Yer resurslarining holati boʻyicha milliy hisobotni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (578-son)
30.10.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 20-oktabrdagi PQ-405-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yer resurslarining holati boʻyicha milliy hisobotni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
yer hisobotini yuritish tartibi;
yer hisoboti shakllarini tasdiqlash;
yer resurslarining holati boʻyicha milliy hisobotni shakllantirish va taqdim etish tartibi;
yer fondi toifalaridagi oʻzgarishlarni hisobga olish tartibi.
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi oʻrinlarda — Kadastr agentligi) 2024-yil 1-yanvarga qadar:
“Yer hisobot” avtomatlashtirilgan axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — “Yer hisobot” AAT) ishga tushirsin;
Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda “Yer hisobot” AAT “E-qaror” elektron tizimi bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
3. Belgilansinki:
yer hisoboti “Yer hisobot” AAT orqali elektron shaklda yuritiladi;
Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi “Yer hisobot” AAT operatori hisoblanadi;
yer hisobotiga oʻzgartirishlar kiritish, yerlarni toifalarga ajratish va bir toifadan boshqasiga oʻtkazish natijalari vakolatli davlat organlarining qarorlari asosida “Yer hisobot” AATga kiritib boriladi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yer resurslarini xatlovdan oʻtkazish natijalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorlari real vaqt rejimida “E-qaror” elektron tizimi orqali “Yer hisobot” AATga taqdim etiladi;
yer hisobotini yuritish, “Yer hisobot” AATni ishga tushirish va texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash ishlari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari, Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hamda uning tizimidagi tashkilotlarning oʻz mablagʻlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yer resurslarini xatlovdan oʻtkazish va uning natijalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorlari yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos boʻlmaydi.
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, 2024-yil 1-yanvardan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek, tuman (shahar)lar hokimlari egallab turgan lavozimlaridan ozod etilganda, tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bir oy muddatda oʻzlarining maʼmuriy-hududiy birliklari boʻyicha joriy yil 1-yanvar holatiga koʻra yer hisoboti, shu jumladan, lavozimdan ozod etilgan hokim faoliyati davrida yer fondi toifalariga kiritilgan oʻzgartirishlar hamda yangi oʻzlashtirilgan yerlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Bunda yer fondi toifalariga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari hamda yangi oʻzlashtirilgan yerlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Qishloq xoʻjaligi vazirligining hududiy boshqarmalari tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda tuman (shahar)lar hokimlariga taqdim etadi.
5. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-son qarori bilan tasdiqlangan Yer resurslarini xatlovdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 26-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yer resurslarini xatlovdan oʻtkazish natijalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorlari real vaqt rejimida “E-qaror” elektron tizimi orqali “Yer hisobot” AATga kiritiladi”.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Kadastr agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
mazkur qarorning mazmun-mohiyati ijrochilarga yetkazilishini, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va rasmiy veb-saytlarda keng yoritilishini taʼminlasin;
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 30-oktabr,
578-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-oktabrdagi 578-son qaroriga 1-ILOVA
Yer resurslarining holati boʻyicha milliy hisobotni yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Yer resurslarining holati boʻyicha milliy hisobotni yuritish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
aholi punktlari — respublika boʻysunuvidagi shaharlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻysunuvidagi shaharlar, tumanlardagi shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullar;
yer hisoboti — yer fondi toifalari, turlari va ulardagi oʻzgarishlar, yerlarning tabiiy, xoʻjalik va huquqiy rejimi, yer uchastkalarining oʻrni va maydonlari, shuningdek, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar oʻrtasida yerning taqsimlanishi toʻgʻrisidagi axborotlar majmui;
yer resurslarining holati boʻyicha milliy hisobot — har yil yakuni boʻyicha yer hisoboti asosida tayyorlanadigan hamda butun mamlakat va maʼmuriy-hududiy birliklar boʻyicha yerlarning miqdori, yerlarning toifalar va turlarga boʻlinishi, tarmoqlar, yer uchastkalarining egalari, yer uchastkasidan foydalanuvchilar, yer uchastkasi ijarachilari, mulkdorlari boʻyicha taqsimlanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va yer kadastriga oid boshqa axborotlar majmui;
yer turi — yer fondi toifalari ichidagi yer uchastkalarining tabiiy va foydalanish xususiyatlariga muvofiq turlarga ajratilishi;
“Yer hisobot” AAT — yer hisoboti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish va yuritish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
3. Yer resurslarining holati boʻyicha milliy hisobot ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq yuritiladi, yangidan oʻzlashtirilgan yerlar toifasiga (turiga) oʻzgartirish 1a-ilovadagi sxemaga muvofiq kiritiladi
4. Yer hisoboti Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat kadastrlari palatasi) va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan “Yer hisobot” AAT orqali yil davomida yuritiladi.
5. Yer hisoboti Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman va shaharlar, shuningdek, shaharcha va qishloq (ovul)lar maʼmuriy-hududiy chegarasida joylashgan barcha yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar (keyingi oʻrinlarda — yerdan foydalanuvchilar) boʻyicha yuritiladi.
Yer hisobotida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlarning maʼmuriy chegarasidan tashqarida foydalaniladigan, shuningdek, chegaradosh qoʻshni davlatlar, viloyatlar va tumanlar tomonidan foydalaniladigan yerlar ham koʻrsatiladi.
6. Yer hisobotini yuritishda oʻtgan yilgi yer hisobotining yakuniy maʼlumotlari joriy yilda dastlabki maʼlumot sifatida qabul qilinadi.
7. Yer hisobotini yuritishda har bir yerdan foydalanuvchi tomonidan huquqni belgilovchi tegishli hujjatlar asosida hamda amalda foydalanib kelinayotgan yer maydonlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Yer hisobot” AATga kiritiladi, aholi punktlari yerlari, fuqarolarga dehqon xoʻjaligi va shaxsiy dala tomorqa xoʻjaligi hamda jamoat bogʻdorchiligi va uzumchiligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalari bundan mustasno.
Yer hisobotida fuqarolarga dehqon xoʻjaligi va shaxsiy dala tomorqa xoʻjaligi hamda jamoat bogʻdorchiligi va uzumchiligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalarining umumiy maydoni va ulardan foydalanuvchilarning soni koʻrsatiladi.
Amalda foydalanib kelinayotgan yer maydonlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻtkazilgan xatlov natijalari, tayyorlangan kadastr hujjatlaridagi va boshqa axborot tizimlarida saqlanadigan birlamchi va ishonchli maʼlumotlar asosida “Yer hisobot” AATga qoʻshimcha maʼlumot sifatida kiritiladi.
Yer hisobotida aholi punktlari yerlari koʻp kvartirali uylar joylashgan va ularga tutash yerlar, shuningdek, yakka tartibdagi uylar joylashgan va umumiy foydalanishdagi yerlar kesimida yuritiladi.
8. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi yoki oʻtkazilmaganligidan qatʼi nazar, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Yer hisobot” AATga kiritiladi.
9. Qishloq xoʻjaligi vazirligi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning miqdori, sifat holati hamda ularning bahosi boʻyicha maʼlumotlarni “Yer hisobot” AATga kiritilishini taʼminlaydi.
2-bob. Yer hisobotini yuritish tartibi
10. Yer hisoboti ushbu Nizomga 2-ilovadagi 1 — 10-shakllarga muvofiq “Yer hisobot” AATda yuritiladi.
11. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toʻgʻrisidagi hisobot kichik toifalar kesimida ushbu Nizomga 2-ilovadagi 1-shaklga muvofiq quyidagi satrlarda yuritiladi:
01-satr — qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar:
01.1 — fermer xoʻjaliklariga berilgan yerlar;
01.2 — ipakchilik va jun sanoati yerlari;
01.3 — boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari yerlari (klasterlar, agrofirmalar, korxonalar, tashkilotlar, jamiyatlar va shirkatlar);
01.4 — qishloq xoʻjaligi sohasida ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va oʻquv-tajriba xoʻjaliklarining yerlari;
01.5 — yordamchi qishloq xoʻjaliklarining yerlari;
01.6 — dehqon xoʻjaliklarining yerlari;
01.7 — shaxsiy tomorqa yerlari:
01.7.1 — qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish maqsadidagi shaxsiy tomorqa yerlari;
01.7.2 — yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish maqsadidagi shaxsiy tomorqa yerlari;
01.8 — fuqarolarning bogʻdorchilik, sabzavotchilik, issiqxona va chorvachilik yerlari;
01.9 — bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlari yerlari;
01.10 — qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun berilmagan boʻsh turgan va tuman (shahar) hokimliklarining tasarrufida boʻlgan qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun moʻljallangan yerlar.
12. Yer fondining boshqa toifalaridagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toʻgʻrisidagi hisobot ushbu Nizomga 2-ilovadagi 2-shaklga muvofiq yuritiladi.
13. Aholi punktlarining yerlari toʻgʻrisidagi hisobot ushbu Nizomga 2-ilovadagi 3-shaklga muvofiq quyidagi satrlarda yuritiladi:
02-satr — aholi punktlarining yerlari:
a) 02.1 — shahar va shaharcha yerlari:
02.1.1 — koʻp kvartirali uylar joylashgan va ularga tutash yerlar;
02.1.2 — yakka tartibdagi uylar joylashgan yerlar;
02.1.3 — umumiy foydalanishdagi yerlar;
b) 02.2 — qishloq va ovul yerlari:
02.2.1 — koʻp kvartirali uylar joylashgan va ularga tutash yerlar;
02.2.2 — yakka tartibdagi uylar joylashgan yerlar;
02.2.3 — umumiy foydalanishdagi yerlar.
14. Yer fondining boshqa toifalardagi yerlari toʻgʻrisidagi hisobot ushbu Nizomga 2-ilovadagi 4-shaklga muvofiq quyidagi satrlarda yuritiladi:
1) 03-satr – sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar:
a) 03.1 — sanoat yerlari:
03.1.1 — maxsus iqtisodiy zonalar yerlari;
03.1.2 — kichik sanoat zonalari yerlari;
03.1.3 — yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari yerlari;
03.1.4 — boshqa sanoat yerlari;
b) 03.2 — transport maqsadlariga moʻljallangan yerlar:
03.2.1 — temir yoʻllar yerlari;
03.2.2 — avtomobil yoʻllari yerlari;
03.2.3 — quvur transporti yerlari;
03.2.4 — havo transporti yerlari;
03.2.5 — boshqa transport maqsadidagi yerlar;
v) 03.3 — aloqa yerlari;
g) 03.4 — mudofaa yerlari;
d) 03.5 — ijtimoiy soha obyektlari yerlari;
e) 03.6 — boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar;
2) 04-satr — tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreasiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar:
a) 04.1 — tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga moʻljallangan yerlar:
04.1.1 — davlat qoʻriqxonalari yerlari;
04.1.2 — majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari yerlari;
04.1.3 — tabiat bogʻlari yerlari;
04.1.4 — ayrim tabiiy obyektlar hamda majmualarni saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash uchun moʻljallangan hududlar yerlari;
04.1.5 — davlat tabiat yodgorliklari yerlari;
04.1.6 — davlat biosfera rezervatlari yerlari;
04.1.7 — milliy bogʻlar yerlari;
b) 04.2 — sogʻlomlashtirish maqsadlariga moʻljallangan yerlar;
v) 04.3 — rekreasiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar;
3) 05-satr — tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar:
a) 05.1 — diqqatga sazovor joylar yerlari;
b) 05.2 — yodgorliklar yerlari;
v) 05.3 — madaniy meros obyektlari yerlari;
g) 05.4 — qabristonlar yerlari;
4) 06-satr — oʻrmon fondi yerlari:
a) 06.1 — Oʻrmon xoʻjaligi agentligiga qarashli yerlar;
b) 06.2 — boshqa vazirlik va idoralarga qarashli oʻrmon xoʻjaligi yerlari;
5) 07-satr — suv fondi yerlari:
a) 07.1 — daryolar;
b) 07.2 — kanallar;
v) 07.3 — kollektorlar;
g) 07.4 — gidrotexnik inshootlar va nasos stansiyalari;
d) 07.5 — suv omborlari;
e) 07.6 — tabiiy suv havzalari;
6) 08-satr — zaxira yerlar.
15. Yerdan foydalanuvchida har xil maqsadlarga moʻljallangan bir nechta yer uchastkalari mavjud boʻlganda, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning har biri, shuningdek, toifa va kichik toifalar boʻyicha maʼlumotlar “Yer hisobot” AATga kiritiladi.
16. Yer fondining barcha toifalaridagi sugʻoriladigan yerlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar alohida satrlarda yuritiladi.
17. Yer fondi toifalari va turlari toʻgʻrisidagi umumiy hisobot ushbu Nizomga 2-ilovadagi 5-shaklga, sugʻoriladigan yerlar toʻgʻrisidagi umumiy hisobot esa 5a-shaklga muvofiq “Yer hisobot” AATda avtomatik tarzda shakllanadi.
3-bob. Yer fondi toifalari va turlarini oʻzgartirish hamda ushbu oʻzgarishlarni hisobga olish tartibi
18. Yer fondi toifalaridagi oʻzgarishlar haqidagi maʼlumotlar vakolatli davlat organlarining yer fondini toifalarga ajratish va bir toifadan boshqasiga oʻtkazishni nazarda tutuvchi qarorlari asosida “Yer hisobot” AATga kiritiladi.
19. Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlarining yerlarni toifalarga ajratish va bir toifadan boshqasiga oʻtkazish haqidagi qarorlari taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida ushbu maʼlumotlarni “Yer hisobot” AATga kiritadi.
Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari yerlarni toifalarga ajratish va bir toifadan boshqasiga oʻtkazish haqidagi qarorlarini “E-qaror” tizimi orqali “Yer hisobot” AATga taqdim etadi.
20. Sugʻorilmaydigan yerlarni qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan yer fondining boshqa toifasiga oʻtkazish Vazirlar Mahkamasining hamda sugʻoriladigan yerlarni qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan boshqa yer fondi toifasiga yoki sugʻorilmaydigan yerlar toifasiga oʻtkazish esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida “Yer hisobot” AATga kiritiladi.
21. Yer fondi toifalariga yil davomida kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi hisobot ushbu Nizomga 2-ilovadagi 6-shaklga muvofiq hamda ularning umumiy hisoboti 7-shaklga muvofiq yuritiladi.
22. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar turlariga yil davomida kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi hisobot ushbu Nizomga 2-ilovadagi 8-shaklga muvofiq yuritiladi.
23. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining roziligi bilan koʻp yillik dov-daraxtzorlar (bogʻlar, tokzorlar, tutzorlar, mevali daraxt koʻchatzorlari, mevazorlar) tashkil etilganda, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidagi yerlarning turi qishloq xoʻjaligi organlarining dalolatnoma va xulosalariga asosan oʻzgartiriladi.
Bunda koʻp yillik daraxtzorlar sugʻoriladigan yerlar hisobidan tashkil etilsa, Qishloq xoʻjaligi vazirligi xulosasi, shuningdek, sugʻorilmaydigan yerlar hisobidan tashkil etilganda esa, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hududiy boshqarmalarining koʻp yillik dov-daraxtlarni foydalanish uchun qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomasi talab etiladi.
Tashkil etilgan va buzilgan koʻp yillik dov-daraxtzorlar toʻgʻrisidagi hisobot ushbu Nizomga 2-ilovadagi 9-shaklga muvofiq yuritiladi.
24. Yangi oʻzlashtirilgan va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toʻgʻrisidagi hisobot ushbu Nizomga 2-ilovadagi 10-shaklga muvofiq yuritiladi.
4-bob. Yer hisobotini tasdiqlash tartibi
25. Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali oʻzining maʼmuriy hududi boʻyicha yil davomida shakllantirilgan yer hisobotini har yili 10-yanvarga qadar tasdiqlash uchun “Yer hisobot” AAT orqali tuman (shahar) hokimligiga kiritadi.
Tuman (shahar) hokimliklari har yili 15-yanvarga qadar yer hisobotini koʻrib chiqadi va uni tasdiqlash haqida “E-qaror” elektron tizimi orqali qaror qabul qiladi hamda ushbu qarorni “Yer hisobot” AATga kiritadi.
26. Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar maʼmuriy hududi boʻyicha yer hisobotini umumlashtiradi va har yili 20-yanvarga qadar tasdiqlash uchun “Yer hisobot” AAT orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligiga kiritadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yili 25-yanvarga qadar yer hisobotini koʻrib chiqadi va tasdiqlash haqida “E-qaror” elektron tizimi orqali qaror qabul qiladi hamda ushbu qarorni “Yer hisobot” AATga kiritadi.
27. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek, tuman (shahar)lar hokimlari egallab turgan lavozimlaridan ozod etilganda, tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bir oy muddatda oʻzlarining maʼmuriy-hududiy birliklari boʻyicha joriy yil 1-yanvar holatiga koʻra yer hisoboti, shu jumladan, lavozimdan ozod etilgan hokim faoliyati davrida yer fondi toifalariga kiritilgan oʻzgartirishlar hamda yangi oʻzlashtirilgan yerlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Bunda yer fondi toifalariga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari hamda yangi oʻzlashtirilgan yerlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Qishloq xoʻjaligi vazirligining hududiy boshqarmalari tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda tuman (shahar)lar hokimlariga taqdim etadi.
5-bob. Yer resurslarining holati boʻyicha milliy hisobotni shakllantirish tartibi
28. Yer resurslarining holati boʻyicha milliy hisobot har yili tayyorlanadi hamda butun mamlakat va maʼmuriy-hududiy birliklar boʻyicha yerlarning miqdori, yerlarning toifalarga boʻlinishi, miqdor va sifat holati hamda ularning bahosi, tarmoqlar, yer uchastkalarining egalari, yer uchastkasidan foydalanuvchilar, yer uchastkasi ijarachilari, mulkdorlari boʻyicha taqsimlanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni va yer kadastriga oid boshqa axborotni oʻz ichiga oladi.
29. Davlat kadastrlari palatasi har yil yakuni bilan keyingi yilning 1-fevraliga qadar Yer resurslarining holati boʻyicha milliy hisobotni yer hisoboti asosida tayyorlaydi va Kadastr agentligiga taqdim qiladi.
30. Kadastr agentligi Yer resurslarining holati boʻyicha milliy hisobotni oʻrganadi, tahlil qiladi va har yili 1-martga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasiga, Oliy Majlis palatalariga va Vazirlar Mahkamasiga taqdim qiladi hamda oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
6-bob. Yakunlovchi qoida
31. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Yer resurslarining holati boʻyicha milliy hisobotni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Yer resurslarining holati boʻyicha milliy hisobotni yuritish
SXEMASI
