Saylov va referendum oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish toʻgʻrisida (3579-IV-son)
10.10.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Saylov va referendum oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish boʻyicha Media-reja (bundan buyon matnda Media-reja deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari O. Tojiyev tegishli tashkilot va idoralar bilan birgalikda Media-rejada nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli tashkil etilishi uchun masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Parlament axborot markazi (M. Parmonova) Media-rejada belgilangan tadbirlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining ommaviy axborot vositalarida chiqishlarini oʻz muddatida va sifatli tashkil etishga doir ishlarni amalga oshirsin.
4. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari O. Tojiyev zimmasiga yuklatilsin.
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 10-oktabr,
3579-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2023-yil 10-oktabrdagi 3579-IV-sonli qaroriga ILOVA
Saylov va referendum oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish boʻyicha
MEDIA-REJA
T/r Tadbir nomi Amalga oshirish mexanizmi Muddat Masʼullar “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilishi jarayonida yoritish 1. Konstitutsiyaviy qonun loyihasining Qonunchilik palatasida birinchi oʻqishda koʻrib chiqilishi jarayonini yoritish. 1. Loyihaning mazmunini, nazarda tutilgan yangi normalarini OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoatchilik eʼtiboriga yetkazish. 2. Loyiha mazmunini aks ettiruvchi rolik va infografikalarni tayyorlash. 3. Deputatlar, ekspert va olimlarning intervyulari va maqolalarini, qisqa roliklarni eʼlon qilib borish. 10-oktabrdan boshlab Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (O. Tojiyev), AOKA (A. Xodjayev), MTRK (A. Xadjayev), OʻzMMA (Sh. Qudratxoʻja) 2. Konstitutsiyaviy qonun loyihasining Qonunchilik palatasi majlisida birinchi oʻqishda koʻrib chiqilishi yakuniga bagʻishlangan Brifing oʻtkazish. 1. Brifing boʻyicha tezis va axborot xabarnomasini tayyorlash. 2. Brifingni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritilishini taʼminlash. 10-oktabr Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (O. Tojiyev), AOKA (A. Xodjayev) 3. Konstitutsiyaviy qonun loyihasining jamoatchilik muhokamasi jarayonini yoritib borish. 1. Konstitutsiyaviy qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga chiqarilganligi haqida axborot xabarnomasini tayyorlash. 2. Tele- va radiokanallar orqali: jamoatchilik muhokamasida ishtirok etishni targʻib qiluvchi qisqa videoroliklar tayyorlash va eʼlon qilish; markaziy telekanallarning yangiliklar dasturi davomida “titr” shaklidagi axborotlar berish; kelib tushgan takliflar, ularni koʻrib chiqish jarayonlari haqida qisqa reportajlar, roliklar eʼlon qilib borish; deputatlar, ekspert va olimlarning intervyularini va munosabatlarini tashkil etish. 3. Bosma va internet nashrlarida deputatlar, ekspert va olimlarning mavzu yuzasidan maqola va munosabatlarini chop etish. Jamoatchilik muhokamasi jarayonida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (O. Tojiyev), AOKA (A. Xodjayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), MTRK (A. Xadjayev), OʻzMMA (Sh. Qudratxoʻja) 4. Qonunchilik palatasi deputatlari korpusini shakllantirishning majoritar-proporsional shakliga asoslangan saylov tizimini, shuningdek markazlashgan boshqaruvga asoslangan saylov organlari tizimlarining joriy etilishining oʻziga xos jihatlarini yoritishga qaratilgan multimedia (videoroliklar, infografika va h.k.) mahsulotlarini tayyorlash. Videorolik va infografika mahsulotlarini tayyorlash hamda ularni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish. Konstitutsiyaviy qonun loyihasining qabul qilinishi jarayonida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (O. Tojiyev), AOKA (A. Xodjayev), MTRK (A. Xadjayev), OʻzMMA (Sh. Qudratxoʻja) 5. Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatini aholining barcha qatlamlariga yetkazish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar)larda targʻibot tadbirlarini tashkil etish. 1. Qonunchilik palatasi deputatlari, mutaxassis va ekspertlardan iborat targʻibot guruhlari hamda uchrashuvlar grafigini shakllantirish. Jamoatchilik muhokamasi boshlangach 2 kun ichida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (O. Tojiyev), MSK (Z. Nizamxodjayev), AOKA (A. Xodjayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), MTRK (A. Xadjayev), OʻzMMA (Sh. Qudratxoʻja) 2. Joylardagi uchrashuvlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish. Jamoatchilik muhokamasi davrida 6. Qonunchilik palatasi deputatlari korpusini shakllantirishning majoritar-proporsional shakliga asoslangan saylov tizimini, shuningdek markazlashgan boshqaruvga asoslangan saylov organlari tizimlarining joriy etilishining oʻziga xos jihatlarini aholining barcha qatlamlariga yetkazish maqsadida mutaxassis va ekspertlarning OAVda chiqishlarini tashkil etish. 1. Mutaxassis va ekspertlar roʻyxatini shakllantirish hamda mavzular yuzasidan zaruriy tezislarni tayyorlash. 2. Tele- va radiokanallari orqali mutaxassis va ekspertlar chiqishlarini tashkil etish. Jumladan, ular ishtirokida “Minbar”, “Munosabat”, “Xalqdan savol”, boshqa tok-shou va koʻrsatuvlarni tashkil etish. 