Maktabgacha taʼlim va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini jihozlashda foydalaniladigan mebellarga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablarini (0057-23-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida (24-son)
07.11.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining
qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 7-dekabrda hisobga olindi, hisob raqami 220]
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Maktabgacha taʼlim va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini jihozlashda foydalaniladigan mebellarga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari (0057-23-son SanQvaN) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan 2004-yil 14-iyulda tasdiqlangan Oʻquv mebellarga qoʻyiladigan gigiyenik talablar (0159-04-son SanQvaN) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais B. YuSUPALIYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 7-noyabr,
24-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X. UMAROVA
2023-yil 28-oktabr
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi birinchi oʻrinbosari I. DJASIMOV
2023-yil 6-oktabr
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil D. KASIMOV
2023-yil 10-oktabr
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2023-yil 7-noyabrdagi 24-son qaroriga ILOVA
Maktabgacha taʼlim va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini jihozlashda foydalaniladigan mebellarga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari (0057-23-son SanQvaN)
Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (bundan buyon matnda sanitariya qoidalari deb yuritiladi) maktabgacha taʼlim va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida (bundan buyon matnda taʼlim tashkilotlari deb yuritiladi) foydalaniladigan mebellarni ishlab chiqarish, joylashtirish va jihozlashga qoʻyilgan sanitariya-gigiyena talablarini belgilaydi.
Mazkur sanitariya qoidalari tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan mebellarga hamda sport jihozlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur sanitariya qoidalarida quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
dekanyuton (daN) — xalqaro birliklar tizimidan (SI) olingan kuch birligi boʻlib, nyuton birligiga karrali hisoblanadi;
mebelning statik mustahkamligi — mebelning tuzilish xususiyatini buzmasdan, maksimal darajada, foydalanish yuklamalari miqdori boʻyicha qarshilik koʻrsatishi;
mebel qoplamasi — mebellardan foydalanish usulidan qatʼi nazar, uning konstruksiyasi yuzasidagi elementlarning barcha qatlamlari, shu jumladan gruntlar, laklar, boʻyoqlar, emallar, polimerlar, yogʻoch qoplamalar, qogʻoz qatlamli plastiklar, plyonkalar, matolar, metallar, mineral asosli materiallar va boshqa shunga oʻxshash moddalar.
2. Taʼlim tashkilotlarining uchun mebellar guruhi va funksional oʻlchamlari, shuningdek mexanik, kimyoviy, yongʻin va texnika xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 345-son “Oʻquv asbob-uskunalari va anjomlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq belgilanadi.
2-bob. Mebellarni ishlab chiqarishga qoʻyiladigan gigiyena talablari
3. Mebellarni ishlab chiqarishda ularning saqlash muddati hamda sifat koʻrsatkichlari hisobga olinishi lozim.
4. Ikki qavatli krovatlarni tayyorlashda quyidagi talablarga rioya qilish lozim:
krovatlar erdan 800 mm va undan yuqori balandlikda joylashgan va toʻrt tomondan toʻsiq bilan oʻralgan boʻlishi;
toʻsiqning ustki qirrasi va krovat asosining ustki yuzasi orasidagi masofa kamida 260 mm, toʻsiqning yuqori qirrasi va toʻshakning yuqori yuzasi oʻrtasidagi masofa kamida 160 mm boʻlishi;
krovat va toʻsiqning pastki yuzasi orasidagi yoki toʻsiqning alohida gorizontal yoxud vertikal elementlari orasidagi tirqish 60 mmdan 100 mmgacha boʻlishi;
krovatdagi toʻshak ustki yuzasidagi marker maksimal darajada oʻchirilmaydigan boʻlishi kerak.
5. Ikki qavatli krovatlar narvon bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. Narvon krovat konstruksiyasining ajralmas qismi boʻlib, narvon zinapoyalari orasidagi masofa 200 — 300 mm boʻlishi kerak.
6. Krovatda havo almashinuvini taʼminlash maqsadida uning asosi, orqasi va toʻsiq elementlari orasida 25 mm dan oshmaydigan tirqishlar boʻlishi kerak.
7. Taʼlim tashkilotlariga mebel ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan materiallar mikroflora (ayniqsa, patogen) oʻsishi va rivojlanishiga yoʻl qoʻymaydigan, oson dezinfeksiya qilinadigan xomashyodan tayyorlanishi kerak.
8. Ishlab chiqarish binolaridagi mebel mahsulotlaridan chiqadigan oʻziga xos hidning intensivligi 2 balldan oshmasligi kerak.
9. Quyidagilar:
oʻtirish va yotoq uchun moʻljallangan mebellarga qoʻyiladigan gigiyena talablari mazkur sanitariya qoidalarining 1-ilovasiga muvofiq;
korpusli mebellarni ishlab chiqarishda ularning mustahkamlik darajasiga qoʻyiladigan gigiyena talablari mazkur sanitariya qoidalarining 2-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
10. Oʻtirish va yotoq uchun moʻljallangan mebellarni yumshoqligiga qoʻyiladigan gigiyena talablari mazkur sanitariya qoidalarining 3-ilovasi 1-jadvaliga va mebellarning toifasiga bogʻliq holdagi yumshoqlik koʻrsatkichlariga qoʻyiladigan gigiyena talablari mazkur sanitariya qoidalarining 2-jadvaliga muvofiq boʻlishi kerak.
3-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini mebellar bilan jihozlashga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari
11. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini jihozlashda bolalar stollari, stullar, krovatlar, oʻyinchoqlar uchun shkaflar, qoʻllanmalar va kanselyariya mahsulotlari uchun shkaflar nazarda tutilgan boʻlishi lozim.
12. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari yuvinish xonasi, uxlash xonasi, oʻyin oʻynash xonasi, mashgʻulotlar oʻtkaziladigan xonalar va ovqatlanish xonalari uchun moʻljallangan mebellar bilan jihozlanishi lozim.
13. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari kichik guruhlarining guruh xonalari toʻrtburchak shakldagi manejlar, bolalar sirgʻanchiqlari, oʻrta va katta guruhlarning guruh xonalari stollar, stullar, divanlar bilan jihozlanishi, shuningdek xonaga oʻyinchoqlar uchun shkaflar, pardoz stoli, ich kiyim va choyshablar uchun javonlar hamda bolalarni parvarishlash uchun zarur predmetlar saqlanadigan qutilar oʻrnatilishi kerak.
