foizga oʻsishini taʼminlash;
ikkinchidan, 2024-yilda 550 ming va 2025-yilda 600 ming nafar aholining bandligini taʼminlash;
uchinchidan, 2024-yilda respublika budjetidan 100 milliard soʻm ajratish hisobiga 90 kilometr, 2024 — 2026-yillarda xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlatlar mablagʻlari, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasining imtiyozli kreditlari hisobidan 316 kilometr, jami 406 kilometr kanallarni betonlashtirish. Shuningdek:
2024 — 2030-yillarda 11 ming kilometrdan ziyod tuproq oʻzanli xoʻjaliklararo irrigatsiya tarmoqlarini toʻliq betonlashtirish yoki ularni lotok tizimlari va yopiq quvurlarga oʻtkazish;
2024-2025-yillarda viloyatdagi sugʻoriladigan yer maydonlarini lazerli tekislash va buning natijasida, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda unumdorlikni 20 foizga oshirish;
toʻrtinchidan, 2024-yilda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan 220 milliard soʻm ajratish hamda 2024 — 2026-yillarda xalqaro moliya tashkilotlaridan 122,5 million AQSh dollarini jalb qilish hisobiga jami 364 kilometr, shundan 189 kilometr umumiy foydalanishdagi va 175 kilometr ichki avtomobil yoʻllarini taʼmirlash;
beshinchidan, 2024-yilda respublika budjetidan 52 milliard soʻm ajratish hamda xalqaro moliya tashkilotlaridan 31 million AQSh dollarini jalb qilish hisobiga jami 321 kilometr ichimlik suv tarmoqlari va 18 ta suv inshootini qurish orqali ichimlik suv taʼminoti qamrovini 73,6 foizga yetkazish;
oltinchidan, 2024-yilni Qashqadaryo viloyatida “Maktab taʼlimi va tibbiyot yili” deb eʼlon qilish hamda bu borada zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Bunda, 2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 390 milliard soʻm ajratish hisobiga 64 ta umumtaʼlim maktabida qurilish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish;
yettinchidan, turizm yoʻnalishida rejalashtirilayotgan loyihalarni moliyalashtirish uchun viloyatga 500 million AQSh dollari miqdoridagi investitsiya mablagʻlarini jalb qilish hisobiga 4 million nafar mahalliy hamda 500 ming nafar xorijiy turist tashrifini tashkil qilish.
Bunda, 2024-yilda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan 50 million AQSh dollari hamda 2024-2025-yillarda jami 500 million AQSh dollari ekvivalentida markazlashgan va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.
2. Quyidagilar:
Qashqadaryo viloyatida 2024-2025-yillarda aholi bandligini taʼminlashning reja koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
Qashqadaryo viloyatidagi noruda foydali qazilma konlari joylashgan yer maydonlariga boʻlgan huquqlarni auksion savdolariga chiqarish grafigi 2-ilovaga muvofiq;
2024-2025-yillarda Qashqadaryo viloyatidagi sugʻoriladigan yer maydonlarini lazerli tekislashning reja koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish yuzasidan respublika ishchi guruhi tarkibi 4-ilovaga muvofiq;
Qashqadaryo viloyatining tumanlariga (shaharlariga) biriktirilgan vazirlik, idora va tijorat banklari rahbar xodimlari roʻyxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligining Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining hududiy tuzilmalari shtat birliklarini maqbullashtirish hisobiga Qashqadaryo viloyati hokimligi huzurida 10 ta shtat birligidan iborat Sanoatni rivojlantirish loyiha ofisini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha ofisi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Loyiha ofisiga quyidagi asosiy vazifalar yuklansin:
sanoat sohasida foydalanilmayotgan zaxiralarni aniqlash va ularni safarbar etishni nazarda tutuvchi Sanoatning jadal rivojlanishi konsepsiyasini ishlab chiqish hamda viloyatning har bir tumanini (shaharini) oʻzaro uzviy holda rivojlantirish orqali viloyatni respublikada sanoati rivojlangan hududga aylantirish;
zamonaviy konstruktorlik va tajriba byurolariga ega boʻlgan “Ildam rivojlanuvchi innovatsion sanoat zonalari”ni barpo etish hamda innovatsion va yuqori texnologiyali sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.
Qashqadaryo viloyati hokimligi mazkur tadbirlarni amalga oshirish uchun bir oy muddatda zarur tajribaga ega boʻlgan nufuzli xalqaro konsalting kompaniyasini jalb qilsin.
