“Oʻzbekiston Respublikasi bilan Vyetnam Sotsialistik Respublikasi oʻrtasida jinoiy ishlar boʻyicha oʻzaro huquqiy yordam toʻgʻrisidagi Shartnomani (Xanoy, 2022-yil 14-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1069-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (3642-IV-son)
24.10.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023-yil 12-oktabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Vyetnam Sotsialistik Respublikasi oʻrtasida jinoiy ishlar boʻyicha oʻzaro huquqiy yordam toʻgʻrisidagi Shartnomani (Xanoy, 2022-yil 14-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1069-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 24-oktabr,
3642-IV-son