14. Emaklaydigan, oʻrnidan tura boshlagan va tayanch (maʼlum bir jismga suyanib turadigan) bilan harakatlanadigan bolalar uchun xonada guruh manejlari (uzunligi 6 m, kengligi 5 m, balandligi 0,45 m) boʻlishi kerak.
15. 1 yoshdan 2 yoshgacha boʻlgan bolalar emaklash va yurishni oʻrganishi maqsadida xonalarda quyidagi oʻlchamlarda zinapoya-narvonlar boʻlishi kerak:
1 yoshu 2 oylikkacha boʻlgan bolalar uchun — balandligi 1 m, kengligi — 0,9 m, ustunlar orasidagi masofa — 12 sm;
1 yoshu 3 oylikdan 2 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun — balandligi 1,5 m, kengligi 1,3 m, ustunlar orasidagi masofa — 15 sm.
16. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida quyidagi besh turdagi stollar boʻlishi kerak:
1,5 yoshdan 4 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun trapetsiya shaklidagi (qoʻshimcha) ikki oʻrinli stol;
1,5 yoshdan 5 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun toʻrt oʻrinli stol (oʻlchami 700x700 mm);
5 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarga oʻquv qurollari uchun tortmali va tortmasiz ikki oʻrinli stol;
xoʻjalikda foydalanish uchun bir oʻrinli stol;
sozlash parametrlariga ega stol.
17. Mashgʻulotlar olib borish uchun stollar chap tomondan yorugʻlik tushib turadigan devor yaqinida oʻrnatilishi, toʻrt oʻrinli stollar 2 qatordan, ikki oʻrinli stollar 3 qatordan oʻrnatilishi kerak.
18. Stollar orasidagi masofa 0,5 m dan kam boʻlmasligi, bolalar stoli kengligi 0,45 m ni tashkil etishi, oldi-orqa yoʻnalishidagi har bir stol atrofidagi ish zonasi 0,95 m (0,45+0,5) ni tashkil etishi lozim.
19. Mashgʻulotlardagi har bir bolaga tarbiyachi erkin muloqot qilishi taʼminlanishi zarur. Bunda, stol qatorlari orasidagi masofa 0,6 m ga teng boʻlishi, agar stol uzunligi 1,1 m ekanligi hisobga olinsa, har bir stolning koʻndalang yoʻnalishidagi ish zonasi 1,7 m ni (1,1+0,6) tashkil etishi kerak.
Har bir 2 oʻrinli stolning umumiy maydoni 1,62 m2 (1,7×0,95), 13 ta stol uchun esa 21,06 m2 ni tashkil etishi kerak. Stollarni oʻrnatish uchun esa zaruriy umumiy maydon 33,3 m2 dan iborat boʻlishi, shuningdek, har bir guruh 30 oʻringa moʻljallanganligi sababli 4 oʻrinli stoldan 8 ta qoʻyilishi shart.
20. Bolaning ergonomik pozitsiyada qulay ishlashi uchun doskadan birinchi qator stoligacha boʻlgan masofa 1,5 m ni tashkil etishi kerak. Bolalarning koʻrish sharoitlarini optimallashtirishda koʻrish joylari va bolalarning koʻrish maydonining chegaralari ham hisobga olinishi tufayli stollarning doskadan uzoqligi 2 mgacha boʻlishi kerak.
21. Guruh xonalarida 1,0×1,5 m oʻlchamdagi oʻquv doskalaridan foydalanilishi lozim. Devorga osilgan doska pastki chetining erdan balandligi 0,7-0,8 m ni tashkil etishi kerak.
22. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar uchun turli dasturlarni tomosha qilish uchun ekran diagonali boʻyicha 59 — 69 sm oʻlchamdagi televizorlardan foydalanilishi kerak.
Televizorni oʻrnatish balandligi 1 — 1,2 m ga, televizor ekranidan bolalargacha boʻlgan masofa — 2 dan 5 m gacha boʻlishi, stullar 7-8 qator (bir guruh hisobida) qilib joylashtirilishi, stul qatorlari orasidagi masofa 0,5-0,6 m boʻlishi, bolalarni esa boʻylariga qarab oʻtkazilishi lozim.
23. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida xonalarning derazalariga yengil, yorqin rangdagi pardalar osilishi kerak.
24. Kam oʻringa moʻljallangan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida mehnat mashgʻulotlari guruh xonasida amalga oshirilishi lozim.
25. 280 dan ortiq oʻringa ega boʻlgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida mehnat mashgʻulotlari har bir guruhga alohida oʻtilishi va bunda mazkur mashgʻulotlar oʻtkaziladigan maydon 50 m2 dan oshmasligi kerak.
26. Bolalar ish anjomlari va tayyorlov guruhi bolalari uchun dastgohlarning (yogʻoch va plastmassadan yasalgan) funksional oʻlchamlari quyidagicha boʻlishi lozim:
dastgohning balandligi 590 — 650 mm, kengligi 340 — 450 mm, uzunligi 650 — 830 mm;
bolgʻalarning dastasi bilan ogʻirligi 0,150 — 0,280 kg, bolgʻa dastasining oval qismining maksimal diametri 25×13 mm, bolgʻa dastasining uzunligi 250 mm;
omburning ogʻirligi 0,200 — 0,280 kg, richagning maksimal choʻzilishi — 55 mm;
uchi toʻmtoq boʻlgan mixlar (mashq qilish uchun) 2×25 va 2×20 mm;
qoʻl arraning uzunligi 230 — 290 mm, dastali arraning ogʻirligi 0,200 — 0,280 kg (bunda almashtiriladigan polotnoli universal qoʻl arrani qoʻllash tavsiya etiladi);
ish joyining balandligini sozlash uchun taglikning balandligi 40 mm, kengligi 400 mm, uzunligi 600 mm.
