Transport vositalarini boshqarish yoki transport vositalarining harakatlanishini boshqarish bilan bevosita bogʻliq ishlar, kasblar va lavozimlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida (456-son)
09.09.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Transport sohasi xodimlarining mehnatini huquqiy tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, transport vositalarini boshqarish bilan bogʻliq ishlar, kasblar va lavozimlarni aniq belgilash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 500-moddasida transport vositalarini boshqarish yoki transport vositalarining harakatlanishini boshqarish bilan bevosita bogʻliq ishlar, kasblar va lavozimlar roʻyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Transport vositalarini boshqarish yoki transport vositalarining harakatlanishini boshqarish bilan bevosita bogʻliq ishlar, kasblar va lavozimlar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri I.R. Maxkamov hamda Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 9-sentabr,
456-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-sentabrdagi 456-son qaroriga ILOVA
Transport vositalarini boshqarish yoki transport vositalarining harakatlanishini boshqarish bilan bevosita bogʻliq ishlar, kasblar va lavozimlar
ROʻYXATI
T/r MXSK-08 boʻyicha kodi Ishlar, kasblar va lavozim nomlari I. Avtomobil, shahar yer usti elektr transporti, sanoat transporti, yoʻl xoʻjaligi Ishlar Ushbu boʻlimda koʻrsatilgan kasblar va lavozimlar boʻyicha bajariladigan ishlar Kasblar 1. 8322 Avtomobil haydovchisi 2. 8322 Avtomobil haydovchisi (yengil) 3. 8332 Avtomobil haydovchisi (yuk tashuvchi) 4. 8332 Haydovchi-ustoz (yoʻriqchi) 5. 8322 Avtomobil haydovchisi-ekspeditor 6. 8331 Avtobus haydovchisi 7. 8321 Aeronas haydovchisi 8. 8341 Vezdexod haydovchisi 9. 7231 Sinovchi-haydovchi 10. 8321 Mototransnort vositalari haydovchisi 11. 8331 Tramvay haydovchisi 12. 8331 Yuk, xizmat, oʻquv va maxsus tramvay haydovchisi 13. 8331 Yoʻlovchi tramvay haydovchisi 14. 8344 Transport-yigʻishtirish mashinasi haydovchisi 15. 8331 Trolleybus haydovchisi 16. 8331 Yuk, xizmat, maxsus trolleybus haydovchisi 17. 8331 Yoʻlovchi trolleybus haydovchisi 18. 8332 Samosval haydovchisi 19. 8332 Suv sepish avtomashinasi mashinisti 20. 8332 Oʻzi yurar (shatakka olingan) mashinalar (qor tozalovchi) mashinisti 21. 8344 Yuk ortuvchi haydovchisi 22. 8344 Elektr va avtotelejka haydovchisi 23. 8114 Avtobetononasos mashinisti Kasblar 1. 8311 Drezina haydovchisi 2. 8311 Avtomotrisa mashinisti 3. 8311 Dizel poyezd mashinisti 4. 8342 Temir yoʻl-qurilish mashinasi mashinisti 5. 8343 Oʻziyurar temir yoʻl krani mashinisti 6. 8311 Lokomotiv mashinisti 7. 8311 Parovoz mashinisti 8. 8311 Teplovoz mashinisti 9. 8311 Motovoz mashinisti 10. 8311 Elektrovoz mashinisti 11. 8311 Elektropoyezd mashinisti 12. 8311 Tortish agregati mashinisti 13. 8311 Elektr koʻchma tarkib mashinisti 14. 8343 Eskalator mashinisti 15. 3131 Gaz turbinali qurilma mashinisti 16. 