T/r Chora-tadbirlar Amalga oshirish mexanizmi Muddat Masʼullar I. Amaldagi normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish 1. Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markaziga hamda uning hududiy boʻlimlariga xotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini koʻzlab sudlarga ariza (shikoyat) va daʼvolarni kiritish huquqini berish hamda arizalar, shikoyatlar va daʼvolar kiritishda davlat bojidan ozod etishni nazarda tutgan holda tegishli qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. 1. Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish va tegishli qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. 2023-yil noyabr Ijtimoiy himoya milliy agentligi (kelishuv asosida) Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi, Adliya vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar 2. Loyihani tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2023-yil dekabr 2. Tazyiq va zoʻravonlikka oid jinoyatlarni aniqlash, bu bilan bogʻliq murojaatlarning koʻrib chiqilishi jarayonlarini takomillashtirish. 1. Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanganlarning murojaatlarni koʻrib chiqish, tergov va tekshiruvlarni oʻtkazish hamda sud tartibida koʻrib chiqish boʻyicha huquq-tartibot organlarining harakatlari boʻyicha standart operatsion choralarni (SOP) ishlab chiqish va joylarga yetkazish. 2023-yil 10-oktabr Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Sudyalar oliy Kengashi, Oliy sud (kelishuv asosida) 2. Huquq tartibot organlarining harakatlari boʻyicha standart tezkor choralar asosida ish yuritish yuzasidan huquq tartibot organlari xodimlarini oʻqitish. 2023-yil 1-noyabr 3. Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarning murojaatlarini koʻrib chiqish, tergov va tekshiruvlarni oʻtkazish hamda sud tartibida koʻrib chiqish jarayonlarining standart operatsion choralarga muvofiq tashkil etilishi yuzasidan tanlov asosida xizmat tekshiruvlarini olib borish. 2023-yil 1-noyabrdan boshlab alohida reja asosida 3. Tazyiq va zoʻravonlik sodir etgan shaxs tomonidan tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarni, shuningdek, ularning voyaga yetmagan farzandlarini davolash, unga maslahat berish hamda yordam koʻrsatish boʻyicha maxsus markazga joylashtirish xarajatlarini qoplash boʻyicha tartibni ishlab chiqish va tasdiqlash. 1. Tazyiq va zoʻravonlik sodir etgan shaxs tomonidan tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarni, shuningdek, ularning voyaga yetmagan farzandlarini davolash, unga maslahat berish hamda yordam koʻrsatish boʻyicha maxsus markazga joylashtirish xarajatlarini qoplash boʻyicha xalqaro tajriba va xorijiy qonunchilikni oʻrganish. 2023-yil noyabr Ijtimoiy himoya milliy agentligi (kelishuv asosida), Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, mutasaddi vazirlik va idoralar 2. Oʻrganish yakunlari asosida tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va mutasaddi vazirlik va idoralar bilan kelishish. 2023-yil dekabr 4. Tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlar hamda tashkilotlar tomonidan jabrlanuvchilarga iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy, tibbiy va boshqa ijtimoiy yordam koʻrsatish boʻyicha standartlarni ishlab chiqish va tasdiqlash. 1. Tegishli vazirlik, idoralar va nodavlat notijorat tashkiloti vakillaridan iborat ishchi guruhni shakllantirish. 2023-yil sentyabr Ijtimoiy himoya milliy agentligi (kelishuv asosida), Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi 2. Maxsus reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarida tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarga koʻrsatiladigan yordamlar boʻyicha davlat standarti loyihasini ishlab chiqish. 2023-yil noyabr 3. Ishlab chiqilgan loyihani vazirlik va idoralar bilan kelishish va belgilangan tartibda tasdiqlash. 2023-yil dekabr 5. Ish oʻrinlarida turli tazyiq va zoʻravonliklar, shahvoniy shilqimlik holatlarining oldini olish va murosasizlik muhitini shakllantirish. 1. Jamoa shartnomalariga va xodimlarining kasb etikasi va madaniyati qoidalari(kodeks)ga ish oʻrinlarida turli tazyiq va zoʻravonliklar, shahvoniy shilqimlik holatlariga yoʻl qoʻymaslik va fuqarolarning huquq va erkinliklariga qatʼiy rioya qilish yuzasidan normalarni kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. 