27. Turli aplekatsiya va boshqa narsalar yasash uchun stol va dastgohlarni joylashtirishda quyidagi talablarga rioya qilish lozim:
stollar va dastgohlar chap tomondan yorugʻlik tushib turadigan devor tomonga ikki qatordan oʻrnatilishi;
stollar orasidagi masofa 0,5 m dan kam, dastgohlar qatori orasi 0,8 m dan kam boʻlmasligi;
oldingi dastgohning orqa chetidan masofa kamida 0,7 m dan kam boʻlmasligi;
yorugʻlik tushadigan devordan stollar yoki dastgohlarning birinchi qatori masofasi 1 m dan kam boʻlmasligi;
tarbiyachi uchun oʻtish joyi kengligi 0,8 m dan kam boʻlmasligi kerak.
28. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni tirmashib chiqishi uchun yigʻiladigan zinapoyali gorkalar, maydon va shved devori boʻlishi kerak.
29. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yumshoq yogʻochdan yasalgan mebel yorqin tusdagi va turli rangdagi boʻyoqlar bilan boʻyalishi lozim.
4-bob. Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini mebellar bilan jihozlashga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari
30. Gavdani toʻgʻri holatda ushlab turish uchun stulni oldingi qirrasi stol chetiga 4 sm ga kirib turishi kerak.
31. Oʻquv jarayonida foydalaniladigan va mebelda koʻtarib qoʻyiladigan oʻrindiqlar, qisqichlar, mexanizmlar, oʻtkir burchaklar, qirralar, xavfli boʻrtib chiqadigan vintlar, shuruplar (burama mix) — shikastlanish xavfini tugʻdiradigan narsalar ishlatilmasligi kerak.
32. Toʻgʻri oʻtirish ratsional holatini taʼminlash uchun oʻrindiqlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
oʻrindiqning gorizontal yuzasi toʻgʻri va tekis boʻlishi;
oʻrindiq balandligi bolani boʻyiga mos boʻlishi, bunda yonbosh va boldir toʻgʻri burchak hosil qilishi, oyoqlar butun yuzasi bilan erga tiralishi lozim.
33. Oʻquvchining ish stoli quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi kerak:
yoritish yetarli darajada boʻlishi, yorugʻlik chap tomonga tushishi;
oʻquvchining koʻzidan ishchi yuzagacha masofa, yaʼni koʻzdan koʻrib chiqilayotgan predmetgacha (daftar, darslik, rasm va boshqalar) boʻlgan masofa toʻgʻrilangan barmoqlar bilan bilak va qoʻl uzunligiga mos kelishi (oʻrtacha 30 sm);
yozish paytida daftar 30º burchak ostida boʻlishi, bola yozadigan varaqning pastki chap burchagi koʻkrak qafasining oʻrtasiga yoʻnaltirilishi lozim.
34. Ish paytida, stol atrofida oʻtirganda tana bir oz oldinga egilgan (bel boʻlimidagi egilish burchagi taxminan 170º), tizza va toʻpiq boʻgʻimlaridagi burchaklar bir-biriga yaqin, erkin holatda boʻlishi kerak.
35. Mebel toʻgʻri holatni saqlashga yordam berishi va qulay boʻlishi uchun uning oʻlchamlari va shakllari oʻquvchi tanasining oʻlchami va nisbatlariga muvofiq tanlanishi lozim.
36. Stol usti balandligi qoʻllarini pastga tushirib oʻtirgan bolaning tirsagidan 5-6 sm balandlikda boʻlishi kerak. Stul stol chetidan 4 — 8 sm nariga surilishiga imkoniyat boʻlishi kerak.
37. Mebelning asosiy oʻlchamlarini tanlashda tana parametrlarining oʻrtacha qiymatlari va ularning 10 — 15 sm gacha boʻlgan oʻsishidagi farqlar inobatga olinishi, mazkur farqlar asosida boʻyi 100 sm gacha boʻlgan ilk rivojlanish yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun 10 sm oraliqda, bolani boʻyi 100 sm dan yuqori boʻlganda 15 sm oʻsish shkalasi qabul qilinishi lozim.
38. Darslarni ikki smenada tashkil qilish zarur boʻlsa, bir xil oʻquv xonasida mebeldan foydalanish qulayligi uchun yoshlari yaqin oʻquvchilar, masalan, 3 va 4-sinflar joylashtirilishi kerak.
39. 5 — 11-sinf oʻquvchilari uchun oʻquv xonalari, agar turli yosh guruhidagi oʻquvchilar uchun alohida xonalar boʻlsa, ularning oʻsishiga qarab, ikki oʻrinli oʻquv stollari jamlanmasi bilan jihozlanishi zarur.
40. Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining fizika, kimyo va biologiya fanlari-laboratoriya xonalari ikki oʻrinli stollari bilan jihozlanadi;
“Zamonaviy maktab” loyihasi asosida quriladigan maktablarning fizika STEAM laboratoriya xonalari ikki oʻrinli hamda kimyo va biologiya STEAM laboratoriya xonasi toʻrt oʻrinli oʻquvchilarning 6 raqamli laboratoriya stollari bilan jihozlanishi lozim.
41. Har xil konfiguratsiyadagi partalar qatori turlicha boʻlgan sinflarda mebellarni joylashtirishda doskani koʻrish uchun qulay sharoit boʻlishi kerak. Doskadan yozib olishda koʻrish uchun umumiy holatdagi eng qulay sharoitlar 35° dan ortiq koʻrish burchagida va 1-sinf oʻquvchilari uchun 45° dan ortiq koʻrish burchagida boʻlishi lozim.
42. Odatdagi toʻgʻri burchakli konfiguratsiyadagi oʻquv xonalarida mebellar 3 qatorga joylashtirilganda 30 — 35° koʻrish burchagini taʼminlash uchun doskadan oxirgi qatorlarning birinchi stollarigacha boʻlgan masofa 2 — 2,5 m, kvadrat yoki koʻndalang konfiguratsiyadagi oʻquv xonalari stollarining 4 qatorli joylashuvi 2,5 — 3 m ni tashkil etishi kerak.
43. Sinf doskasi GOST 22046-2016 “Oʻquv muassasalari uchun mebel. Umumiy texnik shartlar” ga mos kelishi kerak. Doskalar boʻr, rangli flomasterlar bilan yozishga, shuningdek, rasmlar va xaritalar magnit bilan mahkamlab oʻrnatishga moʻljallangan boʻlishi kerak.