Bunda, xalqaro konsalting kompaniyasiga “Ildam rivojlanuvchi innovatsion sanoat zonasi”ni tashkil etish konsepsiyasini yoki master-rejasini investorlarni jalb qilgan holda ishlab chiqish vazifasi yuklansin.
Bosh vazir oʻrinbosari J. Qoʻchqorov ushbu maqsadlar uchun respublika budjetidan 10 milliard soʻm mablagʻ ajratilishini taʼminlasin.
4. Loyiha ofisi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, xalqaro konsalting kompaniyasi bilan birgalikda:
birinchi bosqichda, xomashyo va mehnat resurslari, atrofdagi hududlarda joylashgan yirik sanoat korxonalari va sanoat zonalari bilan kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish imkoniyatlari hamda boshqa omillardan kelib chiqib, belgilangan hududlar doirasida ishlab chiqarish korxonalarining maqbul joylashuvini belgilash boʻyicha takliflarni ishlab chiqsin;
“yashil”, innovatsion va raqamli texnologiyalarga hamda yuqori qoʻshilgan qiymat yaratishga asoslangan tovarlarning istiqboldagi bozor konyunkturasi asosida ishlab chiqarish yoʻnalishlari va mahsulot turlari boʻyicha takliflarni shakllantirsin;
ikkinchi bosqichda, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligini jalb qilgan holda hududlarning rivojlanishiga turtki beruvchi, ilgʻor ilmiy ishlanmalar va innovatsion texnologiyalarga asoslangan yuqori qoʻshilgan qiymat yaratuvchi salohiyatli investitsiya loyiha takliflari roʻyxatini shakllantirsin;
investitsiya loyihalarining maqbul joylashuvini taʼminlashni inobatga olgan holda yer maydonlarini alohida va yirik lotlarga ajratish orqali mulk va ijara huquqi asosida ochiq auksion savdolariga chiqarish boʻyicha takliflar tayyorlasin;
investorlar orasida qiziqishni kuchaytirish maqsadida har bir hududga taniqli xorijiy kompaniyalarni (brendlarni) jalb qilish choralarini koʻrish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin;
yakuniy bosqichda kelgusi 5 yilda viloyatda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini kamida 2 barobarga oshirish, 2024-2025-yillarda kamida 400 million AQSh dollari miqdoridagi 30 ta yirik (asosiy farmatsevtika mahsulotlari, elektrotexnika mahsulotlari) va katta (kimyo mahsulotlari, elektr uskunalari) biznes loyihalarini amalga oshirish hamda eksport salohiyatini 3-4 barobarga oshirishning iqtisodiy asoslarini tayyorlagan holda mazkur tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda, viloyat sanoati, investitsiya va eksport salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar uchta bosqichda, xususan birinchi bosqich olti oy muddatgacha, ikkinchi bosqich bir yilgacha hamda yakuniy bosqich ikki yilgacha boʻlgan davrda amalga oshiriladi.
5. Suv xoʻjaligi vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda Qashqadaryo viloyatidagi suv xoʻjaligi tashkilotlari hisobidagi 406 kilometr sugʻorish tarmoqlarini manzilli dastur asosida bosqichma-bosqich betonlashtirish ishlarini nazarda tutuvchi tegishli qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda, sugʻorish tarmoqlarini betonlashtirish ishlarining moliyalashtirish manbai etib, 2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasidagi mablagʻlar hamda Xitoy Xalq Respublikasining imtiyozli kredit mablagʻlari belgilanishi nazarda tutilsin.
6. Suv xoʻjaligi vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi uch oy muddatda Qamashi va Gʻuzor tumanlaridagi 25 ming gektar sugʻoriladigan yer maydonlarining suv taʼminotini yaxshilash maqsadida “Paxtaobod” kanalini modernizatsiya qilishga Jahon bankidan zarur mablagʻlarni jalb qilish boʻyicha tegishli muzokaralar va tadbirlarni amalga oshirsin.
7. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi yerlarida tuproqning ozuqa moddalari bilan taʼminlanganlik darajasini aniqlash maqsadida 2024-yilda qoʻshimcha ravishda 10 ta mobil laboratoriya faoliyatini tashkil qilgan holda 150 ming gektarda tuproqning agrokimyoviy tahlili xaritasini ishlab chiqib, uning yerdan foydalanuvchilarga yetkazib berilishini taʼminlasin.
