Tijorat banklarida foizlarni hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (3460-son)
29.09.2023
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 29-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3460]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi va “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Tijorat banklarida foizlarni hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2023-yil 23-avgust,
27/4-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 23-avgustdagi 27/4-son qaroriga 1-ILOVA
Tijorat banklarida foizlarni hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom tijorat banklari, shu jumladan mikromoliya banklari (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) tomonidan kreditlar va mikroqarzlar (bundan buyon matnda kreditlar deb yuritiladi), omonatlar (depozitlar), qarz mablagʻlari, qarz munosabatlarini tasdiqlovchi qimmatli qogʻozlar, shuningdek boshqa moliyaviy vositalar boʻyicha foizlarni hisoblash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
buxgalteriya hisobining hisoblab yozish usuli — aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, daromadlar, xarajatlar, moliyaviy operatsiyalari va hodisalar buxgalteriya hisobida bu harakatlar yuzasidan pul mablagʻlari yoki ekvivalentlari olingan yoxud toʻlangan paytda emas, balki shu harakatlar sodir etilgan (yoki haqiqatda olingan) paytda aks ettiriladi;
effektiv foiz stavkasi — aktivning boshlangʻich balans qiymati bilan tenglashtirish uchun aktivdan foydalanish muddati mobaynida kutilayotgan kelgusidagi pul tushumlari oqimini diskontlash uchun ishlatiladigan foiz stavkasi;
effektiv foiz stavkasi usuli — diskont yoki mukofotni foizli daromadlarga (xarajatlarga) amortizatsiya qilish orqali yoki kechiktirilgan foiz toʻlovlarini taqsimlash orqali aktivning (majburiyatning) foydalanish muddati davomida doimiy foiz stavkasini tan olishga olib keladigan usul;
daromadlar — bankning faoliyati davomida aksiyadorlarning ulushi oshishi bilan bogʻliq boʻlmagan tarzda xususiy kapitalning oshishiga olib keladigan iqtisodiy naf. Daromad foizlar, foyda, dividendlar, aktivlarni sotishdan olingan tushum, mukofot, royalti, ijara haqi va boshqa koʻrinishda boʻlishi mumkin;
foizli daromad — bu pul mablagʻlari yoki ularning ekvivalentlaridan foydalanganlik uchun olingan daromad. Foizli daromad har qanday diskont, mukofot yoki qarz qimmatli qogʻozlari yoxud kreditning boshlangʻich balans qiymati bilan ularning soʻndirish summalari oʻrtasidagi boshqa farqlarning amortizatsiya summasini ham oʻz ichiga oladi;
xarajatlar — xususiy kapitalni bankning aksiyadorlari oʻrtasida taqsimlanishi bilan bogʻliq boʻlmagan kapitalning kamayishiga olib keladigan aktivlarning kamayishi yoki tugashi koʻrinishida yoxud majburiyatlarning koʻpayishi koʻrinishida hisobot davridagi iqtisodiy nafning kamayishi;
foizli xarajatlar — bu pul mablagʻlari yoki ularning ekvivalentlaridan foydalanganlik uchun xarajatlar. Foizli xarajatlar har qanday diskont yoki qarz qimmatli qogʻozlari yoxud qarz mablagʻlarining boshlangʻich balans qiymati bilan ularning soʻndirish summalari oʻrtasidagi boshqa farqlarning amortizatsiya summasini oʻz ichiga oladi;
tan olish — bu moliyaviy hisobot elementlaridan biri, yaʼni aktiv, majburiyat, xususiy kapital, daromadlar yoki xarajatlar taʼrifini qanoatlantiradigan moddani moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobotga yoki moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot(lar)ga kiritish uchun identifikatsiyalash jarayonidir.
2-bob. Foizli daromadlar va xarajatlarni tan olish
1-§. Hisoblab yozish usulidan foydalanish va foizlarni tan olish
2. Banklar oʻz moliyaviy hisobotlarini buxgalteriya hisobining hisoblab yozish usuli asosida tuzishlari kerak, bundan pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot mustasno.
3. Banklar operatsiyalarni qayta ishlash chogʻida buxgalteriya hisobining hisoblab yozish usulini qoʻllagan holda avtomatlashtirilgan shaklda foizlarni hisoblashi lozim.
4. Foizlar buxgalteriya hisobining hisoblab yozish usuli boʻyicha tan olinadi.
5. Haftaning juma kuni hisoblab yoziladigan foizni hisoblashda odatda uch kun — juma, shanba va yakshanba kunlari uchun foizlar hisobga olinishi lozim.
6. Agar joriy oy juma yoki shanba kunida tugaydigan boʻlsa, unda foizlarni hisoblab yozish tegishlicha bir kun yoki ikki kun uchun amalga oshiriladi. Hafta oxirida qoladigan kun (kunlar) uchun foizlar keyingi oyning birinchi ish kunida hisoblab yoziladi. Bayram kunlariga nisbatan ham xuddi shunday jarayon qoʻllaniladi.
7. Har bir oyda hisoblab yoziladigan va aks ettiriladigan foizlar bank tomonidan oʻsha oyda olinadigan daromadlarni (sarflangan xarajatlarni) aniq aks ettirishi kerak. Hisobot davriga tegishli boʻlgan hisoblangan foizlarning biror-bir qismi keyingi davrga oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
8. Bankning daromadi bank tomonidan uning hisobvaragʻiga olingan va olinishi lozim boʻlgan iqtisodiy foydaning yalpi tushumlarinigina oʻz ichiga oladi. Agentlik munosabatlarida iqtisodiy foydaning yalpi tushumi oʻziga uchinchi shaxs nomidan yigʻiladigan va bank kapitalini oshishiga olib kelmaydigan summalarni oʻz ichiga oladi. Uchinchi shaxs nomidan inkassatsiya qilingan summalar daromad hisoblanmaydi. Bunda, bankning vositachilik haqi summasi bank daromadi hisoblanadi.
2-§. Kreditlar boʻyicha foizli daromadlarni tan olish
9. Kredit summasiga foizlar kredit ajratilgan kundan eʼtiboran u bankka qaytarilgan yoki boshqa asoslarga koʻra tegishli hisobvaraqdan oʻchirilgan kundan oldingi kungacha hisoblanadi.
