“21-modda. Metrologiya tekshiruvi
Oʻlchash vositalarini qiyoslashdan oʻtkazish sohasiga xususiy sektor jalb qilinishi munosabati bilan “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-872-son) · Sana: 26.10.2023 · Amalda
Metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya nazorati obyektlarining metrologik, texnik tavsiflarini aniqlash va (yoki) tasdiqlash maqsadida metrologiya tekshiruvi amalga oshiriladi.
Metrologiya tekshiruvi:
oʻlchash vositalarining turini tasdiqlash maqsadida sinovdan oʻtkazish;
oʻlchash vositalarini va oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish;
oʻlchash vositalarini, shu jumladan etalonlarni qiyoslash, kalibrlash;
sinov vositalarini attestatsiyadan oʻtkazish tarzida amalga oshiriladi”;
11) 23-moddaning birinchi qismidagi “davlat metrologiya xizmatining vakolatli organlari” degan soʻzlar “maxsus vakolatli davlat organi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 25-modda:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻlchash vositalarini qiyoslash akkreditatsiya qilingan Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlarining metrologiya xizmatlari, shuningdek ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hollarda yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Oʻlchash natijalari davlat ahamiyatiga ega boʻlgan oʻlchash vositalari turkumlarining roʻyxati maxsus vakolatli davlat organining Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va ushbu oʻlchash vositalari qoʻllaniladigan sohadagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishilgan takliflari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oʻlchash natijalari davlat ahamiyatiga ega boʻlgan oʻlchash vositalari turkumlarining roʻyxatiga kiritilmagan oʻlchash vositalarini qiyoslash yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