44. Sinf doskalari ishchi yuzasining qoplamasi tozalash vositalari va issiq suv bilan tozalanganda oʻz xususiyatini yoʻqotmasligi lozim.
45. Sinf doskalari ishchi yuzasi silliq, chiziqlarsiz, pufakchalarsiz, tirnalishlarsiz, dogʻlarsiz, burmalarsiz, koʻchmagan va boshqa koʻrinadigan nuqsonlarsiz boʻlishi kerak.
46. Oʻquvchining koʻrish funksiyasiga qiyinchilik tugʻdirmaslik maqsadida doska qoplamasining rangi toʻq yashil, toʻq jigarrang, qora, oq rangda boʻlishi kerak.
47. Oʻquvchi organizmida boʻr changi natijasida allergiya keltirib chiqarmaslik maqsadida sinf doskalari ishchi yuzasining pastki chetida uzunasiga boʻr changlari uchun lotoklar boʻlishi kerak.
48. Oʻquvchilarning erkin harakatlanishi uchun oʻquv xonalarini jihozlashda jihozlar orasidagi masofa quyidagicha boʻlishi kerak:
ikki oʻrinli stol qatorlari orasi 60 sm dan kam boʻlmasligi;
bitta qatordagi stollar orasi 50 — 70 sm dan kam boʻlmasligi;
devor boʻylab turuvchi shkaflar bilan stollar orasi 50 — 70 sm dan kam boʻlmasligi;
oxirgi stoldan devorgacha masofa 70 sm dan kam boʻlmasligi;
tashqi devor (oynabandli) bilan stollar orasidagi masofa 100 — 120 sm dan kam boʻlmasligi;
koʻrgazmali stoldan oʻquv doskasigacha 100 sm dan kam boʻlmasligi;
birinchi partadan oʻquv doskasigacha 2,4 — 2,7 m boʻlishi;
sinf doskasidan oxirgi partada oʻtirgan oʻquvchining joyigacha boʻlgan masofa 860 sm boʻlishi;
sinf doskasi pastki qirrasining erdan balandligi 80 — 90 sm boʻlishi;
sinf doskasining koʻrinadigan burchagi (3 m uzunlikdagi doskaning chetidan oldingi stoldagi oʻquvchining oxirgi oʻrindigʻining oʻrtasigacha) maktabning 5 — 11-sinf oʻquvchilari uchun 35 gradusdan va boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun 45 gradusdan kam boʻlmasligi kerak.
49. Oʻquvchilar doskani koʻrishga qiynalmasligi uchun bir oʻrinli parta va stollar uch qator qilib joylashtirilishi kerak.
50. Barcha qatorlarga birinchi boʻlib kichik oʻlchamdagi parta (stol)lar qoʻyilishi, zaruriyat boʻlganda, katta oʻlchamdagi mebellar doskaga yaqin boʻlgan chetki qatorlarga joylashtirilishi lozim.
51. Sinflar va laboratoriyalardagi oʻquvchilar oʻtirish joylarini taqsimlashda oʻquvchining salomatligi holati eʼtiborga olinishi lozim.
Bunda:
har qanday qatordagi birinchi va ikkinchi stollardagi oʻtirish joylari eshitish qobiliyati past oʻquvchilarga ajratilishi (ogʻzaki nutq 2,4 m, shivirlash esa 0,5 — 1 m masofadan qabul qilinadi);
koʻrish qobiliyati past oʻquvchilarga tabiiy yoritish sharoiti koʻproq boʻlgan deraza tomondagi chekka stollardan joylar ajratilishi;
koʻzoynak bilan koʻrish qobiliyati yaxshi boʻlgan oʻquvchilar istagan joylariga oʻtirishlari;
revmatizm kasalliklari bor, tez-tez angina va yuqori nafas yoʻllarining oʻtkir shamollashiga moyil oʻquvchilarga derazadan uzoqroqdagi oʻtirish joylari ajratilishi;
oʻquvchilarning gavdalari buzilishini profilaktika qilish maqsadida, ularning oʻsishiga mebel raqami mos kelishi, oxirgi qatorda oʻtirganlar bir yilda 2-marta joylarini oʻzgartirishlari kerak.
52. Sinf va xonalarga mebel tanlashda oʻquvchilarning oʻsishini oddiy oyoq kiyimida boʻy oʻlchagich yoki 2 metrlik maxsus oʻlchagich yordamida oʻlchash lozim.
Bunda:
oʻlchagichning bir tomonidagi 15 sm oraliqda boʻlingan 1 m dan boshlab qoʻllanilishi;
boʻlingan oraliqlar orasidagi intervallarda raqamlar yoki mebel guruhlari belgilari qoʻyilishi;
har bir sinfda, ayniqsa, boshlangʻich sinflarda eshik yonida rangli oʻlchagichlar boʻlishi, unga mebel guruhiga mos ravishda 15 sm kenglikdagi rangli chiziqlar kiritilishi;
devorga chiziladigan chiziqlar, xususan, toʻq sariq rang boʻyi 100 — 115 sm, binafsha rang boʻyi 115 — 130 sm, sariq rang boʻyi 130 — 145 sm, qizil rang boʻyi 145 — 160 sm, yashil rang boʻyi 160 — 175 sm, havo rang boʻyi 175 — 185 sm, qora rang boʻyi 185 sm dan yuqori oʻquvchilar uchun moʻljallangan boʻlishi kerak.
53. Oʻquvchilar mustaqil ravishda oʻz boʻylarini oʻlchashlari va markalash rangi boʻyicha zarur mebelni topishlari va tibbiyot kartalaridan oʻquvchilarning boʻyiga oid maʼlumotlardan foydalanish uchun boʻy koʻrsatkichiga poyafzalning tagcharmi va poshnasi hisobidan 2 sm qoʻshish kerak.
5-bob. Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlaridagi laboratoriya jihozlariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari
54. Fizika, kimyo, biologiya fanlariga moʻljallangan laboratoriya xonalari maxsus koʻrgazma stollari bilan jihozlanishi, unda proyektor qurilmalari, suv va kanalizatsiya, elektr energiyasi va ventilatsiya tizimi mavjud boʻlishi kerak. Oʻquv-koʻrgazmali qoʻllanmalarning yaxshi koʻrinishini taʼminlash uchun koʻrgazma stolini podium (baland joy, supacha)ga oʻrnatish kerak.