Bosqichlar Subyektlar Tadbirlar Bajarish muddatlari 1-bosqich Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari 1. Tuman (shahar)larning maʼmuriy hududi boʻyicha yer hisobotini shakllantiradi. Yil davomida 2. Yer hisobotini tuzadi va tasdiqlash uchun “Yer hisobot” AAT orqali tuman (shahar) hokimligiga kiritadi. Har yili 10-yanvarga qadar 2-bosqich Tuman (shahar) hokimliklari 1. Yer hisobotini koʻrib chiqadi va tasdiqlash haqida “E-qaror” elektron tizimi orqali qaror qabul qiladi. 2. Qarorni “Yer hisobot” AATga kiritadi. Har yili 15-yanvarga qadar 3-bosqich Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari 1. Yer hisobotini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri maʼmuriy hududi boʻyicha umumlashtiradi. Yil davomida 2. Yer hisobotini tasdiqlash uchun “Yer hisobot” AAT orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligiga kiritadi. Har yili 20-yanvarga qadar 4-bosqich Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 1. Yer hisobotini koʻrib chiqadi va tasdiqlash haqida “E-qaror” elektron tizimi orqali qaror qabul qiladi. 2. Qarorni “Yer hisobot” AATga kiritadi. Har yili 25-yanvarga qadar 5-bosqich Davlat kadastrlari palatasi 1. Yer hisobotini Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy hududi boʻyicha umumlashtiradi va Yer resurslarining holati boʻyicha milliy hisobotni tayyorlaydi. 2. Yer resurslarining holati boʻyicha milliy hisobotni Kadastr agentligiga taqdim etadi. Har yili 1-fevralga qadar 6-bosqich Kadastr agentligi 1. Yer resurslarining holati boʻyicha milliy hisobotni tuzadi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, Oliy Majlis palatalariga va Vazirlar Mahkamasiga taqdim qiladi. 2. Yer resurslarining holati boʻyicha milliy hisobotni oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi. Har yili 1-martga qadar
Yer resurslarining holati boʻyicha milliy hisobotni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1a-ILOVA
Yangi oʻzlashtirilgan yerlar toifasiga (turiga) oʻzgartirish kiritish
SXEMASI
Yer resurslarining holati boʻyicha milliy hisobotni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toʻgʻrisida
HISOBOT
1-shakl T/r Yer toifalarining kichik satrlari Maʼmuriy-hududiy birlik nomi (massiv) Yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlarning nomi Yer uchastkasi joylashgan manzil Kadastr raqami Foydalanish maqsadi Taqqoslash Umumiy maydon (20+22+23+26+27) Ekin yerlari Koʻp yillik daraxtzorlar Boʻz yerlar Pichanzorlar Yaylovlar Jami (9+10) Shundan Jami (13+14+15+16) Shundan Sugʻoriladigan Lalmi Shundan, issiqxonalar Bogʻlar Tokzorlar Tutzorlar Mevali koʻchatzorlar va boshqa koʻp yillik daraxtzorlar a b 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 Hujjat boʻyicha Shu jumladan, sugʻoriladigan Amalda Farqi (+,-) Tuman, viloyat, respublika maʼmuriy chegaralaridagi jami yerlar Hujjat boʻyicha Shu jumladan, sugʻoriladigan Amalda Farqi (+,-) Boshqa davlatlar foydalanadigan yerlar Hujjat boʻyicha Shu jumladan, sugʻoriladigan Amalda Farqi (+,-) Tuman, viloyat, respublika maʼmuriy chegaralaridan tashqarida foydalanadigan yerlar Hujjat boʻyicha Shu jumladan, sugʻoriladigan Amalda Farqi (+,-)
1-shaklning davomi Qishloq xoʻjaligi yerlari (8+12+17+18+19) Bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlari yerlari Jami oʻrmonzorlar (24+25) Shundan Butazorlar Jami qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yer (28+33+34+35) Shundan Yer ajratish uchun asos (hujjat sanasi va raqami) Xoʻjaliklar soni Umumiy yer maydoni Ihota daraxtzorlar Terakzorlar Jami suv osti yerlari (29+32) Shu jumladan Yoʻllar Bino va inshootlarning qurilish osti yerlari Boshqa yerlar Koʻllar (30+31) Shundan Kanal, kollektor va zovurlar Tabiiy koʻllar Sunʼiy koʻllar (hovuzlar) 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 Tuman, viloyat, respublika maʼmuriy chegaralaridagi jami yerlar Boshqa davlatlar foydalanadigan yerlar Tuman, viloyat, respublika maʼmuriy chegaralaridan tashqarida foydalanadigan yerlar
Izoh. Kadastr agentligi, zarur hollarda, ushbu shakllarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Yer fondining boshqa toifalaridagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toʻgʻrisida
HISOBOT
2-shakl T/r Yer fondi toifasi tartib raqami Yer toifalarining kichik satrlari Maʼmuriy hududiy birlik nomi (massiv) Yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlarning nomi Yer uchastkasi joylashgan manzili Kadastr raqami Foydalanish maqsadi Taqqoslash Umumiy maydon (20+21) Ekin yerlari Koʻp yillik daraxtzorlar Boʻz yerlar Pichanzorlar Yaylovlar Qishloq xoʻjaligi yerlari (8+12+17+18+19) Qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan boshqa yerlar Yer ajratish uchun asos (hujjat sanasi va raqami) Jami (9+10) Shundan Jami (13+14+15+16) Shundan Sugʻoriladigan Lalmi Shundan, issiqxonalar Bogʻlar Tokzorlar Tutzorlar Mevali koʻchatzorlar va boshqa koʻp yillik daraxtzorlar a b v 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 Hujjat boʻyicha Shu jumladan, sugʻoriladigan Amalda Farqi (+,-) Tuman, viloyat, respublika maʼmuriy chegaralaridagi jami yerlar Hujjat boʻyicha Shu jumladan, sugʻoriladigan Amalda Farqi (+,-) Boshqa davlatlar foydalanadigan yerlar Hujjat boʻyicha Shu jumladan, sugʻoriladigan Amalda Farqi (+,-) Tuman, viloyat, respublika maʼmuriy chegaralaridan tashqarida foydalanadigan yerlar Hujjat boʻyicha Shu jumladan, sugʻoriladigan Amalda Farqi (+,-)
Izoh. Kadastr agentligi, zarur hollarda, ushbu shakllarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Aholi punktlarining yerlari toʻgʻrisida
HISOBOT
