“Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish toʻgʻrisida”gi QL-971-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish toʻgʻrisida”) (3454-IV-son)
15.08.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi QL-971-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 15-avgust,
3454-IV-son
