Raqobat muhitini baholashning samarali tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (577-son)
30.10.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar toʻgʻrisida” 2022-yil 8-apreldagi PF-101-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar toʻgʻrisida” 2022-yil 8-apreldagi PF-101-son Farmoniga muvofiq iqtisodiyotda raqobat muhiti holatini baholash boʻyicha Raqobat rivojlanishi indeksini (keyingi oʻrinlarda — Indeks) joriy qilish belgilanganligi;
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Raqobat qoʻmitasi) tomonidan Indeksni hisoblashning vaqtincha metodikasi (keyingi oʻrinlarda — Metodika) ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, Indeks quyidagi asosiy baholash yoʻnalishlarini nazarda tutadi:
tovar va moliya bozorlaridagi raqobat muhiti, mazkur bozorlarga kirish uchun toʻsiqlarning bartaraf etilganligi,
energiya resurslaridan ishonchli va barqaror foydalanish imkoniyati hamda ushbu resurslar bilan taʼminlanganlik holati,
xususiy mulk daxlsizligi va yer munosabatlarining rivojlanganligi,
transport va kommunikatsiya tarmoqlaridan (shu jumladan, internet) foydalanish, muqobil transport vositalarining oʻzaro bogʻliqligi va rivojlanganligi, shu jumladan logistika samaradorligi.
3. Raqobat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023-yil 30-dekabrga qadar:
iqtisodiyotning 2021-2022-yillardagi koʻrsatkichlari asosida Metodikaning aprobatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlasin;
aprobatsiya natijalaridan kelib chiqib, Metodikani takomillashtirsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. Indeksni hisoblash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etuvchi vazirlik va idoralarning roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — roʻyxat) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Roʻyxatda nazarda tutilgan vazirlik va idoralar Metodikani aprobatsiyadan oʻtkazish uchun 2021-2022-yillar uchun tegishli maʼlumotlarni bir oy muddatda Raqobat qoʻmitasiga taqdim etsin.
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
roʻyxatda nazarda tutilgan vazirlik va idoralar har yili 1-aprelga qadar tegishli maʼlumotlarni Raqobat qoʻmitasiga taqdim etadi;
taqdim etilgan maʼlumotlar hamda Metodika asosida Raqobat qoʻmitasi iqtisodiyotda raqobat muhitini baholab boradi;
Raqobat qoʻmitasi har yili 1-iyunga qadar avvalgi hisobot yili boʻyicha Indeksni hisoblash natijalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot berib boradi;
Indeksni hisoblash natijalari Raqobat qoʻmitasining rasmiy veb-sayti hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilib boriladi.
6. Raqobat qoʻmitasi va Iqtisodiyot va moliya vazirligining quyidagi takliflari maʼqullansin:
Indeksni hisoblash ishlarini Raqobat qoʻmitasi huzuridagi Raqobat siyosati va isteʼmolchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan amalga oshirish;
Indeksni yuritish bilan bogʻliq barcha xarajatlarni Raqobat qoʻmitasi huzuridagi Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash.
7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi Sh. Sharaxmetov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 30-oktabr,
577-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-oktabrdagi 577-son qaroriga ILOVA
Raqobat rivojlanishi indeksini hisoblash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etuvchi vazirlik va idoralar
ROʻYXATI
T/rIndikator nomiTaqdim etiladigan maʼlumotlarMaʼlumotlarni taqdim etuvchi masʼul vazirlik va idoralar1.Davlat tashkilotlari soni indikatoritegishli bozorlarda davlat ulushlarini qisman yoki toʻliq sotish uchun davlat tomonidan huquqiy hujjat qabul qilinishi kerak yoki kerak emasligi toʻgʻrisida maʼlumot;tegishli bozorlardagi mavjud davlat ishtirokidagi korxonalar soni (roʻyxati) va unda davlat ulushining hajmi.Davlat aktivlarini boshqarish agentligi2.Davlat tashkilotlarini boshqarish indikatoridavlat korxonalarini boshqarish mexanizmlari toʻgʻrisida maʼlumot;davlat ulushi mavjud korxonalar boshqaruv shakllari hamda ularning egalik huquqini amalga oshiruvchi davlat organlari yoki korxonalar toʻgʻrisida maʼlumot.3.Davlatning iqtisodiyot tarmoqlaridagi ishtiroki indikatoritegishli bozorlarning yillik umumiy hajmi (aylanmasi); keltirilgan bozorlarda faoliyat yuritayotgan korxonalar roʻyxati hamda sotuv hajmi.Milliy statistika qoʻmitasi 4. Narxlarni tartibga solish indikatori tegishli bozorlarda Hukumat, vazirlik, tartibga soluvchi yoki boshqa davlat idoralari tomonidan ushbu toifalardagi isteʼmolchilar uchun chakana narxlar tartibga solinishi yoki tasdiqlanishi;tartibga solinadigan narxlar roʻyxati.Iqtisodiyot va moliya vazirligi 5.Davlat xaridlari indikatori davlat xaridlari va ommaviy tenderlarda ishtirok etish talablari; davlat xaridlarida berilgan imtiyozlar (agar mavjud boʻlsa).Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi 6.Manfaatdor shaxslarning jalb etilish (oʻzaro hamkorlik) darajasi indikatoriqonunchilik hujjatlarini ishlab chiqishda manfaatdor shaxslarning ishtiroki toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar va asoslovchi hujjatlar.Adliya vazirligi7.Yangi biznesni roʻyxatdan oʻtkazishning murakkablik indikatoriyangi biznesni roʻyxatdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan majburiy jarayonlar soni;biznesni tashkil qilish uchun sarflangan vaqt; biznesni tashkil qilish qiymati (aholi jon boshiga daromadning foizi);eng kam ustav fondi (oʻrtacha aholi jon boshiga daromadning foizi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.8.Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari indikatorimamlakatimizdagi mavjud ruxsatnomalar va litsenziyalar soni; Hukumat tomonidan talab qilinadigan ruxsatnomalar va litsenziyalar sonini koʻrib chiqish va qisqartirish boʻyicha dastur mavjud yoki mavjud emasligi;biznes uchun litsenziyalash (ruxsat berish tartib-qoidalari) talablari va tegishli qonunchilik hujjatlari.9.Raqobat muhiti indikatoritegishli bozorlarning umumiy eksport hajmi; tegishli bozorlarda faoliyat yuritayotgan eksport qiluvchi korxonalar roʻyxati hamda eksport hajmi.Milliy statistika qoʻmitasi10.Energiya resurslari ishonchliligi va undan barqaror foydalanish indikatorihar bir mijozga toʻgʻri keladigan elektr taʼminoti uzilishlarining oʻrtacha umumiy davomiyligi;yiliga oʻrtacha elektr taʼminotida uzilishlar soni; energiya taʼminotida asossiz ravishda uzilishlar uchun javobgarlikning mavjud yoki mavjud emasligi;elektr taʼminotidagi uzilishlar paytida yuzaga kelgan zararni qoplash boʻyicha samarali mexanizmlarning mavjud yoki mavjud emasligi.Energetika vazirligi11.Transport, kommunikatsiya tarmoqlari va muqobil logistikadan foydalanish imkoniyati indikatoriaeroport yigʻimlari; avtomobilda tashish uchun tariflar; temir yoʻlda tashish uchun tariflar;mavjud logistika firmalari hamda ularning bozordagi oʻrni.Transport vazirligi