2024-yil oktyabr Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Oʻzbekiston ish beruvchilari konfederatsiyasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi 2. Jamoa shartnomalariga va xodimlarining kasb etikasi va madaniyati qoidalari(kodeks)ga ushbu normalar kiritilishini tashkil etish. 2024-yil 1-may 3. Korxona, tashkilot va muassasalarda xodimlar va ish beruvchilar ishtirokida turli tazyiq va zoʻravonliklar, shahvoniy shilqimlik holatlarining oldini olishga qaratilgan turkum tadbirlarni tashkil etish. doimiy 6. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan xotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini koʻzlab sudlarga ariza (shikoyat) va daʼvolarni kiritish yoʻriqnomasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 1. Xotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini koʻzlab sudlarga ariza (shikoyat) va daʼvolarni kiritish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish. 2023-yil oktyabr Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oliy sud (kelishuv asosida), Ichki ishlar vazirli�i 2. Oʻrganish natijalari asosida sudlarga ariza (shikoyat) va daʼvolarni kiritish yoʻriqnomasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2023-yil noyabr 3. Mazkur Yoʻriqnomaga muvofiq ishni tashkil etish. doimiy 7. Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining (2019-yil 2-sentabrdagi OʻRQ-561-sonli) amaliyotda qoʻllanilishini keng tahlil qilish. 1. Tegishli vazirlik, idoralar va nodavlat notijorat tashkilot vakillaridan iborat ishchi guruh tashkil etish. 2023-yil sentyabr Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi 2. Qonunning amaliyotda qoʻllanilishini tahlil qilish va sohaga oid xalqaro normalar va tajribalarni oʻrganish. 2023-yil noyabr 3. Tahlil va oʻrganish natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumot va qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash. 2023-yil dekabr 4. Tahlil va oʻrganish yakunlari boʻyicha mutasaddi vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etish. 2024-yil yanvar 5. Yakuniy tahliliy maʼlumotlarni hamda qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflarni Oliy Majlis Senatiga kiritish. 2024-yil fevral 8. Oiladagi zoʻravonlik boʻyicha jinoiy ishlar uchun yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish masalasini bekor qilishni oʻrganib chiqish. 1. Tegishli vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tashkil etish. 2023-yil oktyabr Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud (kelishuv asosida) 2. Sohaga oid xalqaro normalar va tajribalarni oʻrganish. 2023-yil noyabr 3. Tahlil va oʻrganish natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumot tayyorlash. 2024-yil yanvar 9. Oilaviy (maishiy) zoʻravonlik toʻgʻrisidagi ishlarni tergov qilish va sudda koʻrish muddatlarini qisqartirish masalasini maqsadga muvofiqligini oʻrganish. 1. Sohaga oid xalqaro normalar va tajribalarni oʻrganish. 2023-yil dekabr Ichki ishlar vazirligi, Oliy sud (kelishuv asosida), Adliya vazirligi, Bosh prokuratura 2. Oʻrganish natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumot tayyorlash. 2024-yil yanvar 10. Xotin-qizlar va/yoki ularning farzandlariga nisbatan zoʻravonlik jinoyatlari sodir etilganligi sababli yarashuv muddatlarini qoʻllamasdan (shu jumladan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan xulosalar olinmagan holda) nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi arizalarini qanoatlantirish tartibini belgilash masalasini oʻrganish va xulosa tayyorlash. 1. Sohaga oid xalqaro normalar va tajribalarni oʻrganish. 2023-yil oktyabr Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud (kelishuv asosida), Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi 2. Oʻrganish natijalari boʻyicha qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash. 2024-yil dekabr 11. Tazyiq va zoʻravonlik sodir etgan shaxsni sud qarori bilan yashayotgan turar joydan chiqarib yuborish boʻyicha huquqiy himoya mexanizmini joriy etish maqsadga muvofiqligini oʻrganish. 1. Tegishli vazirlik, idoralar va nodavlat notijorat tashkiloti vakillaridan iborat ishchi guruh tashkil etish. 2023-yil oktyabr Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Oliy sud (kelishuv asosida) 2. Sohaga oid xalqaro normalar va tajribalarni oʻrganish. 