497-modda. Sudning hukmi va ajrimi ijro etilishini toʻxtatib turish
Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-869-son) · Sana: 27.09.2023 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi har qanday sudining ustidan shikoyat (protest) berilgan hukmi va ajrimi ijro etilishini berilgan shikoyat (protest) kassatsiya yoki taftish tartibida hal qilinguniga qadar toʻxtatib turishga haqli, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan chiqarilgan sud qarorlari mustasno. Qonunning ochiqdan-ochiq buzilganligini tasdiqlovchi dalillar mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu shaxslar ishni talab qilib olish bilan bir vaqtda hukmning, ajrimning ijro etilishini to ular yuzasidan shikoyat (protest) berilguniga qadar koʻpi bilan uch oyga toʻxtatib turishga haqlidir”;
22) 4973-modda:
birinchi qismining 3 va 4-bandlari quyidagi mazmundagi 3-band bilan almashtirilsin:
“3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining hukmlari ustidan — ayni shu sudlarga”;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Apellatsiya shikoyatlari (protestlari) hukm chiqargan sud orqali beriladi. Shikoyat (protest) bevosita apellatsiya instansiyasi sudiga berilgan taqdirda, mazkur sud ularni hukm chiqargan sudga ushbu Kodeksning 4976-moddasida bayon etilgan talablarni bajarish uchun yuboradi”;
23) 4974-moddaning:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