10. Kreditlar boʻyicha foizlar har kuni yillik bazaviy davr — 365 kundan kelib chiqqan holda hisoblab yoziladi (kreditlarning muayyan turlari boʻyicha 360 kun bazaviy davr qilib olinadi). Kreditlar boʻyicha foizlar quyidagi formulaga binoan hisoblanadi:
Bunda, kreditlarning muayyan turlari boʻyicha 360 kun bazaviy davr qilib olinganda foizlar hisoblanishiga amaldagi kunlar soni bir yil uchun 360 kun etib belgilanishi lozim.
Kreditlar boʻyicha foizli daromadlarni hisoblashda mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan misoldan foydalanish mumkin.
11. Kreditlar boʻyicha foizlarni hisoblab yozish quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan aks ettiriladi:
Dt 16309 “Kreditlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar”;
Kt 41400-447xx “Kreditlar boʻyicha foizli daromadlar”.
12. Kredit boʻyicha kelib tushgan foizlar quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan aks ettiriladi:
Dt Kassa hisobvaragʻi yoki bankning vakillik hisobvaragʻi yoxud mijozning hisobvaragʻi;
Kt 16309 “Kreditlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar”.
13. Bank aktivlari boʻyicha foizlar bir yoʻla mukofot koʻrinishida olinganda, buxgalteriya hisobining hisoblab yozish usuliga muvofiq mazkur mablagʻlar toʻlangan vaqti va pul kelib tushgan sanasidan qatʼi nazar qaysi davrga taalluqli boʻlsa, oʻsha hisobot davrida bankning daromadlari tarkibida aks ettirilishi (amortizatsiya qilib borilishi) lozim.
14. Kreditlar boʻyicha mukofot shaklida olingan foizlarni amortizatsiya qilgan holda hisoblab yozishda:
a) ajratilgan kredit uchun hamkor tashkilotdan keladigan mukofot quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan aks ettiriladi:
Dt 202xx — “Tegishli talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”;
Kt 22812 — “Kelgusi davr foizli daromadlari”.
b) foizlar mazkur Nizomning 10-bandida keltirilgan formulaga binoan hisoblanadi va quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan aks ettiriladi:
Dt 16309 — “Kreditlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar”;
Kt 41xxx — “Kreditlar boʻyicha foizli daromadlarning tegishli hisobvaragʻi”;
Dt 22812 — “Kelgusi davr foizli daromadlari”;
Kt 16309 — “Kreditlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar”.
Kreditlar boʻyicha mukofotni amortizatsiya qilishda mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan misoldan foydalanish mumkin.
15. Mijoz kreditning soʻndirish sanasi kelgunga qadar kreditni qisman soʻndirsa, bank foizlarni asosiy qarz summasining haqiqatda soʻndirilmagan qismiga hisoblab yozishi lozim.
3-§. Omonatlar (depozitlar) boʻyicha foizli xarajatlarni tan olish
16. Bank omonati (depozit) summasiga foizlar omonat (depozit) bankka tushgan kunning ertasidan boshlab, to u omonatchiga qaytarilgan yoki boshqa asoslarga koʻra omonatchining hisobvaragʻidan oʻchirilgan kundan oldingi kungacha yoziladi.
17. Omonatlar (depozitlar) boʻyicha foizlar har kuni hisoblab yoziladi va quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan aks ettiriladi:
Dt 50100 — 511xx Omonatlar (depozitlar) boʻyicha foizli xarajatlarning tegishli hisobvaragʻi;
Kt 224xx Omonatlar (depozitlar) boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlarning tegishli hisobvaragʻi.
Omonatlar (depozitlar) boʻyicha foizli xarajatlarni hisoblashda mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan misoldan foydalanish mumkin.
18. Foizlarni mijozga toʻlash quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan aks ettiriladi:
Dt 224xx “Omonatlar (depozitlar) boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlarning tegishli hisobvaragʻi”;
Kt Kassa hisobvaragʻi yoki bankning vakillik hisobvaragʻi yoxud mijozning tegishli depozit hisobvaragʻi.
19. Mijoz omonat (depozit) summasining bir qismini olgan taqdirda, bank foizlarni omonatning (depozitning) haqiqatdagi qoldigʻiga hisoblab yozishi lozim.
4-§. Qarz mablagʻlari boʻyicha foizli xarajatlarni tan olish
20. Qarz mablagʻlari boʻyicha foizlar har kuni hisoblab yoziladi va quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan aks ettiriladi:
Dt 53100 — 543xx Kreditlar, chiqarilgan qimmatli qogʻozlar va qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari boʻyicha foizli xarajatlarning tegishli hisobvaragʻi;
Kt 22410 “Olingan kreditlar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar” yoki
Kt 22414 “Chiqarilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar”.
Qarz mablagʻlari boʻyicha foizli xarajatlarni hisoblashda mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan misoldan foydalanish mumkin.
21. Foizlarni mijozga toʻlash quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan aks ettiriladi:
Dt 22410 “Olingan kreditlar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar” yoki
Dt 22414 “Chiqarilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar”;
Kt Kassa hisobvaragʻi yoki bankning vakillik hisobvaragʻi yoxud mijozning depozit hisobvaragʻi.
22. Qarz mablagʻlari soʻndirish muddati kelgunga qadar toʻliq yoki qisman toʻlangan hollarda, bank hisoblanadigan foizlarni asosiy summaning toʻlanmagan qismini haqiqatdagi kunlar soniga hisoblab yozishi lozim.
5-§. Nominal qiymatida xarid qilingan moliyaviy vositalar boʻyicha foizli daromadni tan olish
23. Moliyaviy vositalar boʻyicha foizli daromadlar har kuni hisoblab yoziladi.
24. Moliyaviy vositalar boʻyicha foizlar quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan aks ettiriladi:
Dt 1xxxx “Olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlarning tegishli hisobvaragʻi”;
Kt 4xxxx “Foizli daromadlarning tegishli hisobvaragʻi”.
Nominal qiymatida xarid qilingan moliyaviy vositalar boʻyicha foizli daromadlarni hisoblashda mazkur Nizomning 5-ilovasida keltirilgan misoldan foydalanish mumkin.
6-§. Sotib olgunga qadar hisoblangan foizlar
25. Toʻlanmagan foizlar foizli investitsiyalarni xarid qilgunga qadar toʻplanib qolsa, unda keyingi olinadigan foizlar xarid qilgunga qadar va xarid qilingandan keyingi davrga taqsimlanadi hamda olinadigan foizlarning xarid qilingandan keyingi qismi daromad sifatida tan olinadi.
Sotib olgunga qadar hisoblangan foizlarni hisoblashda mazkur Nizomning 6-ilovasida keltirilgan misoldan foydalanish mumkin.