3. Bosma va internet nashrlarida mutaxassis va ekspertlarning mavzu yuzasidan maqola va munosabatlarini chop etish. Jamoatchilik muhokamasi davrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (O. Tojiyev), AOKA (A. Xodjayev), MTRK (A. Xadjayev), OʻzMMA (Sh. Qudratxoʻja), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) 7. “Saylovning aralash tizimini joriy qilish istiqbollari” mavzusida Xalqaro press-klub sessiyasini tashkil etish. 1. Qonunchilik palatasi deputatlari, mutaxassis va ekspertlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Xalqaro press-klubning sessiyasi yakuni boʻyicha qisqa videoroliklar tayyorlash va ularni OAV hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritilishini taʼminlash. Jamoatchilik muhokamasi davrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (O. Tojiyev), AOKA (A. Xodjayev), MTRK (A. Xadjayev), OʻzMMA (Sh. Qudratxoʻja) 8. Konstitutsiyaviy qonun loyihasining jamoatchilik muhokamasi davrida va yakuni boʻyicha brifinglar oʻtkazish. 1. Brifing oʻtkazish boʻyicha tezis va axborot xabarnomasini tayyorlash. 2. Brifingni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritilishini taʼminlash. Jamoatchilik muhokamasi jarayonida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (O. Tojiyev, Dj. Shirinov, Sh. Bafayev), AOKA (A. Xodjayev) 9. Qonun loyihasiga masʼul qoʻmitaning deputatlari, mutaxassis va ekspertlar ishtirokidagi ishchi guruh yigʻilishini oʻtkazish. 1. Yigʻilishni oʻtkazish boʻyicha tezislar va axborot xabarnomasini tayyorlash. 2. Qonunchilik palatasining ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalarida majlis boʻlib oʻtishi yuzasidan “anons” eʼlon berish. 3. Yigʻilishni Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti hamda YouTube videoxostingidagi sahifasi orqali jonli efirga uzatish. Jamoatchilik muhokamasi yakunlangach 2 kun ichida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (O. Tojiyev), AOKA (A. Xodjayev), MTRK (A. Xadjayev), OʻzMMA (Sh. Qudratxoʻja) 10. Konstitutsiyaviy qonun loyihasining ikkinchi oʻqishga tayyorlash hamda ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish jarayonlarini yoritish. 1. Axborot xabarnomalarini tayyorlash. 2. Qonunchilik palatasining ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalarida majlis boʻlib oʻtishi yuzasidan eʼlon berish. 3. Yigʻilishlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritilishini taʼminlash. Qonunchilik palatasida koʻrib chiqish jarayonida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (O. Tojiyev), AOKA (A. Xodjayev), MTRK (A. Xadjayev), OʻzMMA (Sh. Qudratxoʻja) 11. Konstitutsiyaviy qonun loyihasining Qonunchilik palatasi majlisida koʻrib chiqilishi yakuniga bagʻishlangan Brifing oʻtkazish. 1. Brifing oʻtkazish boʻyicha tezis va axborot xabarnomasini tayyorlash. 2. Brifingni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritilishini taʼminlash. Majlis yakunlangach darhol Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (O. Tojiyev), AOKA (A. Xodjayev), MTRK (A. Xadjayev), OʻzMMA (Sh. Qudratxoʻja) “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazish 12. Qonunchilik palatasi deputatlari korpusini shakllantirishning majoritar-proporsional shakliga asoslangan saylov tizimini, shuningdek markazlashgan boshqaruvga asoslangan saylov organlari tizimlarining joriy etilganligi yuzasidan Markaziy saylov komissiyasi vakillari, deputatlar, senatorlarning tele- va radiokanallar orqali chiqishlarini tashkil etish. 1. Deputatlar, senatorlar va ekspertlar roʻyxatini shakllantirish hamda mavzular yuzasidan tezislarni tayyorlash. 2. Tele- va radiokanallar orqali Markaziy saylov komissiyasi vakillari, deputatlar, senatorlar va ekspertlar chiqishlarini, shu jumladan, ular ishtirokida “Minbar”, “Munosabat”, “Xalqdan savol”, boshqa tok-shou va koʻrsatuvlarni tashkil etish. Qonun qabul qilingach 1 oy ichida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (O. Tojiyev), MSK (B. Kuchkarov), AOKA (A. Xodjayev), MTRK (A. Xadjayev), OʻzMMA (Sh. Qudratxoʻja) 13. Konstitutsiyaviy Qonunning mazmun-mohiyatini aholining barcha qatlamlariga yetkazish maqsadida hududlarda targʻibot tadbirlarini tashkil etish. 1. Qonunchilik palatasi deputatlari, mutaxassis va ekspertlardan iborat targʻibot guruhlari hamda uchrashuvlar grafigini shakllantirish. 2. Joylardagi uchrashuvlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish. Qonun qabul qilingach 2 kun ichida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (O. Tojiyev), MSK (Z. Nizamxodjayev), AOKA (A. Xodjayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), MTRK (A. Xadjayev), OʻzMMA (Sh. Qudratxoʻja) 14. Konstitutsiyaviy qonun mazmun-mohiyatini yetkazishga qaratilgan tadbirlarni (konferensiya, seminar, davra suhbatlari va h.k.) yoritib borish. 1. Konstitutsiyaviy qonun mazmun-mohiyatini yetkazishga qaratilgan tadbirlar uchun tegishli matbuot xabarnomalarini tayyorlash. 2. Tadbirlarda OAV vakillari ishtirokini tashkillashtirish. 3. Tadbirlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritilishini taʼminlash. Qonun qabul qilingach “Taraqqiyot strategiyasi” markazi (E. Tulyakov), AOKA (A. Xodjayev), QHSI (M. Raxmanqulov), Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti (A. Toshpoʻlatov), MTRK (A. Xadjayev), OʻzMMA (Sh. Qudratxoʻja)
