“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga fuqarolarning ijara munosabatlari va pensiya taʼminoti borasidagi huquqlarini mustahkamlashga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1053-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga nogironligi boʻlgan shaxslarning ijara munosabatlaridagi huquq va erkinliklarini yanada mustahkamlash hamda pensiyalarni tayinlash va toʻlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish haqida”) (3629-IV-son)
24.10.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga nogironligi boʻlgan shaxslarning ijara munosabatlaridagi huquq va erkinliklarini yanada mustahkamlash hamda pensiyalarni tayinlash va toʻlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi QL-1053-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga fuqarolarning ijara munosabatlari va pensiya taʼminoti borasidagi huquqlarini mustahkamlashga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 24-oktabr,
3629-IV-son
