Sport-taʼlim muassasalari oʻquvchi-sportchilarining ovqatlanishiga qoʻyiladigan gigiyenik talablarni (0052-23-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida (17-son)
04.08.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 8-sentabrda hisobga olindi, hisob raqami 206]
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Sport-taʼlim muassasalari oʻquvchi-sportchilarining ovqatlanishiga qoʻyiladigan gigiyenik talablar (0052-23-son SanQvaN) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan 2016-yil 16-iyunda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi sport maktablari shugʻullanuvchilarining ovqatlanishiga qoʻyiladigan gigiyenik talablar (0333-16-son SanQvaN) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan.
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YuSUPALIYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 4-avgust,
17-son
Kelishildi:
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X. UMAROVA
2023-yil 20-iyul
Yoshlar siyosati va sport vaziri A. IKRAMOV
2023-yil 28-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2023-yil 4-avgustdagi 17-son qaroriga ILOVA
Sport-taʼlim muassasalari oʻquvchi-sportchilarining ovqatlanishiga qoʻyiladigan gigiyenik talablar (0052-23-son SanQvaN)
Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (bundan buyon matnda sanitariya qoidalari deb yuritiladi) sport-taʼlim muassasalari (Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari bundan mustasno) oʻquvchi-sportchilarining xavfsiz va sogʻlom ovqatlanishini tashkil etish hamda ovqatdan zaharlanishlarning oldini olishga qaratilgan gigiyenik talablarini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur sanitariya qoidalarida quyidagi atamalar qoʻllaniladi:
atsiklik sport turlari — tezlik va kuchga yoʻnaltirilgan sport turi (yengil atletika (toʻsiqlar bilan yugurish, changʻida sakrash, tayanib sakrash va nayza uloqtirish), ogʻir atletika va boshqalar);
maxsus sport ovqatlari — oziq-ovqat mahsulotlari va qoʻshimchalarning alohida guruhi boʻlib, asosiy ozuqaviy elementlarning konsentrlangan aralashmasidir;
siklik sport turlari — chidamlilikning namoyon boʻlishini talab qiluvchi sport turi (yugurish (uzoq va oʻrta masofaga), suzish, sportcha yurish, triatlon, biatlon va boshqalar);
sport-taʼlim muassasalari — asosiy faoliyati bolalar va oʻsmirlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishga keng jalb etishga, sport zaxirasi va yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlash boʻyicha oʻquv-mashq jarayonini samarali tashkil etishga yoʻnaltirilgan sport maktablaridir;
ovqatga qoʻshiladigan biologik faol qoʻshimchalar — oziq-ovqat xomashyosini qayta ishlash yoʻli bilan yoki sunʼiy usulda hosil qilingan hamda bevosita ovqat bilan birga isteʼmol qilishga yoki oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga qoʻshishga moʻljallangan tabiiy yoxud tabiiyga aynan oʻxshaydigan biologik faol moddalarning konsentratlari.
2. Oʻquvchi-sportchilarning toʻgʻri va sogʻlom ovqatlanishini tashkillashtirishda nafaqat jarohatlanish va kasallanishning oldini olish, balki ularning anatomik-fiziologik xususiyatlari, jismoniy yuklamalar va tayyorgarligi hamda jismoniy rivojlanishi ham hisobga olinishi kerak.
2-bob. Oʻquvchi-sportchilar uchun oziq-ovqat ratsioniga qoʻyiladigan gigiyenik talablar
3. Oʻquvchi-sportchilar uchun oziq-ovqat ratsioni quyidagi asosiy gigiyenik talablarga javob berishi kerak:
ratsionning kunlik kaloriya miqdori sportchining energiya sarflariga mos kelishi;
ratsionning kimyoviy tarkibi, kaloriya miqdori va hajmi sport turini hamda tayyorgarlik davrini hisobga
olgan holda oʻquvchi-sportchi organizmining ehtiyojlari va xususiyatlariga mos kelishi;
oziq-ovqat tarkibidagi oqsillar, yogʻlar va uglevodlar balanslashgan boʻlishi, ularning miqdori sport turini va mashgʻulot jarayonining intensivligi hisobga olingan nisbatlarda boʻlishi;
kundalik ratsionda oʻsimlik va hayvon mahsulotlarining keng assortimenti boʻlishi;
etishmayotgan mahsulotlar faqat ularning oʻrnini bosuvchi mahsulotlar bilan almashtirilishi (ayniqsa, oqsil va yogʻ miqdori boʻyicha);
oziq-ovqat zararsiz (zaharli moddalar va patogen bakteriyalarni oʻz ichiga olmagan holda) boʻlishi.
4. Har bir sport turi bilan shugʻullanuvchi oʻquvchi-sportchilar uchun kunlik talab etiladigan kaloriya va asosiy ozuqaviy moddalar miqdori mazkur sanitariya qoidalarining 1-ilovasiga muvofiq belgilanishi kerak.
5. Oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarning xilma-xilligiga rioya qilish uchun taomnoma sport turi, mashgʻulotlarning rejimi va davomiyligini hisobga olgan holda 10 — 15 kun uchun tuzilishi kerak.
6. Taomnomani tuzishda oziq-ovqat mahsulotlarining bir-biri bilan kombinatsiyasi (oqsilning sabzavot bilan yaxshiroq soʻrilishi), ozuqaviy moddalarning hazm boʻlishi, maktab va uy sharoitida ovqatlanish tartibi hisobga olinishi lozim.
7. Kundalik toʻplamda koʻrsatilgan biror-bir mahsulot boʻlmasa, uning ozuqaviy va biologik qiymatini saqlab qolish uchun uning oʻrnini bosuvchi mahsulotga almashtirish mazkur sanitariya qoidalarining 2-ilovasi 1 — 3-jadvallariga asosan amalga oshirilishi kerak.
8. Har kuni oʻquvchi-sportchilarning ratsionida goʻsht, baliq, parranda goʻshti, sut va sut mahsulotlari, tuxum, don va dukkakli mahsulotlar, yangi meva va rezavorlar, koʻkatlar, sabzavotlar, oʻsimlik yogʻi va sariyogʻ, non va sharbatlar boʻlishi kerak.
9. Sport-taʼlim muassasalarida kun davomida bir xil mahsulotlardan iborat taomlarni, hafta davomida esa bir xil taomlarni tayyorlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
10. Ozuqaviy moddalarning soʻrilishini yaxshilash va ratsionni muhim oziq-ovqat komponentlari (vitaminlar (mazkur sanitariya qoidalarining 3-ilovasi 1-jadvaliga muvofiq), minerallar (mazkur sanitariya qoidalarining 3-ilovasi 2-jadvaliga muvofiq), toʻyinmagan yogʻ kislotalari) bilan boyitish uchun yangi sabzavotlar, koʻkatlar, mevalar, rezavorlar va ulardan olingan sharbatlar hamda salatlardan foydalanish lozim.
11. Oʻquvchi-sportchilar uchun ratsionni tuzishda mahsulotlarga ishlov berish usulini, oshqozonda ozuqaviy moddalarni hazm qilish vaqtini, ularning ichaklarda harakatlanish tezligini va mahsulotlarning organizmda soʻrilishini hisobga olish shart.
