Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid vazifalar ijrosi ustidan parlament nazorati samaradorligini yanada oshirish toʻgʻrisida (KQ-546-IV-son)
01.08.2023
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha ishlar samaradorligini yanada oshirish, belgilangan chora-tadbirlar ijrosining nazoratini taʼminlashga mahalliy vakillik organlarini keng jalb etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid vazifalar ijrosi ustidan parlament nazoratini taʼminlash boʻyicha Senat aʼzolari, Senat devoni xodimlari, mahalliy Kengashlar deputatlarini tuman va shaharlarga biriktirish jadvali tegishlicha 1-, 2- va 3-ilovalarga;
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarining tuman (shahar)larini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid vazifalar ijrosi ustidan parlament nazoratini taʼminlash boʻyicha savolnoma 4-ilovaga;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini yoʻlga qoʻyish sxemasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tegishli tuman va shaharlarga biriktirilgan Senat aʼzolari, Senat devoni xodimlari xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari bilan birgalikda:
oʻzlari biriktirilgan hududlarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid belgilangan vazifalar ustidan taʼsirchan parlament nazoratini yoʻlga qoʻyish sxemasiga muvofiq tashkil etilishini taʼminlasin;
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarining tuman (shahar)larini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid vazifalar ijrosi ustidan parlament nazoratini taʼminlash boʻyicha savolnomada belgilangan tavsiyalar samarali ijro etilishiga alohida eʼtibor qaratsin.
3. Tegishli tuman va shaharlarga biriktirilgan Senat aʼzolari, Senat devoni xodimlari amalga oshirilayotgan tadbirlar yakunlari boʻyicha tegishli materiallar belgilangan muddatlarda tayyorlanishi, ularda bayon etilayotgan maʼlumotlar qonunchilikka muvofiqligi va asosliligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
4. Belgilansinki, oʻrganish natijalarini yigʻish, umumlashtirish va tahlil qilish Senat devoni masʼul xodimlaridan iborat tarkibdagi guruhga yuklatiladi.
5. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2023-yil 1-avgust,
KQ-546-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 1-avgustdagi KQ-546-IV-sonli qaroriga 1-ILOVA
Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid vazifalar ijrosi ustidan parlament nazoratini taʼminlash boʻyicha Senat aʼzolari, Senat devoni xodimlari va mahalliy Kengashlar deputatlarini tuman va shaharlarga biriktirish jadvali
T/r Biriktirilgan tuman va shaharlar Biriktirilgan Senat aʼzolari Biriktirilgan xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi deputatlari (kelishuv asosida) Oliy Majlis Senati devonidan biriktirilgan xodimlar Biriktirilgan xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari doimiy komissiyalari raislari (kelishuv asosida) 1. Andijon tumani Alimov Ravshanbek Azadbekovich Burxanov Kutbidin Nukritdinovich Umarov Nariman Madjitovich Gʻaniyev Akrom Toʻlqinovich Gʻaniyeva Matluba Maxamajanovna Xalilova Xurshida Abduvaliyevna Mamayusupov Omanulla Mamatkulovich Mullabayev Murod Farxodjonovich Sadikov Allayar Adilbayevich Avliyoxonov Akramxon Alixonovich Nabiyev Jamshid Ibrogimovich