“Davlat xizmatlari koʻrsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (3591-IV-son)
16.10.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1052-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini, “Davlat xizmatlari koʻrsatish tizimi takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1058-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga maʼmuriy sudlarga murojaat qilishda fuqarolarga yanada qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan oʻzgartirish kiritish haqida”gi QL-1060-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini, “Maʼmuriy sudlarga shikoyat qilish tartibi soddalashtirilishi munosabati bilan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1061-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini hamda “Davlat xizmatlarini koʻrsatishda byurokratik toʻsiqlar yanada qisqartirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1062-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini “Davlat xizmatlari koʻrsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirsin.
2. Mazkur qonun loyihasi koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 16-oktabr,
3591-IV-son