55. Koʻrgazmali stollarning asosiy parametrlari 4-ilovada koʻrsatilgan oʻlchamlarga mos kelishi lozim.
56. Zarurat tugʻilganda, stol ustki qismi balandligi 900 mm gacha boʻlgan koʻrgazmali stollar oʻrnatilishiga ruxsat etiladi.
57. Yordamchi jihozlarni joylashtirish uchun stol polkasining kengligi kamida 360 mm dan, santexnika jihozlarini joylashtirish uchun stol polkasining kengligi kamida 250 mm dan iborat boʻlishi kerak.
58. Laboratoriya idishlari va asboblarini joylashtirish uchun qutilarning ichki oʻlchamlari kamida 340×480×65 mm ni tashkil etishi kerak.
59. Zarur hollarda, koʻrgazmali yoki qoʻshimcha (suriladigan) stolda erdan 700 — 780 mm masofada oʻqituvchining kamida 600 mm uzunlik va 300 mm kenglikda oʻtirgan holda ishlashi uchun yigʻiladigan yoki suriladigan stoldan foydalanishga ruxsat beriladi.
60. Stolning ustki qismining burchagi toʻmtoq yasalgan yoki 10 — 30 mm radiusda qayrilgan boʻlishi lozim.
61. Darsning amaliy qismini oʻtkazish uchun moʻljallangan joyda suv yetkazish va kanalizatsiya, elektr energiyasi, siqilgan havo (fizika laboratoriyasi) va suv taʼminoti, kanalizatsiya va umumiy havo tortuvchi ventilatsiyasi (kimyo laboratoriyasi) bilan jihozlangan ikki oʻrinli laboratoriya stollari oʻrnatilishi kerak.
62. Zarur hollarda, ish yuzasi uzunligi 1300 mm boʻlgan ikki oʻrinli va ish yuzasi uzunligi 1950 mm boʻlgan uch oʻrinli stollar oʻrnatilishiga ruxsat etiladi.
63. Zarur hollarda, stollarning ustki qismi old qirrasi boʻylab devorcha bilan taʼminlanishi va bunda devorchaning balandligi 60 mm dan oshmasligi lozim.
64. Rakovinalar, joʻmraklar va boshqa jihozlar stolning ustki qismidan kamida 230 mm masofada, oʻquvchiga qaratib oʻrnatilishi kerak.
6-bob. Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlaridagi oʻquv ustaxona jihozlariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari
65. Oʻquv dasturlarida maktab ustaxonalaridagi mashgʻulotlarda yogʻoch va metallga ishlov berish darslari koʻzda tutilishi mumkin. Bunda, har bir maktab ustaxonasi 20 ta ish oʻrniga moʻljallangan boʻlib, 70 — 90 sm oraliqdagi balandlik boʻyicha sozlanadigan dastgoh bilan jihozlanishi lozim.
66. Duradgorlik dastgohining optimal balandligini oʻlchashda:
oʻquvchi uning chetiga yonlamasiga turishi va unga kaftini qoʻyishi;
dastgohning balandligi oʻquvchining boʻyiga mos kelishi, tirsak boʻgʻimi bukilmasligi, bilak va yelka toʻgʻri chiziq hosil qilishi lozim.
Chilangar dastgohi balandligini toʻgʻri tanlash uchun:
oʻquvchi chilangar iskanjasiga yuzi bilan turishi va bukilgan qoʻl tirsagini iskanjaga qoʻyishi va bunda qoʻlning tekislangan barmoqlari iyakka tegishi kerak.
Agar dastgohlar balandligi boʻyicha sozlanmasa, u holda ish joyi va oʻquvchining boʻyi oʻrtasidagi tafovut 5, 10 yoki 15 sm balandlikdagi maxsus tagliklar bilan qoplanishi lozim.
67. Yogʻochni arralayotganda bolaning oyoqlari oyoq yuzasi uzunligiga teng masofada choʻzilishi, tizzalari tekislanishi, tana bir oz oldinga egilishi, randalayotganda esa oʻquvchi dastgohga yarim burilib turishi lozim.
Shuningdek, oʻquvchi dastgoxda ishlayotganda tayanch-harakat tizimiga ortiqcha yuklama tushmasligi maqsadida chap oyoq oyoq kafti uzunligidan ikki baravar uzunroq masofada oldinga choʻzilishi, oʻng oyoq chapiga nisbatan 70 — 78° burilishi, tana esa bir oz oldinga egilishi kerak.
68. Metallga ishlov berayotganda oʻquvchining umurtqa pogʻonasi toliqishining oldini olish maqsadida:
oʻquvchi oʻz gavda oʻqiga 45° ga burilgan iskanjaga yarim burilgan holatda turishi;
oyoqlar oyoq tovoni kengligida qoʻyilishi, chap oyoq oldinga, oʻng oyoqning kafti oʻrtasi chap oyoqning tovoniga qarshi turishi;
tananing toʻgʻri holatida oʻng yelka bilak bilan toʻgʻri burchak hosil qilishi va bunda tirsak suyagining oʻqi napilnik (dastgohning metalni egovlaydigan qismi) oʻqi bilan deyarli toʻliq bir xil boʻlishi lozim.
69. Dastgohni joylashtirishda:
metallni kesishda oʻquvchilar toʻgʻri, iskanjaga yarim burilgan holda turishi;
chap oyoq yarim qadam oldinga chiqishi;
oʻng oyoq orqada boʻlishi, oyoq tovoni 65 — 70° burchak osti holatda boʻlishi kabilar inobatga olinishi lozim.
70. Oʻquv ustaxonalarida stanoklar ish xususiyatiga bogʻliq holda, tabiiy yorugʻlikni hisobga olib joylashtirilishi lozim.
Duradgorlik ustaxonasida dastgohlar derazaga 45° burchak ostida, yoxud yorugʻlik tushadigan devorga 3 qator perpendikulyar ravishda joylashtirilishi, shuningdek, orqa va oldi yoʻnalishda dastgohlar orasidagi masofa kamida 80 sm, qatorlararo 120 sm ni tashkil etishi lozim.
71. Chilangar ustaxonasida dastgohlarni joylashtirishda ishlov berilayotgan detalga yorugʻlik oldindan yoki oʻngdan tushishini inobatga olish lozim.