3-bob. Effektiv foiz stavkalarini qoʻllagan holda foizli daromadlar va xarajatlarni tan olish
1-§. Effektiv foiz stavkasi usulini qoʻllash
26. Banklar mukofot yoki diskont bilan sotilayotgan moliyaviy vositalar boʻyicha foizlarni hisoblab yozishda yoki shartnoma boʻyicha har oyda foizli toʻlovlarni toʻlash grafigi koʻrsatilmaganda effektiv foiz stavkasi usulini qoʻllashlari lozim.
27. Effektiv foiz stavkasi usulini qoʻllashda mijozlar tomonidan yoki mijozlarga toʻlanadigan foizli toʻlovlar muddatlari va summalari hisoblab yozilgan foizlardan farq qilishi mumkin.
28. Effektiv foiz stavkasi usuli asosida daromad kutilayotgan pul oqimlarini aktiv (majburiyat)ning dastlabki balans qiymatiga yetgunga qadar diskontlash yoʻli bilan aniqlanadi. Effektiv foiz stavkasi dasturiy taʼminotdan foydalangan holda hisoblab chiqariladi. Bunda, Microsoft Excel dasturida “Daromadlilikning ichki stavkasi”ni (VSD) hisoblash funksiyasidan foydalaniladi.
Microsoft Excel dasturidan foydalangan holda effektiv foiz stavkasini hisoblashda mazkur Nizomning 7-ilovasida keltirilgan misoldan foydalanish mumkin.
2-§. Diskont bilan sotib olingan moliyaviy vositalar boʻyicha foizli daromadlarni tan olish
29. Diskont bilan sotib olingan moliyaviy vositalar boʻyicha diskont quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan sotib olish sanasida aks ettiriladi:
Dt 1xxxx “Moliyaviy vositalarning tegishli hisobvaragʻi” — nominal qiymati boʻyicha;
Kt 1xxxx “Moliyaviy vositalarning tegishli hisobvaragʻi boʻyicha diskont” — farq summasiga;
Kt Kassa hisobvaragʻi yoki bankning vakillik hisobvaragʻi yoxud mijozning depozit hisobvaragʻi.
30. Diskont moliyaviy vositalarning amal qilish muddati ichida effektiv foiz stavkasi usuli boʻyicha amortizatsiya qilinadi.
Diskont bilan sotib olingan moliyaviy vositalar boʻyicha effektiv foiz stavkasi yordamida foizli daromadlarni hisoblashda mazkur Nizomning 8-ilovasida keltirilgan misoldan foydalanish mumkin.
3-§. Mukofot bilan sotib olingan moliyaviy vositalar boʻyicha foizli daromadlarni tan olish
31. Moliyaviy vositalar boʻyicha mukofot quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan sotib olish sanasida aks ettiriladi:
Dt 1xxxx “Moliyaviy vositalarning tegishli hisobvaragʻi” — nominal qiymati boʻyicha;
Dt 1xxxx “Moliyaviy vositalarning tegishli hisobvaragʻi boʻyicha mukofot” — farq summasiga;
Kt “Kassa hisobvaragʻi yoki bankning vakillik hisobvaragʻi yoxud mijozning depozit hisobvaragʻi”.
32. Mukofot bilan sotib olingan moliyaviy vositalarning amal qilish muddati ichida effektiv foiz stavkasi usuli boʻyicha amortizatsiya qilinadi.
Mukofot bilan sotib olingan moliyaviy vositalar boʻyicha effektiv foiz stavkasi yordamida foizli daromadlarni hisoblashda mazkur Nizomning 8-ilovasida keltirilgan misoldan foydalanish mumkin.
4-§. Diskont bilan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha foizli xarajatlarni tan olish
33. Qimmatli qogʻozlar diskont bilan chiqarilganda diskont sotish sanasida aks ettiriladi va qimmatli qogʻozlarning amal qilish muddati ichida effektiv foiz stavkasi usuli boʻyicha amortizatsiya qilinadi.
Diskont bilan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha effektiv foiz stavkasida foizli xarajatlarni hisoblashda mazkur Nizomning 9-ilovasida keltirilgan misoldan foydalanish mumkin.
34. Diskont amortizatsiyasi quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan aks ettiriladi:
Dt 542xx “Chiqarilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha foizli xarajatlar”;
Kt 23698 “Chiqarilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha diskont (kontr-passiv)”;
Kt 22414 “Chiqarilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar”.
5-§. Mukofot bilan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha foizli xarajatlarni tan olish
35. Qimmatli qogʻozlar mukofot bilan chiqarilganda, mukofot sotish sanasida aks ettiriladi va qimmatli qogʻozlarning amal qilish muddati ichida effektiv foiz stavkasi usuli boʻyicha amortizatsiya qilinadi.
Mukofot bilan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha effektiv foiz stavkasida foizli xarajatlarni hisoblashda mazkur Nizomning 9-ilovasida keltirilgan misoldan foydalanish mumkin.
36. Mukofot amortizatsiyasi quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan aks ettiriladi:
Dt 23696 “Chiqarilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha mukofot”;
Dt 542xx “Chiqarilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha foizli xarajatlar”;
Kt 22414 “Chiqarilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar”.
4-bob. Yakuniy qoida
37. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Tijorat banklarida foizlarni hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Kreditlar boʻyicha foizlarni hisoblashga doir misol
2022-yil 1-yanvar kuni bank mijozga yillik foiz stavkasi 24% boʻlgan, 1 000 000 soʻmlik qisqa muddatli kredit berdi. Kreditni soʻndirish sanasi 2022-yil 1-aprel. Foizlar har oyning oxirida toʻlanadi, asosiy qarz summasi esa soʻndirish muddati kelganda toʻlanadi. Bunda, 2022-yil 1-yanvardan boshlab bank:
a) mazkur Nizomning 10-bandida keltirilgan formulaga asosan foizlarni quyidagicha hisoblaydi:
(1 000 000 x 24%)/365 = 657,53 soʻm (kunlik foiz summasi);
b) har kuni kunlik foiz summasini (657,53 soʻm) quyidagi oʻtkazma bilan aks ettiradi:
Dt 16309 “Kreditlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar”;
Kt 41400 — 447xx “Kreditlar boʻyicha foizli daromad”.
Hisobot davrida (2022-yil yanvar oyi uchun) foizli daromad 20 383,56 soʻmni (657,53 x 31 (haqiqatdagi kunlar soni)= 20 383,56 soʻm) tashkil etadi.