8. Bosh vazir oʻrinbosarlari J. Qoʻchqorov, A. Ramatov va J. Xodjayev Qashqadaryo viloyati hokimligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda mazkur qarorning 1-bandidagi asosiy maqsadli koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash maqsadida Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini tasdiqlash boʻyicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda, belgilanadigan har bir chora-tadbir boʻyicha masʼul ijrochilar, amalga oshirish mexanizmi va muddatlari aniq koʻrsatib oʻtilsin.
9. Mazkur qarorga 5-ilovadagi vazirlik, idora va tijorat banklari rahbar xodimlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda eksport salohiyatini oshirish, mavjud zaxira va imkoniyatlardan samarali foydalangan holda aholining doimiy daromadli mehnat bilan bandligini taʼminlash, yangi ish oʻrinlarini tashkil etish;
hududni kompleks rivojlantirish maqsadida qabul qilingan farmon, qaror va topshiriqlar ijrosining oʻz vaqtida va sifatli taʼminlanishini tashkillashtirish;
belgilangan vazifalarni amalga oshirish jarayonida vujudga kelgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masʼul vazirlik va idoralar bilan birga zarur choralarni koʻrib borish.
10. Belgilansinki:
a) mazkur qaror ijrosi:
har olti oyda bir marta Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov tomonidan Vazirlar Mahkamasi Rayosatida;
har chorakda bir marta Respublika ishchi guruhi (J. Qoʻchqorov) va Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi yigʻilishida;
har oyda kamida bir marta tumanlarga (shaharlarga) biriktirilgan masʼullar tomonidan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari yigʻilishida mutasaddi vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilinadi;
b) Respublika ishchi guruhi (J. Qoʻchqorov) va Qashqadaryo viloyati hokimligi har chorak yakuni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga mazkur qaror ijrosi yuzasidan axborot kiritib boradi.
11. Oliy Majlis Senatiga xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati, tuman (shahar) Kengashlari bilan birgalikda mazkur qaror ijrosini nazorat qilib borish tavsiya etilsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Qashqadaryo viloyati hokimi M.B. Azimov va uning oʻrinbosarlari belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 14-dekabr,
PQ-389-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabrdagi PQ-389-son qaroriga 1-ILOVA
Qashqadaryo viloyatida 2024-2025-yillarda aholi bandligini taʼminlashning
REJA KOʻRSATKICHLARI
T/r Hududlar nomi Yillar Sohalar kesimida: 2024-yilda 2025-yilda Investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish hisobiga Xizmat koʻrsatish va kambagʻallikni qisqartirish hisobiga Qishloq xoʻjaligi sohasida Qurilish sohasida 2024-yil 2025-yil 2024-yil 2025-yil 2024-yil 2025-yil 2024-yil 2025-yil Jami 550 000 600 000 13 073 14 250 110 487 113 703 416 316 461 012 10 124 11 035 1. Qarshi shahri 24 801 27 533 1 481 1 614 21 073 23 470 - - 2 247 2 449 2. Shahrisabz shahri 10 795 11 765 1 014 1 105 9 105 9 924 94 102 582 634 3. Gʻuzor tumani 34 166 39 399 229 250 6 271 6 271 27 215 32 386 451 492 4. Dehqonobod tumani 13 397 15 170 308 336 4 232 4 232 8 622 10 346 235 256 5. Qamashi tumani 34 437 39 608 490 534 6 570 6 570 26 942 32 030 435 474 6. Qarshi tumani 39 467 45 766 941 1 026 6 209 6 209 31 866 38 039 451 492 7. Koson tumani 60 688 63 400 707 771 8 338 8 338 50 396 52 932 1 247 1 359 8. Kitob tumani 33 517 35 703 976 1 064 7 741 7 741 24 353 26 411 447 487 9. Mirishkor tumani 37 442 40 448 1 065 1 161 2 934 2 934 33 193 36 080 250 273 10. Muborak tumani 35 933 38 877 501 546 2 706 2 706 32 520 35 400 206 225 11. Nishon tumani 37 299 40 092 447 487 4 821 4 821 31 799 34 531 232 253 12. Kasbi tumani 43 452 46 823 1 067 1 163 5 986 5 986 36 038 39 281 361 393 16. Koʻkdala tumani 34 485 37 083 874 953 5 625 5 625 27 007 29 438 979 1 067 13. Chiroqchi tumani 35 088 37 635 1 126 1 227 6 784 6 784 26 664 29 064 514 560 14. Shahrisabz tumani 35 009 37 589 300 327 6 351 6 351 27 895 30 406 463 505 15. Yakkabogʻ tumani 40 023 43 108 1 547 1 686 5 740 5 740 31 712 34 566 1 024 1 116