Bir oʻrinli ustaxonani jihozlashda iskanjadan iskanjagacha 90 — 100 sm lik masofaga rioya qilish hamda dastgohlarni shaxmat tartibda joylashtirish lozim.
72. Mazkur sanitariya qoidalarini tuzuvchilar roʻyxati 5-ilovada keltirilgan.
Maktabgacha taʼlim va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini jihozlashda foydalaniladigan mebellarga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablariga 1-ILOVA
Oʻtirish va yotoq uchun moʻljallangan mebellarga qoʻyiladigan gigiyena talablari
Koʻrsatkichning nomi Mebeldan foydalanish maqsadiga bogʻliq ravishda koʻrsatkichlarning ahamiyati taʼlim tashkilotlarining maʼmuriy binolari uchun taʼlim tashkilotlarining sinf, laboratoriya va auditoriyalar, teatr tomosha zallari uchun Stullar, kursilar,ish kreslolari, kichik yumshoq kursilar Mustahkamlik: oldinga va yon tomonga yoʻnalgan kursilar, yumshoq kursilar va stullar (daN) 2 2 kamroq orqaga yoʻnalgan, orqasi 50 mmdan kamroq balandlikdagi stullar (daN) 8 8 koʻproq orqaga yoʻnalgan, orqasi 50 mmdan kamroq balandlikdagi stullar (daN) 15 15 Oʻrindiqning statik mustahkamligi 130 160 Suyanchiqning statik mustahkamligi (daN) 55 75 oʻrindiqqa barobarlashtiruvchi yuk (daN) 130 160 Yon tomonga yoʻnalishda tirsakqoʻygichning statik mustahkamligi (daN) 40 60 Yon tomonga yoʻnalishda suyanchiqning statik mustahkamligi (daN) 30 40 Vertikal yuk taʼsirida tirsak qoʻygich (yonbosh)ning statik mustahkamligi (daN) 80 90 Oyoqlarning statik mustahkamligi (daN): yukning oldinga taʼsirida: 50 60 oʻrindiqdagi yuk esa; 100 120 yukning yon tomonga taʼsirida 40 50 oʻrindiqdagi yuk esa; 100 120 Diagonal boʻyicha yuklanganda quti asoslarining mustahkamligi (daN) 35 50 Oʻrindiqning chidamliligi (charchoq) (daN) 50000 100000 Suyanchiqning (charchoq) chidamliligi (daN) 50000 100000 bunda oʻrindiqdagi muvozanat yuki (daN) 100 100 Oʻrindiqning zarbga chidamliligi: yukning tushish balandligi, mm 140 140 Suyanchiq va tirsak qoʻygichning zarbga chidamliligi: yukning tushish balandligi, mm 210 330 yuk tushish burchagi, gradus 38 48 Yerga tushganda mebelning mustahkamligi: uzunligi 200 mmdan ortiq oyoq va tayanchga ega tekislangan yoki maxsus konstruksiyali stullar va kursilar — mebelning tushish balandligi, mm 450 600 mebelning tushish burchagi, gradus 10 10 Gʻildirakchali yoki tayanch bilan yumshoq aylanuvchi, oyoqlari yoki tayanchlari uzunligi 200 mm dan ortiq tekislanmagan stullar, kursilar, yumshoq kursilar: yumshoq aylanuvchi, oyoqli yoki tayanch uzunligi 200 mm dan ortiq: mebelning tushish balandligi, mm 200 300 mebelning tushish burchagi, gradus 10 10 200 mmdan kam uzunlikdagi oyoqli yoki tayanchli stullar, kursilar, yumshoq kursilar: mebelning tushish balandligi, mm 100 150 mebelning tushish burchagi, gradus 10 10 Yogʻochli stullarning chidamliligi, tebranish jarayonlarida (daN) 15000 20000 Aylanma tayanch va tebranma tayanchning chidamliligi, tebranish jarayonlarida (daN) 10000 20000 Bolalar stullari Chidamlilik (graduso) 00, 0 kabi raqamlash tartibida oʻsuvchi raqamlar uchun 20 - 1, 2, 3 kabi raqamlash tartibida oʻsuvchi raqamlar uchun 14 - oʻzgaruvchi stullar uchun (daN) “oldinga” yoʻnalishida 1,5 - “orqaga”, “chapga”, “oʻngga” yoʻnalishida 3,0 - Har bir yoʻnalishda oʻzgaruvchan stullar karkasining mustahkamligi (daN): “oldinga”, “orqaga”, “chapga”, “oʻngga” 2,0 Stol va oʻzgaruvchi stullarning oyoqlari mustahkamligi — yuklash jarayonlarida (daN) 30 - Stulning metall karkasiga oʻrindiqni puxta mahkamlash, yuklash jarayonida (daN) 30 - Stul suyanchigʻini metall karkasga puxta mahkamlash (daN): 1, 2, 3 kabi raqamlash tartibida oʻsuvchi raqamlar uchun 60 - Egib yopishtirilgan va aralash konstruksiyali duradgorlik stullarining chidamliligi, tebranish jarayonlarida (daN): 1, 2, 3 kabi raqamlash tartibida oʻsuvchi raqamlar uchun 20000 - 00, 0 kabi raqamlash tartibida oʻsuvchi raqamlar uchun erga tushishidagi mustahkamlik: tushish balandligi (mm): tekislangan stullar 450 - tekislanmagan stullar 200 - Oʻrindiqning statik mustahkamligi (daN): 1, 2, 3 kabi raqamlash tartibida oʻsuvchi raqamlar uchun 80 - Stullar, kreslolar, yigʻma kursilar Oʻrindiqning chidamliligi, jarayonlarda (daN): qattiq 5000 - matodan 1500 - Tayanchlar (oyoqlar) oʻrtasidagi qoldiq deformatsiya (mm) 20 - Suyanchiqning chidamliligi, jarayonlarda (daN): qattiq 1500 - matodan 20 - Tirsak qoʻygichning chidamliligi, jarayonlarda (daN): vertikal yuklama taʼsirida 1500 - Gorizontal yuklamalar taʼsirida 1500 - Oʻquvchi stullari Chidamlilik (graduso) - 14 Stulning qoplama suyanchigʻini karkasga mahkamlashning statik mustahkamligi (daN) stullar uchun raqamlar: 1, 2, 3 - 60 4, 5, 6 - 80 Oʻrindiqlarni metall karkasga puxta mahkamlash (daN) stullar uchun raqamlar: 1, 2, 3 - 50 4, 5, 6 - 30 Yogʻoch stullarning chidamliligi: tebranish jarayonlarida (daN) - 12000 Metall karkasdagi stul