Foizlarni toʻlash kredit shartnomasi shartlariga muvofiq hisobot davri soʻngida (har oyda) amalga oshirilishi sababli 31 kun (yanvar oyi) davomida kreditdan foydalanganlik uchun foizlar (20 383,56 soʻm) qarzdorning bankka bergan koʻrsatmasiga asosan uning depozit hisobvaragʻidan yechib olinadi va quyidagi oʻtkazma bilan aks ettiriladi:
Dt 20xxx “Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlarning tegishli hisobvaragʻi”;
Kt 16309 “Kreditlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar”.
Tijorat banklarida foizlarni hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Kreditlar boʻyicha mukofotni amortizatsiya qilishga doir misol
Bank mijozga 2021-yil 1-yanvarda 0 foizdan 2 yil muddatga 1 000 000 soʻm kredit ajratgan. Bank foizli daromadni (2 yil uchun) oʻzi hamkorlik oʻrnatgan tashkilotdan ajratilgan kreditning 20 foizi miqdorida mukofot koʻrinishida oladi. Bunda:
a) ajratilgan kredit uchun hamkor tashkilotdan keladigan mukofot (2 yil uchun 200 000 soʻm miqdoridagi) boʻyicha quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan aks ettiriladi:
Dt 202xx “Tegishli talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar (hamkor tashkilotning hisobvaragʻi)”;
Kt 22812 “Kelgusi davr foizli daromadlari”;
b) foizlarni hisoblash quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan aks ettiriladi:
Dt 16309 “Kreditlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar”;
Kt 41xxx “Kreditlar boʻyicha foizli daromadlarning tegishli hisobvaragʻi”;
Dt 22812 “Kelgusi davr foizli daromadlari”;
Kt 16309 “Kreditlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar”.
Natijada 2021-yil yanvar uchun foizli daromad 15 232 soʻmni tashkil etadi.
Kredit boʻyicha mukofot amortizatsiyasi quyidagi jadvalda koʻrsatilgan tartibda hisoblanadi:
Toʻlov raqami Sana Shartnoma boʻyicha pul oqimi Mukofot amortizatsiyasi Kreditni soʻndirish boʻyicha toʻlovlar grafigi Kredit qoldigʻi - 1 000 000 200 000 1 1.01.2021 42 466 - 15 232 42 466 957 534 2 31.01.2021 38 356 - 13 278 38 356 919 178 3 28.02.2021 42 466 - 14 236 42 466 876 712 4 31.03.2021 41 096 - 13 253 41 096 835 616 5 30.04.2021 42 466 - 13 169 42 466 793 151 6 31.05.2021 41 096 - 12 200 41 096 752 055 7 30.06.2021 42 466 - 12 061 42 466 709 589 8 31.07.2021 42 466 - 11 482 42 466 667 123 9 31.08.2021 41 096 - 10 537 41 096 626 027 10 30.09.2021 42 466 - 10 310 42 466 583 562 11 31.10.2021 41 096 - 9 382 41 096 542 466 12 30.11.2021 42 466 - 9 094 42 466 500 000 13 31.12.2021 42 466 - 8 458 42 466 457 534 14 31.01.2022 38 356 - 7 049 38 356 419 178 15 28.02.2022 42 466 - 7 215 42 466 376 712 16 31.03.2022 41 096 - 6 331 41 096 335 616 17 30.04.2022 42 466 - 5 882 42 466 293 151 18 31.05.2022 41 096 - 5 016 41 096 252 055 19 30.06.2022 42 466 - 4 498 42 466 209 589 20 31.07.2022 42 466 - 3 775 42 466 167 123 21 31.08.2022 41 096 - 2 940 41 096 126 027 22 30.09.2022 42 466 - 2 312 42 466 83 562 23 31.10.2022 41 096 - 1 497 41 096 42 466 24 30.11.2022 42 466 - 793 42 466 - 200 000 1 000 000 Yillik effektiv foiz stavkasi 24,9%
Tijorat banklarida foizlarni hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Omonatlar (depozitlar) boʻyicha foizli xarajatlarni hisobga olishga doir misol
Bank 2022-yil 9-fevralda mijozdan 500 000 soʻm miqdorida 13 oy muddatga omonatga (depozitga) mablagʻ jalb etdi. Shartnoma boʻyicha foiz stavkasi yillik 22% miqdorida belgilangan. Omonat qabul qilingan kunning ertasidan boshlab bank:
a) kunlik foizlarni quyidagicha hisoblaydi:
500 000 x 22% / 365= 301,37 soʻm (kunlik foiz summasi)
b) har kuni kunlik foiz summasi (301,37 soʻmga) quyidagi oʻtkazma bilan aks ettiriladi:
Dt 50100-511xx “Depozitlar boʻyicha foizli xarajatlarning tegishli hisobvaragʻi”;
Kt 22405 “Muddatli depozitlar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar”.
Omonat (depozit) shartnomasiga muvofiq hisobot davri (fevralda) oxirida toʻlash uchun hisoblangan foizlar 5 726,03 soʻmni (307,37 x 19 = 5 726,03 soʻm) tashkil qiladi va ularni toʻlab berish quyidagi oʻtkazma bilan aks ettiriladi:
Dt 22405 — “Muddatli depozitlar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar”;
Kt “Kassa hisobvaragʻi yoki bankning vakillik hisobvaragʻi yoxud mijozning depozit hisobvaragʻi”.