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabrdagi PQ-389-son qaroriga 2-ILOVA
Qashqadaryo viloyatidagi noruda foydali qazilma konlari joylashgan yer maydonlariga boʻlgan huquqlarni auksion savdolariga chiqarish
GRAFIGI
T/r Foydali qazilma konining nomi va joylashgan joyi Xomashyo turi Zaxirasi Oʻlchov birligi Maydoni (gektarda) Tuman Auksionga chiqarish grafigi* 1. Boʻynoqsoy Chini xomashyosi uchun kvars 854 ming tonna 4,3 Nishon 2024-yil I chorak 2. Qaynar-II (1972) koni 2-uchastkasi Ohak uchun ohaktosh 4 177,2 ming tonna 1,9 Kitob 3. Sevaz (1978) Tabiiy pardozbop toshlar uchun marmar 1 527 ming metr kub 12 4. Zevarda Mineral tuz xomashyosi 17,3 ming tonna 8,6 Mirishkor 5. Qorabuloq 37,2 ming tonna 9 6. Qamashi-I (1970) Gʻisht-cherepitsa xomashyosi uchun lyossimon jinslar 505,6 ming metr kub 5,7 Qamashi 2024-yil II chorak 7. Qalqama (1985) 966 ming metr kub 7,6 Chiroqchi 8. Mangʻit (2014) 70,1 ming metr kub 2,1 Qarshi 9. Qarshi-V (1989) 88,7 ming metr kub 23 10. Niguz (1966) 15 046,9 ming metr kub 90,5 Koson 11. Gʻuzor (1967) 941 ming metr kub 8,1 Gʻuzor 12. Xayrabod-1 95,7 ming metr kub 1,4 Kitob 13. Nishon (1968) Qurilish ishlari uchun qum 7 674 ming metr kub 248 Nishon
Izoh: *mazkur yer qaʼri uchastkalarini auksion savdolariga chiqarishdan oldin, ushbu yerlarning toifasi belgilangan tartibda oʻzgartirilib, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligiga doimiy foydalanish huquqi asosida oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabrdagi PQ-389-son qaroriga 3-ILOVA
2024-2025-yillarda Qashqadaryo viloyatida sugʻoriladigan yer maydonlarini lazerli tekislashning
REJA KOʻRSATKICHLARI
gektar T/r Tuman va shahar nomi Sugʻoriladigan ekin yerlari Shundan: 2024-yilda 2025-yilda Jami: 308 000 154 000 154 000 1. Gʻuzor tumani 15 350 7 675 7 675 2. Dehqonobod tumani 4 000 2 000 2 000 3. Qarshi tumani 29 300 14 650 14 650 4. Koson tumani 40 050 20 025 20 025 5. Qamashi tumani 24 350 12 175 12 175 6. Kitob tumani 3 500 1 750 1 750 7. Mirishkor tumani 40 400 20 200 20 200 8. Muborak tumani 18 550 9 275 9 275 9. Nishon tumani 36 300 18 150 18 150 10. Kasbi tumani 33 150 16 575 16 575 11. Chiroqchi tumani 13 662 6 831 6 831 12. Koʻkdala tumani 22 938 11 469 11 469 13. Shahrisabz tumani 10 250 5 125 5 125 14. Shahrisabz shahri 100 50 50 15. Yakkabogʻ tumani 16 100 8 050 8 050
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabrdagi PQ-389-son qaroriga 4-ILOVA
Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish yuzasidan
RESPUBLIKA ISHCHI GURUHI TARKIBI
1. J.A. Qoʻchqorov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Ishchi guruh rahbari 2. M.B. Azimov — Qashqadaryo viloyati hokimi, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari 3. I.I. Norqulov — iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari Ishchi guruh aʼzolari 4. L.Sh. Kudratov — investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri 5. B.A. Musayev — kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri 6. I.Y. Abduraxmonov — qishloq xoʻjaligi vaziri 7. Sh.R. Xamrayev — suv xoʻjaligi vaziri 8. J.T. Mirzamaxmudov — energetika vaziri 9. A.A. Xaydarov — iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari 10. Sh.S. Xidoyatov — qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari 11. A.J. Ortiqov — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori 12. M.M. Ubaydullayev — Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori 13. F.J. Pulatov — Kadastr agentligi direktori 14. U.R. Shadiyev — Turizm qoʻmitasi raisi 15. N.N. Saydullayev — Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari 16. D.A. Vahobov — Savdo-sanoat palatasi raisi 17. A.A. Hayitov — Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi 18. I.R. Tangriyev — Vazirlar Mahkamasi kotibiyati mudiri, Ishchi guruh kotibi