3-shakl T/r Yer toifalarining kichik satrlari Aholi punkti nomi Taqqoslash Aholi punkti maʼmuriy chegarasining umumiy maydoni (4+14) Shundan, yakka tartibdagi va koʻp qavatli uylar joylashgan yer maydoni (5+11) Yakka tartibda uy-joy qurilishi yerlari Koʻp qavatli uylar bilan band boʻlgan yerlar Aholi punktida joylashgan boshqa toifadagi yerlar Jami (7+10) Xoʻjaliklar soni Yakka tartibdagi uyning yer maydoni Shundan Umumiy foydalanishdagi yerlar Umumiy yer maydoni Shundan Imorat bilan band yerlar Hovli va boshqa yerlar Imorat bilan band yerlar Koʻcha, maydonchalar va boshqa yerlar a b 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 Hujjat boʻyicha Amalda Farqi (+,-)
Izoh. Kadastr agentligi, zarur hollarda, ushbu shakllarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Yer fondining boshqa toifalari toʻgʻrisida
HISOBOT
4-shakl T/r Yer fondi toifalari tartib raqami Yer fondi toifalarining kichik satrlari Maʼmuriy-hududiy birlik nomi (massiv) Yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlarning nomi Yer uchastkasi joylashgan manzil Kadastr raqami Foydalanish maqsadi Taqqoslash Umumiy maydon (8+24) Qishloq xoʻjaligida foydalanmaydigan yerlar (9+10+11+12+15+16+23) a b v 1 2 3 4 5 6 7 8 Hujjat boʻyicha Amalda Farqi (+,-) Tuman, viloyat, respublika maʼmuriy chegaralaridagi jami yerlar Hujjat boʻyicha Amalda Farqi (+,-) Boshqa davlatlar foydalanadigan yerlar Hujjat boʻyicha Amalda Farqi (+,-) Tuman, viloyat, respublika maʼmuriy chegaralaridan tashqarida foydalanadigan yerlar Hujjat boʻyicha Amalda Farqi (+,-)
4-shaklning davomi Shundan Qishloq xoʻjaligi yerlari (2-shaklning 20-ustunidan) Yer ajratish uchun asos (hujjat sana va raqami) Bino va inshootlar Hovli va koʻcha maydonlar Yoʻllar Jami oʻrmonzorlar (13+14) Shundan Butazorlar Suv ostidagi yerlar Boshqa yerlar Ihota daraxtzorlar Terakzorlar Jami (17+18+21+22) Shundan Daryo va soylar Koʻllar Shundan Suv ombori va havzalar Kanal, kollektor va zovurlar Tabiiy koʻllar Sunʼiy koʻllar (hovuzlar) 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 Tuman, viloyat, respublika maʼmuriy chegaralaridagi jami yerlar Boshqa davlatlar foydalanadigan yerlar Tuman, viloyat, respublika maʼmuriy chegaralaridan tashqarida foydalanadigan yerlar
Izoh. Kadastr agentligi, zarur hollarda, ushbu shakllarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Yer fondi toifalari va turlari toʻgʻrisida
UMUMIY HISOBOT
5-shakl Yer fondi toifalari tartib raqami Yer fondi toifasining kichik toifalari satrlari Yer fondi toifalari va kichik toifalari Satrlar tartib raqami Taqqoslama Yerdan foydalanuvchilar soni Umumiy maydon (15+16+19+20) Ekin yerlari Koʻp yillik daraxtzorlar Boʻz yerlar Jami (4+5+6) Shundan Jami (8+9+10+11) Shundan Sugʻoriladigan Lalmi Issiqxonalar Bogʻlar Tokzorlar Tutzorlar Mevali koʻchatzorlar va boshqa koʻp yillik daraxtzorlar a b v g d 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 1. 01 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar (X=4+7+10+16+19+22+25+28+31+34) 1 Hujjat boʻyicha 2 Amalda 3 Farqi (+,-) 01.1 Fermer xoʻjaliklariga berilgan yerlar 4 Hujjat boʻyicha 5 Amalda 6 Farqi (+,-) 01.2 Ipakchilik va jun sanoati yerlari 7 Hujjat boʻyicha 8 Amalda 9 Farqi (+,-) 01.3 Boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari yerlari (klasterlar, agrofirmalar, korxonalar, tashkilotlar, jamiyatlar va shirkatlar) 10 Hujjat boʻyicha 11 Amalda 12 Farqi (+,-) Shu jumladan, klasterlar yerlari 13 Hujjat boʻyicha 14 Amalda 15 Farqi (+,-) 01.4 Qishloq xoʻjaligi sohasida ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va oʻquv-tajriba xoʻjaliklarining yerlari 16 Hujjat boʻyicha 17 Amalda 18 Farqi (+,-) 01.5 Yordamchi qishloq xoʻjaliklarining yerlari 19 Hujjat boʻyicha 20 Amalda 21 Farqi (+,-) 01.6 Dehqon xoʻjaliklarining yerlari 22 Hujjat boʻyicha 23 Amalda 24 Farqi (+,-) 01.7 Shaxsiy dala tomorqa yerlari 25 Hujjat boʻyicha 26 Amalda 27 Farqi (+,-) 01.8 Fuqarolarning bogʻdorchilik, sabzavotchilik, issiqxona va chorvachilik yerlari 28 Hujjat boʻyicha 29 Amalda 30 Farqi (+,-) 01.9 Bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlari yerlari 31 Hujjat boʻyicha 32 Amalda 33 Farqi (+,-) 01.10 Qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun berilmagan boʻsh turgan va tuman (shahar) hokimliklarining tasarrufida boʻlgan qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun moʻljallangan yerlar 34 Hujjat boʻyicha 35 Amalda 36 Farqi (+,-) 2. 02 Aholi punktlarining yerlari (X=40+52) 37 Hujjat boʻyicha 38 Amalda 39 Farqi (+,-) 02.1 Shahar va shaharcha yerlari (X=43+46+49) 40 Hujjat boʻyicha 41 Amalda 42 Farqi (+,-) 02.1.1 Koʻp kvartirali uylar joylashgan va ularga tutash yerlar 43 Hujjat boʻyicha 44 Amalda 45 Farqi (+,-) 02.1.2 Yakka tartibdagi uylar joylashgan yerlar 46 Hujjat boʻyicha 47 Amalda 48 Farqi (+,-) 02.1.3 Umumiy foydalanishdagi yerlar 49 Hujjat boʻyicha 50 Amalda 51 Farqi (+,-) 02.2 Qishloq va ovul yerlari (X=55+58+61) 52 Hujjat boʻyicha 53 Amalda 54 Farqi (+,-) 02.2.1 Koʻp kvartirali uylar joylashgan va ularga tutash yerlar 55 Hujjat boʻyicha 56 Amalda 57 Farqi (+,-) 02.2.2 Yakka tartibdagi uylar joylashgan yerlar 58 Hujjat boʻyicha 59 Amalda 60 Farqi (+,-) 02.2.3 Umumiy foydalanishdagi yerlar 61 Hujjat boʻyicha 62 Amalda 63 Farqi (+,-) 3. 