12. Mashgʻulotlar va musobaqalar oʻtkaziladigan kunlarda taomnomada meteorizmni (qorinni dam qiluvchi) chaqiradigan mahsulotlar (dukkakli mahsulotlar, javdar noni, tuzlangan karam va boshqalar) va tarkibida achiydigan uglevodlar mavjud boʻlgan mahsulotlar (olma, uzum sharbatlari va boshqalar) cheklanishi kerak.
13. Isteʼmol qilinadigan taom juda issiq yoki sovuq boʻlmasligi lozim.
14. Nonushtaga oshqozon-ichak trakti peristaltikasini (navbatma-navbat qisqarishi) ragʻbatlantiradigan, oʻsimlik tolalariga (klechatkaga) boy ovqatlarni kiritish kerak.
15. Oʻquvchi-sportchilarning kundalik ratsioniga 10-15 gr miqdorida tozalanmagan (rafinadlanmagan) oʻsimlik yogʻini (paxta yogʻi bundan mustasno) kiritish (och qoringa ichish uchun) lozim.
16. Sport-taʼlim muassasalarida oʻquvchi-sportchilar uchun kunning birinchi yarmida hayvon oqsiliga boy taomlar tayyorlanishi lozim.
17. Birinchi nonushta tarkibidagi kaloriya miqdori kun davomidagi umumiy ovqatlanish miqdorining 10-15 foizini, ikkinchi nonushtaniki esa 20-25 foizni tashkil etishi kerak. Yuqori yuklamali mashgʻulotlardan soʻng birinchi va ikkinchi nonushta tarkibidagi kaloriya miqdori kun davomidagi umumiy ovqatlanish miqdorining 30 foizigacha oshirilishi mumkin.
18. Sport turlari va mashgʻulotlarning oʻtkazilish davomiyligiga qarab kundalik ratsion taqsimlanadi.
19. Mashgʻulotlar, xususan yuqori jismoniy yuklamali mashgʻulot ertalabga toʻgʻri kelsa, u holda oʻquvchi-sportchilarning birinchi nonushtasi yuqori kaloriyali (kun davomidagi umumiy ovqatlanish miqdorining 30 foizigacha), kichik hajmli, oson hazm boʻladigan (shakar, fosfor, C vitamini) va ozuqaviy moddalarga boy boʻlishi, shuningdek tez eruvchi yogʻlar va oʻsimlik tolalariga boy mahsulotlar boʻlmasligi kerak. Birinchi nonushta ratsioniga goʻsht, kolbasa, pishloq, kakao yoki qahva hamda sabzavotlarni (kartoshka, pomidor, sabzi, yashil piyoz va piyoz) kiritish maqsadga muvofiqdir.
20. Tushlik tarkibidagi kaloriya miqdori umumiy ovqatlanish miqdorining 35-40 foizini tashkil qilishi kerak.
21. Tushlik ratsioni koʻp miqdorda hayvon oqsili, uglevodlar, yogʻlar, oʻsimlik tolasiga boy mahsulotlar, don va dukkakli mahsulotlarni oʻz ichiga olishi kerak.
22. Agar asosiy mashgʻulotlar yoki musobaqalar tushlikdan keyin oʻtkazilsa, unda tushlik kichik hajmli va oson hazm boʻladigan taomlardan iborat boʻlishi hamda tushlik ratsionidagi oʻsimlik tolasiga boy, sekin hazm boʻladigan taomlar esa nonushtaga kiritilishi kerak. Tushlikdagi nisbiy kaloriya miqdori 30 foizgacha kamaytirilib, nonushta va kechki taom tarkibidagi kaloriya miqdori unga mos ravishda orttirilishi lozim.
23. Ikkinchi tushlik tarkibidagi kaloriya miqdori umumiy ovqatlanish miqdorining 5-10 foizini tashkil qilishi kerak. Bunda, ikkinchi tushlik uchun oʻquvchi-sportchilarga meva va shirinliklar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
24. Kechki taom tarkibidagi kaloriya miqdori 25-30 foiz boʻlishi kerak.
25. Kechki taom ratsionida oqsil va yogʻ miqdori nonushta va tushlikdagiga nisbatan kam miqdorda boʻlishi kerak. Kechki taom tarkibida sekin hazm boʻluvchi mahsulotlar cheklanib, sut, sabzavot va baliqli taomlar, mevalar boʻlishi lozim.
26. Toʻliq tungi uyquni taʼminlash uchun kechki taom yotishdan 3-4 soat oldin boʻlishi kerak. Bunda, kechki taom tarkibida yogʻ, qizarib pishgan ovqatlar, shokolad mumkin emas.
27. Kechki ovqatdan keyin (yotishdan oldin) ikkinchi kechki taom berilishi lozim. Bunda, ikkinchi kechki taom tarkibida qoʻshimcha oqsil manbayi boʻlgan bir stakan achitilgan sut mahsuloti, mevalar va sabzavotlar boʻlishi kerak.
28. Sport-taʼlim muassasalari oʻquvchi-sportchilarining umumiy ovqatlanish ratsionida achchiq taomlarning boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
29. Ortiqcha vaznga ega boʻlgan, semirib ketgan sportchi-oʻquvchilarning ovqatlanish ratsionidan tuz, non va qandolat mahsulotlari hamda yogʻli taomlarni chiqarib tashlash kerak.
30. Oʻquvchi-sportchilarning isteʼmol qiladigan taomlari, ichimlik suvi miqdori va tarkibi sport-taʼlim muassasalari murabbiylari, dietologlar hamda sport shifokorlari tomonidan belgilanadi.
3-bob. Oʻquvchi-sportchilarning umumiy ovqatlanishiga qoʻyiladigan gigiyenik talablar
31. Oʻquvchi-sportchilar tomonidan oʻrtacha kunlik isteʼmol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori kunlik jismoniy yuklamaning xususiyati, oʻquvchi-sportchilarning yoshi va jinsiga bogʻliq holda belgilanishi kerak. Oʻquvchi-sportchilar uchun ularning yosh va jins guruhlari boʻyicha oʻrtacha kunlik oziq-ovqat mahsulotlari nomi va miqdori hamda kunlik ovqatlanish tartibi mazkur sanitariya qoidalarining 4-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
32. Oʻquvchi-sportchilarning umumiy ovqatlanishiga qoʻyiladigan gigiyenik talablar ovqatlanish uchun doimiy vaqt, ovqatlanish vaqtlari orasidagi davomiylikni kuzatish, ovqatlanish vaqtining ovqatlanish uchun ajratilgan vaqtga mutanosibligi va taom tarkibidagi oziq-ovqat mahsulotlarining oʻzaro nisbatidan kelib chiqib belgilanadi.
33. Kunlik ovqatlanish ratsionidagi umumiy kaloriya miqdori kun tartibi, mashgʻulotlar soni va rejimi hamda kun davomida isteʼmol qilinadigan taomlarga mos kelishi kerak.
34. Oʻquvchi-sportchilarning kunlik ovqatlanish ratsioni 6-marta ovqatlanishdan iborat boʻlishi, shulardan 3 tasida issiq ovqat berilishi lozim. Bunda, kunlik ovqatlanish ratsionidagi kaloriya miqdori quyidagicha boʻladi:
birinchi nonushtada — 10-15 foiz;
ikkinchi nonushtada (nonushta va tushlik oʻrtasida) — 20-25 foiz;
tushlikda — 35-40 foiz;
tushlikdan keyin gazakda (tushlik va kechki ovqat oraligʻida) — 5-10 foiz;
kechki ovqatda — 25-30 foiz;
ikkinchi kechki ovqatda — 5-10 foiz.