Izoh: Respublika ishchi guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabrdagi PQ-389-son qaroriga 5-ILOVA
Qashqadaryo viloyatining tuman (shahar)lariga biriktirilgan vazirlik, idora va tijorat banklari rahbar xodimlari
ROʻYXATI
Gʻuzor tumani1.B.B. Siddiqov“Oʻzbekneftgaz” AJ raisi2.Z.B. BadriddinovOʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi boshqaruvi raisi3.A.Sh. Xodjayev“Oʻzmilliybank” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosariDehqonobod tumani4.Sh.D. KudbiyevSoliq qoʻmitasi raisi5.T.R. Muxamedjanov“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi6.A.K. Mirsoatov“Oʻzmilliybank” AJ boshqaruvi raisiKasbi tumani7.Lavozimi boʻyichaRaqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi8.I.U. Xaydarov“Oʻztuqimachiliksanoat” uyushmasi raisi9.A.A. Akbarjonov“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisiKitob tumani10.A.Y. MavlonovBojxona qoʻmitasi raisi11.B.B. Boboqulov“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruvi raisi v.v.b.12.S.Z. Talibdjanov“Asaka bank” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosariKoson tumani13.B.A. Musayevkambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri14.M.T. AbdullayevAgrosanoatni rivojlantirish agentligi direktori oʻrinbosari15.R.Oʻ. MamatqulovAT “Agrobank” boshqaruvi raisiKoʻkdala tumani16.B.T. NorqobilovVeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi17.M.R. MirzayevXorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori18.A.A. Muratov“Biznesni rivojlantirish banki” ATB boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosariQamashi tumani19.F.J. PulatovKadastr agentligi direktori20.O.S. Jumayev“Oʻzbekipaksanoati” uyushmasi raisi21.O.A. Boʻtayev“Mikrokreditbank” ATB boshqaruv raisiQarshi tumani22.M.M. UbaydullayevMahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori23.F.A. Boboyev“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi24.B.U. Allaniyazov“Mikrokreditbank” ATB boshqaruvi raisi oʻrinbosariQarshi shahri25.A.M. Boboyeviqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari26.Sh.S. Xidoyatovqurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari27.M.M. Yunusov“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi raisi28.U.A. QoʻqonboyevAT “Aloqabank” boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosariMirishkor tumani29.N.Q. Xolmurodovinvestitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari30.Sh.R. Xamrayevsuv xoʻjaligi vaziri31.Ch.S. Mirzayev“Turon bank” ATB boshqaruvi raisiMuborak tumani32.A.J. OrtiqovDavlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori33.D.N. SattarovTexnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori34.A.S. QurbonovAT “Aloqabank” boshqaruvi raisi oʻrinbosariNishon tumani35.R.J. Qarshiyevsuv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari36.U.T. Abdullayev“Hunarmand” uyushmasi raisi37.Sh.X. AtabayevAT “Xalq banki” boshqaruvi raisiChiroqchi tumani38.N.N. SaydullayevMarkaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari39.A.A. HayitovFermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi40.Q.P. Serkayev“Oʻzyogʻmoysanoati” uyushmasi raisining oʻrinbosari41.Z.A. AzimovAT “Xalq banki” boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosariShahrisabz tumani42.A.A. Xaydaroviqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari43.Sh.I. AkramovOziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi direktori44.Sh.M. Yusupov“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisining oʻrinbosariShahrisabz shahri45.D.A. VahobovSavdo-sanoat palatasi raisi46.O.A. Nazarbekovmadaniyat vaziri47.J.A. AbdusalomovTurizm qoʻmitasi raisi oʻrinbosari48.K.A. Toʻlaganov“Asaka bank” AJ boshqaruv raisiYakkabogʻ tumani49.I.Y. Abduraxmonovqishloq xoʻjaligi vaziri50.Sh.G. Rasulov“Oʻzagrosugʻurta” AJ boshqaruvchisi51.S.S. Annaklichev“Biznesni rivojlantirish banki” ATB boshqaruvi raisi
Izoh: tuman (shahar)larga biriktirilgan masʼullar boshqa ishga oʻtgan taqdirda, ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar roʻyxatga kiritiladi.