9311 Drezina haydovchisi yordamchisi 17. 9311 Avtomotris mashinist yordamchisi 18. 8311 Dizel poyezd mashinisti yordamchisi 19. 8342 Temir yoʻl-qurilish mashinasi mashinisti yordamchisi 20. 8311 Lokomotiv mashinisti yordamchisi 21. 8311 Parovoz mashinisti yordamchisi 22. 8311 Teplovoz mashinisti yordamchisi 23. 8311 Elektrovoz mashinisti yordamchisi 24. 8311 Elektrpoyezd mashinisti yordamchisi 25. 8331 Tortish agregati mashinisti yordamchisi 26. 8311 Elektr koʻchma sostav mashinisti yordamchisi 27. 8342 Ekskavator mashinisti 28. 8312 Pereyezd navbatchisi 29. 8312 Stryelka posti navbatchisi 30. 8312 Poyezdlar tuzuvchi 31. 8312 Poyezdlar tuzuvchi yordamchisi Lavozimlar 1. 1324 Yoʻlovchi poyezdi boshligʻi 2. 4323 Metropoliten poyezdlarini qabul qilish va joʻnatish boʻyicha navbatchi 3. 4323 Metropoliten stansiyasi navbatchisi 4. 4323 Markazlashtirish stansiyasi posti navbatchisi 5. 4323 Temir yoʻl stansiyasi boʻyicha navbatchi 6. 4323 Poyezd dispetcheri 7. 4323 Eskalator xizmati dispetcheri 8. 4323 Temir yoʻl stansiyasi manevrlarni amalga oshirish dispetcheri II. Fuqaro aviatsiyasi Ishlar Havo kemalari toʻqnashuvi va manevr hududida toʻsiqlar bilan havo kemalar toʻqnashuvining oldini olish, shuningdek, havo harakatini tartibga solish maqsadida xizmat koʻrsatish (boshqarish) Lavozimlar 1. 1324 Parvozlar rahbari 2. 1324 Parvozlar rahbari-inspektor 3. 3154 Dispetcher (katta) 4. 3154 Havo harakati boshqarmasi dispetcheri 5. 2164 Aerodrom dispetcherlik punkti dispetcheri 6. 3154 Aerodrom dispetcherlik (aviatsiya dispetcherlik) punkti dispetcheri 7. 3154 Havo harakatini boshqarish boʻyicha dispetcher-yoʻriqchi 8. 3154 Parvozlarni boshqarish markazi dispetcheri 9. 3154 Qoʻndirish dispetcherlik punkti (doirasi, yoʻlkasi) dispetcheri 10. 4322 Tuman (joy) dispetcherlik punkti dispetcheri 11. 3154 Boshlanish (start) dispetcherlik punkti dispetcheri 12. 3154 Harakat xizmati dispetcher-inspektori 13. 3154 Samolyot harakati boʻyicha dispetcher-inspektor 14. 2153 Radiolokatsiya va radionavigatsiya muhandisi 15. 2153 Aloqa muhandisi (aviatsiya sohasida) 16. 3114 Radiolokatsiya boʻyicha texnik 17. 3114 Radionavigatsiya boʻyicha texnik 18. 3522 Aloqa boʻyicha texnik (aviatsiya sohasida) Ishlar Uchuvchi tomonidan boshqariladigan fuqarolik havo kemasini parvoz paytida boshqarish Lavozimlar 1. 1120 Boshqaruv raisi oʻrinbosari (uchish ishlarini tashkil etish boʻyicha) 2. 1120 Departament direktori (uchish xizmati departamenti) 3. 1345 Boʻlim boshligʻi (uchish-metodik boʻlimi) 4. 1112 Departament direktori oʻrinbosari (uchish xizmati departamenti) 5. 1212 Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari (uchish-metodik boʻlimi) 6. 1346 Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari (uchuvchilar tarkibi bilan ishlash boʻyicha) 7. 1346 Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari (parvozlar xavfsizligi va sifatini taʼminlash boʻyicha) 8. 3153 Uchuvchi 9. 3153 Fuqaro aviatsiyasi uchuvchisi 10. 1324 Uchuvchi (ikkinchi uchuvchi) 11. 