35. Oʻquvchi-sportchilar isteʼmol qiladigan taomning kunlik hajmi 3-3,5 kgdan oshmasligi lozim.
36. Har bir ovqatlanish oraligʻidagi vaqt 2,5 — 3,5 soatdan kam boʻlmasligi kerak. Sport-taʼlim muassasalarining oʻquvchi-sportchilariga mashgʻulotlar tugaganidan soʻng 30 — 40 daqiqa davomida taom berish mumkin emas.
37. Sport-taʼlim muassasalarining oʻquvchi-sportchilariga musobaqalar oʻtkazilishidan 3,5 soat avval, musobaqalardan soʻng esa 40 — 60 daqiqa oʻtgach taom berish kerak.
Bunda, mashgʻulot yoki musobaqadan soʻng oʻquvchi-sportchilarga suv, olma, apelsin, quritilgan mevalar, shokolad, quyqa meva sharbati berilmaydi.
4-bob. Oʻquvchi-sportchilar tomonidan isteʼmol qilinadigan ichimliklarga qoʻyiladigan gigiyenik talablar
38. Sport-taʼlim muassasalari oʻquvchi-sportchilar organizmida mavjud suv-tuz balansini saqlash maqsadida mashgʻulotdan oldin, mashgʻulot davomida va mashgʻulotdan soʻng quyidagilar amalga oshirilishi lozim:
oʻquvchi-sportchilar tomonidan suvni isteʼmol qilish va uni yoʻqotish oʻrtasidagi muvozanatni saqlash;
oʻquvchi-sportchilarni salbiy suv balansi bilan mashgʻulot yoki musobaqani boshlashiga ruxsat bermaslik (oʻquvchi-sportchilar mashgʻulot boshlanishidan 40 — 60 daqiqa oldin 400 — 500 ml suyuqlik ichish kerak).
39. Sport turiga qarab, mashgʻulot yoki sport musobaqalari boshlanishidan oldin, mashgʻulot yoki sport musobaqalari davomida va (yoki) undan keyin suyuqlikni (suv yoki mineral suv) kichik qismlarga (har bir qism 30 — 60 mldan oshmasligi kerak) boʻlib ichishga ruxsat beriladi.
40. Oʻquvchi-sportchilar yuqori havo haroratida ichimlik isteʼmoli miqdoriga hatto chanqamasa ham qatʼiy rioya qilishi, isteʼmol qilinadigan ichimlik miqdori soatiga bir litrdan oshmasligi kerak. Isteʼmol qilinadigan ichimlik miqdoriga rioya qilinmasligi gipergidratatsiyaga (organizmda ortiqcha suv yigʻilishi) olib kelishi mumkin.
41. Issiq havoda va yuqori yuklamali mashgʻulotlardan soʻng koʻp miqdorda sovutilgan ichimlikdan foydalanish taʼqiqlanadi (ichimlikning harorati 12 — 15°C boʻlishi kerak).
42. Oʻquvchi-sportchilarning ovqatlanish ratsionidagi suyuqlik miqdori kuniga taxminan 2,5 — 3 litr boʻlishi kerak.
43. Oʻquvchi-sportchilarga mashgʻulot tugagandan soʻng toza tabiiy suv, optimal muvozanatli mineral suv (bir litr suvdagi tuzning miqdori 1 gr dan koʻp boʻlmagan suv), 4 — 6 foiz uglevodli-mineral ichimliklar eritmalari, mineral suvlar, meva sharbatlari (kuniga 2 stakandan oshmagan holda), sabzavot sharbatlari, mevali ichimliklar, choy, sut, yangi mevalar va sabzavotlarni isteʼmol qilishga ruxsat beriladi.
44. Oʻquvchi-sportchilarga quyidagi ichimliklarni isteʼmol qilish taʼqiqlanadi:
uglevod gellari (ular har doim suv bilan olinishi kerak),
gazlangan suv va uglevod miqdori 8 foizdan ortiq boʻlgan glyukoza-elektrolit eritmalari.
45. Mashgʻulotdan oldin, mashgʻulot davomida yoki mashgʻulotdan keyin gazlangan energetik ichimliklardan foydalanish taʼqiqlanadi.
46. Sport-taʼlim muassasalarida oʻquvchi-sportchilar tomonidan isteʼmol qilinadigan ichimlik suvini yetkazib berish quyidagi shakllarda tashkil etilishi mumkin:
statsionar ichimlik favvoralari;
idishlarga qadoqlangan suv.
47. Mazkur sanitariya qoidalarini ishlab chiquvchilar roʻyxati 5-ilovada keltirilgan.
Sport-taʼlim muassasalari oʻquvchi-sportchilarining ovqatlanishiga qoʻyiladigan gigiyenik talablar (0052-23-son SanQvaN)ga 1-ILOVA
1-jadval
Har bir sport turi bilan shugʻullanuvchi oʻquvchi-sportchilar (oʻgʻil bola) uchun kunlik talab etiladigan kaloriya va asosiy ozuqaviy moddalar miqdori*
Sport turlari Oʻquvchi-sportchilarning yoshi Kaloriya miqdori, kkal Oqsil, gr Yogʻlar, gr Uglevodlar, gr Umumiy Ulardan hayvon oqsili Umumiy Ulardan hayvon yogʻlari Siklik sport turlari (chidamlilikning namoyon boʻlishini talab qiluvchi): yugurish (ultra uzoq, uzoq va oʻrta masofalar uchun), sportcha suzish, sportcha yurish, triatlon, biatlon 7-10 3100 115 65 90 20 450 11-13 3600 132 79 106 21 528 14-15 3900 134 80 126 32 522 Asiklik sport turlari (tezlik-kuchga yoʻnaltirilgan): yengil atletika (toʻsiqlar bilan yugurish, tramplindan sakrash, tayanib sakrash, yengil atletika, otish va nayza uloqtirish, koʻpkurash), ogʻir atletika; Siklik sprint sport turlari: yugurish, suzish va qisqa masofaga yugurish; Murakkab koordinatsion sport turlari: gimnastika, badiiy gimnastika, suvga sakrash, batutda sakrash, sinxron suzish, figurali uchish, akrobatika, sport raqsi, stol tennisi, badminton, qilichbozlik, konkida uchish va changʻi sporti, figurali uchish, qisqa trek; Oʻq otish sporti: kamondan oʻq otish va arbalet, oʻq otar quroldan oʻq otish; Boshqaruv sporti: ot sporti 7-10 2700 100 60 80 19 390 11-13 3050 112 67 90 20 448 14-15 3650 130 80 105 21 530 Yakka kurash: boks, kikboksing, kurashning barcha turlari va sharq yakka kurashi (kurash, milliy kurash, turon kurash, erkin kurash, yunon-rum kurashi, dzyudo, karate, muay-tay, taekvondo, ushu, sambo, qoʻl jangi), katta tennis; Jamoaviy sport oʻyinlari: basketbol, voleybol, gandbol, regbi, qoʻl toʻpi, chim ustida xokkey, futbol 7-10 3100 115 65 90 20 450 11-13 3600 132 79 106 21 528 14-15 3900 134 80 126 32 522 Boshqaruv sport turi: velosport (trekda, shosseda poyga), eshkak eshish (akademik, aidarka va kanoeda eshkak eshish) 7-10 3350 126 75 100 20 500 11-13 3610 131 80 110 22 530 14-15 4610 158 95 150 38 627
Izoh: *Keltirilgan barcha meʼyorlar bir kunda bir mahal oʻtkaziladigan oʻquv mashgʻulotlari hisobida olingan.
