“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini cheklash, toʻxtatib turish yuzasidan qaror qabul qilish mezonlarini belgilashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1054-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (3533-IV-son)
19.09.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2023-yil 5-sentabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini cheklash, toʻxtatib turish yuzasidan qaror qabul qilish mezonlarini belgilashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1054-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 19-sentabr,
3533-IV-son
