5215-modda. Sudning ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyatni (xususiy protestni) koʻrib chiqish
Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-869-son) · Sana: 27.09.2023 · Amalda
Sudning ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat, xususiy protest ushbu Kodeksning 5213-moddasida belgilangan qoidalar boʻyicha koʻrib chiqiladi.
Taftish instansiyasining sudi ishni birinchi instansiya, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (xususiy protest) boʻyicha koʻrib chiqish natijalariga koʻra quyidagilarga haqli:
1) birinchi instansiya, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlarining ajrimlarini oʻzgarishsiz, xususiy shikoyatni (xususiy protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
2) birinchi instansiya, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlarining ajrimlarini bekor qilishga va ishni yangidan sudda koʻrib chiqish uchun yuborishga;
3) birinchi instansiya, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlarining ajrimlarini bekor qilishga va ishni umumiy qoidalar boʻyicha surishtiruv yoki dastlabki tergovni oʻtkazish uchun prokurorga yuborishga;
4) birinchi instansiya, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlarining ajrimlarini bekor qilishga va amnistiya aktini qoʻllashga;
5) birinchi instansiya, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlarining ajrimlarini bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga;
6) birinchi instansiya, apellatsiya yoki kassatsiya instansiya sudining xususiy ajrimini bekor qilishga;
7) birinchi instansiya, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlarining ajrimlarini oʻzgartirishga.