2-jadval
Har bir sport turi bilan shugʻullanuvchi oʻquvchi-sportchilar (qiz bola) uchun kunlik talab etiladigan kaloriya va asosiy ozuqaviy moddalar miqdori*
Sport turlari Oʻquvchi-sportchilarning yoshi Kaloriya tarkibi, Kkal Oqsil, gr Yogʻlar, gr Uglevodlar, gr umumiy Ulardan hayvon oqsili umumiy Ulardan hayvon yogʻlari Siklik sport turlari (chidamlilikning namoyon boʻlishini talab qiluvchi): yugurish (ultra uzoq, uzoq va oʻrta masofalar uchun), sportcha suzish, sportcha yurish, triatlon, biatlon 7-10 3100 115 65 90 20 450 11-13 3400 125 74 100 20 499 14-15 3750 117 69 100 26 445 Asiklik sport turlari (tezlik-kuchga yoʻnaltirilgan): yengil atletika (toʻsiqlar bilan yugurish, tramplindan sakrash, tayanib sakrash, yengil atletika, otish va nayza uloqtirish, koʻpkurash), ogʻir atletika; Siklik sprint sport turlari: yugurish, suzish va qisqa masofaga yugurish; Murakkab koordinatsion sport turlari: gimnastika, badiiy gimnastika, suvga sakrash, batutda sakrash, sinxron suzish, figurali uchish, akrobatika, sport raqsi, stol tennisi, badminton, qilichbozlik, konkida uchish va changʻi sporti, figurali uchish, qisqa trek; Oʻq otish sporti: kamondan oʻq otish va arbalet, oʻq otar quroldan oʻq otish; Boshqaruv sporti: ot sporti 7-10 2585 95 57 91 17 385 11-13 2700 100 60 80 19 390 14-15 3100 115 65 90 20 450 Yakka kurash: boks, kikboksing, kurashning barcha turlari va sharq yakka kurashi (kurash, milliy kurash, turon kurash, erkin kurash, yunon-rum kurashi, dzyudo, karate, muay-tay, taekvondo, ushu, sambo, qoʻl jangi), katta tennis Jamoaviy sport oʻyinlari: basketbol, voleybol, gandbol, regbi, qoʻl toʻpi, chim ustida xokkey, futbol 7-10 3100 115 65 90 20 450 11-13 3400 125 74 100 20 499 14-15 3750 117 69 100 26 445 Boshqaruv sport turi: velosport (trekda, shosseda poyga), eshkak eshish (akademik, baydarka va kanoeda eshkak eshish) 7-10 3100 115 65 90 20 450 11-13 3350 126 75 100 20 500 14-15 3910 135 81 125 33 535
Izoh: *Keltirilgan barcha meʼyorlar bir kunda bir mahal oʻtkaziladigan oʻquv mashgʻulotlari hisobida olingan.
Sport-taʼlim muassasalari oʻquvchi-sportchilarining ovqatlanishiga qoʻyiladigan gigiyenik talablar (0052-23-son SanQvaN)ga 2-ILOVA
1-jadval
Oqsil va yogʻ oʻrnini bosuvchi mahsulotlar nomi va miqdori*
Mahsulot nomlari Miqdori Kimyoviy tarkibi Kundalik ratsionga qoʻshish (+), olib tashlash(-) Oqsillar yogʻlar uglevodlar Nonning oʻrnini bosuvchi 100 gr oq non 100 6,97 1,2 48,19 bugʻdoy uni 70 6,55 0,71 48,97 makaronlar 70 6,55 0,59 49,86 manniy yormasi 70 6,66 0,52 49,26 Kartoshkaning oʻrnini bosuvchi 100 gr kartoshka 100 1,05 - 14,25 lavlagi 110 1,06 - 7,78 sabzi 120 1,06 - 7,55 karam 90 1,04 - 3,25 Yangi olmaning oʻrnini bosuvchi 100 gr yangi olma 100 0,4 - 11,01 quruq olma (olma qoqi) 20 0,46 - 12,17 quruq mevalar (oʻrik qoqi) 15 0,48 - 10,29 Sutning oʻrnini bosuvchi 100 gr sut 100 3,07 3,33 4,41 tvorog 25 3,60 4,28 0,25 yogʻ — 1 gr goʻsht 25 3,68 0,63 - yogʻ + 3 gr baliq 40 3,61 0,14 - yogʻ + 3 gr pishloq 15 3,05 2,81 0,35 Goʻshtning oʻrnini bosuvchi 100 gr goʻsht 100 14,71 2,53 - tvorog 100 14,40 17,19 0,98 yogʻ — 15 gr baliq 100 14,43 0,58 - yogʻ + 2 gr sut 480 14,74 15,98 21,17 yogʻ — 13 gr tuxum 140 14,78 14,04 0,6 yogʻ — 11 gr Baliqning oʻrnini bosuvchi 100 gr baliq 100 9,02 0,36 - goʻsht 60 8,83 1,52 - yogʻ — 1 gr tvorog 60 8,84 10,26 0,59 yogʻ — 10 gr sut 300 9,21 9,99 13,23 yogʻ — 9 gr tuxum 85 8,98 8,07 0,36 yogʻ — 7 gr Tvorogning oʻrnini bosuvchi 100 gr tvorog 100 14,40 17,10 0,98 goʻsht 100 14,71 2,53 - yogʻ + 15 gr baliq 160 14,43 0,58 - yogʻ + 17 gr sut 460 14,12 15,32 20,29 yogʻ + 2 gr tuxum 140 14,78 14,04 0,6 yogʻ + 3 gr Tuxumning oʻrnini bosuvchi 50 gr (1 dona) tuxum 50 5,28 5,02 0,22 tvorog 40 5,76 6,84 0,39 yogʻ — 2 gr goʻsht 40 5,88 1,01 - yogʻ + 4 gr baliq 60 5,41 0,22 - yogʻ + 5 gr sut 160 4,91 5,33 7,05 pishloq 25 5,08 4,69 0,58
Izoh: *Keltirilgan barcha meʼyorlar bir kunda bir mahal oʻtkaziladigan oʻquv mashgʻulotlari hisobida olingan.
2-jadval
Hayvon oqsillarining oʻrnini bosuvchi mahsulotlar nomi va miqdori*
Oʻz tarkibida 10 gr oqsil tutuvchi mahsulotning ogʻirligi (gr) Oziq-ovqat mahsulotlari, gr Yogʻ % gr Pishloq 40 qattiq pishloq 45 11 40 qattiq pishloq 30 7 50 yumshoq pishloq 45 11 45 yumshoq pishloq 30 6 40 yumshoq pishloq 20 3 80 tvorog 20 4 70 yogʻsiz tvorog - 0,2 70 qayta ishlangan pishloq 30 10 60 qayta ishlangan pishloq 20 6 50 qayta ishlangan pishloq 10 2 Sut va sut mahsulotlari 300 koʻpik (penka) (1 stakan) - 2 300 kam yogʻ tutuvchi yogurt 1,5 2,5 300 yogurt 3,5 5,3 300 kam yogʻli sut 1,5 5 300 sut 3,5 11 Baliq 50-60 kam yogʻli navi - 0,2-1 60 kam tuzlangan seld - 15 50 losos 30 7 Goʻsht 50-60 yogʻsiz goʻsht (mol goʻshti, buzoq goʻshti) - 3 Kolbasa mahsulotlari 50 yogʻsiz qazi (xom dudlangan, qaynatilgan) - 10-15 60-70 dudlangan kolbasa - 15-20 80 kolbasa (doktorskaya) - 30-35
Izoh: *Keltirilgan barcha meʼyorlar bir kunda bir mahal oʻtkaziladigan oʻquv mashgʻulotlari hisobida olingan.
