Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining hisobotlarini eshitishga oid masalalar toʻgʻrisida (KQ-634-IV-son)
01.12.2023
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Mamlakatimizda parlamentning, xususan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining davlat ichki va tashqi siyosatidagi ishtiroki hamda vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan islohotlar doirasida parlament yuqori palatasiga Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarining hisobotlarini Senat majlisida eshitish vakolati berildi.
Mazkur vakolatdan kelib chiqib, Oliy Majlis Senatida Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilarining hisobotini muntazam ravishda eshitish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi.
Shundan kelib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” ijrosi boʻyicha hisobotlarini eshitish reja-jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi diplomatik vakolatxonalar rahbarlarining hisobotlarini dastlabki tarzda oʻz majlislarida eshitib, Senat majlisi muhokamasiga kiritish boʻyicha taklif tayyorlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni eshituvlarni oʻtkazishda tashkiliy, axborot va moddiy-texnika jihatdan koʻmak koʻrsatsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” ijrosi boʻyicha hisobotlarni taqdim etib borsin hamda eshituvlarni tashkil etishda amaliy yordam koʻrsatsin.
5. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2023-yil 1-dekabr,
KQ-634-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 1-dekabrdagi KQ-634-IV-sonli qarorigaILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” ijrosi boʻyicha hisobotlarini eshitish
REJA-JADVALI
Eslatma: xorijdagi diplomatik vakolatxonalar rahbarlarining “Yoʻl xaritalari” ijrosi yuzasidan hisobotlari eshituvi muddatlari oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
