Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-373-son)
23.11.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining moliyaviy-iqtisodiy ahvolini qoʻllab-quvvatlash orqali teleradiomahsulotlar ishlab chiqarish uzluksizligini taʼminlash maqsadida:
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-iyundagi “Signal uzatishning raqamli formatiga oʻtish uchun Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasini zamonaviy multimedia uskunalari bilan jihozlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2553-son qaroriga muvofiq Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga ajratilgan kredit (keyingi oʻrinlarda — kredit) boʻyicha kechiktirilgan toʻlovlar uchun hisoblangan penyalarni hisobdan chiqarish;
kredit muddatini 10 yildan 13 yilga uzaytirish;
kreditni toʻlash manbalari tarkibida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining ulushini oshirish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 23-noyabr,
PQ-373-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PQ-373-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-iyundagi “Signal uzatishning raqamli formatiga oʻtish uchun Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasini zamonaviy multimedia uskunalari bilan jihozlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2553-son qarori rus tilidagi matnining 3-bandida:
ikkinchi xatboshidagi “10” raqami “13” raqami bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidan “, v ravnix dolyax” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-oktabrdagi “Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasini signal uzatishning raqamli formatiga oʻtish uchun zamonaviy multimedia uskunalari bilan jihozlash” loyihasini amalga oshirishni taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3362-son qaroriga 2-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“PROGNOZNIY GRAFIK
pogasheniya besprotsentnogo kredita Fonda rekonstruksii i razvitiya Respubliki Uzbekistan
Summa kredita — 22 500,0 tis. yevro Srok kredita — 13 let, v tom chisle lgotniy period — 2 goda Protsentnaya stavka po kreditu (v tom chisle po refinansirovaniyu) — 0 % Periodi viplat Viborka Summa viplati osnovnogo dolga iz Komissiya za Obщaya summa, podlejaщaya viplate (tis. yevro) respublikanskogo budjeta sobstvennix sredstv NTRK organizatsiyu obyazatelstvo II polugodiye 2016 goda 18 000,00 54,0 0,0 54,0 I polugodiye 2018 goda 4 500,00 9,0 0,0 9,0 II polugodiye 2018 goda 0 I polugodiye 2019 goda 661,76 661,76 II polugodiye 2019 goda 661,76 661,76 I polugodiye 2020 goda 661,76 661,76 II polugodiye 2020 goda 661,76 661,76 I polugodiye 2021 goda 661,76 661,76 II polugodiye 2021 goda 661,76 661,76 I polugodiye 2022 goda 661,76 661,76 II polugodiye 2022 goda 661,76 661,76 I polugodiye 2023 goda 661,76 661,76 II polugodiye 2023 goda 661,76 661,76 I polugodiye 2024 goda 1 034,0 1 134,00 II polugodiye 2024 goda 1 034,0 200,00 1 134,00 I polugodiye 2025 goda 1 034,0 100,00 1 134,00 II polugodiye 2025 goda 1 034,0 100,00 1 134,00 I polugodiye 2026 goda 1 034,0 100,00 1 134,00 II polugodiye 2026 goda 1 034,0 100,00 1 134,00 I polugodiye 2027 goda 1 034,0 100,00 1 134,00 II polugodiye 2027 goda 1 034,0 100,00 1 134,00 I polugodiye 2028 goda 1 034,0 100,00 1 134,00 II polugodiye 2028 goda 1 034,0 100,00 1 134,00 I polugodiye 2029 goda 1 034,0 100,00 1 134,00 II polugodiye 2029 goda 1 034,0 100,00 1 134,00 I polugodiye 2030 goda 1 034,0 100,00 1 134,00 II polugodiye 2030 goda 1 040,40 100,00 1 140,40 Vsego: 22 500,00 21 100,00 1 400,00 63,0 0,0 22 563,00 ”.
