Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyati samaradorligini oshirish va ularga xorijiy investitsiyalar jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganish natijalari toʻgʻrisida (KQ-594-IV-son)
05.10.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan parlament nazorati doirasida hududlarda tashkil etilgan maxsus iqtisodiy zonalar (MIZ) faoliyati samaradorligini oshirish va ularga xorijiy investitsiyalar jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi.
MIZ faoliyatini huquqiy jihatdan taʼminlash, xorijiy hamda mahalliy investitsiyalarni jalb etishda soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, 2020-yilda qabul qilingan “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Qonun bilan MIZ tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatishi tartib-taomillari takomillashtirildi, maʼmuriy funksiyalarni nomarkazlashtirish, MIZ direksiyalarining vakolatlarini kengaytirish orqali ularning faoliyatini boshqarish mexanizmi soddalashtirildi.
MIZ ishtirokchilariga qator imtiyoz va preferensiyalar berilib, kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab 3 yildan 10 yilgacha soliq va bojxona imtiyozlari davlat tomonidan kafolatlangan.
2023-yil 1-sentabrga qadar MIZda 39,1 trln soʻmlik 620 ta loyihani amalga oshirish hisobiga 56 mingdan ziyod ish oʻrinlari yaratilgan. Xorijiy investitsiyalar hajmi 11 trln soʻmni (1,0 mlrd AQSh dollarini) tashkil qilgan.
Joriy yil yanvar — avgust oylarida MIZ ishtirokchilari tomonidan 24,4 trln soʻmlik (2022-yilning mos davriga nisbatan 132 foiz) mahsulot ishlab chiqarilgan. Eksport hajmi qariyb 451,1 mln AQSh dollarini tashkil etgan.
Shu bilan birga, oʻrganish va tahlillar MIZda investitsiya loyihalarini tatbiq etishda ayrim kamchilik va muammolar mavjudligini koʻrsatmoqda.
Sohani tartibga solishga oid normativ-huquqiy hujjatlar oʻrtasidagi mavjud nomuvofiqliklar MIZlar faoliyati samaradorligiga oʻzining salbiy taʼsirini oʻtkazmoqda.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-iyundagi PF-153-sonli Farmonida tashqi savdo va logistika hamda ishlab chiqarish korxonalariga MIZ hududida xizmat koʻrsatish yoʻnalishida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan hollarda ishtirokchi maqomini olish imkoniyati nazarda tutilgan.
“Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Qonunda esa MIZ rezidenti maqomini olishning mezonlari belgilangan boʻlib, savdo va logistika kompaniyalari tomonidan MIZ rezidenti maqomini olishga oid munosabatlar aks ettirilmagan.
MIZ yer maydonlariga investitsiya loyihalarini joylashtirish, shu jumladan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdoga chiqarish ishlari yetarli darajada emas.
Jumladan, 1 ming gektardan ziyod yer maydonlari hanuzgacha auksion savdolariga chiqarilmagan. Shuningdek, 3,2 ming gektar yer maydonlari auksion savdolarida qayta-qayta joylashtirilishiga qaramasdan savdolar boʻlib oʻtmagan deb topilgan.
MIZ ishtirokchilarining raqobatbardosh, eksportbop va import oʻrnini bosadigan mahsulotlari hajmi, shuningdek, ularning respublikada eksport salohiyatini kengaytirish va valyuta tushumlari miqdorini koʻpaytirish borasidagi ulushi pastligicha qolmoqda.
Joriy yilning birinchi choragida MIZdagi 372 (60 foizi) ta korxona tomonidan mahsulot umuman eksport qilinmagan boʻlsa, 80 dan ortiq korxona mahsulot ishlab chiqarmagan.
Xususan, “Zomin-farm” erkin iqtisodiy zonasida 2017-yildan buyon atigi 2 ta loyiha amalga oshirilgan, ulardan faqat bittasi boʻyicha mahsulot ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. 2019-yilda tashkil etilgan “Chiroqchi” erkin iqtisodiy zonasida biror-bir loyiha ishga tushirilmagan.
