Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A. Inoyatovning “Mamlakatimizda aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatishning holati va istiqboli toʻgʻrisida”gi axborotini eshitish haqida (3460-IV-son)
22.08.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4 va 10-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A. Inoyatovning “Mamlakatimizda aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatishning holati va istiqboli toʻgʻrisida”gi axborotini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida eshitish haqidagi Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining taklifi qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi eshituvga tayyorgarlik koʻrilishini va uning oʻtkazilishini tashkil etsin.
3. Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 22-avgust,
3460-IV-son