2023-yil oktyabr 3. Oʻrganish natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumot hamda qonunchilikni takomillashtirish maqsadga muvofiqligi boʻyicha xulosa tayyorlash. 2024-yil dekabr 12. Tazyiq va zoʻravonlik sodir etgan shaxslarni monitoring qilish maqsadida elektron tasmalardan (braslet) foydalanish masalasini oʻrganish. 1. Tazyiq va zoʻravonlik sodir etgan shaxslarga taqiladigan elektron tasmalardan (braslet) foydalanish tartibi va qoidalari boʻyicha xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganib chiqish. 2023-yil noyabr Ijtimoiy himoya milliy agentligi (kelishuv asosida), Ichki ishlar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi 2. Oʻrganish yakunlari boʻyicha tahliliy maʼlumot va qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash. 2024-yil fevral II. Tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlar va bolalar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va bartaraf etish borasida soha vakillariga metodik, konsultati� va amaliy yordam koʻrsatish 13. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlar va bolalar bilan ishlash va jinoyatni malakalash boʻyicha sudyalar uchun maxsus oʻquv kurslarini tashkil etish. 1. Sudyalar malakasini oshirish oʻquv dasturlariga tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlar va bolalar bilan ishlash va jinoyatni malakalash boʻyicha maxsus kurslarni kiritish. 2023-yildan boshlab har yili Sudyalar oliy kengashi, (kelishuv asosida), Sudyalar oliy maktabi (kelishuv asosida) 3. Oʻquv mashgʻulotlari jarayoniga yuqori malakali ekspertlar, huquqshunos olimlar, soha mutaxassislarini jalb qilib borish choralarini koʻrish. 4. Reja-grafik asosida oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish. oʻquv rejasiga muvofiq 14. Ichki ishlar organlari xodimlarining (profilaktika inspektorlari, tergovchilar) hamda prokuratura xodimlarining xotin-qizlar va bolalar oʻrtasida tazyiq va zoʻravonliklarning oldini olishga oid qonun hujjatlari ijrosini taʼminlash boʻyicha hamkorligini rivojlantirish va ushbu masalalarga oid qonun hujjatlari, ularni qoʻllash amaliyoti boʻyicha doimiy malakasini oshirish. 1. Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Ichki ishlar xodimlari malakasini oshirish markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi oʻquv dasturlariga xotin-qizlar va bolalar oʻrtasida tazyiq va zoʻravonliklarning oldini olishga oid qonun hujjatlari, ularni qoʻllash amaliyoti boʻyicha alohida kurslar kiritish. 2023-yildan boshlab har yili Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi 2. Ushbu kurslarda foydalanish uchun milliy va xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda xotin-qizlarni va bolalarni turli tazyiq va zoʻravonliklardan himoya qilishga oid qonun hujjatlari, ularni qoʻllash amaliyoti boʻyicha alohida qoʻllanma ishlab chiqish. 2023-yil sentyabr 3. Mazkur kurslarga yuqori malakali ekspertlarni jalb qilgan holda tazyiq va zoʻravonlikka oid jinoyatlarni, xususan latent jinoyatlarning yuzaga kelish mexanizmlari, turlari va ularning oldini olish hamda bu turdagi jinoyatlarni fosh etishda tezkor-tergov xodimlarning tajribasini oshirish choralarini koʻrish. Oʻquv jarayonida amaliy (simulatsion) oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish masalalariga eʼtibor qaratish. oʻquv rejasiga muvofiq 15. Maktab oʻquvchilari uchun oiladagi zoʻravonlikning oldini olish va oilaviy qadriyatlarini shakllantirishga qaratilgan fakultativ mashgʻulotlar tashkil etilishini yoʻlga qoʻyish. 1. Oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish borasida xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribalarini oʻrganish. 2023-yil sentyabr Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bolalar ombudsmani (kelishuv asosida) 2. Boshlangʻich, oʻrta va yuqori sinf oʻquvchilari uchun turli tazyiq va zoʻravonliklarning oldini olishga qaratilgan alohida fakultativ mashgʻulotlar tashkil etilishi boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va tasdiqlash. 2023-yil sentyabr 3. Boshlangʻich, oʻrta va yuqori sinf oʻquvchilari uchun turli tazyiq va zoʻravonliklarning oldini olishga qaratilgan alohida fakultativ mashgʻulotlarni tashkil etish boʻyicha oʻquv uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish. 2023-yil sentyabr 4. Umumtaʼlim maktablarida fakultativ mashgʻulotlarni oʻtadigan mutaxassislar uchun qisqa muddatli oʻquv kurslari dasturi va mavzular ishlanmalarini ishlab chiqish. 