03 Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar (X=67+82+100+103+106+109) 64 Hujjat boʻyicha 65 Amalda 66 Farqi (+,-) 03.1 Sanoat yerlari (X=70+73+76+79) 67 Hujjat boʻyicha 68 Amalda 69 Farqi (+,-) 03.1.1 Maxsus iqtisodiy zonalari yerlari 70 Hujjat boʻyicha 71 Amalda 72 Farqi (+,-) 03.1.2 Kichik sanoat zonalari yerlari 73 Hujjat boʻyicha 74 Amalda 75 Farqi (+,-) 03.1.3 Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari yerlari 76 Hujjat boʻyicha 77 Amalda 78 Farqi (+,-) 03.1.4 Boshqa sanoat yerlari 79 Hujjat boʻyicha 80 Amalda 81 Farqi (+,-) 03.2 Transport maqsadlariga moʻljallangan yerlar (X=85+88+91+94+97) 82 Hujjat boʻyicha 83 Amalda 84 Farqi (+,-) 03.2.1 Temir yoʻllar yerlari 85 Hujjat boʻyicha 86 Amalda 87 Farqi (+,-) 03.2.2 Avtomobil yoʻllari yerlari 88 Hujjat boʻyicha 89 Amalda 90 Farqi (+,-) 03.2.3 Quvur transporti yerlari 91 Hujjat boʻyicha 92 Amalda 93 Farqi (+,-) 03.2.4 Havo transporti yerlari 94 Hujjat boʻyicha 95 Amalda 96 Farqi (+,-) 03.2.5 Boshqa transport maqsadidagi yerlar 97 Hujjat boʻyicha 98 Amalda 99 Farqi (+,-) 03.3 Aloqa yerlari 100 Hujjat boʻyicha 101 Amalda 102 Farqi (+,-) 03.4 Mudofaa yerlari 103 Hujjat boʻyicha 104 Amalda 105 Farqi (+,-) 03.5.1 Ijtimoiy soha obyektlari yerlari 106 Hujjat boʻyicha 107 Amalda 108 Farqi (+,-) 03.5.3 Boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar 109 Hujjat boʻyicha 110 Amalda 111 Farqi (+,-) 4. 04 Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar (X=115+139+142) 112 Hujjat boʻyicha 113 Amalda 114 Farqi (+,-) 04.1 Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga moʻljallangan yerlari (X=118+121+124+127+130+133+136) 115 Hujjat boʻyicha 116 Amalda 117 Farqi (+,-) 04.1.1 Davlat qoʻriqxonalari yerlari 118 Hujjat boʻyicha 119 Amalda 120 Farqi (+,-) 04.1.2 Majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari yerlari 121 Hujjat boʻyicha 122 Amalda 123 Farqi (+,-) 04.1.3 Tabiat bogʻlari yerlari 124 Hujjat boʻyicha 125 Amalda 126 Farqi (+,-) 04.1.4 Ayrim tabiiy obyektlar hamda majmualarni saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash uchun moʻljallangan hududlar yerlari 127 Hujjat boʻyicha 128 Amalda 129 Farqi (+,-) 04.1.5 Davlat tabiat yodgorliklari yerlari 130 Hujjat boʻyicha 131 Amalda 132 Farqi (+,-) 04.1.6 Davlat biosfera rezervatlari yerlari 133 Hujjat boʻyicha 134 Amalda 135 Farqi (+,-) 04.1.7 Milliy bogʻlar yerlari 136 Hujjat boʻyicha 137 Amalda 138 Farqi (+,-) 4.2 Sogʻlomlashtirish maqsadlariga moʻljallangan yerlar 139 Hujjat boʻyicha 140 Amalda 141 Farqi (+,-) 4.3 Rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar 142 Hujjat boʻyicha 143 Amalda 144 Farqi (+,-) 5. 05 Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar (X=148+151+154+157) 145 Hujjat boʻyicha 146 Amalda 147 Farqi (+,-) 05.1 Diqqatga sazovor joylar yerlari 148 Hujjat boʻyicha 149 Amalda 150 Farqi (+,-) 05.2 Yodgorliklar yerlari 151 Hujjat boʻyicha 152 Amalda 153 Farqi (+,-) 05.3 Madaniy meros obyektlari yerlari 154 Hujjat boʻyicha 155 Amalda 156 Farqi (+,-) 05.4 Qabristonlar yerlari 157 Hujjat boʻyicha 158 Amalda 159 Farqi (+,-) 6. 06 Oʻrmon fondi yerlari (X=163+166) 160 Hujjat boʻyicha 161 Amalda 162 Farqi (+,-) 06.1 Oʻrmon xoʻjaligi agentligiga qarashli yerlar 163 Hujjat boʻyicha 164 Amalda 165 Farqi (+,-) 06.2 Boshqa vazirlik va idoralarga qarashli oʻrmon xoʻjaligi yerlari 166 Hujjat boʻyicha 167 Amalda 168 Farqi (+,-) 7. 07 Suv fondi yerlari (172+175+178+181+184+187) 169 Hujjat boʻyicha 170 Amald? 171 Farqi (+,-) 07.1 Daryolar 172 Hujjat boʻyicha 173 Amalda 174 Farqi (+,-) 07.2 Kanallar 175 Hujjat boʻyicha 176 Amalda 177 Farqi (+,-) 07.3 Kollektorlar 178 Hujjat boʻyicha 179 Amalda 180 Farqi (+,-) 07.4 Gidrotexnik inshootlar va nasos stansiyalari 181 Hujjat boʻyicha 182 Amalda 183 Farqi (+,-) 07.5 Suv omborlari 184 Hujjat boʻyicha 185 Amalda 186 Farqi (+,-) 07.6 Tabiiy suv havzalari 187 Hujjat boʻyicha 188 Amalda 189 Farqi (+,-) 8. 08 Zaxira yerlar (DZE) 190 Hujjat boʻyicha 191 Amalda 192 Farqi (+,-) 09 Jami yerlar (X=1+37+64+112+145+160+169+190) 193 10 Tuman, viloyat, respublika maʼmuriy chegaralaridan tashqarida foydalaniladigan yerlar 194 11 Boshqa tuman, viloyat, respublika foydalanadigan yerlar 195 12 Tuman, viloyat, respublika maʼmuriy chegaralaridagi jami yerlar (X=193-194+195) 196
5-shaklning davomi Pichanzorlar Yaylovlar Qishloq xoʻjaligi yerlari (3+7+12+13+14) Jami oʻrmonzorlar Shundan Butazorlar Qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yerlar (21+22+23+24+31) Shundan Ihota daraxtzorlar Terakzorlar Bino va inshootlarning qurilish osti yerlari Hovli va koʻcha maydonlari Yoʻllar Suv ostidagi yerlar Boshqa yerlar Jami (25+26+29+30) Shundan Daryo va soylar Koʻllar Shundan Suv ombori va havzalar Kanal, kollektor va zovurlar Tabiiy koʻllar Sunʼiy koʻllar (hovuzlar) 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31
Izoh. Kadastr agentligi, zarur hollarda, ushbu shakllarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Sugʻoriladigan yerlar toʻgʻrisida
HISOBOT
5a-shakl Yer fondi toifalari tartib raqami Yer fondi toifasining kichik toifaning satrlari Yer fondining toifalari va kichik toifalari Satrlar tartib raqami Taqqoslama Yerdan foydalanuvchilar soni Umumiy maydon (15+16+17+18) Ekin yerlari Koʻp yillik daraxtzorlar Boʻz yerlar Pichanzorlar Yaylovlar Qishloq xoʻjaligi yerlari (3+7+12+13+14) Jami oʻrmonzorlar Shundan Jami (4+5+6) Shundan Jami (8+9+10+11) Shundan Ihota daraxtzorlar Terakzorlar Sugʻoriladigan Lalmi issiqxonalar Bogʻlar Tokzorlar Tutzorlar Mevali koʻchatzorlar va boshqa koʻp yillik daraxtzorlar a b v g d 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 1. 