Omonatga (depozitga) doir foizlarni toʻlab berish quyidagi jadval boʻyicha amalga oshiriladi:
Toʻlov raqami Sana Hisobot oyidagi kunlar soni Hisobot oyida foizli xarajatlar Omonat (depozit) summasi 09.02.2021 1 000 000 500 000 1 28.02.2021 19 5 726,03 500 000 2 31.03.2021 31 9 342,47 500 000 3 30.04.2021 30 9 041,10 500 000 4 31.05.2021 31 9 342,47 500 000 5 30.06.2021 30 9 041,10 500 000 6 31.07.2021 31 9 342,47 500 000 7 31.08.2021 31 9 342,47 500 000 8 30.09.2021 30 9 041,10 500 000 9 31.10.2021 31 9 342,47 500 000 10 30.11.2021 30 9 041,10 500 000 11 31.12.2021 31 9 342,47 500 000 12 31.01.2022 31 9 342,47 500 000 13 28.02.2022 28 8 438,36 500 000 14 09.03.2022 8 2 410,96 0 Jami 392 118 136,99
Tijorat banklarida foizlarni hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Qarz mablagʻlari boʻyicha foizli xarajatlarni hisobga olishga doir misol
201X yil 1-avgustda A bank V bankdan qisqa muddatli kredit sifatida 10 000 000 soʻm qarz oldi. Qarzni soʻndirish muddati 201X yil 1-noyabr boʻlib, qarzning foiz stavkasi 36% ni tashkil etadi. Foizlar har oyda toʻlanadi. Bunda:
a) avgust oyi uchun hisoblangan foizlar quyidagicha hisoblanadi hamda mazkur oy uchun foizli xarajatlar 305 753,42 soʻmni tashkil etadi:
(10 000 000 x 36%) / 365 x 31 (haqiqatdagi kunlar soni) = 305 753,42 soʻm;
b) avgust oyi uchun hisoblangan foizlar har kuni quyidagi oʻtkazma bilan aks ettiriladi:
Dt 531xx “Toʻlanishi lozim boʻlgan qisqa muddatli kreditlar boʻyicha foizli xarajatlar” (avgust oyi uchun 305 753,42 soʻm, har kuni 9 863,01 soʻm);
Kt 22410 “Olingan kreditlar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar”;
v) hisoblangan foizlarni toʻlash quyidagi oʻtkazma bilan aks ettiriladi:
Dt 22410 “Olingan kreditlar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar” (avgust oyi uchun 305 753,42 soʻm);
Kt “Kassa hisobvaragʻi yoki bankning vakillik hisobvaragʻi yoxud mijozning depozit hisobvaragʻi”.
Tijorat banklarida foizlarni hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Nominal qiymatida xarid qilingan moliyaviy vositalar boʻyicha foizli daromadlarni hisoblashga doir misol
Bank 20X1 yil 1-yanvarda har birining nominal qiymati 1 500 soʻm boʻlgan 10 ta obligatsiya sotib oldi, ularning soʻndirish muddati 20X1 yil 1-iyunda keladi. Ularning foiz stavkasi 30% miqdorida belgilangan va har oyda toʻlanishi lozim. Obligatsiyalar nominal qiymati boʻyicha sotib olinganligi sababli foizli daromadlar nominal qiymatga nisbatan hisoblanadi. Bunda:
a) yanvar oyi uchun hisoblangan foizlar summasi quyidagicha hisoblanadi hamda mazkur oy uchun hisoblangan foizlar summasi 382,19 soʻmni tashkil qiladi:
(15 000 x 30%) / 365=12,33 x 31= 382,19 soʻm;
b) yanvar oyi uchun hisoblangan foizlar har kuni quyidagi oʻtkazma bilan aks ettiriladi:
Dt 1xxxx “Olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlarning tegishli hisobvaragʻi” (yanvar oyi uchun 382,19 soʻm, har kuni 12,33 soʻm);
Kt 4xxxx “Foizli daromadlarning tegishli hisobvaragʻi”;
v) yanvar oyi uchun hisoblangan foizlar olinganda, quyidagi oʻtkazma bilan aks ettiriladi:
Dt “Kassa hisobvaragʻi yoki bankning vakillik hisobvaragʻi yoxud mijozning depozit hisobvaragʻi” (yanvar oyi uchun 382,19 soʻm);
Kt 1xxxx “Olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlarning tegishli hisobvaragʻi”.
Tijorat banklarida foizlarni hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Nominal qiymatida chiqarilgan va foizlarni toʻlash sanasi kelguniga qadar sotilgan obligatsiyalar boʻyicha foizli daromadlarni hisoblashga doir misol
201X yil 1-mart kuni A bank 201X yil 1-yanvarda chiqarilgan, har yarim yilda 1-yanvar va 1-iyulda toʻlanadigan foizli daromad keltiruvchi, nominal qiymati 800 000 soʻm boʻlgan 10 yillik obligatsiyalarni yillik 10 foiz stavka boʻyicha sotib oldi.
Mazkur holatda obligatsiyani sotib olish uchun A bank obligatsiyaning 10 foiz stavkasidan 2 oylik foizini hisoblab sotuvchiga toʻlaydi hamda 201X yilning 1-iyulida 6 oy uchun olingan foizli daromadni faqat 4 oy uchun hisoblaydi. Bunda:
a) 2 oy uchun foizli daromad va xarid qiymati quyidagicha aniqlanadi:
800 000 x 10% x 2/12 = 13 333 soʻm — foizli daromad;
800 000 soʻm + 13 333 soʻm = 813 333 soʻm — xarid qiymati;
b) A bank tomonidan 201X yil 1-mart kuni quyidagi oʻtkazma amalga oshiriladi:
Dt 1XXXX “Qarz qimmatli qogʻozlar boʻyicha tegishli hisobvaraq” (800 000 soʻm);
Dt 16311 “Amortizatsiyalangan qiymati boʻyicha baholanadigan qarz qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar” (13 333 soʻm);
Kt “Kassa hisobvaragʻi yoki bankning vakillik hisobvaragʻi yoxud mijozning depozit hisobvaragʻi” (813 333 soʻm);
v) A bank tomonidan 201X yil 31-mart, 30-aprel, 31-may va 30-iyun kunlari quyidagi oʻtkazmalar amalga oshiriladi:
Dt 16311 “Amortizatsiyalangan qiymati boʻyicha baholanadigan qarz qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar” (6 667 soʻm);
Kt 44813 “Korxonalarning qarz qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalar boʻyicha foizli daromadlar”;
g) A bank tomonidan 201X yil 1-iyul kuni quyidagi oʻtkazma amalga oshiriladi:
Dt “Kassa hisobvaragʻi yoki bankning vakillik hisobvaragʻi yoxud mijozning depozit” (40 000 soʻm);
Kt 16311 “Amortizatsiyalangan qiymati boʻyicha baholanadigan qarz qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar”.