K. Turgʻunov, N. Malikov, S. Qosimov, A. Abdumannonov, D. Musayeva, N. Qosimov, Sh. Bozarov, Z. Yoqubova 2. Baliqchi tumani Mirzabekov Karimjon Obidovich O. Ismoilov, D. Joʻrayeva, O. Nazarova, A. Yusubjonov, E. Malikov, U. Muxiddinov, L. Qoraboyeva, T. Ergashev 3. Boʻston tumani Omanov Xamidjan Kamilovich R. Sulaymanova, A. Arapov, M. Toʻychiyeva, M. Sarimsaqova, P. Abdupattayev, D. Dovidov, U. Isroilov, Gʻ. Roʻziyev 4. Paxtaobod tumani Yunusova Rayxonoy Egamberdiyevna B. Usmonov, N. Raxmonov, O. Mamatkulov, N. Xojimatova, I. Nabijonov, V. Mamadaliyev, T. Supiyev, B. Artiqov 5. Qoʻrgʻontepa tumani Kosimova Gulbaxor Ibrogimovna O. Xolmatov, X. Musurmanov, I. Yakubov, D. Sotvoldiyeva, B. Moʻminov, O. Aripjonov, O. Madraximova, Sh. Jabborov 6. Oltinkoʻl tumani Mamatkulov Shukurjon Abdullayevich X. Asranov, Oʻ. Jabborova, Gʻ. Zokirov, N. Sodiqov, M. Mirzayev, R. Komilov, O. Axmedov, Z. Sotvoldiyev 7. Shahr�xon tumani Gʻofurov Kamoliddin S. Ismoilov, M. Isaqova, A. Yuldashev, D. Erkinov, Sh. Maxsudov, R. Boʻtayev, M. Akbarov, M. Mamayusupov 8. Andijon shahri Nurmatov Abdulxamid Abduxalumovich Smesova Ekaterina Aleksandrovna I. Mitillayev, Sh. Xaydarov, J. Djiyanov, D. Abdusamatov, A. Omonov, G. Ismoilova, B. Turdiyev, I. Abdulazizov 9. Asaka tumani Bobaxonov Mansurjon Maxmudjonovich B. Abdurasullov, M. Sayidova, O. Axmatillayev, J. Soliev, U. Raxmonov, S. Xayitov, M. Abdullayeva, Q. Qosimov 10. Buloqboshi tumani Xolmirzayeva Muborakxon Qoʻziyevna N. Sotvoldiyev, D. Toʻlanov, M. Yusupov, M. Qodirov, X. Xolmatova, A. Nurmatov, J. Nizomov, O. Doʻsmatov 11. Ulugʻnor tumani Toychiyeva Nasibaxon Sayfutdinovna S. Abdulaxatov, K. Gʻoziyev, M. Yulchiyev, J. Ismonova, D. Alimov, X. Xamidov, U. Achilov, A. Usmonov 12. Jalaquduq tumani Ismoilova Zardunoy Jurabayevna Z. Xushnazarov, J. Ergasheva, D. Iminjanova, R. Rustamova, B. Saidov, B. Musayev, N. Xurxonova, Sh. Xaitaxunov 13. Marhamat tumani Sulaymonov Murodjon Shaxobiddinovich A. Baxodirov, A. Qorayev, J. Mamatisaqov, O. Isaqov, I. Aliqulov, D. Maksudov, O. Solieva, X. Sheraliyev 14. Xoʻjaobod tumani Karimov Rasuljon Rafik oʻgʻli O. Oribjonov, D. Almatov, M. Turgʻunova, Sh. Almatov, E. Abduraimov, A. Mamatov, Z. Noʻmonova, N. Saidov 15. Xonobod shahri Mamatov Jaloldin Laʼtibjonovich R. Xudoyberdiyev, O. Djanpulatov, X. Asqarova, R. Karimova, F. Mirzayev, L. Madaliyev, M. Mamatov 16. Izboskan tumani Axrarov Sultanxon Vakkasovich D.Musurmonqulov, A. Abdullayev, A. Urmanov, M. Qoʻchkarov, A. Mrzayev, A. Mirzayev, A. Nazarov, O. Mirzayeva
Izoh: zaruratga qarab mazkur biriktirish jadvaliga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 1-avgustdagi KQ-546-IV-sonli qaroriga 2-ILOVA
Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid vazifalar ijrosi ustidan parlament nazoratini taʼminlash boʻyicha Senat aʼzolari, Senat devoni xodimlari va mahalliy Kengashlar deputatlarini tuman va shaharlarga biriktirish jadvali
