Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida (3420-IV-son)
04.08.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yilligini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash, “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy hamda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni samarali oʻtkazish, shuningdek, amalga oshirilgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir chora-tadbirlar dasturida belgilangan tadbirlarni oʻz vaqtida va samarali oʻtkazish choralarini koʻrsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlariga saylov okruglarida mustaqillik yillarida mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotida olib borilgan tizimli islohotlar va yangilangan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish ishlarini olib borish tavsiya etilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Parlament axborot markazi (M. Parmonova) Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yillik bayrami munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va uning organlari tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarni ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib borish choralarini koʻrsin.
5. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2023-yil 4-avgust,
3420-IV-son