Tijorat banklarida foizlarni hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Microsoft Excel dasturidan foydalangan holda effektiv foiz stavkasini chiqarishga doir misol
Excel dasturidagi jadval 1. A B C D E F G N I 2. 3. davr pul kirimi va chiqimi sana pul mablagʻlari koʻrinishida olingan foizlar shartnoma boʻyicha hisoblangan foizlar diskontni amortizatsiyasi foizli daromad obligatsiyaning balans qiymati 4. -93 000 1/1/X1 0 93 000 5. 1 0 1 500 101 1 601 94 601 6. 2 0 1 500 129 1 629 96 230 7. 3 0 1 500 157 1 657 97 887 8. 4 0 1 500 185 1 685 99 572 9. 5 0 1 500 214 1 714 101 287 10. 6 0 1 500 244 1 744 103 030 11. 7 0 1 500 274 1 774 104 804 12. 8 0 1 500 304 1 804 106 609 13. 9 0 1 500 336 1 836 108 444 14. 10 0 1 500 367 1 867 110 312 15. 11 0 1 500 399 1 899 112 211 16. 12 18 000 31/12/X1 18 000 1 500 432 1 932 96 143 17. 13 0 1 500 155 1 655 97 798 18. 14 0 1 500 184 1 684 99 482 19. 15 0 1 500 213 1 713 101 195 20. 16 0 1 500 242 1 742 102 937 21. 17 0 1 500 272 1 772 104 709 22. 18 0 1 500 303 1 803 106 512 23. 19 0 1 500 334 1 834 108 346 24. 20 0 1 500 365 1 865 110 211 25. 21 0 1 500 398 1 898 112 109 26. 22 0 1 500 430 1 930 114 039 27. 23 0 1 500 463 1 963 116 003 28. 24 118 000 31/12/X2 18 000 1 500 497 1 997 100 000 31. 36 000 7 000 43 000 32. VSD = 0,017217 33. Yillik = 0,206609
Asos qilib olingan maʼlumotlar:
B5 — B28 kataklar obligatsiyaning muddatini (24 oyni) aks ettiradi;
C5 — C28 kataklar pul mablagʻlarining oylik kirim va chiqimlarini oʻz ichiga oladi. Pul mablagʻlarining oqimlari kunlik, oylik, choraklik yoki yillik kiritilishi mumkin, bunda izchillik taʼminlanishi lozim. Pul oqimlari mavjud boʻlmagan davrlarga “nol” raqami kiritilishi lozim;
F5 — F28 kataklar shartnoma boʻyicha oylik hisoblangan foizlarni aks ettiradi. Foizlar har yillik asnosida toʻlanadi (E ustuni) hamda F ustunida koʻrsatilgan summa yillik foiz summasiga (1/12) teng;
I4 katagi obligatsiya uchun toʻlangan summani ifodalaydi;
Hisob-kitoblar:
S32 katagi daromadlilikni ichki stavkasini hisoblashni ifodalaydi. Ushbu katakda foydalanuvchi formulani Excel dasturida (1) “Vstavka” menyusidagi (2) “Funksiya” bandini va ushbu banddagi (3) “Finansoviy” kategoriyasini hamda (4) “VSD” funksiyasini tanlab topish mumkin. Bunda, “znacheniya” kiritilishini talab qiluvchi oyna namoyon boʻladi;
shartnoma boʻyicha obligatsiyalarning mavjud boʻlgan muddati davomidagi pul mablagʻlarining kirim va chiqimlarini, dastlabki investitsiyani (manfiy raqamlarda kiritilgan chiqimlar) inobatga olgan holda ifodalovchi “S4:S28” diapazonni kiritiladi.
S33 katagi yillik hisobdagi daromadlilik ichki stavkasini ifodalaydi va ushbu katakda “S32*12” formulasi qoʻllaniladi;
N5 katagida “I4*$C$32” formulasi qoʻllaniladi. Ushbu formula S32 katagidagi daromadlilik ichki stavkasini qoʻllagan holda muddat boshidagi balans qiymatini hisoblaydi. Formulada C32 katagidan oldin va keyin $ belgisini qoʻllash summani oʻzgarishsiz qoldirish imkonini beradi hamda ushbu formulani keyinchalik N6 — N28 kataklariga koʻchirish mumkin boʻladi;
G ustuni shartnoma boʻyicha foizlar va effektiv foiz stavkasiga asoslangan foizlar oʻrtasidagi farq boʻlgan diskont amortizatsiyasini ifodalaydi. G5 katagida “N5 — F5” formulasi qoʻllaniladi. Ushbu formulani G28 katagiga toʻliq koʻchirish mumkin boʻladi;
I ustuni obligatsiyalarning balans qiymatini (nominal qiymat minus qolgan amortizatsiyalanmagan diskont) aks ettiradi. I4 katagi kirish summasini ifodalaydi. I5 katagida “I4 + N5 -E5” formulasi qoʻllaniladi. Ushbu formula pastga I28 katagigacha toʻliq koʻchirilishi mumkin boʻladi;
31-qator jami summani chiqarishni ifoda etadi.
Tijorat banklarida foizlarni hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
Diskont yoki mukofot bilan sotib olingan moliyaviy vositalar boʻyicha effektiv foiz stavkasi yordamida foizli daromadlarni hisoblashga doir misollar
1. Diskontga doir misol
20X1 yil 1-yanvarda A bank D kompaniyaning 18 foizli, 2 yil muddatga, nominal qiymati 100 000 soʻm boʻlgan obligatsiyalarini 93 foizli nominal qiymatdan sotib oladi. Foizlar har yili 31-dekabrda toʻlanishi lozim. Chegirmalarni amortizatsiya qilish uchun effektiv foiz stavkasi usulidan foydalaniladi.
Obligatsiyalar diskont bilan (nominal qiymatidan past narxda) sotib olinganligi sababli daromad (20,66%) foizning nominal stavkasidan (18%) oshadi. A bank daromadlilikning effektiv stavkasini (rentabellikni) oshirish maqsadida xarid sanasi va soʻndirish sanasi orasida 7 000 soʻm chegirmalarni ishlab topadi. Obligatsiyalarning sotib olinishi quyidagi oʻtkazma bilan aks ettiriladi:
Dt 1xxxx “Qimmatli qogʻozlarning tegishli hisobvaragʻi” — nominal qiymati boʻyicha 100 000 soʻm;
Kt 1xxxx “Qimmatli qogʻozlarning tegishli hisobvaragʻi boʻyicha diskont” — farq summasiga 7 000 soʻm;
Kt “Kassa hisobvaragʻi yoki bankning vakillik hisobvaragʻi yoxud mijozning depozit hisobvaragʻi” (93 000 soʻm).
Diskont bilan sotib olingan obligatsiyaning foizli daromadi, chegirmalar amortizatsiyasi va balans qiymatini hisob-kitob qilish uchun 1-jadvaldan foydalaniladi.
