Oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilmaganligi uchun huquqiy taʼsir choralari kuchaytirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisida” 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (649-son)
07.12.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda bioxilma-xillikni saqlash va undan foydalanish, Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan oʻsimlik va hayvonot dunyosining, ayniqsa, kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan turlarining barqaror yashash sharoitlarini taʼminlash hamda ularni saqlab qolish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga hamda xalqaro Qizil kitobga kiritilgan oʻsimlik va hayvonot dunyosiga noqonuniy munosabatda boʻlish oqibatida yetkazilgan zararni undirish miqdorlarini qayta koʻrib chiqish zarurati yuzaga kelmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 31-maydagi PF-81-son Farmoni hamda “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 31-maydagi PQ-171-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 31-maydagi PF-81-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlarning noqonuniy ovlanishi oqibatida hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undirish summalarini 10 baravarga hamda oʻsimliklarni oʻsishdan toʻxtash darajasigacha shikastlantirish yoki yoʻq qilish bilan ularga yetkazilgan zarar uchun undirish summalarini 5 baravarga oshirish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisida” 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan oʻsimliklarga yetkazilgan zararni undirish miqdorini hisoblash uchun koeffitsiyentlarni besh baravarga;
Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvonot dunyosidan foydalanish tartibining buzilishi sababli yetkazilgan zarar hajmini hisoblash uchun toʻlovlar miqdorlarini oʻn baravarga oshirish.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 7-dekabr,
649-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-dekabrdagi 649-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisida” 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 19-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan oʻsimliklarga yetkazilgan undiriladigan zarar miqdorini hisoblash uchun
KOEFFITSIYENT
“ Toifasiga koʻra bitta oʻsimlik uchun Undiriladigan zarar miqdori, belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlarda (bitta oʻsimlik uchun) 1 — yoʻqolib ketayotgan 10 2 — kamyob 4 3 — kamayayotgan 2,5 ”.
2. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 14-ilovada:
“Sut emizuvchilar” boʻlimida:
“Qizil kitobga kiritilganlar” kichik boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilganlar Qoplon, targʻil sirtlon (Doʻlta), ilvirs (qor qoploni) 3 000 400 000 Burama shoxli echki (morxoʻr) 2 000 300 000 Oʻrta Osiyo qunduzi, Turkiston silovsini, qoraquloq, asalxoʻr, Buxoro bugʻusi (xongul) 1 500 250 000 Qizilqum arxari (Seversov qoʻyi), Tyan-Shan togʻ qoʻyi, Ustyurt koʻyi, Buxoro togʻ qoʻyi, Tyan-Shan qoʻngʻir ayigʻi 1 000 200 000 Saygʻoq, jayron, menzbir sugʻuri 500 50 000 Manul (yovvoyi mushuk), sahro mushugi, qarsok, sariq sassiqkuzan, olaqoʻzan 200 20 000 xalqaro Qizil kitobga yoki Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan sut emizuvchilarning boshqa turlari 100 10 000 ”;
“Boshqa turlar” kichik boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ Qizil boʻri 20 2000 Togʻ echkisi, toʻngʻiz 15 1500 Yelik (bugʻu) 10 1200 Togʻ suvsari, qorakoʻzan (norka), qizil sugʻur, oqsuvsar, olakoʻzan, tulki, korsak, chiyaboʻri, nutriya, yovvoyi mushuklar, sariq sassiqkuzan, ondatra, latcha 5 800 Boʻri - 200 Boʻrsiq, jayra 2 400 Quyon 1 200 Tipratikan, koʻrshapalak, oʻrmon sonyasi 0,5 100 Oʻrmon, qishloq va ovchilik xoʻjaligi zararkunandalariga, xavfli infeksiyalarni tarqatuvchilarga kirmaydigan boshqa sut emizuvchilar 0,3 50 Saygʻoq, kiyik, jayron, bugʻu, echki, qoʻchqor shoxlari bir juft shox va juft boʻlmagan har bir alohida shox mazkur hayvonning bittasiga muvofiq keladi Moʻyna buyumlar mazkur buyumdagi terilar soni boʻyicha Ayiq yogʻi (100 g uchun) 1 250 Boʻrsiq, sugʻur, jayra yogʻi (100 g uchun) 0,25 200 Ayiq safrosi (xomashyo holida 1 g uchun) 1 200 ”;
“Qushlar” boʻlimining “Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilganlar” kichik boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ Mallabosh lochin (shaxin), itolgʻi, lochin (sapsan) 1 500 150 000 Toʻxta tuvaloq (dudak), yoʻrgʻa tuvaloq 1 000 100 000 Vishildoq va qiyqirdoq oqqushlar, soqaqushlar, qumoy, qora laylak, suvqiygʻir (skopa), kichik burgut, qironqora, choʻl burguti, boltayutar, burgut, qirgʻiy burgug, ilonxoʻr burgut, uzun dumli va oq dumli suvburgutlari, katta olachipor burgut, oqbosh oʻrdak, qoshiqburun, kichik oqqoʻton, sariq qoʻton, qiziltomoq gʻoz, qizilgʻoz (flamingo), oq peshanali kichik gʻoz, bizgʻaldoq, oq turna 500 50 000 Oq laylak, oqkoʻz (ola qanotli oʻrdak), marmar churrak, qoravoy, Zarafshon qirgʻovuli, oqbovur, qorabuzov, qora kabutar, oddiy gʻurrak, tasqara, choʻl boʻktargisi, choʻl miqqiysi, qorabosh baliqchi, choʻl jiqtogʻi, targʻoq, kichik uzunburun (ingichka tumshuqli baliqchi), Osiyo moki loyxoʻragi, oqbovur 100 30 000 Qushlarning tuxumlari (bir dona tuxum uchun) Mazkur turdagi qushlarni noqonuniy ovlangani uchun yetkazilgan zararning 40 foizi xalqaro Qizil kitobga kiritilgan yoki Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan qushlarning boshqa turlari 100 20 000 ”;
“Sudralib yuruvchilar” boʻlimining “Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilganlar” kichik boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ Kapcha ilon (kobra) 200 30 000 Boʻz echkemar 100 20 000 Oʻrta Osiyo choʻl toshbaqasi 10 1 000 Sudralib yuruvchilarning tuxumlari (bir dona tuxum uchun) Mazkur turdagi sudralib yuruvchilarni noqonuniy ovlangani uchun yetkazilgan zararning 40 foizi xalqaro Qizil kitobga kiritilgan yoki Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan sudralib yuruvchilarning boshqa turlari 30 2 500 ”;
“Baliqlar” boʻlimining “Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilganlar” kichik boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ Orol moʻylabdori (soʻzanbaliq), Orol bahrisi (bakra), Sirdaryo kurakburuni, Amudaryo kichik kurakburuni va Amudaryo katta kurakburuni, Orol sulaymonbaligʻi, choʻrtansifat oqqayroq, Amudaryo gulbaligʻi 100 5 000 xalqaro Qizil kitobga yoki Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan baliqlarning boshqa turlari 70 3 000 ”;
“Umurtqasiz jonivorlar” boʻlimining birinchi pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ xalqaro Qizil kitobga yoki Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan umurtqasiz jonivorlar 50 2 000 ”.