2023-yil sentyabr 5. Umumtaʼlim maktablarida fakultativ mashgʻulotlarni oʻtadigan mutaxassislar uchun qisqa muddatli oʻquvlarni tashkil etish. 2023-yil sentyabr 6. Umumtaʼlim maktablarida fakultativ mashgʻulotlarning oʻtilishini yoʻlga qoʻyish. 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab 7. Maktablarda ushbu yoʻnalishdagi fakultativ mashgʻulotlarni oʻtadigan pedagog xodimlarning malakasini doimiy oshirib borish. 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab 8. Tanlov asosida umumtaʼlim maktablarida ushbu fakultativ mashgʻulotlarning sifatini va samaradorligini tahlil qilish va zarur holda oʻquv dasturlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, uslubiy qoʻllanmalarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. Oʻrganish — har yili oʻquv yili davomida, takliflar ishlab chiqish — aprel-may 16. Oliy taʼlim muassasalarida talaba-yoshlarning xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari toʻgʻrisidagi huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida “Inson huquqlari”. “Ayollar huquqlari”, “Bola huquqlari” boʻyicha oʻquv va maxsus kurslarini joriy etish. 1. Tegishli oʻquv dasturlarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash. 2023-yil sentyabr Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi 2. Ushbu oʻquvlarni tashkil etish boʻyicha oʻquv uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish va barcha taʼlim muassasalariga yetkazib berish. 2023-yil sentyabr 3. Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtadigan mutaxassislar uchun alohida oʻquv seminari tashkil etish. alohida reja-grafik asosida 4. Oʻquv dasturini barcha taʼlim muassasalarida joriy etish. 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab 17. Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish boʻyicha mahalla faollari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollarini malakasini oshirish. 1. Oʻquv seminarining dasturi, targʻibot materiallari va reja-grafikni ishlab chiqish (bunda bitta oʻquv guruhlari tinglovchilari sonining 30 — 35 nafardan oshmasligiga eʼtibor qaratish) 2023-yil sentyabr Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi 2. Mazkur yoʻnalishda ular faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish. 2023-yil oktyabr 3. Malakali mutaxassislarni jalb etgan holda keyslar bilan boyitgan oʻquvlarni tashkil etish. oʻquv rejasi asosida 18. Tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlar va bolalarni qoʻllab-quvvatlash hamda amaliy yordam koʻrsatishda ushbu yoʻnalishda faoliyat olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarining amaliy faoliyatini oʻrganish hamda ularning rolini oshirish choralarini koʻrish. 1. Tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlar va bolalarga koʻmaklashuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari roʻyxatini shakllantirish. 2023-yil sentyabr Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Adliya vazirligi, NNTMA 2. Nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari uchun xotin-qizlar va bolalarni huquqlarini himoya qilish va samarali ishlash boʻyicha seminar-trening oʻtkazish. har yili 3. Xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish faoliyati bilan shugʻullanadigan nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirokida oʻzaro tajriba almashish va kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilab olishga qaratilgan davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etib borish. har yili 4. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida alohida grant tanlovlarini eʼlon qilish. Bunda asosiy eʼtiborni xavf ostidagilar guruhini aniqlash, ularning oʻrtasida huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan targʻibot ishlarini tashkil etish, tazyiq va zoʻravonliklardan jabrlangan shaxslarga amaliy yordam koʻrsatish masalalariga qaratish. har yili Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi, Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi III. Qonunning mohiyati va ahamiyati yuzasidan targʻibot tadbirlarini olib borish 19. Aholi xususan, xotin-qizlar va bolalar oʻrtasida tazyiq va zoʻravonliklarning oldini olishga qaratilgan amaliy targʻibot tadbirlarini amalga oshirish. 