“12-modda. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari metrologiya xizmatlarining hamda yuridik shaxslar metrologiya xizmatlarining vakolatlari
Oʻlchash vositalarini qiyoslashdan oʻtkazish sohasiga xususiy sektor jalb qilinishi munosabati bilan “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-872-son) · Sana: 26.10.2023 · Amalda
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlarining metrologiya xizmatlari:
akkreditatsiya qilingan holda oʻlchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash ishlarini bajaradi;
oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlashga doir normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi.
Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari:
akkreditatsiya qilingan holda oʻlchash vositalarini kalibrlash hamda ushbu Qonunning 25-moddasida nazarda tutilgan hollarda oʻlchash vositalarini qiyoslash ishlarini bajaradi;
oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlashga doir normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi”;
6) 4-bobning nomidagi “Davlat metrologiya tekshiruvi va” degan soʻzlar “Metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 18-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