MIZning infratuzilma bilan taʼminlanganlik darajasini yaxshilash boʻyicha belgilangan tadbirlarning ijrosi toʻliq taʼminlanmagan.
Jumladan, 2022-yilda Shahrisabz tumanida Tamshut dyukerini rekonstruksiya qilish hamda “Oqdaryo” jamoa xoʻjaligi hududida bosimli quvur tarmogʻini qurish boʻyicha ishlarning 85 foizi bajarilgan, ammo tegishli mablagʻ toʻliq ajratilmaganligi sababli qurilish ishlari yakuniga yetkazilmagan.
Investorlarni MIZ hududlarida oʻz biznesini yuritishga jalb qilish maqsadida yaratilgan sharoitlarni keng yoritish ishlari yetarli darajada emas. Xususan, MIZning qariyb 50 foizida maxsus veb-saytlar ochilmagan.
Oliy, kasb-hunar taʼlimi muassasalari va MIZ direksiyalari oʻrtasida soha kadrlariga boʻlgan hozirgi va istiqboldagi ehtiyojlardan kelib chiqib, ishlar tizimli yoʻlga qoʻyilmagan.
MIZga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi R. Alimovning MIZ faoliyati samaradorligini oshirish va ularga xorijiy investitsiyalar jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganish natijalari toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya, Investitsiyalar, sanoat va savdo, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi, Energetika, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirliklari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari MIZ faoliyatidagi va ularga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasidagi ayrim muammo va kamchiliklarga eʼtibor qaratsin.
3. MIZ faoliyatini yanada takomillashtirish va ularga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish samaradorligini oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalar oʻz muddatida va toʻliq bajarilishini taʼminlasin, amalga oshirilgan ishlar boʻyicha Oliy Majlis Senatiga har chorak yakunida axborot kiritib borsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi “Yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida ijro etilishini nazoratga olsin hamda har chorak yakunida ularning ijrosi yuzasidan mutasaddi vazirlik, idoralar va hokimliklar bilan muhokamalar tashkil etsin.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga:
MIZ faoliyatini tashkil etish va ularni rivojlantirish boʻyicha ishlar samaradorligi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
har chorakda MIZ faoliyatini rivojlantirish boʻyicha koʻrilayotgan choralarni, qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazifalar ijrosini tizimli ravishda muhokama qilib, mutasaddi rahbarlar axborotlarini eshitish tavsiya etilsin.
7. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi (R. Alimov) zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2023-yil 5-oktabr,
KQ-594-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 5-oktabrdagi KQ-594-IV-son Qaroriga ILOVA
Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini yanada takomillashtirish va ularga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlari samaradorligini oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r Chora-tadbirlar nomi Amalga oshirish mexanizmi Ijro muddati Masʼul ijrochilar I. Maxsus iqtisodiy zonalar (MIZ) faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish 1. MIZda tashqi savdo va logistika hamda ishlab chiqarish korxonalarining ishtirokchi maqomini olishiga oid normativ-huquqiy hujjatlar normalarini qoʻllash amaliyotidagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. 1. MIZda tashkil qilingan tashqi savdo va logistika hamda ishlab chiqarish korxonalarini xatlovdan oʻtkazish. 2023-yil dekabr Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari 2. MIZda tashqi savdo va logistika hamda ishlab chiqarish korxonalarining ishtirokchi maqomini olishiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish, ulardagi boʻshliqlar va nomuvofiqliklarni aniqlash. 2023-yil dekabr 3. Ushbu sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni qoʻllash amaliyotidagi mavjud muammolarni tahlil qilish, ularning yechimi yuzasidan takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2023-yil dekabr 2. Iqtisodiyotning alohida sektorlari va tarmoqlarini (avtomobilsozlik, elektronika va boshqa sohalarni) rivojlantirishga yoʻnaltirilgan ixtisoslashtirilgan erkin iqtisodiy zonalari tashkil etish takliflarini ishlab chiqish. 