“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tuzish haqida (3508-IV-son)
12.09.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Mamlakatimizda taʼlim sohasini isloh qilish, jumladan taʼlim xizmatlari sifatini yanada oshirish, pedagog-kadrlarning bilimi va malakasini xalqaro darajaga olib chiqish, maktabgacha va oliy taʼlim qamrovini yanada oshirishga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Taʼlim sohasiga oid qonunchilikni sohada olib borilayotgan islohotlar va bugungi kun talabidan kelib chiqib takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
2. Ishchi guruh bir oylik muddatda taʼlim toʻgʻrisidagi milliy qonunchilikni va ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasini oʻrgangan holda “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini takomillashtirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashiga taqdim etsin.
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. Ismoilov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 12-sentabr,
3508-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2023-yil 12-sentabrdagi 3508-IV-sonli qarorigaILOVA
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tarkibi