3-jadval
Oziq-ovqat mahsulotlarining oʻrnini bosuvchi mahsulotlar nomi va miqdori*
Oʻrnini bosuvchi mahsulot Ogʻirligi**, gr 1-toifali mol goʻshti, 100 gr quyon goʻshti 96 mol jigari 103 qoʻy jigari 100 1-toifali tovuq goʻshti 100 2-toifali tovuq goʻshti 88 baliq 115 yarim yogʻli tvorog 110 yogʻli tvorog 130 Toʻliq sut (3,2 foiz), 100 gr quruq sut 11 yogʻsiz quruq sut 7,5 shakarli quyultirilgan sut 40 yarim yogʻli tvorog 17 yogʻli tvorog 20 goʻsht (1-toifali mol goʻshti) 15 goʻsht (2-toifali mol goʻshti) 14 baliq 17,5 pishloq 12,5 tovuq tuxumi 22 Yarim yogʻli tvorog, 100 gr goʻsht (1-toifali mol goʻshti) 89 goʻsht (2-toifali mol goʻshti) 83 baliq 104 pishloq 70 sut 580 Tovuq tuxumi (1 dona.), 40 gr yarim yogʻli tvorog 32 yogʻli tvorog 38 goʻsht (1-toifali mol goʻshti) 28 goʻsht (2-toifali mol goʻshti) 26,5 baliq 30 toʻliq sut 186 pishloq 23 tuxum kukuni 11,5 Baliq, 100 gr goʻsht (1-toifali mol goʻshti) 87 goʻsht (2-toifali mol goʻshti) 80 yarim yogʻli tvorog 95 yogʻli tvorog 115 tovuq tuxumi 70 Kartoshka, 100 gr oq karam 112 gulkaram 80 sabzi 154 lavlagi 140 yashil noʻxat (konservalangan) 65 qovoqcha (kabachki) 320 Yangi olma, 100 gr konservalangan olma 200 olma sharbati 90 uzum sharbati 133 olxoʻri sharbati 133 Quritilgan mevalar, 100 gr olmalar 12 olxoʻri 17 quritilgan oʻrik (oʻrik) 8 mayiz 22 Bugʻdoy noni, 100 gr bugʻdoy uni 77 javdar noni 111 Kartoshkani uglevodlar bilan almashtirish (kartoshka, 100 gr) lavlagi 190 dukakklilar (loviya) 37 yashil noʻxat (konservalangan) 26,5
Izoh: *Keltirilgan barcha meʼyorlar bir kunda bir mahal oʻtkaziladigan oʻquv mashgʻulotlari hisobida olingan.
**Jadvalda mahsulot va uning oʻrnini bosuvchi mahsulotlarning ogʻirligi (NETTO) grammlarda koʻrsatilgan, bunda, mahsulotning faqat isteʼmol qilinadigan qismi hisobga olinadi.
Sport-taʼlim muassasalari oʻquvchi-sportchilarining ovqatlanishiga qoʻyiladigan gigiyenik talablar (0052-23-son SanQvaN)ga 3-ILOVA
1-jadval
Oʻquvchi-sportchilar uchun zarur boʻlgan kunlik vitaminlar nomi va miqdori*
Sport turi Oʻquvchi-sportchilarning yoshi Vitaminlar Oʻgʻil bolalar Qiz bolalar S, mg A, mkg, RE** E, mg, TE** V1, mg V2, mg S, mg A, mkg, RE** YE, mg, TE** V1, mg V2, mg Siklik sport turlari (chidamlilikning namoyon boʻlishini talab qiluvchi): yugurish (ultra uzoq, uzoq va oʻrta masofalar uchun), sportcha suzish, sportcha yurish, triatlon, biatlon 7-10 117 1360 19 2,1 2,4 100 1300 18 2,4 2,1 11-13 136 1940 23 2,7 3 130 1490 19 2,6 2,7 14-15 145 2070 29 2,9 3,4 136 1490 22 2,7 2,9 Asiklik sport turlari (tezlik-kuchga yoʻnaltirilgan): yengil atletika (toʻsiqlar bilan yugurish, tramplindan sakrash, tayanib sakrash, yengil atletika, otish va nayza uloqtirish, koʻpkurash), ogʻir atletika; Siklik sprint sport turlari: yugurish, suzish va qisqa masofaga yugurish; Murakkab koordinatsion sport turlari: gimnastika, badiiy gimnastika, suvga sakrash, batutda sakrash, sinxron suzish, figurali uchish, akrobatika, sport raqsi, stol tennisi, badminton, qilichbozlik, konkida uchish va changʻi sporti, figurali uchish, qisqa trek; Oʻq otish sporti: kamondan oʻq otish va arbalet, oʻq otar quroldan oʻq otish; Boshqaruv sporti: ot sporti 7-10 90 1150 16 2,3 2,5 85 1130 14 1,9 1,8 11-13 115 1645 20 2,4 2,6 100 1170 15 2,1 2,2 14-15 135 1940 29 2,7 3,1 116 1290 20 2,4 2,6 Yakka kurash: boks, kikboksing, kurashning barcha turlari va sharq yakka kurashi (kurash, milliy kurash, turon kurash, erkin kurash, yunon-rum kurashi, dzyudo, karate, muaytay, taekvondo, ushu, sambo, qoʻl jangi), katta tennis; Jamoaviy sport oʻyinlari: basketbol, voleybol, gandbol, regbi, qoʻl toʻpi, chim ustida xokkey, futbol 7-10 117 1360 19 2,1 2,4 100 1300 18 2,4 2,1 11-13 136 1940 23 2,7 3 130 1490 19 2,6 2,7 14-15 145 2070 29 2,9 3,4 136 1490 22 2,7 2,9 Boshqaruv sport turi: velosport (trekda, shosseda poyga), eshkak eshish (akademik, baydarka va kanoeda eshkak eshish) 7-10 125 1360 19 2,3 2,5 120 1300 19 2,3 2,3 11-13 136 1940 23 2,7 3,0 130 1660 21 2,7 2,7 14-15 175 2500 30 3,4 3,9 148 1850 28 3 3,1
Izoh: *Keltirilgan barcha meʼyorlar bir kunda bir mahal oʻtkaziladigan oʻquv mashgʻulotlari hisobida olingan.