01 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar (X=4+7+10+16+19+22+25+28+31+34) 1 Hujjat boʻyicha 2 Amalda 3 Farqi (+,-) 01.1 Fermer xoʻjaliklariga berilgan yerlar 4 Hujjat boʻyicha 5 Amalda 6 Farqi (+,-) 01.2 Ipakchilik va jun sanoati yerlari 7 Hujjat boʻyicha 8 Amalda 9 Farqi (+,-) 01.3 Boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari yerlari (klasterlar, agrofirmalar, korxonalar, tashkilotlar, jamiyatlar va shirkatlar) 10 Hujjat boʻyicha 11 Amalda 12 Farqi (+,-) Shu jumladan, klasterlar yerlari 13 Hujjat boʻyicha 14 Amalda 15 Farqi (+,-) 01.4 Qishloq xoʻjaligi sohasida ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va oʻquv-tajriba xoʻjaliklarining yerlari 16 Hujjat boʻyicha 17 Amalda 18 Farqi (+,-) 01.5 Yordamchi qishloq xoʻjaliklarining yerlari 19 Hujjat boʻyicha 20 Amalda 21 Farqi (+,-) 01.6 Dehqon xoʻjaliklarining yerlari 22 Hujjat boʻyicha 23 Amalda 24 Farqi (+,-) 01.7 Shaxsiy dala tomorqa yerlari 25 Hujjat boʻyicha 26 Amalda 27 Farqi (+,-) 01.8 Fuqarolarning bogʻdorchilik, sabzavotchilik, issiqxona va chorvachilik yerlari 28 Hujjat boʻyicha 29 Amalda 30 Farqi (+,-) 01.9 Bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlari yerlari 31 Hujjat boʻyicha 32 Amalda 33 Farqi (+,-) 01.10 Qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun berilmagan boʻsh turgan va tuman (shahar) hokimliklarining tasarrufida boʻlgan qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun moʻljallangan yerlar 34 Hujjat boʻyicha 35 Amalda 36 Farqi (+,-) 2. 02 Aholi punktlarining yerlari (X=40+52) 37 Hujjat boʻyicha 38 Amalda 39 Farqi (+,-) 02.1 Shahar va shaharcha yerlari (X=43+46+49) 40 Hujjat boʻyicha 41 Amalda 42 Farqi (+,-) 02.1.1 Koʻp kvartirali uylar joylashgan va ularga tutash yerlar 43 Hujjat boʻyicha 44 Amalda 45 Farqi (+,-) 02.1.2 Yakka tartibdagi uylar joylashgan yerlar 46 Hujjat boʻyicha 47 Amalda 48 Farqi (+,-) 02.1.3 Umumiy foydalanishdagi yerlar 49 Hujjat boʻyicha 50 Amalda 51 Farqi (+,-) 02.2 Qishloq va ovul yerlari (X=55+58+61) 52 Hujjat boʻyicha 53 Amalda 54 Farqi (+,-) 02.2.1 Koʻp kvartirali uylar joylashgan va ularga tutash yerlar 55 Hujjat boʻyicha 56 Amalda 57 Farqi (+,-) 02.2.2 Yakka tartibdagi uylar joylashgan yerlar 58 Hujjat boʻyicha 59 Amalda 60 Farqi (+,-) 02.2.3 Umumiy foydalanishdagi yerlar 61 Hujjat boʻyicha 62 Amalda 63 Farqi (+,-) 3. 03 Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar (X=67+82+100+103+106+109) 64 Hujjat boʻyicha 65 Amalda 66 Farqi (+,-) 03.1 Sanoat yerlari (X=70+73+76+79) 67 Hujjat boʻyicha 68 Amalda 69 Farqi (+,-) 03.1.1 Maxsus iqtisodiy zonalar yerlari 70 Hujjat boʻyicha 71 Amalda 72 Farqi (+,-) 03.1.2 Kichik sanoat zonalari yerlari 73 Hujjat boʻyicha 74 Amalda 75 Farqi (+,-) 03.1.3 Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari yerlari 76 Hujjat boʻyicha 77 Amalda 78 Farqi (+,-) 03.1.4 Boshqa sanoat yerlari 79 Hujjat boʻyicha 80 Amalda 81 Farqi (+,-) 03.2 Transport maqsadlariga moʻljallangan yerlar (X=85+88+91+94+97) 82 Hujjat boʻyicha 83 Amalda 84 Farqi (+,-) 03.2.1 Temir yoʻllar yerlari 85 Hujjat boʻyicha 86 Amalda 87 Farqi (+,-) 03.2.2 Avtomobil yoʻllari yerlari 88 Hujjat boʻyicha 89 Amalda 90 Farqi (+,-) 03.2.3 Quvur transporti yerlari 91 Hujjat boʻyicha 92 Amalda 93 Farqi (+,-) 03.2.4 Havo transporti yerlari 94 Hujjat boʻyicha 95 Amalda 96 Farqi (+,-) 03.2.5 Boshqa transport maqsadidagi yerlar 97 Hujjat boʻyicha 98 Amalda 99 Farqi (+,-) 03.3 Aloqa yerlari 100 Hujjat boʻyicha 101 Amalda 102 Farqi (+,-) 03.4 Mudofaa yerlari 103 Hujjat boʻyicha 104 Amalda 105 Farqi (+,-) 03.5.1 Ijtimoiy soha obyektlari yerlari 106 Hujjat boʻyicha 107 Amalda 108 Farqi (+,-) 03.5.3 Boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar 109 Hujjat boʻyicha 110 Amalda 111 Farqi (+,-) 4. 04 Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar (X=115+139+142) 112 Hujjat boʻyicha 113 Amalda 114 Farqi (+,-) 04.1 Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga moʻljallangan yerlari (X=118+121+124+127+130+133+136) 115 Hujjat boʻyicha 116 Amalda 117 Farqi (+,-) 04.1.1 Davlat qoʻriqxonalari yerlari 118 Hujjat boʻyicha 119 Amalda 120 Farqi (+,-) 04.1.2 Majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari yerlari 121 Hujjat boʻyicha 122 Amalda 123 Farqi (+,-) 04.1.3 Tabiat bogʻlari yerlari 124 Hujjat boʻyicha 125 Amalda 126 Farqi (+,-) 04.1.4 Ayrim tabiiy obyektlar hamda majmualarni saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash uchun moʻljallangan hududlar yerlari 127 Hujjat boʻyicha 128 Amalda 129 Farqi (+,-) 04.1.5 Davlat tabiat yodgorliklari yerlari 130 Hujjat boʻyicha 131 Amalda 132 Farqi (+,-) 04.1.6 Davlat biosfera rezervatlari yerlari 133 Hujjat boʻyicha 134 Amalda 135 Farqi (+,-) 04.1.7 Milliy bogʻlar yerlari 136 Hujjat boʻyicha 137 Amalda 138 Farqi (+,-) 4.2 Sogʻlomlashtirish maqsadlariga moʻljallangan yerlar 139 Hujjat boʻyicha 140 Amalda 141 Farqi (+,-) 4.3 Rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar 142 Hujjat boʻyicha 143 Amalda 144 Farqi (+,-) 5. 05 Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar (X=148+151+154+157) 145 Hujjat boʻyicha 146 Amalda 147 Farqi (+,-) 05.1 Diqqatga sazovor joylar yerlari 148 Hujjat boʻyicha 149 Amalda 150 Farqi (+,-) 05.2 Yodgorliklar yerlari 151 Hujjat boʻyicha 152 Amalda 153 Farqi (+,-) 05.3 Madaniy meros obyektlari yerlari 154 Hujjat boʻyicha 155 Amalda 156 Farqi (+,-) 05.4 Qabristonlar yerlari 157 Hujjat boʻyicha 158 Amalda 159 Farqi (+,-) 6. 06 Oʻrmon fondi yerlari (X=163+166) 160 Hujjat boʻyicha 161 Amalda 162 Farqi (+,-) 06.1 Oʻrmon xoʻjaligi agentligiga qarashli yerlar 163 Hujjat boʻyicha 164 Amalda 165 Farqi (+,-) 06.2 Boshqa vazirlik va idoralarga qarashli oʻrmon xoʻjaligi yerlari 166 Hujjat boʻyicha 167 Amalda 168 Farqi (+,-) 7. 