1. Ixtisoslashtirilgan erkin iqtisodiy zonalar faoliyati samaradorligi boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish. 2023-yil dekabr Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari 2. Ixtisoslashtirilgan erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va manfaatdor vazirlik, idoralar hamda kompaniyalar bilan kelishish. 2023-yil dekabr 3. Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritish. 2023-yil dekabr 3. MIZ hududida bino va inshootlarni elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish, shu jumladan, ularning qiymatini baholash, investitsiya majburiyatlarini toʻliq bajargan tadbirkorlik subyektlariga bino va inshootlarni xususiylashtirib berish tartibi toʻgʻrisida amaldagi normativ-huquqiy hujjatni takomi�lashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. 1. MIZdagi mavjud boʻsh bino va inshootlarni xatlovdan oʻtkazish. 2023-yil noyabr Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari 2. MIZdagi bino va inshootlardan foydalanish va ularni realizatsiya qilish boʻyicha muammolarni tahlil qilish va takliflarni shakllantirish. 2023-yil noyabr 3. Xorijiy davlatlarning mazkur yoʻnalishdagi ilgʻor tajribasini, huquqiy jihatdan tartibga solish amaliyotini oʻrganish va tahlil qilish, tegishli xalqaro tajribani Oʻzbekiston Respublikasi sharoitida qoʻllashning maqbulligi toʻgʻrisida xulosa tayyorlash. 2023-yil dekabr 4. MIZdagi bino va inshootlardan foydalanish hamda ularni realizatsiya qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. 2023-yil yanvar 4. MIZ ishtirokchilari bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozdan foydalangan holda import qilgan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlardan tayyorlangan mahsulotlarni eksport qilish muddatini belgilash boʻyicha taklif ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 1. Oʻtgan davr mobaynida MIZ ishtirokchilari tomonidan bojxona imtiyozlaridan foydalangan holda import qilingan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlardan tayyorlangan mahsulotlar realizatsiyasi, shu jumladan, eksportga chiqarilishi va bu jarayondagi mavjud toʻsiq va muammolarni tahlil qilish. 2023-yil noyabr Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Bojxona qoʻmitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari 2. Bojxona imtiyozlaridan foydalangan holda import qilingan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlardan tayyorlangan mahsulotlarni realizatsiya qilishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlari takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. 2023-yil noyabr 3. Axborot-tahliliy materiallar va takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2023-yil dekabr 5. Investitsiya loyihalarini belgilangan muddatlarda bajarmagan va loyihalar ijrosini umuman boshlamagan MIZ ishtirokchilari bilan tuzilgan kelishuvlarni qayta koʻrib chiqish. 1. Investitsiya majburiyatlarini muddatida bajarmasdan tarmoq jadvalidan ortda qolgan loyihalarni xatlovdan oʻtkazish. 2023-yil noyabr Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari 2. Mavjud muammolarni tahlil qilish va ularni bartaraf etishda amaliy yordam koʻrsatish. 2023-yil dekabr 3. Belgilangan muddatlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishni asossiz ravishda va bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan boshlamagan ishtirokchilar bilan kelishuvlarni bekor qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. 2023-yil dekabr 6. Respublikaning turli hududlarida faoliyat yuritadigan MIZ ishtirokchilariga teng raqobat muhitini yaratish uchun MIZning geografik va logistik joylashuvi hamda mintaqaning iqtisodiy rivojlanishidan kelib chiqib, tabaqalashtirilgan imtiyoz va preferensiyalarni qoʻllash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. 