**A vitaminiga boʻlgan ehtiyoj mkg retinol ekvivalentlarida (re), mkg re=1 mkg retinolda yoki 6 mkg b-karotinda ifodalanadi;
***E vitaminiga boʻlgan ehtiyoj mkg r tokoferol ekvivalentida (TE), mkg TE = 1 mkg a-tokoferolda ifodalanadi.
2-jadval
Oʻquvchi-sportchilar uchun zarur boʻlgan kunlik mineral moddalarning nomi va miqdori*
Sport turi Oʻquvchi-sportchilarning yoshi Mineral moddalar Oʻgʻil bolalar Qiz bolalar Sa** R** Mg** Fe** I** Sa** R** Mg** Fe** I** Siklik sport turlari (chidamlilikning namoyon boʻlishini talab qiluvchi): yugurish (ultra uzoq, uzoq va oʻrta masofalar uchun), sportcha suzish, sportcha yurish, triatlon, biatlon 7-10 1450 2145 325 16 0,13 1430 2145 325 16 0,13 11-13 1550 2340 390 20 0,13 1550 2340 390 24 0,13 14-15 1550 2340 390 20 0,17 1550 2340 390 24 0,17 Asiklik sport turlari (tezlik-kuchga yoʻnaltirilgan): yengil atletika (toʻsiqlar bilan yugurish, tramplindan sakrash, tayanib sakrash, yengil atletika, otish va nayza uloqtirish, koʻpkurash), ogʻir atletika; Siklik sprint sport turlari: yugurish, suzish va qisqa masofaga yugurish; Murakkab koordinatsion sport turlari: gimnastika, badiiy gimnastika, suvga sakrash, batutda sakrash, sinxron suzish, figurali uchish, akrobatika, sport raqsi, stol tennisi, badminton, qilichbozlik, konkida uchish va changʻi sporti, figurali uchish, qisqa trek; Oʻq otish sporti: kamondan oʻq otish va arbalet, oʻq otar quroldan oʻq otish; Boshqaruv sporti: ot sporti 7-10 1350 2050 300 14 0,12 1375 2063 300 14 0,12 11-13 1450 2250 360 18 0,12 1500 2250 360 18 0,12 14-15 1450 2250 360 18 0,16 1500 2250 360 18 0,16 Yakka kurash: boks, kikboksing, kurashning barcha turlari va sharq yakka kurashi (kurash, milliy kurash, turon kurash, erkin kurash, yunon-rum kurashi, dzyudo, karate, muaytay, taekvondo, ushu, sambo, qoʻl jangi), katta tennis; Jamoaviy sport oʻyinlari: basketbol, voleybol, gandbol, regbi, qoʻl toʻpi, chim ustida xokkeyi, futbol 7-10 1450 2145 325 16 0,13 1430 2145 325 16 0,13 11-13 1550 2340 390 20 0,13 1550 2340 390 24 0,13 14-15 1550 2340 390 20 0,17 1550 2340 390 24 0,17 Boshqaruv sport turi: velosport (trekda, shosseda poyga), eshkak eshish (akademik, baydarka va kanoeda eshkak eshish) 7-10 1500 2060 310 16 0,14 1500 2060 310 16 0,14 11-13 1600 2250 380 20 0,14 1600 2250 380 24 0,14 14-15 1600 2250 380 20 0,18 1600 2250 380 24 0,18
Izoh: *Keltirilgan barcha meʼyorlar bir kunda bir mahal oʻtkaziladigan oʻquv mashgʻulotlari hisobida olingan.
**Ca-kalsiy, p-fosfor, Mg-magniy, Fe-temir, I-yod
Sport-taʼlim muassasalari oʻquvchi-sportchilarining ovqatlanishiga qoʻyiladigan gigiyenik talablar (0052-23-son SanQvaN)ga 4-ILOVA
1-jadval
Asiklik (tezlik-kuchga yoʻnaltirilgan), siklik sprint, murakkab muvofiqlashtirish va boshqaruv (ot sporti) sport turlari bilan shugʻullanadigan oʻquvchi-sportchilar uchun oʻrtacha kunlik oziq-ovqat mahsulotlarining nomi va miqdori*
Nomlanishi Oʻquvchi-sportchilarning jinsi va yoshi boʻyicha mahsulotlar miqdori gr, ml, brutto Gr, ml, netto 7-10 yosh 11-13 yosh 14-15 yosh 7-10 yosh 11-13 yosh 14-15 yosh oʻgʻil bolalar qiz bolalar oʻgʻil bolalar qiz bolalar oʻgʻil bolalar qiz bolalar oʻgʻil bolalar qiz bolalar oʻgʻil bolalar qiz bolalar oʻgʻil bolalar qiz bolalar Bugʻdoy noni 195 175 260 235 265 240 195 175 260 235 265 240 Javdar noni 100 80 120 100 140 120 100 80 120 100 140 120 Bugʻdoy uni 20 20 25 25 25 25 20 20 25 25 25 25 Yormalar, dukkaklilar 50 40 60 55 65 60 50 40 60 55 65 60 Makaron mahsulotlari 20 16 30 25 35 30 20 16 30 25 35 30 Kartoshka 325** 290** 325** 290** 325** 290** 244 220 244 220 244 220 Karam 155 125 175 140 200 175 116*** 94*** 131*** 105*** 150*** 131*** Pomidor va bodringlar 45 35 50 40 55 45 38 30 43 34 47 38 Lavlagi va sabzi 65 55 75 65 85 75 49 41 56 49 64 56 Boshqa sabzavotlar 65 55 75 65 85 75 49 41 56 49 64 56 Qovunlar 75 65 85 75 95 85 56 49 64 56 71 64 Oshqovoq 45 38 52 42 60 50 34 29 39 32 45 38 Meva (meva) yangi 260 230 270 240 280 250 234*** 207*** 243*** 216*** 252*** 225*** Quruq mevalar (mevalar), shu jumladan naʼmatak 20 18 25 22 30 25 20 18 25 22 30 25 Meva sharbatlari, vitaminga toʻyintirilgan ichimliklar 200 200 200 200 200 200 200 200 200 200 200 200 1-toifali tabiiy goʻsht (suyakli goʻsht) 100 (124) 85 (105) 112 (137) 95 (116) 120 (141) 103 (124) 90 76 101 86 110 94 1-toifali ichi tozalangan tovuq goʻshti (1-toifali tovuq goʻshti) 52 (66) 50 (63) 62 (76) 60 (74) 72 (85) 70 (82) 47 45 72 68 66 64 Baliq filesi 78 66 87 82 90 85 75 64 85 79 87 82 Kolbasa mahsulotlari 20 16 25 20 30 25 19,6 15,7 24,5 19,6 29,4 24,5 Sut (yogʻning massa ulushi-2,5 foiz, 3,2 foiz) 400 400 400 400 400 400 400 400 400 400 400 400 Qatiq mahsulotlari (yogʻning massa ulushi — 2,5 foiz 3,2 foiz) 200 180 230 210 250 230 200 180 230 210 250 230 Tvorog (yogʻning massa ulushi — 9 foiz dan koʻp emas) 60 55 65 60 70 65 60 55 65 60 70 65 Pishloq, brinza 15 12 18 15 20 18 14,7 11,8 17,6 14,7 19,6 17,6 Smetana (yogʻning massa ulushi — 15 foizdan koʻp emas) 15 12 15 12 18 15 15 12 15 12 18 15 Sariyogʻ 40 32 45 38 50 42 40 32 45 38 50 42 Oʻsimlik yogʻi 20 18 25 20 30 25 20 18 25 20 30 25 Parhezli tuxum 1 dona 1 dona 1 dona 1 dona 1 dona 1 dona 1 dona 1 dona 1 dona 1 dona 1 dona 1 dona Shakar 52 45 60 55 65 60 52 45 60 55 65 60 Qandolat mahsulotlari 15 15 20 20 25 25 15 15 20 20 25 25 Choy 0,52 0,52 0,52 0,52 0,52 0,52 0,52 0,52 0,52 0,52 0,52 0,52 Kakao 1,6 1,4 1,6 1,4 1,6 1,4 1,6 1,4 1,6 1,4 1,6 1,4 Xamirturush 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 Tuz 7 7 9 9 11 11 7 7 9 9 11 11 Ziravorlar 5 5 5 5 5 5 5 5 5 5 5 5 Kaloriya, kkal 2700 2585 3050 2700 3650 3100
Izoh: *Keltirilgan barcha meʼyorlar bir kunda bir mahal oʻtkaziladigan oʻquv mashgʻulotlari hisobida olingan.
