“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1064-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi haqida (3566-IV-son)
10.10.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari Dj. Shirinov, Sh. Bafayev, T. Xojanazarov, M. Xusanova, D. Ismailov, M. Hasanova, Sh. Sharafutdinov, S. Xamidullayev va U. Zakirova tomonidan 2023-yil 6-oktabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1064-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1064-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining matni jamoatchilik muhokamasi uchun Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (www.regulation.gov.uz) va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
3. Mazkur Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan jamoatchilik muhokamasi muddati 2023-yil 10-oktabrdan 2023-yil 24-oktabrgacha etib belgilansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi:
Konstitutsiyaviy qonun loyihasining jamoatchilik muhokamasi davomida kelib tushgan taklif va mulohazalarni hisobga olish, umumlashtirish, oʻrganish hamda tahlil qilish boʻyicha ishlarni olib borsin;
kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur Konstitutsiyaviy qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 10-oktabr,
3566-IV-son