07 Suv fondi yerlari (172+175+178+181+184+187) 169 Hujjat boʻyicha 170 Amalda 171 Farqi (+,-) 07.1 Daryolar 172 Hujjat boʻyicha 173 Amalda 174 Farqi (+,-) 07.2 Kanallar 175 Hujjat boʻyicha 176 Amalda 177 Farqi (+,-) 07.3 Kollektorlar 178 Hujjat boʻyicha 179 Amalda 180 Farqi (+,-) 07.4 Gidrotexnik inshootlar va nasos stansiyalari 181 Hujjat boʻyicha 182 Amalda 183 Farqi (+,-) 07.5 Suv omborlari 184 Hujjat boʻyicha 185 Amalda 186 Farqi (+,-) 07.6 Tabiiy suv havzalari 187 Hujjat boʻyicha 188 Amalda 189 Farqi (+,-) 8. 08 Zaxira yerlar (DZE) 190 Hujjat boʻyicha 191 Amalda 192 Farqi (+,-) 09 Jami yerlar (X=1+37+64+112+145+160+169+190) 193 10 Tuman, viloyat, respublika maʼmuriy chegaralaridan tashqarida foydalaniladigan yerlar 194 11 Boshqa tuman, viloyat, respublika foydalanadigan yerlar 195 12 Tuman, viloyat, respublika maʼmuriy chegaralaridagi jami yerlar (X=193-194+195) 196
Izoh. Kadastr agentligi, zarur hollarda, ushbu shakllarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Yer fondi toifalariga yil davomida kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida
HISOBOT
6-shakl T/r Oʻzgarishdan avvalgi holat Oʻzgarishdan keyingi holat Yer fondi toifalari tartib raqami Yer fondi toifalarining kichik satrlari Yer uchastkasi joylashgan manzil Yerdan foydalanuvchi nomi Umumiy maydon (ga) Shundan Yer fondi toifalari tartib raqami Yer toifalarining kichik satrlari Yerdan foydalanuvchi nomi JSHIR Yerni ajratish maqsadi Umumiy maydon Huquq turi Yer toifasini oʻzgartirish yoki yer ajratish toʻgʻrisidagi hujjat (sanasi va raqami) Ekin yerlar Boʻz yerlari Pichanzorlar Yaylovlar Koʻp yillik daraxtzorlar Tomorqa yerlar Oʻrmonzor Qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan boshqa yerlar Sugʻoriladigan Lalmikor Sugʻoriladigan Lalmikor a 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23
Izoh. Kadastr agentligi, zarur hollarda, ushbu shakllarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Yer fondi toifalariga yil davomida kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida
UMUMIY HISOBOT
7-shakl T/r Yer fondi toifalari Yer hisobotiga koʻra, 20__ 1-yanvar holatiga koʻra Kamayish-koʻpayish (+/-) Oʻzgarishlar Hududlarning maʼmuriy chegara oʻzgarish hisobiga Umumiy 20__ yil 1-yanvar holatiga koʻra (oʻtgan yil) Oʻtgan yilga nisbatan farqi Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar Aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar Oʻrmon fondi yerlari Suv fondi yerlari Zaxira yerlar (DZE) Jami yerlar Tuman Viloyat a b v g 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 1. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar + - 2. Aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari + - 3. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar + - 4. Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar + - 5. Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar + - 6. Oʻrmon fondi yerlari + - 7. Suv fondi yerlari + - 8. Zaxira yerlar (DZE) + - Jami yerlar + -
Izoh. Kadastr agentligi, zarur hollarda, ushbu shakllarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Qishloq xoʻjaligi moʻljallangan yerlar turlariga yil davomida kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida
HISOBOT
8-shakl Yer turlari 20 __ yil 1-yanvar holatiga koʻra Koʻpayishi Kamayishi 20 ___ yil 1-yanvar holatiga koʻra (oʻtgan yil) Boshqa yer turlaridan oʻtishi Tomorqalardan Yangi oʻzlashtirilgan Chegara oʻzgarishi hisobiga Jami koʻpayish Boshqa yer turlariga oʻtishi Ihota daraxtzorlarga Xoʻjaliklarning ichki qurilishiga Tarmoqlarga Meliorativ qurilish holatidagi yerlarga Chegara oʻzgarishi hisobiga Jami kamayishi Ekin yerlari Koʻp yillik daraxtzorlar Boʻz yerlar Pichanzorlar Yaylovlar Qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yerlar Jami Shundan Qishloq xoʻjaligiga oid boʻlmagan ehtiyojlarga Ekin yerlarga Koʻp yillik daraxtzorlarga Boʻz yerlarga Pichanzorlarga Yaylovlarga Meliorativ qurilish holati Boshqa holatlar a 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 Ekin yerlar x x Koʻp yillik daraxtzorlar x x Boʻz yerlar x x Pichanzorlar x x Yaylovlar x x Jami qishloq xoʻjalik yerlari x x x x x x x x x x
Izoh. Kadastr agentligi, zarur hollarda, ushbu shakllarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Tashkil etilgan va buzilgan koʻp yillik dov-daraxtzorlar toʻgʻrisida
HISOBOT
9-shakl T/r Yerdan foydalanuvchi nomi Yer uchastkasi joylashgan manzil Jami Shu jumladan: Yer turi Asoslovchi hujjat (sanasi va raqami) Bogʻzor Tokzor Tutzor Boshqa koʻp yillik mevali koʻchatzorlar 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 Yaroqsiz deb topilgan koʻp yillik dov-daraxtzorlarning buzilishi Jami Koʻp yillik dov-daraxtzorlarni foydalanishga qabul qilish Jami:
Izoh. Kadastr agentligi, zarur hollarda, ushbu shakllarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Yangi oʻzlashtirilgan va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toʻgʻrisida
HISOBOT
Izoh. Kadastr agentligi, zarur hollarda, ushbu shakllarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-oktabrdagi 578-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 7-yanvardagi 1-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-martdagi PF-5379-son Farmoni)” 2018-yil 29-maydagi 396-son qaroriga ilovaning 68-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimining tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2019-yil 14-iyundagi 498-son qaroriga 1-ilovaning 25-bandi.
