511-modda. Hukm va ajrim ustidan taftish tartibida shikoyat berish huquqiga ega boʻlgan shaxslar
Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-869-son) · Sana: 27.09.2023 · Amalda
Mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, jabrlanuvchi, uning vakili birinchi instansiya sudining apellatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek apellatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudlarining hukmlari, ajrimlari ustidan taftish tartibida shikoyat berishga haqlidir.
Fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari birinchi instansiya sudining apellatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek apellatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudlari hukmlarining, ajrimlarining fuqaroviy daʼvoga daxldor qismi ustidan taftish tartibida shikoyat berishga haqlidir.
Sudda oqlangan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili birinchi instansiya sudining apellatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek apellatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudlari hukmlarining, ajrimlarining oqlash sabablari va asoslariga daxldor qismi ustidan taftish tartibida shikoyat berishga haqlidir.
Ishda taraf boʻlmagan shaxslar ham birinchi instansiya sudining apellatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek apellatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudlari hukmlarining, ajrimlarining oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qismi ustidan taftish tartibida shikoyat berishga haqlidir.
