Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xizmatlar turlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida (447-son)
04.09.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 10-fevraldagi PF-21-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xizmatlar turlarini aniq belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 10-fevraldagi PF-21-son Farmonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xizmatlar turlarini aniq belgilash nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xizmatlar turlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogiga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 4-sentabr,
447-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-sentabrdagi 447-son qaroriga1-ILOVA
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xizmatlar turlari
ROʻYXATI
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-sentabrdagi 447-son qaroriga2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
1. 930-pozitsiyaning “Sinf tavsifi” ustunidagi “Telekommunikatsiya xizmatlari” soʻzlari “Telekommunikatsiya xizmatlari***” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 931-pozitsiyaning “Sinf tavsifi” ustunidagi “Dasturlash xizmatlari” soʻzlari “Dasturiy apparat komplekslari, axborot va boshqaruv tizimlari, dasturiy taʼminotni ishlab chiqish, loyihalashtirish, koʻmaklashish va texnik qoʻllab-quvvatlash xizmatlari, ushbu sohadagi boshqa xizmatlar***” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. 932-pozitsiyaning “Sinf tavsifi” ustunidagi “Axborot sohasidagi xizmatlar” soʻzlari “Axborot va maʼlumotlar bilan ishlash xizmatlari***” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. 934-pozitsiyaning “Sinf tavsifi” ustunidagi “Axborot tizimlarini, tarmoqlarni xizmat koʻrsatish va boshqarish” soʻzlari “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa xizmatlar***” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. 935-pozitsiya chiqarib tashlansin.
6. Izoh quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“*** Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xizmatlar”.
