“Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (668-I-son) · Sana: 28.08.1998 · Kuchini yo'qotgan
Qishloq xoʻjaligi korxonasiga tashqi boshqaruv yetishtirilgan (ishlab chiqarilgan, ishlab chiqarilib qayta ishlangan) qishloq xoʻjaligi mahsulotini realizatsiya qilish uchun zarur vaqtni hisobga olgan holda qishloq xoʻjaligi ishlarining tegishli davri tugagunga qadar boʻlgan muddatga joriy etiladi. Mazkur muddat ushbu Qonun 47-moddasining uchinchi qismida belgilangan muddatlardan uch oydan koʻproqqa oshib ketmasligi lozim.
Tashqi boshqaruv muddati mobaynida tabiiy ofatlar va boshqa fors-major vaziyatlar tufayli qishloq xoʻjaligi korxonasining ishlab chiqarishida pasayish va moliyaviy holatida yomonlashish sodir boʻlgan boʻlsa, tashqi boshqaruv muddati bir yilga uzaytirilishi mumkin.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-65991
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 106-modda. Tashqi boshqaruv “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (668-I-son). neolex.uz/uz/laws/law-65983/106 (lex.uz/docs/-65991)