1-jadval Sana Pul mablagʻlari koʻrinishida olingan foizlar Shartnoma boʻyicha hisoblangan foizlar Diskont amortizatsiyasi Foizli daromad Obligatsiyalarning balans qiymati a b c d 20X1 1 yanv. 0 93 000 31 yanv. 1 500 101 1 601 94 601 28 fevr. 1 500 129 1 629 96 230 31-mart 1 500 157 1 657 97 887 30 apr. 1 500 185 1 685 99 572 31-may 1 500 214 1 714 101 287 30-iyun 1 500 244 1 744 103 030 31-iyul 1 500 274 1 774 104 804 31 avg. 1 500 304 1 804 106 609 30 sent. 1 500 336 1 836 108 444 31 okt. 1 500 367 1 867 110 312 30-noyabr 1 500 399 1 899 112 211 31 dek. 18 000 1 500 432 1 932 96 143 20X2 31 yanv. 1 500 155 1 655 97 798 28 fevr. 1 500 184 1 684 99 482 31-mart 1 500 213 1 713 101 195 30 apr. 1 500 242 1 742 102 937 31-may 1 500 272 1 772 104 709 30-iyun 1 500 303 1 803 106 512 31-iyul 1 500 334 1 834 108 346 31 avg. 1 500 365 1 865 110 211 30 sent. 1 500 398 1 898 112 109 31 okt. 1 500 430 1 930 114 039 30-noyabr 1 500 463 1 963 116 003 31 dek. 18 000 1 500 497 1 997 100 000 Jami 36 000 7 000 43 000
Izoh:
a) jadval ustunlari boʻyicha hisoblash formulalari:
(a) = 100.000 x 18%/12
(b) = (a) — (c)
(c) = (d) x 20,66% /12;
b) har oyda quyidagi oʻtkazma amalga oshiriladi:
Dt 1xxxx “Qimmatli qogʻozlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlarning tegishli hisobvaragʻi” 1 500 soʻm
Dt 1xxxx “Qimmatli qogʻozlarning tegishli hisobvaragʻi boʻyicha diskont” 101 soʻm
Kt 4xxxx “Qimmati qogʻozlar boʻyicha foizli daromadlarning tegishli hisobvaragʻi” 1 601 soʻm
v) 31/12/20X1 sanada quyidagi oʻtkazma amalga oshiriladi:
Dt “Kassa hisobvaragʻi yoki bankning vakillik hisobvaragʻi yoxud mijozning depozit hisobvaragʻi” 18 000 soʻm
Kt 1xxxx “Qimmatli qogʻozlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlarning tegishli hisobvaragʻi” 18 000 soʻm
2. Mukofotga doir misol
B bank 20X1 yil 1-yanvarda 24 foizli, 2 yil muddatli, nominal qiymati 100 000 soʻm boʻlgan obligatsiyalarni sotib olgan. Foizlar har oyda toʻlanadi. Obligatsiyalar 105 000 soʻmga sotib olingan, bu obligatsiyalar boʻyicha 85 000 soʻm mukofot va effektiv foiz stavkasi 20,92%ni tashkil qiladi.
a) Obligatsiyalarni sotib olish quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan aks ettiriladi:
Dt 1xxxx “Qimmatli qogʻozlarning tegishli hisobvaragʻi” — nominal qiymati boʻyicha 100 000 soʻm
Dt 1xxxx “Qimmatli qogʻozlarning tegishli hisobvaragʻi boʻyicha mukofot” 5 000 soʻm
Kt “Kassa hisobvaragʻi yoki bankning vakillik hisobvaragʻi yoxud mijozning depozit hisobvaragʻi” 105 000 soʻm
Mukofot bilan sotib olingan obligatsiyaning foizli daromadi, mukofot amortizatsiyasi va balans qiymatini hisob-kitob qilish uchun 2-jadvaldan foydalaniladi.
2-jadval Sana Pul mablagʻlari koʻrinishida olingan foizlar Shartnoma boʻyicha hisoblangan foizlar Mukofot amortizatsiyasi Foizli daromad Obligatsiya-larning balans qiymati (a)=100 000x24%/12 (b)=(a)-(c) (c)=(d)x20,92%/12 (d) 20X1 1 yanv. 105 000 31 yanv. 2 000 2 000 -170 1 830 104 830 28 fevr. 2 000 2 000 -173 1 827 104 658 31-mart 2 000 2 000 -176 1 824 104 482 30 apr. 2 000 2 000 -179 1 821 104 304 31-may 2 000 2 000 -182 1 818 104 122 30-iyun 2 000 2 000 -185 1 815 103 937 31-iyul 2 000 2 000 -188 1 812 103 749 31 avg. 2 000 2 000 -191 1 809 103 558 30 sent. 2 000 2 000 -195 1 805 103 363 31 okt. 2 000 2 000 -198 1 802 103 165 30-noyabr 2 000 2 000 -202 1 798 102 963 31 dek. 2 000 2 000 -205 1 795 102 758 20X2 31 yanv. 2 000 2 000 -209 1 791 102 550 28 fevr. 2 000 2 000 -212 1 788 102 337 31-mart 2 000 2 000 -216 1 784 102 121 30 apr. 2 000 2 000 -220 1 780 101 902 31-may 2 000 2 000 -224 1 776 101 678 30-iyun 2 000 2 000 -227 1 773 101 451 31-iyul 2 000 2 000 -231 1 769 101 219 31 avg. 2 000 2 000 -235 1 765 100 984 30 sent. 2 000 2 000 -240 1 760 100 744 31 okt. 2 000 2 000 -244 1 756 100 500 30-noyabr 2 000 2 000 -248 1 752 100 252 31 dek. 2 000 2 000 -252 1 748 100 000 Jami 48 000 -5 000 43 000
Izoh:
a) 20X1 yil yanvar oyi uchun foizli daromad quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan aks ettiriladi:
Dt 1xxxx “Qimmatli qogʻozlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlarning tegishli hisobvaragʻi” (2 000 soʻm);
Kt 1xxxx “Qimmatli qogʻozlarning tegishli hisobvaragʻi boʻyicha mukofot” (170 soʻm);
Kt 4xxxx “Qimmati qogʻozlar boʻyicha foizli daromadlarning tegishli hisobvaragʻi” (1 830 soʻm);
b) Har oylik foizli toʻlov olinganda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan aks ettiriladi:
Dt “Kassa hisobvaragʻi yoki bankning vakillik hisobvaragʻi yoxud mijozning depozit hisobvaragʻi” (2 000 soʻm);
Kt 1xxxx “Qimmati qogʻozlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlarning tegishli hisobvaragʻi” (2 000 soʻm).
