Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisini oʻtkazish toʻgʻrisida (3564-IV-son)
09.10.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi 2023-yil 10-oktabr kuni oʻtkazilishi belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga quyidagi masalalar kiritilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1064-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish);
“Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1040-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (“Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasi takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”) (ikkinchi oʻqish);
“Turkiy investitsiya jamgʻarmasini taʼsis etish toʻgʻrisidagi Bitimni (Anqara, 2023-yil 16-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1041-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (ikkinchi oʻqish);
“Intellektual mulkni ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 121-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida”gi QL-1056-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish);
“Davlat xizmatlari koʻrsatish tizimi takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1058-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish);
“Davlat xizmatlarini koʻrsatishda byurokratik toʻsiqlar yanada qisqartirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1062-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish);
“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining normalarini soʻzsiz va toʻliq amalga oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-1063-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakilini (Bolalar ombudsmanini) saylash toʻgʻrisida;
A.T. Yunusovani Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻrinbosari — Bola huquqlari boʻyicha vakil lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 9-oktabr,
3564-IV-son
