“5461-modda. Sudning hukmini, ajrimini va qarorini ijro etish chogʻida yuzaga kelgan masalalarni hal qilish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat berish va xususiy protest bildirish
Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-869-son) · Sana: 27.09.2023 · Amalda
Sudning hukmini, ajrimini va qarorlarini ijro etish chogʻida yuzaga kelgan masalalarni hal qilish toʻgʻrisidagi ajrim sud tomonidan oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Sudning ajrimi ustidan ushbu Kodeksning 499-moddasida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan kassatsiya tartibida xususiy shikoyat (xususiy protest) berilishi mumkin.
Kassatsiya instansiyasining sud hukmini, ajrimini va qarorini ijro etish chogʻida yuzaga kelgan masalalarni hal qilish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan ushbu Kodeksning 511 va 512-moddalarida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan taftish tartibida xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest bildirilishi mumkin”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
4-modda. Ushbu Qonun 2024-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 27-sentabr,
OʻRQ-869-son