Tijorat banklarida foizlarni hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 9-ILOVA
Diskont yoki mukofot bilan chiqarilgan moliyaviy vositalar boʻyicha effektiv foiz stavkasida foizli xarajatlarni hisoblashga doir misollar
1. Diskontga doir misol.
V bank 20X1 yil 1-yanvarda nominal qiymati 100 000 soʻm, 8 foizli, 5 yil muddatli obligatsiya chiqardi. Foizlar 1-iyulda va 1-yanvarda toʻlanadi. Obligatsiya 92 278 soʻmga sotildi hamda bu obligatsiya boʻyicha diskont 7 722 soʻm va effektiv foiz stavkasi 10%.
Chiqarilgan obligatsiya boʻyicha quyidagicha buxgalteriya oʻtkazma bilan aks ettiriladi:
Dt “Kassa hisobvaragʻi yoki bankning vakillik hisobvaragʻi yoxud mijozning depozit hisobvaragʻi” (92 278 soʻm);
Dt 23698 “Chiqarilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha diskont (kontr-passiv)” (7 722 soʻm);
Kt 23600 “Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar” (100 000 soʻm).
Diskont bilan chiqarilgan obligatsiya boʻyicha effektiv foiz stavkasida foizli xarajatlarni hisob-kitob qilish uchun 1-jadvaldan foydalaniladi.
1-jadval Sana Toʻlangan pulli foizlar Foizli xarajat Obligatsiya boʻyicha diskont amortizatsiyasi Obligatsiyaning balans qiymati (a) 8% / 2 x 100 000 (b) 10 %/2 x balans qiymati (c)=(b)-(a) (d) 1/1/20X1 92 278 7/1/20X1 4 000 4 614 614 92 892 1/1/20X2 4 000 4 645 645 93 536 7/1/20X2 4 000 4 677 677 94 213 1/1/20X3 4 000 4 711 711 94 924 7/1/20X3 4 000 4 746 746 95 670 1/1/20X4 4 000 4 784 784 96 454 7/1/20X4 4 000 4 823 823 97 276 1/1/20X5 4 000 4 864 864 98 140 7/1/20X5 4 000 4 907 907 99 047 1/1/20X6 4 000 4 952 952 100 000 jami 40 000 47 722 7 722
Izoh:
a) 20X1 yil yanvar-iyun oylari uchun foizli xarajat quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan aks ettiriladi:
Dt 542xx “Chiqarilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha foizli xarajatlar” (4 614 soʻm);
Kt 23698 “Chiqarilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha diskont (kontr-passiv)” (614 soʻm);
Kt 22414 “Chiqarilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar” (4 000 soʻm);
b) 20X1 yil 1-iyulda V bank toʻlangan foizlar quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan aks ettiriladi:
Dt 22414 “Chiqarilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar” (4 000 soʻm);
Kt “Kassa hisobvaragʻi yoki bankning vakillik hisobvaragʻi yoxud mijozning depozit hisobvaragʻi” (4 000 soʻm).
20X1 yil uchun V bank oʻz hisobotida 9 259 (4 614 + 4 645) soʻm miqdorida foizli xarajatni aks ettiradi.
2. Mukofotga doir misol.
V bank 20X1 yil 1-yanvarda nominal qiymati 100 000 soʻm, 8 foizli, 5 yil muddatli obligatsiya chiqardi. Foizlar 1-iyulda va 1-yanvarda toʻlanadi. Obligatsiya 108 530 soʻmga sotildi, bu obligatsiya boʻyicha mukofot 8 530 soʻm va effektiv foiz stavkasi 6%.
a) 20X1 yil 1-yanvarda chiqarilgan obligatsiya quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan aks ettiriladi:
Dt “Kassa hisobvaragʻi yoki bankning vakillik hisobvaragʻi yoxud mijozning depozit hisobvaragʻi” (108 530 soʻm);
Kt 23696 “Chiqarilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha mukofot” (8 530 soʻm);
Kt 23600 “Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar” (100 000 soʻm).
Mukofot bilan chiqarilgan obligatsiya boʻyicha effektiv foiz stavkasida foizli xarajatlarni hisob-kitob qilish uchun 2-jadvaldan foydalaniladi.
2-jadval Sana Toʻlangan pulli foizlar Foizli xarajat 6,0% x balans qiymati Obligatsiya boʻyicha mukofot amortizatsiyasi Obligatsiyaning balans qiymati (a) 8% / 2 x 100 000 (b) 6%/2 x balans qiymati (c)=(b)-(a) (d) 1/1/20X1 108 530 7/1/20X1 4 000 3 256 744 107 786 1/1/20X2 4 000 3 234 766 107 019 7/1/20X2 4 000 3 211 789 106 230 1/1/20X3 4 000 3 187 813 105 417 7/1/20X3 4 000 3 163 837 104 579 1/1/20X4 4 000 3 137 863 103 717 7/1/20X4 4 000 3 112 888 102 828 1/1/20X5 4 000 3 085 915 101 913 7/1/20X5 4 000 3 057 943 100 971 1/1/20X6 4 000 3 029 971 100 000 Jami 40 000 31 470 8 530
Izoh:
a) 20X1 yil yanvar-iyun oylari uchun foizli xarajat quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan aks ettiriladi:
Dt 542xx “Chiqarilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha foizli xarajatlar” (3 256 soʻm);
Dt 23696 “Chiqarilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha mukofot” (744 soʻm);
Kt 22414 “Chiqarilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar” (4 000 soʻm);
b) 20X1 yil 1-iyulda V bank tomonidan toʻlangan foizlar quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan aks ettiriladi:
Dt 22414 “Chiqarilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar” (4 000 soʻm);
Kt “Kassa hisobvaragʻi yoki bankning vakillik hisobvaragʻi yoxud mijozning depozit hisobvaragʻi” (4 000 soʻm);
20X1 yil uchun V bank oʻz hisobotida 6 490 (3 256 + 3 234) soʻm miqdorida foizli xarajatni aks ettiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 23-avgustdagi 27/4-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2003-yil 11-oktabrdagi 25/8-son “Tijorat banklarida foizlarni hisoblash toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1306, 2004-yil 30-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 4-son, 51-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2014-yil 21-fevraldagi 4/7-son “Tijorat banklarida foizlarni hisoblash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1306-1, 2014-yil 6-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 10-son, 118-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2014-yil 10-oktabrdagi 35/1-son “Tijorat banklarida foizlarni hisoblash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1306-2, 2014-yil 17-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 42-son, 526-modda).
