Tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari haqida (KQ-622-IV-son)
20.11.2023
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Aholini ish bilan taʼminlash, ularning turmush tarzini yaxshilash va qulayliklar yaratish maqsadida qator islohotlar amalga oshirilmoqda.
Xususiy bandlik agentliklari faoliyatining yoʻlga qoʻyilishi fuqarolarning mehnat migranti sifatida xorijiy davlatlarda ishlashi uchun sharoit yaratib berdi.
Tashqi mehnat migrantlari tomonidan ishlab topilayotgan mablagʻlar ularning oilaviy sharoitlarini yaxshilashi bilan bir qatorda mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishga muayyan hissasini qoʻshmoqda.
Amalga oshirilayotgan ishlar bilan bir qatorda bugungi kunda tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solishda ayrim kamchiliklar mavjudligi aniqlanmoqda.
Shu sababli tashqi mehnat migratsiyasiga oid amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni qayta koʻrib chiqqan holda ularni takomillashtirish talab etiladi.
Yuqoridagilarga asosan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 16-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasining tashqi mehnat migratsiyasiga oid amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan 1-ilovaga muvofiq tarkibda ishchi guruh tuzilsin.
3. Quyidagilar ishchi guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin:
tashqi mehnat migratsiyasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish hamda xalqaro tajribani oʻrganish natijasida migratsiya sohasidagi eng ilgʻor tajribalarni Oʻzbekiston migratsiya sohasini rivojlantirish uchun qoʻllash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
xorijiy davlatlarda mehnat migrantlari sifatida ishlash istagi boʻlgan mamlakatimiz fuqarolari soni, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tahlil qilish;
xorijiy davlatlarga mehnat migranti sifatida borib, hozirda noqonuniy mehnat faoliyatini yuritayotgan fuqarolarimiz orasida ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish orqali ularning noqonuniy ravishda ketganlik sabablarini oʻrganish va kelgusida ularni oʻz yurtiga qaytarish choralarini koʻrish boʻyicha takliflar tayyorlash;
xorijiy davlatlar tomonidan ish beruvchilarning talablaridan kelib chiqib, mehnat migrantlari uchun talab sifatida qoʻyilgan mutaxassislik yoʻnalishlarini mamlakatimizda joriy etish va mavjud mutaxassisliklar boʻyicha mehnat migrantlarining malakasini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
qonunchilikni takomillashtirish maqsadida tegishli sohaviy davlat organlari va muassasalari, amaliyotchi olimlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining takliflarini oʻrganish va umumlashtirilgan tahliliy xulosa tayyorlash;
tashqi mehnat migratsiyasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish maqsadida tegishli takliflar ishlab chiqish.
4. Tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Ishchi guruh (Sh. Choʻlliyev) ushbu Qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha 2024-yil 10-fevralga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashiga axborot taqdim etsin.
6. Mazkur Qaror ijrosini nazorat qilish Senat Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2023-yil 20-noyabr,
KQ-622-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 20-noyabrdagi KQ-622-IV-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan ishchi guruh
TARKIBI
1. Choʻlliyev Shuxrat Askarovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari 2. Parpiyev Maxmud Mamatovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari Ishchi guruh aʼzolari: 3. Musurmanov Iskandar Ubaydullayevich — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yetakchi inspektori 4. Mirzaaxmedov Zufar Tashmuxamedovich — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari kotibiyatining bosh mutaxassisi 5. Yuldashov Muxammadyusuf Dilmuhammad oʻgʻli — Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi siyosati boshqarmasi Xususiy bandlik agentliklari bilan ishlash boʻlimi boshligʻi 6. Xamrayev Islomjon Olimovich — Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Yuridik taʼminlash boʻlimi bosh yuriskonsulti 7. Aripov Toxir Erkinovich — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamentining birinchi kotibi 8. Patxullayev Diyor Zafarovich — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamentining uchinchi kotibi 9. Sattarov Dilshod Talatovich — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Xalqaro-huquqiy boshqarmasi katta prokurori 10. Djoldasova Saxipjamal Djalgasovna — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yuridik taʼminlash boshqarmasining Shartnomaviy-huquqiy boʻlimi boshligʻi 11. Vasliyev Axror Anvarovich — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijga chiqishlarini rasmiylashtirish boʻlimi boshligʻi 12. Nusratullayev Shaxboz Jumanazar oʻgʻli — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Jinoiy, maʼmuriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi katta maslahatchisi 13. Neʼmatov Inatillo Ubaydullayevich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Taʼlim sifatini nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi 14. Aliboyev Vaxobjon Xasanboyevich — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Strategik rejalashtirish va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish boshqarmasi bosh inspektori 15. Ibragimov Jasur Oʻtkir oʻgʻli — “Yuksalish” umummilliy harakati bosh kordinatori 16. Azizov Ildar Rafaelevich — Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy inves�itsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi kotibiyati bosh maslahatchisi 17. Axmedov Mirjalol Axmedovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi kotibiyati yetakchi maslahatchisi, Ishchi guruh kotibi