3153 Havo kemasi ikkinchi uchuvchisi 12. 3153 Havo kemasi komandiri (uchuvchisi)-yoʻriqchi 13. 3153 Uchuvchi-yoʻriqchi 14. 3153 Uchuvchi-yoʻriqchi uslubchi (katta) 15. 3153 Uchuvchi-inspektor 16. 3257 Parvozlar xavfsizligi boʻyicha inspektor-uchuvchi 17. 1324 Aviatsiya zvenosi komandiri 18. 1324 Aviatsiya eskadrilyasi komandiri 19. 1324 Uchuvchi komandirining oʻrinbosari 20. 1324 Aviatsiya otryadi komandiri 21. 1324 Uchish xavfsizligi boʻyicha inspeksiya boshligi 22. 1324 Uchish boʻyicha standartlar boʻlimi boshligʻi 23. 1324 Parvoz ishlarini tashkil etish boʻyicha direktor oʻrinbosari 24. 2165 Uchuvchisiz uchadigan qurilmalar operatori Ishlar Bortdagi shturman tomonidan samoviy hududdagi holati boʻyicha boshqariladigan havo kemaning parvozida navigatsiya Lavozimlar 1. 3152 Shturman 2. 3153 Fuqaro aviatsiyasi shturmani 3. 3153 Shturman-yoʻriqchi 4. 3153 Shturman-inspektor 5. 1324 Bosh shturman Ishlar Boshqariladigan havo kemasining bortidagi bort muhandisi (bort mexanigi) tomonidan uning vakolatiga kiradigan sa�olyot tizimlarini parvoz paytida boshqarish Lavozimlar 1. 2144 Aviatsiya otryadi katta bort muhandisi (mexanigi) 2. 2144 Aviatsiya otryadi bort muhandisi 3. 2144 Fuqaro aviatsiyasi bort muhandisi (mexanik) 4. 3153 Bortmexanik 5. 2141 Parvozlar xavfsizligi bort muhandis-inspektori 6. 2359 Bort muhandis-yoʻriqchisi 7. 2144 Aviatsiya otryadi bortmexanigi 8. 3153 Aviatsiya otryadi bortmexanigi 9. 3115 Bort mexanik-yoʻriqchi 10. 3115 Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni boshqarish texnigi III. Daryo transporti Ishlar Ushbu boʻlimda koʻrsatilgan kasblar va lavozimlar boʻyicha bajariladigan ishlar Kasblar 1. 8350 Matros 2. 8350 Pompalar (donkerman) mashinisti 3. 8350 Motorchi (mashinist) 4. 7233 Kema dvigatelini mustaqil boshqarish motoristi 5. 8311 Sovitish qurilmalarida motorchi (mashinist) 6. 8350 Qozonxona qurilmasi mashinisti 7. 8342 Suzadigan, oʻzi harakatlanmaydigan yer soʻrish snaryadi mashinisti 8. 8342 Gidromonitor-ejektorli suzadigan mustaqil harakatlanmaydigan snaryad mashinisti 9. 5419 Qutqaruv kateri boshqaruv motoristi 10. 7412 Kema elektrigi 11. 3152 Shkiper 12. 8350 Mexanik yordamchisi 13. 4223 Radio operator 14. 4223 Radiotelegrafist 15. 8350 Rulchi (quyruqchi) 16. 8350 Shkiper yordamchisi 17. 8350 Matros-gʻovvos 18. 5419 Gʻavvoz-qutqaruvchi 19. 8350 Botsman Lavozimlar 1. 4323 Port dispetcheri 2. 2144 Flot (guruh) boʻyicha muhandis-mexanik 3. 2144 Flot muhandis-mexanigi 4. 1324 Port kapitani 5. 3257 Port nazorati inspektori 6. 3152 Kapitan 7. 3152 Mexanik-kapitan 8. 1324 Kapitan-mexanik birinchi yordamchisi 9. 1324 Kapitan-mexanik ikkinchi yordamchisi 10. 1324 Kapitan-smena mexanigi 11. 5419 Starshina 12. 3152 Shkiper 13. 3152 Lotsman 14. 3115 Sudohaydovchi 15. 1330 Radiostansiya boshligi 16. 4222 Dispetcherlik xizmati operatori 17. 4323 Avtomobil (daryo, dengiz) transporti harakati va yuk ortish- tushirish ishlari dispetcherligi operatori 18. 3152 Shturman 19. 7412 Kema elektromexanigi