**Yalpi ogʻirligi (brutto) 25 foiz chiqindilar miqdori uchun berilgan.
***Sof ogʻirligi (netto) oʻrtacha qiymat boʻlib, u sabzavot va mevalarning asl koʻrinishiga va yil fasliga qarab oʻzgarishi mumkin. Taomnomani shakllantirishda sof ogʻirligi keltirilgan ustundagi maʼlumotlarga muvofiq tabiiy ovqatlanish standartlarini amalga oshirishni taʼminlash lozim.
2-jadval
Yakka kurash, jamoaviy sport oʻyinlari va chidamlilikning namoyon boʻlishini talab qiluvchi siklik sport turlari bilan shugʻullanadigan oʻquvchi-sportchilar uchun oʻrtacha kunlik oziq-ovqat mahsulotlarining nomi va miqdori*
Nomlanishi Oʻquvchi-sportchilarning jinsi va yoshi boʻyicha mahsulotlar miqdori gr, ml, brutto Gr, ml, netto 7-10 yosh 11-13 yosh 14-15 yosh 7-10 yosh 11-13 yosh 14-15 yosh oʻgʻil bolalar qiz bolalar oʻgʻil bolalar qiz bolalar oʻgʻil bolalar qiz bolalar oʻgʻil bolalar qiz bolalar oʻgʻil bolalar qiz bolalar oʻgʻil bolalar qiz bolalar Bugʻdoy noni 195 175 260 235 265 240 195 175 260 235 265 240 Javdar noni 100 80 120 100 140 120 100 80 120 100 140 120 Bugʻdoy uni 20 20 25 25 25 25 20 20 25 25 25 25 Yormalar, dukkaklilar 50 40 60 55 65 60 50 40 60 55 65 60 Makaron mahsulotlari 20 16 30 25 35 30 20 16 30 25 35 30 Kartoshka 360** 320** 360** 320** 360** 320** 270 240 270 240 270 240 Karam 155 125 175 140 200 175 116*** 94*** 131*** 105*** 150*** 131*** Pomidor va bodringlar 45 35 50 40 55 45 38 30 43 34 47 38 Lavlagi va sabzi 65 55 75 65 85 75 49 41 56 49 64 56 Boshqa sabzavotlar 65 55 75 65 85 75 49 41 56 49 64 56 Qovunlar 90 75 100 80 110 90 68 56 75 60 83 68 Oshqovoq 50 40 55 45 65 55 38 30 41 34 49 41 Meva (meva) yangi 260 230 270 240 280 250 234*** 207*** 243*** 216*** 252*** 225*** Quruq mevalar (mevalar), shu jumladan naʼmatak 20 18 25 22 30 25 20 18 25 22 30 25 Meva sharbatlari, vitaminga toʻyintirilgan ichimliklar, shu jumladan Instant haqiqiy 200 200 200 200 200 200 200 200 200 200 200 200 1-toifali tabiiy goʻsht (suyakli goʻsht) 100 (124) 85 (105) 112 (137) 95 (116) 120 (141) 103 (124) 90 76 101 86 110 94 1-toifali ichi tozalangan tovuq goʻshti (1-toifali tovuq goʻshti) 52 (66) 50 (63) 62 (76) 60 (74) 72 (85) 70 (82) 47 45 72 68 66 64 Baliq filesi 78 66 87 82 90 85 75 64 85 79 87 82 Kolbasa mahsulotlari 20 16 25 20 30 25 19,6 15,7 24,5 19,6 29,4 24,5 Sut (yogʻning massa ulushi-2,5 foiz, 3,2 foiz) 450 450 500 500 500 500 450 450 500 500 500 500 Qatiq mahsulotlari (yogʻning massa ulushi — 2,5 foiz 3,2 foiz) 200 180 230 210 250 230 200 180 230 210 250 230 Tvorog (yogʻning massa ulushi — 9 foiz dan koʻp emas) 70 65 80 70 90 80 70 65 80 70 90 80 Pishloq, brinza 15 12 18 15 20 18 14,7 11,8 17,6 14,7 19,6 17,6 Smetana (yogʻning massa ulushi — 15 foiz dan koʻp emas) 15 12 15 12 18 15 15 12 15 12 18 15 Sariyogʻ 45 40 50 45 55 50 45 40 50 45 55 50 Oʻsimlik yogʻi 20 18 25 20 30 25 20 18 25 20 30 25 Parhezli tuxum 1 dona 1 dona 1 dona 1 dona 1 dona 1 dona 1 dona 1 dona 1 dona 1 dona 1 dona 1 dona Shakar 52 45 60 55 65 60 52 45 60 55 65 60 Qandolat mahsulotlari 15 15 20 20 25 25 15 15 20 20 25 25 Choy 0,52 0,52 0,52 0,52 0,52 0,52 0,52 0,52 0,52 0,52 0,52 0,52 Kakao 1,6 1,4 1,6 1,4 1,6 1,4 1,6 1,4 1,6 1,4 1,6 1,4 Xamirturush 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 Tuz 7 7 9 9 11 11 7 7 9 9 11 11 Ziravorlar 5 5 5 5 5 5 5 5 5 5 5 5 Kaloriya, kkal 3100 3100 3600 3400 3900 3750
Izoh: *Keltirilgan barcha meʼyorlar bir kunda bir mahal oʻtkaziladigan oʻquv mashgʻulotlari hisobida olingan.
**Yalpi ogʻirligi (brutto) 25 foiz chiqindilar miqdori uchun berilgan.
***Sof ogʻirligi (netto) oʻrtacha qiymat boʻlib, u sabzavot va mevalarning asl koʻrinishiga va yil fasliga qarab oʻzgarishi mumkin. Taomnomani shakllantirishda sof ogʻirligi keltirilgan ustundagi maʼlumotlarga muvofiq tabiiy ovqatlanish standartlarini amalga oshirishni taʼminlash lozim.
