Meva-sabzavot mahsulotlari eksportyorlarining qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishning yangi texnologiyalariga oʻrgatish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarining yerlarida agrotexnik tadbirlar monitoringini oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari tomonidan ishlab chiqariladigan meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozorlarida marketing tadqiqotlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizini qoplash uchun subsidiyalar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (3212-1-son)
12.10.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining
qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 12-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3212-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2019-yil 16-dekabrdagi 110, qq-5, 68-son qarori (roʻyxat raqami 3212, 2020-yil 17-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2020-y., 10/20/3212/0068-son) bilan tasdiqlangan Meva-sabzavot mahsulotlari eksportyorlarining qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishning yangi texnologiyalariga oʻrgatish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarining yerlarida agrotexnik tadbirlar monitoringini oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari tomonidan ishlab chiqariladigan meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozorlarida marketing tadqiqotlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizini qoplash uchun subsidiyalar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2023-yil 7-oktabr,
77-son
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L. KUDRATOV
Toshkent sh.,
2023-yil 6-oktabr,
2023/40-9-son
Qishloq xoʻjaligi vaziri A. VOITOV
Toshkent sh.,
2023-yil 5-oktabr,
01/23-05/5087-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi D. VAXABOV
2023-yil 19-sentabr
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A. XAITOV
2023-yil 13-sentabr
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 7-oktabrdagi 77-son, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023-yil 6-oktabrdagi 2023/40-9-son, Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2023-yil 5-oktabrdagi 01/23-05/5087-son qaroriga ILOVA
Meva-sabzavot mahsulotlari eksportyorlarining qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishning yangi texnologiyalariga oʻrgatish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarining yerlarida agrotexnik tadbirlar monitoringini oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari tomonidan ishlab chiqariladigan meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozorlarida marketing tadqiqotlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizini qoplash uchun subsidiyalar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-banddagi “Moliya vazirligi” hamda “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” degan soʻzlar tegishli ravishda “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” hamda “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 24-banddagi “Moliya vazirligiga” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 25-banddagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 30-banddagi “Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 1-ilovaning matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 2-ilova mazkur oʻzgartirishlarga ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Meva-sabzavot mahsulotlari eksportyorlarining qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishning yangi texnologiyalariga oʻrgatish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarining yerlarida agrotexnik tadbirlar monitoringini oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari tomonidan ishlab chiqariladigan meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozorlarida marketing tadqiqotlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizini qoplash uchun subsidiyalar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga ILOVA
“Meva-sabzavot mahsulotlari eksportyorlarining qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishning yangi texnologiyalariga oʻrgatish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarining yerlarida agrotexnik tadbirlar monitoringini oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari tomonidan ishlab chiqariladigan meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozorlarida marketing tadqiqotlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizini qoplash uchun subsidiyalar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Bosqichlar Masʼul ijrochilar Tadbirlar Bajarish muddatlari 1-bosqich Eksportyor Ariza va tegishli hujjatlarni tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligiga topshirish. Manfaatdor subyekt ixtiyoriga koʻra 2-bosqich Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi Hujjatlar pochta aloqasi orqali yoki elektron shaklda, shu jumladan Tashqi iqtisodiy maʼlumotlar portali orqali toʻliq taqdim etilmaganda, ularni javob xati bilan qaytarish; 3 ish kuni mobaynida Eksportyor tomonidan hujjatlar toʻliq taqdim etilganda ularni koʻrib chiqish va qaror qabul qilish. 7 ish kuni mobaynida 3-bosqich Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi Eksportyorga qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bildirishnoma yuborish; Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga subsidiya ajratish boʻyicha buyurtmanoma berish. Qaror qabul qilingan kundan boshlab 1 ish kuni mobaynida 4-bosqich Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi buyurtmanomasiga asosan davlat budjetidan subsidiya ajratish. Buyurtmanomani qabul qilgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida 5-bosqich Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi Tegishli toʻlov summasini eksportyorning arizasida koʻrsatilgan bank hisob raqamiga oʻtkazib berish. Maxsus gʻazna hisobvaragʻiga mablagʻ kelib tushganidan boshlab bir bank kuni mobaynida ”.
