14-moddaBitimning tugatilishi
Iqlim oʻzgarishi boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 01.06.2023 · Amalda
1. Mazkur Bitim 5 (besh) yil muddat davomida amal qiladi, agar tomonlardan biri boshqa tomonni ushbu shartnomani tugatish niyati haqida yozma ravishda xabardor qilmasa, keyingi 5 (besh) yillik davrga uzaytirilishi mumkin.
2. Har bir Tomon istalgan vaqtda Mazkur Bitimni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori haqida yozma ravishda diplomatik kanallar orqali boshqa Tomonga xabar berishi mumkin. Ushbu Bitimning bekor qilinishi boshqa Tomon tarafidan xabar qabul qilingan kundan boshlab 3 (uch) oy oʻtgach, kuchga kiradi, agarda kelishuvga asosan shartnomani bekor qilish muddati undan oldinroq koʻrsatilmagan boʻlsa.
3. Mazkur Bitimning amal qilish muddati tugashi yoki bekor qilinishi, basharti Tomonlar tarafidan oʻzaro boshqacha kelishib olinmagan boʻlsa, ushbu bitim boʻyicha davom etayotgan har qanday hamkorlik faoliyatining yakunlanishiga taʼsir qilmaydi.
UShBUNI TASDIQLAGAN HOLDA, oʻzlarining tegishli Hukumatlari tomonidan lozim darajada vakolatlangan quyida imzo chekuvchilar mazkur Bitimni imzoladilar.
Toshkent shahrida, 2023-yil 1-iyun, sanasida, ikki nusxada, oʻzbek, koreys va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir teng autentikdir.
Mazkur Bitimni talqin etishda tafovutlar yuzaga kelgan hollarda, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
(imzolar)