T/r Biriktirilgan tuman va shaharlar Biriktirilgan Senat aʼzolari Biriktirilgan xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi deputatlari (kelishuv asosida) Oliy Majlis Senati devonidan biriktirilgan xodimlar Biriktirilgan xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari doimiy komissiyalari raislari (kelishuv asosida) 1. Namangan shahar Gadoyev Erkin Fayziyevich I�inov Odiljon Karimovich Boqiyev Farxod Esanovich Parpiyev Maxmud Mamatovich Abdullaxanov Nosirbek Abdurashitovich Dobrix Anna Konstantinovna Najmiddinov Ikromxon Umarov Baxtiyor Gʻaniyevich Abdullayev Ravshan Nabiyevich Mamatisayev Kudratali Yigitaliyevich Azizov Ildar Rafaelevich Hamroyev Gʻofur Hasanovich Chinmirzayev Alisherbek Dilshodbek oʻgʻli Abdukabirov Elmurod Odiljonovich M. Alixanov, R. Muxiddinov, I. Kamalov 2. Davlatobod tumani Karimov Baxodir Abduganiyevich S. Gapparova, B. Oripov 3. Yangi Namangan tumani Aʼlaxodjayev Axmadjon Musaxanovich I. Atabayev, S. Muminov 4. Mingbuloq tumani Mahkamova Mavluda Islomovna M. Najmiddinov, O. Yoqubov, R. Xalikova, B. Mamajanov, S. Xodjamov, I. Najimov, A. Vaxabayev, N. Nishonova 5. Kosonsoy tumani Umarov Jaxongir Ganixonovich A. Jalolov, I. Joʻrayev, K. Abosxonova, V. Tojibayeva, Z. Nuriddinov, A. Mirtazayev, J. Abdullayev, F. Rasulov 6. Namangan tumani Xoshimova Dilbar Nasimovna A. Sobirov, U. Soliev, Sh. Dexqanova, T. Siddiqova, A. Tursunov, J. Asqarov, R. Mamajanov, H. Xoliqov 7. Norin tumani Nazarov Otabek Komiljonovich M. Sobirov, D. Daminov, N. Xolmirzayeva, S. Xajiboyeva, R. Toʻychiyev, O. Xaydarov, A. Qodirov, Sh. Dastamov 8. Pop tumani Xoliqov Iqbol Latipovich Sh. Raxmonov, R. Madalimov, M. Mamatova, X. Parpiyev, R. Saydaliyev, I. Madraximov, A. Polvonov 9. Toʻraqoʻrgʻon tumani Nazarova Nigora Qayumjonovna X. Xikmatov, X. Xaydarov, M. Ibragimov, N. Aknazarova, B. Arabboyev, N. Axmedov, T. Bosidjanov 10. Uychi tumani Mamasoliyeva Nafisaxon Tursunqulovna A. Xojimirzayeva, O. Jalolov, R. Nazarova, A. Ataquziyev, R. Ismoyilov, R. Valiyev, G'. Joʻrayev, U. Maxkamov 11. Uchqoʻrgʻon tumani Norxonov Mamasoli A. Muminov, A. Qodirov, Sh. Toshpulatova, U. Turdiyeva, Z. Mirzayev, A. Mamadaliyev, I. Djurayev, A. Tursinov 12. Chortoq tumani Appakov Musaxon Pulatovich A. Tojiboyev, A. Dehqanov, O. Maxsudov, M. Xakimova, D. Xodjayev, B. Botirov, A. Boʻranov, B. Otamirzayev 13. Chust tumani Qosimov Alisher Sotimovich B. Anvarov, M. Xomidov, B. Hakimov, R. Anorqulova, J. Yuldashev, R. Normonov, M. Fazliddinova, R. Xakimov 14. Yangiqoʻrgʻon tumani Muxamadiyeva Nargiza Lapasovna I. Qodirov, E. Otakuziyev, S. Jumanova, N. Abduraxmanova, R. Ziyoviddinov, M. Djurabayev, A. Asqarova, A. Abdurahmanov
Izoh: zaruratga qarab mazkur biriktirish jadvaliga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 1-avgustdagi KQ-546-IV-sonli qaroriga 3-ILOVA
Fargʻona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid vazifalar ijrosi ustidan parlament nazoratini taʼminlash boʻyicha Senat aʼzolari, Senat devoni xodimlari va mahalliy Kengashlar deputatlarini tuman va shaharlarga biriktirish jadvali
T/r Biriktirilgan tuman va shaharlar Biriktirilgan Senat aʼzolari Biriktirilgan xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashi deputatlari (kelishuv asosida) Oliy Majlis Senati devonidan biriktirilgan xodimlar Biriktirilgan xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari doimiy komissiyalari raislari (kelishuv asosida) 1. Margʻilon shahri Tajiyev Baxadir Sadullayevich Kadirxanova Malika Akbarovna Tuychiyev Anvar Mirzaaxmedovich Salimova Manzura Alimovna Marufova Gulnora Maxmudovna Sultanov Ibroxim Ashiraliyevich Kasimova Dilafruz Shavkatovna Ganjayev Xamdam Abdullayevich Hotamov