Korxonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish huquqini beruvchi maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida (439-son)
29.08.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika qiymatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachilari, kompaniyalar, fondlar, maslahatchilar, depozitariylar va boshqa tashkilotlar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 19-apreldagi 215-son qarori bilan tasdiqlangan korxonalar (tashkilot) ga faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish huquqini beruvchi maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 2-bandi oʻttiz uchinchi xat boshidagi jadvaldagi “Markaziy bank” soʻzlari “Moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 29-avgust,
439-son
