Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PF-190-son)
08.11.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Ijtimoiy soha, iqtisodiyot va boshqa ahamiyatga ega boʻlgan yoʻnalishlarda muhim tashabbuslarni ilgari surish va samarali islohotlarni amalga oshirish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining axborot-tahliliy taʼminlash faoliyatini yanada kuchaytirish maqsadida:
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
a) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari har oyda jalb qilingan xorijiy ekspertlar, konsultantlar va maslahatchilar tomonidan bajarilgan ishlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotni Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiga taqdim qilib boradi;
b) Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi jalb qilingan xorijiy ekspertlar, konsultantlar va maslahatchilar bilan joriy masalalarni muhokama qilish va hal qilishning maqbul yoʻllarini aniqlash uchun muntazam ravishda uchrashuvlar tashkil qiladi va tegishli takliflar tayyorlaydi;
v) istiqbolli tashabbuslarni ishlab chiqish maqsadida:
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari jalb qilingan xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, konsalting kompaniyalari, yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot va ekspert muassasalari hamda mutaxassislarning ular faoliyati masalalariga oid rasmiy xulosa va hisobotlarini Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiga taqdim etib boradi;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ijtimoiy soha, iqtisodiyot va boshqa ahamiyatga ega boʻlgan yoʻnalishlarni isloh qilish boʻyicha tashkil qilinayotgan xalqaro konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlarning dasturlarini Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiga taqdim qilib boradi;
respublikaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari har oyda tegishli davlatlarning ilgʻor tajribasi va amaliyoti toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotni Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiga taqdim etib boradi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-sentabrdagi “Strategik islohotlarni jadallashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-216-son Farmoniga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi A.Yu. Magrupov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 8-noyabr,
PF-190-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-noyabrdagi PF-190-son Farmoniga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-sentabrdagi “Strategik islohotlarni jadallashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-216-son Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-bandda:
a) toʻrtinchi xatboshidagi “Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
2. 4-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. 5-bandda:
a) beshinchi xatboshidagi “hamda davlat ishtirokidagi korxonalarni transformatsiya qilish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) oltinchi xatboshidagi “Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Belgilab qoʻyilsinki:
Agentlik direktori bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament) rahbarining oʻrinbosari hisoblanadi hamda maqomi, moddiy taʼminoti, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlariga koʻra unga tenglashtiriladi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Agentlik direktorining oʻrinbosarlari maqomi, moddiy taʼminoti, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shoʻbasi mudiriga tenglashtiriladi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Agentlik boshqaruv xodimlari Departament rahbari bilan kelishilgan holda, Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Agentlik xodimlariga Departament xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash razryadlari va ish haqi miqdorlari tatbiq etiladi”.
5. 10-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Agentlik Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi, 43-uydagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining binosida joylashtirilsin”.
7. 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi A.Yu. Magrupov zimmasiga yuklansin”.
8. 1 va 2-ilovalarning matnlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining kengashi
TARKIBI
1. Sh.M. Mirziyoyev — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Kengash raisi 2. S. Chakrabarti — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlantirish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi 3. R.A. Gulyamov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi 4. M.P. Olloyorov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori 5. B.M. Mavlonov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti rahbari 6. O.K. Abduraxmanov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari 7. J.A. Qoʻchqorov — Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri 8. J.A. Xodjayev — Bosh vazir oʻrinbosari 9. A.D. Toshkulov — adliya vaziri 10. D.R. Li — Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori 11. E.T. Aripov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori 12. B.M. Bekmurodov — “Yuksalish” umummilliy harakati raisi 13. E.M. Tulyakov — “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori 14. N.X. Raximova — “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi direktori 15. O.B. Sattarov — “Vatandoshlar” jamoat fondi ijrochi direktori 16. Lavozimiga koʻra — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining direktori, Kengash masʼul kotibi
Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining
TUZILMASI
Kengash Direktor Direktor oʻrinbosari 2 Xorijiy ekspertlar, konsultantlar va maslahatchilar bilan hamkorlik qilish guruhi 4 Ilgʻor xorijiy tajriba va reytinglarni oʻrganish asosida muhim tashabbuslarni ishlab chiqish guruhi 4 Amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini baholash va monitoring qilish guruhi 4 Ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish asosida muhim tashabbuslarni ishlab chiqish guruhi 2 Xalqaro va xorijiy tashkilot va institutlar bilan hamkorlik qilish asosida muhim tashabbuslarni ishlab chiqish guruhi 3 Loyiha boshqaruvi guruhlari
Izoh:
1. Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 20 nafar.
2. Agentlik direktori Agentlik tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartirish kiritish huquqiga ega.
3. Yordamchi xodimlarning soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi uchun belgilangan tartibga asosan aniqlanadi.
4. Guruh rahbari va bosh inspektor tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh inspektori va yetakchi inspektoriga tenglashtiriladi.
5. Agentlik direktori oʻrinbosarlarining lavozim razryadlari va tarif koeffitsiyentlari Agentlik direktori stavkasidan 5 foizgacha kam miqdorda belgilanadi”.