oʻrindigʻining statik mustahkamligi (daN): stullar uchun raqamlar: 1, 2, 3 - 80 4, 5, 6 - 200 Yerga tushgandagi chidamlilik: har bir oyoqning (old va orqa) tushishi, tush?sh balandligi (mm): - 10 tekislangan stullar - 600 tekislanmagan stullar - 300 Krovatlar Konstruksiyaning chidamliligi (daN): yuklash jarayoni 600 - deformatsiya (mm): osma suyanchiqli krovatlar 30 - tayanch suyanchiqli krovatlar 24 - Tayanch elementlarni tsargaga puxta mahkamlash, yuklash jarayonlarida (daN) 5000 - Krovatning tayanch suyanchigʻiga (har bir birikmaga) puxta biriktirish, yuklash jarayonlarida (daN) 1000 - Sarganing mustahkamligi, yuklash jarayonlarida (daN) 5000 - Asosning zarbga chidamliligi, yuklash jarayonlarida (daN) 10 - Moslashuvchan va egiluvchan asosning chidamliligi (daN): yuklash jarayonlari 5000 - qoldiq deformatsiya (mm) 5 - Oʻrnatilgan krovatlarni oʻzgartirish kuchi (daN) 10 - Tushayotganda oʻrnatilgan krovatlarning mustahkamligi, jarayonlarida (daN) 5 - Ikki qavatli krovatlar Chidamlilik (daN) 12,0 - Yuqori qavat toʻsigʻining mustahkamligi, yuklash jarayonlarida (daN) 10 - Yuqori qavatni puxta mahkamlash, (daN) 50 - Konstruksiyaning chidamliligi, yuklash jarayonlarida (daN) 20000 - Asosning chidamliligi, yuklash jarayonlarida (daN) 20000 - Asosning mustahkamligi, yuklash jarayonlarida (daN) 10 - Zinapoyani mahkamlashda statik mustahkamlik (daN): vertikal yuklama 100,0 - gorizontal yuklama 50,0 - Zinapoyaning har bir pogʻonasi mustahkamligi, yuklash jarayonlarida (daN) (bajarish*) 3 - Krovatlar, I tip (3 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun) Chidamlilik (daN): 3,0 - Toʻsiq ustunlarining yuk ostida deformatsiyasi (mm) 10,0 - Bukish jarayonida ustunlarning mustahkamligi (daN) 25 - Har bir yuklash nuqtasida asosning mustahkamligi, yuklash jarayonlarida (daN) 1000 - Chidamlilik (daN): yuklash jarayonlari 1500 - deformatsiya (mm) 28 - Krovatlar, II tip (3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun) Chidamlilik (daN): yuklash jarayonlari 1000 - deformatsiya (mm): tayanch suyanchiqli 15 - osma suyanchiqli 20 - Har bir sinov nuqtasida asosning mustahkamligi, yuklash jarayonlarida (daN) 500 - Yumshoq elementlar Yotoqxona joyi sifatida foydalaniladigan yumshoq elementlardagi prujinalar mustahkamligi (daN): yuklash jarayonlari 29000 - qisqarish (mm): bir tomonlama yumshoqlik 22 - ikki tomonlama yumshoqlik 30 - Yumshoq elementning bir tomonlama va ikki tomonlama yumshoqligining notekis qisqarishi (mm) 15 - Prujinasiz yumshoq elementlarning qoldiq deformatsiyasi, (mm) 10 10 Divanlar, divan-krovatlar, dam olish uchun kreslolar, kreslo-krovatlar, suyanchiqsiz divanlar, oʻrindiqlar, suyanchiqsiz yumshoq oʻrindiqlar Chidamlilik: yoʻnalishlarda oʻtirish uchun bir oʻrinli mebellar (daN): oldinga 8,0 8,0 orqaga 15,0 15,0 yon tomonga: yon tomoni yoʻq (tirsak qoʻygich) mebellar uchun 8,0 8,0 35 kg ogʻirlikdagi yuk taʼsirida yon tomoni bor (tirsak qoʻygich) mebellar uchun chidamli yoʻnalishlarda oʻtirish uchun koʻp oʻrinli mebellar (daN): oldinga va orqaga 15,0 15,0 har biri 60 kg ogʻirli?dagi ikkita yuk taʼsirida yotish uchun oʻzgartiriladigan mebellar chidamli Osma yon tomonning statik mustahkamligi (daN): yuklama 80,0 80,0 yuklash jarayonlarida 10 10 Koʻndalang va uzunasiga yoʻnalishdagi tayanchlarning (oyoqlarning) mustahkamligi (daN): yuklama 40,0 40,0 yuklash jarayonlarida 10 10 Chidamlilik (yotoq joyini shakllantirishda ishtirok etadigan, asosi pruji�ali bloklardan tayyorlangan divan-krovat va kreslo-krovatlarning oʻrindiqlari, suyanchiqlari va yotoq joylaridan tashqari) (daN): oʻrindiqlar, yuklash jarayonlarida 10000 15000 suyanchiqlar, yuklash jarayonlarida 10000 15000 yon tomonlari, yuklash jarayonlarida 6000 10000 yotoq joyi, yuklash jarayonlarida 10000 - shu bilan birga, asosi moslashuvchan yoki egiluvchan mahsulotlarning qoldiq deformatsiyasi (mm) 10 10 Oʻrindiq yoki yotoq joyining zarbga chidamliligi: yukning tushish balandligi, mm 140 140 yuklash jarayonlari (daN) 10 10 Choyshablarni saqlash uchun sigʻimlarning mustahkamligi (daN) Sigʻimlarning hajmiga bogʻliq holda hisob-kitobli yuklama (buzmasdan) Yotoq joyi divan-krovatlarni (yoki ularning qismlarini) oʻzgartirishga intilish) (daN) 10 - Tushayotganda karkasning mustahkamligi: tushish balandligi, mm 150 200 tushishlar soni (daN) 5 5 Tebranma kreslo Chidamlilik: qoʻl bilan agʻdarilmaydi Yon tomonlarning gorizontal yuklamasida chidamlilik, yuklash jarayonlarida (daN) 500 - Zarbli yuklama taʼsiridagi mustahkamlik: Yukning tushish balandligi, mm 50 - Yuklash jarayonlari (daN) 10 -
Maktabgacha taʼlim va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini jihozlashda foydalaniladigan mebellarga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablariga 2-ILOVA
Korpusli mebellarni ishlab chiqarishda ularning mustahkamlik darajasiga qoʻyiladigan gigiyena talablari