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ularning oʻrniga lavozimlariga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 20-noyabrdagi KQ-622-IV-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tashqi mehnat migratsiyasi bilan bogʻliq muammolarni oʻrganish hamda sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish masalalari boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r Tadbir nomi Amalga oshirish mexanizmi Bajarish muddati Masʼullar 1. Tashqi mehnat migratsiyasi sohasini tartibga soluvchi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish. 1. Tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazish. 2. Normativ-huquqiy hujjatlardagi mavjud boʻshliqlar va ular oʻrtasidagi oʻzaro nomuvofiqliklarni oʻrganish. 3. Inventarizatsiya natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash. 2023-yil 15-dekabr Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi 2. Noqonuniy migratsiya muammolari, xususiy bandlik agentliklari faoliyati bilan bogʻliq masalalarni oʻrganish. 1. Noqonuniy migratsiya bilan bogʻliq statistik maʼlumotlarni oʻrganish. 2. Xususiy bandlik agentliklarining faoliyati yuzasidan jamoatchilik oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazish. 3. Ijtimoiy tarmoqlarda tashqi mehnat migratsiyasi hamda xususiy bandlik agentliklari faoliyatiga oid eʼlon qilingan maqolalarni oʻrganish. 4. Natijalari boʻyicha maʼlumotnoma tayyorlash. 2023-yil 20-dekabr Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, “Yuksalish” umummilliy harakati 3. Xorijiy davlatlarga chiqish uchun vizalar rasmiylashtirish tartibini tahlil qilish. 1. Xorijiy davlatlarga chiqish uchun vizalar rasmiylashtirishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish hamda viza rasmiylashtirish tartibini tahlil qilish. 2. Viza rasmiylashtirish talablarini soddalashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. 2023-yil 15-dekabr Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Bojxona qoʻmitasi 4. Hukumatlararo hamkorlik doirasida tashqi mehnat migratsiyasi uchun istiqbolli davlatlar bilan ikki tomonlama bitimlar tuzish masalasini oʻrganib chiqish. 1. Tashqi mehnat migratsiyasi uchun istiqbolli davlatlar roʻyxatini shakllantirish. 2023-yil 15-dekabr Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi 2. Ikki tomonlama hukumatlararo bitimlar orqali oʻzaro kelishuvlarga erishish masalasini oʻrganib chiqish hamda natijasi yuzasidan takliflar ishlab chiqish. 2023-yil 20-dekabr 5. Xorijiy davlatlar mehnat bozorida yuqori ehtiyoj mavjud boʻlgan mutaxassisliklarni tayyorlash boʻyicha chet tillari va kasb-hunarga oid oʻquv kurslarini tashkil qilish choralarini koʻrish. 1. Tashqi mehnat migratsiyasi uchun istiqbolli davlatlar mehnat bozorida yuqori ehtiyoj mavjud boʻlgan mutaxassisliklar roʻyxatini shakllantirish. 2023-yil 15-dekabr Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2. “Ishga marhamat” monomarkazlari bazasida xalqaro donor tashkilotlar (KOICA, JICA va h.k.) bilan birgalikda namunaviy loyiha sifatida yuqori ehtiyoj mavjud boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. 2023-yil 20-dekabr 3. Xorijiy davlatlar mehnat bozorida yuqori ehtiyoj mavjud boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha Oʻzbekiston fuqarolari uchun qoʻshimcha chet tillari oʻquv kurslarini tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. 2023-yil 25-dekabr 6. Xorijiy davlatlar mehnat bozorida yuqori ehtiyoj mavjud boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha bakalavr taʼlim yoʻnalishlarini joriy etish mexanizmlarini oʻrganish. 1. Oliy taʼlim muassasalarining faoliyati va mavjud texnik imkoniyatlarini oʻrganib chiqish. 2023-yil 15-dekabr Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi 2. Oliy taʼlim muassasalarida tashqi mehnat migratsiyasi uchun istiqbolli davlatlar mehnat bozorida yuqori ehtiyoj mavjud boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha intensiv (qisqa muddatga moʻljallangan) bakalavr taʼlim yoʻnalishlarini joriy etish masalasini koʻrib chiqish. 2023-yil 20-dekabr 3. Natijalari boʻyicha maʼlumotnoma hamda takliflar tayyorlash. 2023-yil 25-dekabr 7. Tashqi mehnat migratsiyasi sohasiga oid xalqaro tajribani oʻrganish. 1. Tashqi mehnat migratsiyasi sohasiga oid rivojlangan xorijiy mamlakatlar qonunchiligi va tajribasini tahlil qilish. 2. Huquqni qoʻllash amaliyotida samarali natija koʻrsatgan qonunchilik normalarini milliy qonunchiligimizga implementatsiya qilish boʻyicha takliflar tayyorlash. 2023-yil 30-dekabr Adliya vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi 8. Tashqi mehnat migratsiyasi sohasiga oid qonunchilikni takomillashtirish. 1. Tashqi mehnat migratsiyasi sohasiga oid qonunchilikni takomillashtirish maqsadida amaliyotchilar, ekspertlar, olimlar va mutaxassislar, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirokida seminar hamda davra suhbatlari tashkil etish. 2024-yil 15-yanvar Adliya vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi 2. Seminar hamda davra suhbatlarida ishtirokchilar tomonidan berilgan taklif va tavsiyalarni tahlil qilish. 2024-yil 20-yanvar 3. Davlatning migratsiya siyosati yoʻnalishida 2030-yilgacha boʻlgan strategiya loyihasini ishlab chiqish. 2024-yil 25-yanvar 4. Tashqi mehnat migratsiyasi sohasiga oid amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan dastlabki qonun loyihasi ishlab chiqish. Bunda qu?idagi masalalarni qayta koʻrib chiqish va ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish: - shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar uchun haq undirish; - xususiy bandlik agentliklari tomonidan xizmatlar koʻrsatish uchun zaxira sifatida jamgʻarmaga oʻtkaziladigan mablagʻ miqdorini optimallashtirish masalasini oʻrganish. 5. Dastlabki qonun loyihasi yuzasidan tushuntirish xati, taqqoslama jadval va boshqa materiallar tayyorlash. 2024-yil 1-fevral