1. Aholi xususan, xotin-qizlar va bolalar oʻrtasida tazyiq va zoʻravonliklarning oldini olishga qaratilgan targʻibot materiallarini, jumladan bannerlar, plakatlar. buklet, flayer, liflet kabi tarqatma materiallarni tayyorlash, chop etish va tarqatilishini tashkil etish. 2023-yil sentyabr Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, AOKA, OʻzA, MTRK, Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasi, NNTMA 2. Aholi gavjum joylariga mavzuga taalluqli bannerlar, plakatlar joylashtirilishini tashkil etish. 2023-yil III va IV choraklari 3. Aholi xususan, xotin-qizlar va bolalar oʻrtasida tazyiq va zoʻravonliklarning oldini olishga qaratilgan davomiyligi 1 daqiqadan oshmaydigan, jamoatchilikning diqqatini jalb qiladigan ijtimoiy roliklar tayyorlash maqsadida alohida tanlov tashkil etish. har yili noyabr, may 4. Tanlovda gʻolib deb topilgan ijtimoiy roliklarning markaziy, mahalliy teleradiokanallar, Internet ijtimoiy tarmoqlari, jamoat joylari va transportlarda keng yoritib borilishini tashkil etish. doimiy 20. Xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilishga oid mobil dasturini ishlab chiqish. Bunda zarur maʼlumotlarni olish, mutasaddi idoralarga va organlarga murojaat qilish, ushbu murojaatlarning koʻrib chiqilishi holatlarini onlayn kuzatish imkoniyati yaratishni nazarda tutish. 1. Xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilishga oid mobil dasturining texnik talablarini ishlab chiqish. 2023-yil oktyabr Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyat hokimliklari 2. Mobil ilovani ishlab chiqish va doimiy ishlab turishini taʼminlashning moliyaviy manbalarini aniqlash, bunda xalqaro tashkilotlarning moliyaviy koʻmaklarini jalb qilish. 2023-yil noyabr 3. Mobil dasturni ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda ishga tushirilishini taʼminlash. 2023-yil dekabr 4. Mobil dastur faoliyatini monitoring qilib borish va zarur holda takomillashtirish choralarini koʻrish. doimiy 5. Aholi, xususan, xotin-qizlar, yoshlar va bolalar oʻrtasida mobil dasturining imkoniyatlarini targʻibot qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish. 2024-yil davomida 21. Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish borasida targʻibot tadbirlarini amalga oshirish. 1. Mahallalarda, taʼlim muassasalarida va korxona-tashkilotlarda targʻibot-tadbirlarini oʻtkazish (Bunda “Oqila ayollar” harakati aʼzolari, otinoyilar, koʻchaboshilar (koʻp qavatli uylar boshliqlari), ziyolilar, yoshlar yetakchilari, davlat tashkilotlaridagi Maslahat kengashi aʼzolari, faol xotin-qizlarni keng jalb etish). 2. Mahallalarda, taʼlim muassasalarida va mulk shakllaridan qatʼiy nazar barcha tashkilotlarda targʻibot tadbirlarini tashkil etish va OAVda keng targʻib qilish. har yili reja asosida Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi 22. Xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik sodir etgan va ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaxslar bilan profilaktik tadbirlarni olib borish. 1. Masʼul tashkilotlar vakillarini jalb etgan holda zoʻravonlik sodir etgan va sodir etishga moyilligi boʻlgan shaxslarni mehnat faoliyati sohasi kesimida oʻrganish ishlarini tashkil etish. 2. Oʻrganish yakunlari boʻyicha mehnat faoliyati sohasi eng yuqori boʻlgan shaxslar xatti-harakatlarining salbiy oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan ular bilan yakka tartibda yoki guruh shaklida tushuntirish ishlarini olib borish. har yili reja-grafik asosida Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar siyosati va spor� vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, vazirlik va idoralar 23. Oilaviy (maishiy) zoʻravonlikka qarshi kurashish mavzusida jamoatchilik fikri yuzasidan ijtimoiy tadqiqot (soʻrov) oʻtkazish. 1. “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi bilan hamkorlikda ayollar oʻrtasida ularning oilaviy (maishiy) zoʻravonlikka munosabati yuzasidan ijtimoiy soʻrovnoma oʻtkazish. 2. Soʻrovnoma va tahlil natijalariga koʻra xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishda fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb etish boʻyicha taklif va tavsiyalar tayyorlash. 2023-yil 10-dekabr “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi (kelishuv asosida), “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-ta�qiqot instituti