“Oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida (SQ-776-IV-son)
24.08.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 6-iyun kuni qabul qilingan “Oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2023-yil 24-avgusta,
SQ-776-IV-son