Homid Sulaymonovich Turdiyev Azizbek Anvarjonovich Achilov Furqatbek Saparbayevich Abdusattorov Yoqubjon Isoqovich V. Zokirov, Gʻ. Madumarov, Z. Gʻafurova, D. Sultonova, Sh. Gaziyev, A. Ermatov, O. Nishonov 2. Fargʻona shahri Elchiyeva Nafisa Toxirovna J. Akramov, Z. Sobirova, Sh. Siddikova, Sh. Axunova, J. Akbarov, M. Ashurova, B. Xomidov 3. Qoʻqon shahri Sulaymonov Azizbek Baxtiyorovich R. Ismailov, M. Aminova, Oʻ. Tojiyeva, M. Mirmaxsudov, A. Mamatqulov, Gʻ. Zokirov 4. Quvasoy shahri Mexmonova Dilorom Dadajonovna A. Qosimov, F. Akbarov, M. Mexmonov, A. Qosimov, B. Usmonov, M. Jurayev, A. Axmatsshoyev 5. Bagʻdod tumani Dexqonov Akmaldin Muxammadjonovich F. Mamatqulov, I. Axmedov, D. Karimova, U. Yigitaliyev, U. Eshonqulov, E. Karimov 6. Beshariq tumani Ummatov Talantbek Tuychiboyevich B. Abdusaidov, B. Mullajonov, Sh. Akbarova, G. Yuldasheva, Sh. Tursumatov, R. Saidaliyev, B. Xudoyberdiyev 7. Buvayda tumani Raxmonov Baxodir Tojiyevich X. Akbarov, A. Maxsudov, R. Asqarova, B. Turgʻunova, Sh. Nazirov, I. Qoʻchqorov, G. Gʻoziyeva 8. Dangʻara tumani Jumanov Anvarjon Azimovich U. Turdiqulov, R. Yakubjonov, M. Pulatov, N. Pirmatov, B. Ergashev, A. Boytemirov, M. Mansurov 9. Yozyovon tumani Mamajonova Risolatxon Xaydarovna I. Sheraliyev, M. Inomov, M. Aliyev, M. Mamadaliyeva, M. Qosimov, A. Mirzakarimov, Sh. Mirzaaliyev 10. Oltiariq tumani Raximov Xamidjon Mamajonovich B. Nosirov, A. Isaqov, U. Qodirova, D. Mirzayeva, R. Murotov, R. Mirzajonov, O. Eshmatov 11. Rishton tumani Zoxidov Zokirjon Tuxtasinovich D. Raxmonqulov, B. Tuychiyev, M. Normatov, J. Neʼmatov Q. Aminov, A. Gʻafurov A. Sobirov 12. Soʻx tumani Enazarov Farrux Savronovich N. Sadirbekov, R. Mirsaidov, S. Asqarov, I. Mastonov, R. Qoziyev, U. Boltaboyev, S. Nishonov 13. Toshloq tumani Kamalov Raxmatullo Ibragimovich M. Djuraboyev, S. Roziqov, A. Soliev, M. Temirova, X. Xasanov, R. Matqulov, Gʻ. Yuldashev 14. Uchkoʻprik tumani Xolmatov Ibroxim Oʻktamovich M. Dehqonov, Gʻ. Abdullayev, Z. Uljayeva, I. Turdialiyev, K. Imomnazarov, Sh. Qobilov, I. Isaqov 15. Fargʻona tumani Zikriyayev Akmaljon Alimovich Sh. Jurayev, M. Isaqov, A. Eminov, O. Dadajonova, A. Turayev, I. Abduraxmonov, I. Abduolimov 16. Furqat tumani Yunusov Muxamatali Yusupovich M. Valiyev, J. Raxmonov, T. Mamatqulov, U. Ergashev, R. Axmedov, N. Maxkamov, Z. Mamatqulov 17. Oʻzbekiston tumani Siddiqova Nargizaxon Azamovna A. Aʼzamov, U. Karimov, M. Axmadjonov, M. Kamolova, A. Imomov, A. Qurbonov, B. Erkaboyev 18. Qoʻshtepa tumani Saydullayev Shukurullo Xabibullayevich S. Nuriddinov, I. Qosimjonov, A. Abdumalikov, X. Parpiyeva, A. Nabiyev, Sh. Qosimov, Y. Qosimova 19. Quva tumani Xojimatov Xojiakbar Komilovich B. Abduraximov, N. Komilov, M. Axmadaliva, S. Saksonova, N. Abdullayev, A. Abazov, N. Soliev
Izoh: zaruratga qarab mazkur biriktirish jadvaliga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 1-avgustdagi KQ-546-IV-sonli qaroriga 4-ILOVA
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari tuman (shahar)larini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid vazifalar ijrosi ustidan parlament nazoratini taʼminlash boʻyicha
SAVOLNOMA
1. Hududni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha belgilangan prognoz koʻrsatkichlar ijrosini taʼminlash holatini oʻrganishda koʻmaklashish.
