“1892-modda. Jins boʻyicha kamsitishni targʻib qilish
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-874-son) · Sana: 31.10.2023 · Amalda
Jins boʻyicha kamsitishni targʻib qilish, shu jumladan xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini ochiqdan-ochiq inkor etish, ushbu mazmundagi qarashlarni, gʻoyalarni yoki chaqiriqlarni tarqatish, xuddi shuningdek bunday xatti-harakatlarni omma oldida oqlash va (yoki) ragʻbatlantirish, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
6) 240-modda birinchi qismining dispozitsiyasi “tashkil etish va oʻtkazish” degan soʻzlardan keyin “xuddi shuningdek diniy tashkilotning oʻz ustavida nazarda tutilmagan boshqa faoliyat turi bilan shugʻullanishi yoki tadbir oʻtkazishi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
7) 245-moddaning birinchi qismi:
“477” raqamidan keyin “478” raqami bilan toʻldirilsin;
“1841, 1842, 1843” raqamlari “1842, 1843, 1844” raqamlari bilan almashtirilsin;
“1891” raqamidan keyin “1892” raqami bilan toʻldirilsin;
8) 287-modda birinchi qismining 1-bandidagi “1841, 1842, 1843” raqamlari “1842, 1843, 1844” raqamlari bilan almashtirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 31-oktabr,
OʻRQ-874-son
