Hamkorlik va maslahatlashuvlar toʻgʻrisida
18.09.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan Gretsiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi oʻrtasida
Bayonnoma
[Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan davlat reyestrida 2023-yil 14-noyabrda 4532-FR-2023-H tartib raqami bilan roʻyxatga olindi]
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Gretsiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, keyingi oʻrinlarda “Imzolovchilar” deb ataluvchilar,
Imzolovchilar davlatlari oʻrtasidagi sheriklikni mustahkamlash va yanada chuqurlashtirish hamda uzoq muddatli hamkorlikni kengaytirish istagida,
Xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan tamoyillari va normalarini tan olgan xolda,
Ikki tomonlama munosabatlardagi oʻzaro manfaatli masalalar, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalar boʻyicha turli darajalarda Imzolovchilar oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlar oʻtkazish oʻzaro manfaatli ekanini tan olgan xolda,
quyidagi anglashuvlarga erishdilar:
1-paragraf
Mazkur Protokolning maqsadi Imzolovchilar oʻrtasida oʻzlarining davlatlari manfaatlarini yoʻlida hamkorlik sohalarini rivojlantirish va sohalarni yanada ochish uchun umumiy asosni taʼminlash hisoblanadi.
2-paragraf
Mazkur Protokol doirasida imzolovchilar ikki tomonlama munosabatlarning barcha jihatlari, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va global muammolar boʻyicha muntazam maslahatlashuvlar va fikr almashishlarini tashkil qiladi.
Imzolovchilar tomonidan oʻtkaziladigan maslahatlashuvlar quyidagi sohalarni oʻz ichiga olishi mumkin, lekin ular bilan cheklanmaydi: siyosiy munosabatlar, savdo, investitsiyalar, moliya, xavfsizlik va mudofaa, rivojlanish sohasidagi hamkorlik, madaniyat, fan va taʼlim, atrof-muhit masalalari, xalqaro huquq masalalari, konsullik masalalari. va imzolagan tomonlarning matbuot xizmatlari oʻrtasidagi hamkorlik va h.k.
Maslahatlashuvlar navbatma-navbat Oʻzbekiston Respublikasi va Gretsiya Respublikasida, zarurat boʻlganda esa xalqaro tashkilotlar va forumlarda oʻtkaziladi. Ishtirokchilar darajasi, kun tartibi, maslahatlashuvlar vaqti va joyi Imzolovchilar tomonidan kelishib olinadi diplomatik kanallar orqali.
3-paragraf
Imzolovchilar oʻzlarining tegishli diplomatik xizmatlarining ishi va siyosati boʻyicha oʻzaro bilim va tushunishni oshirish maqsadida nou-xau va ilgʻor tajriba almashish orqali umumiy manfaatdor mavzular boʻyicha diplomatik kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyishni koʻrib chiqadilar.
4-paragraf
Mazkur Protokolga istalgan vaqtda Imzolovchi Tomonlarning oʻzaro yozma roziligi bilan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
5-paragraf
Mazkur Protokolni talqin qilish yoki amalga oshirish bilan bogʻliq har qanday kelishmovchiliklar Imzolovchi Tomonlar oʻrtasidagi maslahatlashuvlar orqali doʻstona hal qilinadi.
6-paragraf
Mazkur Protokol imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va Imzolovchilardan biri boshqa Imzolovchiga diplomatik kanallar orqali 90 (toʻqson) kun oldin uning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida yozma xabarnoma yuborib, unining amal qilishini tugatmagunga qadar amal qiladi.
Mazkur Protokol kuchga kirgan kundan boshlab 1997-yil 1-aprelda Afina shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan Gretsiya Tashqi ishlar vazirligi oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi Protokolni almashtiradi.
Nyu-york shahrida 2023-yil 18-sentabrda har biri ingliz tilida ikki asl nusxada tuzildi.
(imzolar)