Toʻrtinchi, beshinchi toifalarga kiritilgan tumanlarda tadbirkorlar tushumini oshirish choralarini koʻrish, tuman, shahar va har bir mahallaning “drayver” yoʻnalishlaridan kelib chiqib, mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirish choralarini koʻrish.
2. Aholi bandligini taʼminlash, boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosi, jumladan yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish, boʻsh turgan bino-inshootlardan samarali foydalanish orqali yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalarni oʻrganish, mavjud muammolarni yechishda koʻmaklashish.
3. Kambagʻal oilalar, jumladan Ijtimoiy “daftarlar”ga kiritilgan aholi sonini qisqartirish boʻyicha koʻrilayotgan choralar, erishilgan natijalarni oʻrganish, mavjud muammolarni yechishda koʻmaklashish (mahallalar kesimida).
4. Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, mahalliy budjetga tushumlarni koʻpaytirish, xususan sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hamda xizmatlar hajmini oshirish, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ularni oʻzlashtirish, eksportni koʻpaytirish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosini oʻrganish, mavjud muammolarni yechishda koʻmaklashish.
5. Ijtimoiy soha va infratuzilmani yaxshilash, jumladan uy-joy qurilishi, ichki yoʻllar holati va aholi markazlashgan ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash, maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasini oshirish, maktablarni taʼmirlash, oʻquvchilari 30 nafardan koʻp boʻlgan sinflar sonini qisqartirish boʻyicha koʻrilayotgan choralar, erishilgan natijalarni oʻrganish, mavjud muammolarni yechishda koʻmaklashish.
6. Qishloq xoʻjaligi ekin maydonlaridan, jumladan aholiga dehqonchilik uchun ajratilgan yerlardan samarali foydalanish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy qilish, sugʻorish tizimlari holatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar, erishilgan natijalarni oʻrganish, mavjud muammolarni yechishda koʻmaklashish.
7. Hududda turizmni rivojlantirish, jumladan turizm salohiyati yuqori boʻlgan mahallalar infratuzilmasini yaxshilash orqali turistlarni jalb qilish boʻyicha koʻrilayotgan choralar, erishilgan natijalarni oʻrganish, mavjud muammolarni yechishda koʻmaklashish.
8. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, xususan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini yaratish, bozorlarda narxlar barqarorligini taʼminlash, aholi va ijtimoiy soha obyektlarini koʻmir, gaz, elektr energiyasi bilan barqaror taʼminlash, koʻp kvartirali uylarni mavsumga tayyorlash boʻyicha koʻrilayotgan choralar, erishilgan natijalarni oʻrganish, mavjud muammolarni yechishda koʻmaklashish.
9. Belgilangan vazifalar ijrosini har bir tuman (shahar) kesimida har ikki haftada tegishli mahalliy Kengashlarda muhokama qilib borishni tashkil qilish. Muhokamalarga viloyat va respublika darajasidagi tegishli soha, tarmoq rahbarlarini ham jalb qilish.
10. Oʻrganishlar davomida aniqlangan muammolarni darajasiga qarab tuman, viloyat va respublika miqyosida hal qilish choralarini koʻrish. Zarur hollarda Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritish, soʻrovlar yuborish.
11. Olib borilayotgan ishlar koʻlami, erishilayotgan natijalar va oldinda turgan dolzarb masalalarni OAV orqali keng yoritib borish.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 1-avgustdagi KQ-546-IV-sonli qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini yoʻlga qoʻyish sxemasi