Mahsulotning balandligi, m Yuklamasiz mustahkamlik Yuklama ostida mustahkamlik (daN) eshikka qutiga ochiq javonga 1,0 gacha mustahkam 2,0 4,0 1,0 dan 1,5 gacha mustahkam 3,0 6,0 1,5 dan 2,0 gacha mustahkam 4,0 8,0 1,0 2,0 dan yuqori mustahkam 5,0 10,
Maktabgacha taʼlim va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini jihozlashda foydalaniladigan mebellarga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablariga 3-ILOVA
Oʻtirish va yotoq uchun moʻljallangan mebellarning yumshoqligiga qoʻyiladigan gigiyena talablari
1-jadval
Mahsulotning funksional maqsadi Mebelning koʻrinishi Yumshoqlik toifasi*(sinf) maishiy mebel jamoat binolari uchun mebellar Oʻtirgan holatda dam olish uchun Dam olish uchun kreslo, divan 0 — IV 0 — IV Banketka (suyanchiqsiz yumshoq kursi), yumshoq kursi I — IV I — IV Oʻrindiq IV IV Yotgan holda uzoq vaqt dam olish uchun Toʻshak: bir yoqlama va ikki yoqlama yumshoqlik I I moslashuvchan va egiluvchan asosda foydalanish uchun moʻljallangan ikki yoqlama yumshoqlik I, II I, II Krovat: moslashuvchan va egiluvchan asosli va toʻshakli 0, I 0, I qattiq asosli va toʻshakli I I Divan-krovat “krovat” holatida: egib yopishtirilgan plastikdan moslashuvchan asosli, yotoqning barcha maydonida toʻshama (toʻshak) joylashgan 0 — II 0 — II qattiq asosli va yumshoq elementli, prujina bloklari asosida tayyorlangan I, II I, II turli oʻzgaruvchan chizmalar, turli toʻshama va asos koʻrinishlari bilan I — III I — III Yotgan holatda qisqa vaqt dam olish uchun Kushetka, suyanchiqsiz divan 0 — III I — IV Kreslo-krovat I — III I — III Ishda oʻtirib va qisqa vaqt dam olish uchun Stul, ish kreslosi, kursi II — IV II — IV
Izoh:
* yumshoqlik toifasi oʻrindiq, suyanchiq, yotoq joyini hisobga olgan holda aniqlanadi. Oʻtirgan holatda ishlash va dam olish uchun moʻljallangan mebelning yumshoqlik toifasini suyanchiqning koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlanadi.
2-jadval
Oʻtirish va yotoq uchun moʻljallangan mebellarning toifasiga bogʻliq holda yumshoqlik koʻrsatkichlariga qoʻyiladigan gigiyena talablari*
Mebel elementlarining yumshoqlik toifasi (sinf) 70 daN yuklamasi ostida yumshoq element deformatsiyasi Yumshoqlik, mm 0 120 mm dan kam emas 2,4 mm dan 4,2 mm gacha I 95 mm dan 115 mm gacha 1,7 mm dan 2,3 mm gacha II 70 mm dan 90 mm gacha 1,3 mm dan 1,6 mm gacha III 50 mm dan 65 mm gacha 0,5 mm dan 1,2 mm gacha IV 15 mm dan 45 mm gacha 0,2 mm dan 0,4 mm gacha
Izoh:
* Agar sinov paytida olingan deformatsiya va yumshoqlik koʻrsatkichlari almashinadigan toifalarga mos keladigan boʻlsa, shuningdek, koʻrsatkichlar toifalar orasida boʻlgan hollarda, elementlarning yumshoqligi eng past koʻrsatkichga mos keladigan toifaga kiritilishi kerak.
Moslashuvchan yoki egiluvchan asosli yotoq joyining yumshoqlik koʻrsatkichi (deformatsiya va yumshoqlik) bir xil toifa meʼyorida boʻlishi kerak.
Bolalar mebelining yumshoq elementlari uchun yumshoqlik toifalari belgilanmagan.
Maktabgacha taʼlim va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini jihozlashda foydalaniladigan mebellarga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablariga 4-ILOVA
Koʻrgazmali stollarning asosiy parametrlari
Oʻlchamning nomi Koʻrgazma stollari, mm Qoʻshimcha stollar (suriladigan), mm Ish yuzasining balandligi 900 700 — 900 Ish yuzasining kengligi 750 600 — 750 Ish yuzasining uzunligi 1200, 1800, 2400, 3600 700 — 900
Maktabgacha taʼlim va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini jihozlashda foydalaniladigan mebellarga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablariga 5-ILOVA
Tuzuvchilar roʻyxati: R.T. Kamilova — Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti direktori v.v.b., t.f.d., professor; N.J. Ermatov — Toshkent tibbiyot akademiyasi Bolalar, oʻsmirlar va ovqatlanish gigiyenasi kafedrasi mudiri, t.f.d., professor L.I. Isakova — Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti “Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi” laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD); A.R. Nosirova — Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti “Ovqatlanish gigiyenasi” laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD); Y.E. Nurullayev — Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti; N.S. Sadirxodjayeva — Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti; A.J. Kurbanbayeva — Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti. Taqrizchilar roʻyxati: G.A. Tashpulatova — Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti “Fizik omillar” laboratoriyasi mudiri, t.f.d, katta ilmiy xodimi; D.A. Zaredinov — Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish Markazining “Gigiyena” kafedrasi mudiri, t.f.d., professor; F.I. Salomova — Toshkent tibbiyot akademiyasining “Atrof-muhit gigiyenasi” kafedrasi mudiri, t.f.d., dotsent.