1. MIZning iqtisodiy salohiyatini ularning iqtisodiy-geografik va logistik joylashuvidan kelib chiqib tahlil qilish. 2023-yil noyabr Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston �espublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Strategik rivojlanish agentligi, Savdo-sanoat palatasi 2. MIZlar oʻrtasida halol raqobat muhitini yaratish maqsadida qonunchilikda belgilangan imtiyoz va preferensiyalarini qoʻllashda hudud xususiyati va imkoniyatidan kelib chiqib hudud koeffitsiyentlarini joriy etish boʻyicha takliflarni shakllantirish. 2023-yil dekabr 3. Axborot-tahliliy materiallar va takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2023-yil dekabr II. MIZ infratuzilmasini yaxshilash, eksport va investitsiyaviy salohiyatini oshirish 7. 2023-yil uchun ijtimoiy va ishlab chiqarish dasturi doirasida MIZ infratuzilmasini yaxshilash uchun amalga oshirilishi belgilangan infratuzilma obyektlarining holatini oʻrganish, mavjud muammolarni tahlil qilish, moliyalashtirish koʻrsatkichlari va manbalarini qayta koʻrib chiqish hamda 2024-yilda MIZ infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha dastur loyihasini ishlab chiqib Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 1. MIZning tashqi muhandislik va kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilma bilan taʼminlanish darajasini tahlil qilish. 2023-yil oktyabr Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari 2. MIZ infratuzilmalarini barpo etish boʻyicha Hukumat qarorlarining amaliy ijrosini hamda mavjud muammolarni tahlil qilish. 2023-yil oktyabr 3. MIZni zarur infratuzilma bilan taʼminlash tadbirlari roʻyxatini shakllantirish. 2023-yil oktyabr 4. Tadbirlarning moliyalashtirish koʻrsatkichlari va manbalariga aniqlik kiritib, Davlat Investitsiya dasturiga kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. 2023-yil noyabr 8. Maxsus iqtisodiy zonalarni elektr energiyasi va gaz taʼminotidagi uzilishlar bilan bogʻliq muammolarni bartaraf etish choralarini koʻrish. 1. MIZlarni elektr energiyasi va gaz bilan taʼminlash holatini har tomonlama tahlil qilish. 2023-yil noyabr Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari 2. Har bir MIZning oʻrta muddatli istiqbolda (3 — 5 yil) elektr energiyasi va gaz isteʼmoli prognozlarini ishlab chiqish. 2023-yil noyabr 3. MIZni 2024-yilda elektr energiyasi va gaz bilan uzluksiz taʼminlash boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash. 2023-yil dekabr 9. “Maxsus iqtisodiy zonalarni rivojlantirishda mahalliy hokimiyat vakillik organlarining rolini oshirish” mavzusidagi oʻquv seminar oʻtkazish. 1.Oʻquv seminari konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish. 2023-yil dekabr Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi 2. Investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo vazirligi bilan oʻquv dasturni kelishish. 2023-yil dekabr 3. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari uchun oʻquv seminari oʻtkazish. 2024-yil yanvar-fevral 10. MIZ direksiyasi xodimlarni malakasini oshirishni tashkil etish. 1. MIZ direksiyalari xodimlarini investorlar bilan ishlash, davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qilish, strategiya va rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish va boshqa sohalar boʻyicha malakasini oshirish modulini ishlab chiqish. 2023-yil dekabr Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari 2. MIZ direksiyalari xodimlari uchun oʻquv kursini oʻtkazish. 2024-yil yanvar-fevral 11. MIZning yoʻnalishlaridan, sohaning kadrlarga boʻlgan hozirgi va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasalari talabalarining MIZdagi korxonalarda ishlab chiqarish amaliyotini oʻtash yuzasidan oliy taʼlim muassasalari va MIZ direksiyalari oʻrtasida tuziladigan memorandumlar loyihasini ishlab chiqish 1. MIZning hozirgi va kelgusida kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini oʻrganish maqsadida hududlar kesimida Investitsiyalar, sanoat va savdo, Iqtisodiyot va moliya hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirliklari mutaxassislaridan iborat Ishchi guruh tuzish. 