3-jadval
Boshqaruv sporti (velosiped, eshkak eshish) bilan shugʻullanadigan oʻquvchi-sportchilar uchun oʻrtacha kunlik oziq-ovqat mahsulotlarining nomi va miqdori*
Nomlanishi Oʻquvchi-sportchilarning jinsi va yoshi boʻyicha mahsulotlar miqdori gr, ml, brutto gr, ml, brutto 7-10 yosh 11-13 yosh 14-15 yosh 7-10 yosh 11-13 yosh 14-15 yosh oʻgʻil bolalar qiz bolalar oʻgʻil bolalar qiz bolalar oʻgʻil bolalar qiz bolalar oʻgʻil bolalar qiz bolalar oʻgʻil bolalar qiz bolalar oʻgʻil bolalar qiz bolalar Bugʻdoy noni 195 175 260 235 265 240 195 175 260 235 265 240 Javdar noni 100 80 120 100 140 120 100 80 120 100 140 120 Bugʻdoy uni 20 20 25 25 30 25 20 20 25 25 30 25 Yormalar, dukkaklilar 60 50 70 60 80 70 50 40 60 55 80 70 Makaron mahsulotlari 20 16 30 25 35 30 20 16 30 25 35 30 Kartoshka 325** 290** 325** 290** 325** 290** 244 220 244 220 244 220 Karam 155 125 175 140 200 175 116*** 94*** 131*** 105*** 150*** 131*** Pomidor va bodringlar 45 35 50 40 55 45 38 30 43 34 47 38 Lavlagi va sabzi 65 55 75 65 85 75 49 41 56 49 64 56 Boshqa sabzavotlar 65 55 75 65 85 75 49 41 56 49 64 56 Qovunlar 75 65 85 75 95 85 56 49 64 56 71 64 Oshqovoq 45 38 52 42 60 50 34 29 39 32 45 38 Meva (meva) yangi 260 230 270 240 280 250 234*** 207*** 243*** 216*** 252*** 225*** Quruq mevalar (mevalar), shu jumladan, naʼmatak 20 18 25 22 30 25 20 18 25 22 30 25 Meva sharbatlari, vitaminga toʻyintirilgan ichimliklar 200 200 200 200 200 200 200 200 200 200 200 200 1-toifali tabiiy goʻsht (suyakli goʻsht) 100 (124) 85 (105) 112 (137) 95 (116) 120 (141) 103 (124) 90 76 101 86 110 94 1-toifali ichi tozalangan tovuq goʻshti (1-toifali tovuq goʻshti) 70 (91) 65 (82) 85 (112) 70 (91) 95 (120) 80 (104) 63 59 78 63 88 72 Baliq filesi 90 85 95 90 95 90 75 64 85 79 85 79 Kolbasa mahsulotlari 20 16 25 20 30 25 19,6 15,7 24,5 19,6 29,4 24,5 Sut (yogʻning massa ulushi-2,5 foiz, 3,2 foiz) 400 400 400 400 400 400 400 400 400 400 400 400 Qatiq mahsulotlari (yogʻning massa ulushi — 2,5 foiz 3,2 foiz) 200 180 230 210 250 230 200 180 230 210 250 230 Tvorog (yogʻning massa ulushi — 9 foiz dan koʻp emas) 60 55 65 60 70 65 60 55 65 60 70 65 Pishloq, brinza 18 15 20 18 25 20 17,6 14,7 19,6 17,6 24,5 19,6 Smetana (yogʻning massa ulushi — 15 foiz dan koʻp emas) 15 12 15 12 18 15 15 12 15 12 18 15 Sariyogʻ 40 32 45 38 50 42 40 32 45 38 50 42 Oʻsimlik yogʻi 20 18 25 20 30 25 20 18 25 20 30 25 Parhezli tuxum 1 dona 1 dona 1 dona 1 dona 1 dona 1 dona 1 dona 1 dona 1 dona 1 dona 1 dona 1 dona Shakar 52 45 60 55 65 60 52 45 60 55 65 60 Qandolat mahsulotlari 15 15 20 20 25 25 15 15 20 20 25 25 Choy 0,52 0,52 0,52 0,52 0,52 0,52 0,52 0,52 0,52 0,52 0,52 0,52 Kakao 1,6 1,4 1,6 1,4 1,6 1,4 1,6 1,4 1,6 1,4 1,6 1,4 Xamirturush 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 Tuz 7 7 9 9 11 11 7 7 9 9 11 11 Ziravorlar 5 5 5 5 5 5 5 5 5 5 5 5 Kaloriya, kkal 3350 3100 3610 3350 4610 3910
Izoh: *Keltirilgan barcha meʼyorlar bir kunda bir mahal oʻtkaziladigan oʻquv mashgʻulotlari hisobida olingan.
**Yalpi ogʻirligi (brutto) 25 foiz chiqindilar miqdori uchun berilgan.
***Sof ogʻirligi (netto) oʻrtacha qiymat boʻlib, u sabzavot va mevalarning asl koʻrinishiga va yil fasliga qarab oʻzgarishi mumkin. Taomnomani shakllantirishda sof ogʻirligi keltirilgan ustundagi maʼlumotlarga muvofiq tabiiy ovqatlanish standartlarini amalga oshirishni taʼminlash lozim.
4-jadval
Oʻquvchi-sportchilarning kunlik ovqatlanish tartibi
№ Ovqatlanish Yili, yoshi 7-10 11-13 14-15 7-10 11-13 14-15 1-smena (darslarning boshlanishi soat 8.00 da) 2-smena (darslarning boshlanishi soat 13.00 da) 1 Nonushta 7.15-7.30 7.15-7.30 7.15-7.30 7.15-7.30 7.15-7.30 7.15-7.30 2 Ikkinchi nonushta 10.35-10.45 10.35-10.45 10.35-10.45 10.15-10.25 10.15-10.25 10.15-10.25 3 Tushlik 12.30-13.00 14.00-14.30 14.00-14.30 12.00-12.30 12.00-12.30 12.00-12.30 4 Tolmachoy (poldnik) 16.00-16.10 16.30-16.40 16.30-16.40 16.00-16.10 16.00-16.10 16.00-16.10 5 Kechki ovqat 19.00-19.15 19.30-19.45 19.30-19.45 19.00-19.15 19.30-19.45 19.30-19.45 6 Ikkinchi kechki ovqat 20.15-20.20 20.45-20.50 20.45-20.50 20.15-20.20 20.45-20.50 20.45-20.50
Sport-taʼlim muassasalari oʻquvchi-sportchilarining ovqatlanishiga qoʻyiladigan gigiyenik talablar (0052-23-son SanQvaN)ga 5-ILOVA
Ishlab chiquvchilar roʻyxati: R.T. Kamilova Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti direktori v.v.b., t.f.d., professor A.S. Xudayberganov Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti, Ovqatlanish gigiyenasi laboratoriyasi mudiri, t.f.d., professor G.I. Shayxova Toshkent tibbiyot akademiyasi, Ovqatlanish, bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi kafedrasi professori, t.f.d., professor L.I. Isakova Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti, Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Sht.O. Tillayeva Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti, Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi, tayanch doktoranti Shd.O. Tillayeva Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti, Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi, tayanch doktoranti Y.E. Nurullayev Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti Gʻ.A. Abdullajonov Andijon Davlat tibbiyot institut klinikasi Radiologiya boʻlimi, MRT shifokori Taqrizchilar roʻyxati: N.A. Nuraliyev Buxoro davlat tibbiyot instituti, ilmiy ishlar boʻyicha prorektori, t.f.d., professor N.J. Ermatov Toshkent tibbiyot akademiyasi, ovqatlanish, bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi kafedrasi mudiri, t.f.d., dotsenti R.A. Kosimov Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi Sanitariya va gigiyena boʻlimi yetakchi mutaxassisi, t.f.n.
