26-modda. Mol-mulkni va qarzni narxlash
Bankrotlik toʻgʻrisida (1054-XII-son) · Sana: 05.05.1994 · Kuchini yo'qotgan
Nochor qarzdorning barcha aktivlari, ular balanslarda koʻrsatilgan yoki koʻrsatilmaganligidan qatʼi nazar, tugatiladigan mol-mulkni jamlash uchun asos boʻladi.
Tugatishga doir ish yuritish jarayonida ishonchli vakil jalb etilgan ekspertlar yoki auditorlar yordamida nochor qarzdorning mol-mulkini roʻyxatga oladi va narxlaydi, shuningdek uning majburiyatlarini baholaydi.
Kim oshdi savdosida sotiladigan mol-mulkning qiymat narxi uning dastlab belgilangan narxi boʻladi.
Tugatiladigan mol-mulk jumlasiga:
korxonalarda, tashkilotlarda yollanib (shartnoma, kontrakt boʻyicha) ishlovchi xodimlarning xususiy mol-mulki;
qarzdor tomonidan ijara huquqi asosida foydalanilayotgan mol-mulk;
qarzdor javobgarligida saqlanayotgan tovarlar;
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq nochor qarzdorning mulki hisoblanmaydigan boshqa mol-mulk kiritilmaydi.