2023-yil noyabr Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari 2. Ishchi guruh xulosalarini soha ekspertlarini jalb qilgan holda muhokama qilish va takliflarni shakllantirish. 2023-yil noyabr 3. Ehtiyojlardan kelib chiqib, MIZ direksiyalari va oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida kadrlar tayyorlash va MIZ korxonalarida ishlab chiqarish amaliyotlarini oʻtash yuzasidan amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. Kelishuv asosida 12. Oʻzbekiston Respublikasi maxsus iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalarining Yagona portalini takomillashtirish hamda MIZ faoliyatini yorituvchi maxsus veb-saytlarni yaratish va mavjudlarini takomillashtirish. 1. MIZ va kichik sanoat zonalarining Yagona portalining mavjud imkoniyatlarini baholash. 2023-yil dekabr Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda, Maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari 2. Yagona portalni quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish: maxsus iqtisodiy zonaga investitsiya kiritish afzalliklari, infratuzilma bilan taʼminlanganlik holati, geografik joylashuvi, shuningdek, uning hududida joylashgan davlat mulki obyektlari, investorlarga koʻrsatilayotgan xizmatlar toʻgʻrisida axborot va maʼlumotlarni joylashtirish; investorlar, shu jumladan, xorijiy investorlarga hamda maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining ishtirokchilariga amalga oshirish tavsiya etiladigan investitsiya loyihalari toʻgʻrisida axborot va maʼlumotlarni joylashtirish; investorlar, jumladan, xorijiy investorlarga hamda maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga interfaol shaklda davlat xizmatlarini koʻrsatish. 2024-yil fevral 3. MIZ faoliyatini yorituvchi maxsus veb-saytlarni yaratish, mavjudlarini takomillashtirish va muntazam yangilab borish hamda Yagona portal bilan integratsiyasini yoʻlga qoʻyish. 2024-yil fevral 13. Maxsus iqtisodiy zona Direksiyalarini xususiy sektorga, shu jumladan, xorijiy kompaniyalarga boshqaruvga berish masalasini oʻrganish va taklif ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 1. Xalqaro tajribani chuqur oʻrgangan holda MIZ boshqaruvini tadbirkorlik subyektlariga berish imkoniyatlarini tahlil qilish. 2023-yil dekabr Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari 2. Tahliliy-axborot materiallarni va takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2023-yil dekabr 14. MIZ ishtirokchilariga yer maydonlari ajratishda yerdan oqilona foydalanish va investitsiya shartnomalariga MIZ ishtirokchilariga ajratilgan yer maydonlarini toʻliq qamrab olish boʻyicha majburiyatlarni kiritish choralarini koʻrish. 1. MIZ ishtirokchilariga ajratilgan yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini tahlil qilish. 2023-yil noyabr Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari 2. Investitsiya bitimlarining majburiyatlar qismida MIZ ishtirokchilari tomonidan yerdan oqilona foydalanish shart�arini nazarda tutish. bitimlarni rasmiylashtirish jarayonida 3. Tahliliy-axborot va takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2023-yil dekabr 15. MIZ ishtirokchilarining ishlab chiqarish quvvatlarini oʻz vaqtida ishga tushirishi, mahsulotlarni eksport qilishi, yangi ish oʻrinlarini yaratishi hamda investitsiya majburiyatlarini bajarishi ustidan tezkor nazorat olib borish, shuningdek, MIZ hududida investitsiya loyihalarini monitoring qilish imkoniyatlarini beruvchi yangi elektron tizimini yaratish. 1. MIZ hududida investitsiya loyihalarini monitoring qilishning elektron tizimini yaratish boʻyicha texnik shartlarni ishlab chiqish. 2023-yil dekabr Raqamli transformatsiya markazi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari 2. Elektron tizimni ishga tushirish va tegishli vazirlik va idoralarning axborot bazalari bilan integratsiya qilish. 3. Elektron tizim imkoniyatlarini takomillashtirib borish. 2024-yil mart
