Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2023-yil 2-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 3129-IV-sonli Qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida (3519-IV-son)
18.09.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Devonining tarkibida Mahalliy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi tashkil etilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 5 ta boshqaruv shtat birligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Devoniga oʻtkazilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2023-yil 2-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 3129-IV-sonli Qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, № 5, 398-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti direktorining oʻrinbosari V. Davlyatov zimmasiga yuklatilsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 18-sentabr,
3519-IV-son
